Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti dinshunoslik



Yüklə 19,27 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü19,27 Kb.
#176811
1   2   3   4   5   6   7
B8aYdiEdX9c7WAx5FlOTrVyRjphdCWNdECmnq233

KALOM ILMINING VAZIFASI:


Diniy e’tiqodlarni qat’iy dalillar bilan isbotlash va ular haqidagi shubha hamda gumonlarni rad qilish
Insonni aqidada oddiy taqlidchi bo‘lishdan har bir e’tiqodga hujjat keltira olish darajasiga ko‘tarish
Islomning sof e’tiqodlarini adashgan zalolat ahlining shubha va gumonlaridan himoya qilish.

MOTURIDIYLIK VA ASH’ARIYLIK

  • Aqida borasida faoliyat olib borgan olimlar orasida Abu Mansur Moturidiy va Abul Hasan Ash’ariy alohida o‘rin egallaydi.
  • Bu olimlar Ahli sunna val jamoa aqidasi bo‘yicha Imom deb tan olindilar.
  • «Ahli sunna val jamoa» to‘rt fiqhiy mazhabdan biriga amal qilib kelayotgan bo‘lsalar, aqidaviy masalada moturidiylik va ash’ariylikning aqidaviy ta’limiga asoslanadi.
  • Bunga ko‘ra, hanafiy mazhabi moturidiylik, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhabi ash’ariylik ta’limotida deb qaraladi.

Moturidiylik aqidaviy maktab asoschisi: Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiy (853-944)


Moturidiy fiqh va kalom masalalariga qiziqib, o‘z zamonasining taniqli hanafiy mazhabi olimlaridan saboq oladi. Shu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqotda bo‘lib, bahs-munozaralari bilan taniladi va shu sohaga oid asarlar yozib qoldiradi.
Bunday asarlar qatoriga «Kitabut Tavhid», «Kitabul maqomat», «Kitab rad avoilil adila lil Ka’biy», «Kitabul usul», «ar-Rad ala usulil Qaromita», «Kitab ta’vilot ahli sunna» va boshqalarni keltirish mumkin.
Imom Moturidiyning «Kitab ta’vilot ahli sunna» (boshqa bir nomi «Ta’vilot al-Qur’on») asarida sunniy aqidaga zid qarashlarni rad etish yo‘lidan boradi va Abu Hanifaning qarashlariga suyangan holda sof aqida yo‘lini tutadi.

Imom Moturidiyning asosiy xizmatlari

  • O‘sha davrdagi aqidada adashgan oqimlarning salbiy ta’sirining oldini olish, ularning qarashlariga qarshi asosli va kuchli dalillar keltirib raddiya berish, haqiqiy islom aqidasini himoya qilish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berish, shu bilan birga musulmonlar uchun aqida borasida asosli qo‘llanmalar yaratish va tarqatishdan iborat bo‘lgan;
  • Imom Moturidiy ko‘plab shogirdlar yetishtirdi, ular o‘z ustozlarining ta’limotini davom ettirishgani tufayli hanafiy mazhabida kalom ilm bo‘yicha maktab vujudga kelgan;
  • Moturidiy «Imom al-huda» (hidoyat yo‘li imomi) va «Imom al-mutakallimin» (mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan dovruq qozongan

Yüklə 19,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin