Sadr al-islom Abul Yusr Muhammad ibn Muhammad ibn Abdilkarim Pazdaviy
Dastlabki ta’limni otasi Abul Hasan Muhammad Pazdaviydan olgan. Bobosi Abdulkarim ibn Muso, Imom Moturidiy shogirdlaridan biri bo‘lib, unga ustozlik ham qilgan.
Bundan tashqari, Pazdaviy bir qancha hanafiy olimlardan ham tahsil olgani manbalarda aytilgan. Pazdaviyning ustozlari orasida Abu Ya’qub Yusuf ibn Muhammad Nishopuriy va Abul Xattob kabi olimlarning xizmati katta bo‘lgan.
Abu Hafs Najmuddin Umar Nasafiy va Abul Muin Nasafiy Pazdaviyning eng mashhur shogirdlari hisoblangan.
Pazdaviyning asarlari orasida «Usul ad-din» («Din asoslari») asari muhim ahamiyat kasb etadi.
Pazdaviy Movarounnahrda, ayniqsa, Buxoroda hanafiy mazhabi hamda moturidiya kalom maktabi rivojida ulkan xizmat ko‘rsatgan olim hisoblangan.
Muhammad ibn Abi Ahmad Abu Bakr Alouddin Samarqandiy
Alouddin Samarqandiy Abul Muin Nasafiydan fiqh va kalom ilmlarini o‘rgangan va shu asosda o‘zining fiqhga oid «Tuhfat al-fuqaho» («Faqihlar tuhfasi») nomli mashhur asarini yozib qoldiradi.
U nafaqat fiqh, balki kalom hamda tafsir ilmlari borasida ham samarali ijod qilib, moturidiya kalom maktabini qo‘llab-quvvatlagan. Natijada Abu Mansur Moturidiyning «Ta’vilot ahli sunna» («Ahli sunna ta’villari (tafsiri)») nomli tafsiriga «Sharh ta’vilot ahli sunna» («Ta’vilot ahli sunna tafsiri») nomli sharhini bitadi.
Ibrohim ibn Ishoq Saffor Buxoriy
Ushbu risolada Abu Mansur Moturidiyning qarashlariga keng to‘xtalgan. Olim buxoroliklar uchun kalom ilmi bo‘yicha «Kitob talxis al-adilla li qavoid at-tavhid» («Tavhid qoidalariga oid dalillarning qisqacha bayoni») nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratadi.
Abul Muin Nasafiydan Buxoroda kalom ilmidan ta’lim olgan moturidiya kalom maktabi vakilidir.
Dastlab u o‘zining «Risola fiha masoil suila anha ash-Shayx as-Saffor fa ajaba anxa» («Shayx as-Saffor javob bergan masalalar haqida risola») nomli risolasini yozgan.