diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi
va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning
quyidagi jadvalda to’liq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta'rif
berib o’tamiz.
kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati
bo’ladi.
yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki
diqqatni ma'lum muddat biror narsaga muttasil, ya'ni uzluksiz tarzda qaratib odam
ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va hatto o’ynay ham olmaydi.
Diqqatning kuchli va barqaror bo’lishi bir qancha sabablarga bog’liqdir.
Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan
narsaning xususiyatlari, biz uchun bo’lgan
ahamiyatiga, ikkinchidan diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan
faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bog’lidir.
Bularning hammasi ob'ektiv, ya'ni bizning irodamiz bilan bog’liq bo’lmagan
sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi albatta sub'ektiv, ya'ni
odamning
ayni chog’dagi holati bilan ham bog’liq. Masalan, ayni chog’da betobroq bo’lib
turgan odamning yoki boshiga bir og’ir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli
va barqaror bo’la olmaydi.
Odamlar o‘z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq
qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa,
boshqa bir odamlar
diqqatining ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning
idrokiga sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacharoq
qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini
ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi.