materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining
yo’nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana
shu tanlashgina tushunilib
qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quvvatlash tushuniladi.
Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir.
Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har
doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy
yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik
jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin
diqqatning o‘zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi
qiyofasida ayrim o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda
o‘zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi
idrok qilish uchun unga
muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish)
qilinadi.
Ikkinchidan,
ortiqcha
harakatlar
to’xtaydi.
Jiddiy
diqqatning
xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr
zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib,
bu jimlik odamlar
ma'ruzachini yoki artistni zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va
pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda bo’ladi.
Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’libgina qolmay,
balki uning
ma'lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir.
Shuning uchun ko’pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga
moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
1
Diqqat turlari
Odam ayrim narsalarga o‘z diqqatini ongli ravishda o‘zi
hohlab qaratsa,
boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya'ni bizning hohishimizdan tashqari jalb
qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va to’planishida
ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.