154
namligi oshirilib, kritik namlikdan yuqori qilib turiladi.
Shunday qilingach
taqdirda, qirg’oqlarning ivishi va yemirilishi sekinroq tarzda ro’y beradi.
Suv o’tkazuvchanligi
. Tog’ jinsining o’zidan ma’lum miqdorda suvni
o’tkazishi uning suv o’tkazuvchanligi deb ataladi. Gruntlarning bu xossasi, uning
granulometrik tarkibiga,
strukturasi, qalinligi va zichligiga bog’liqdir. Gruntning
granulometrik tarkibidagi zarrachalari, shuningdek struktura elementlari qanchalik
yirik va g’ovak bo’lsa, gruntning suv o’tkazuvchanligi shuncha yaxshi, va
aksincha, gruntning zarrachalari mayda va strukturasi zich bo’lsa, suv
o’tkazuvchanligi past bo’ladi.
Kapillyarlik
. Gruntning suvni kapillyar (mayda naychalar) yo’llari orqali
qatlamlarning
quyi qismidan, yuqori qismi ga ko’tarilishi - uning kapillyarligi
(suvni ko’tarish) xossasi deyiladi.
Kapillyarlik gruntning eng muhim xossalaridan biridir. Gruntning bu
xossasi, ya’ni kapillyar yo’llardagi suv harakatining tezligi va balandligi
gruntlarning granulometrik tarkibiga, strukturasi va qovushqoqligiga bog’liqdir.
Suv o’tkazuvchanlik tog’ jinslari tarkibida quyidagi yo’nalishda kamayib
boradi; shag’al
qum
qumloq
tuproq
soz tuproq
gil. Gillardan tashkil
topgan jinslarning suv o’tkazuvchanligi, uning boshlang’ich namligiga bog’liq
bo’ladi. Quruq gilli jinslar avval suvni o’zidan yaxshi o’tkazadi, so’ngra suv
o’tkazuvchanligi keskin kamayadi.
Dostları ilə paylaş: