Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   204
-qullanma (1)

Q
t.m.а.=
 Q
t..а.
H
t
(17.5) 
Bu yerda:
Q
t.m.а. –
tugallanmagan ariqcha suv sarfi; Q
t
.
a
– tugallangan
ariqcha suv sarfi; t – ariqchaning pastki qismidan toki normal sathigacha bo’lgan 
oraliq; N – grunt suvi qalinligi.
Drenaj zovurlar ochik va yopiq bo’lishi mumkin 
(17.3-rasm). 
17.3-rasm
.Gorizontal drenlar: a-ochiq zovur, b-yopiq zovur; 1-zovur trubasi; 
 2- filtlovchi material; 3-filtrlovchi materialni saqlovchi gilli grunt qatlam 
Ochiq zovurlar (transheyalar) ko’pincha 
ariqchalar
deb ataladi. 
Ular yuzaroq (chuqurligi 2,5 m dan kichik bo’lsa), yopiqlari esa chuqurroq 
bo’ladi va ulardan, ko’pincha, shahar hududlarida foydalaniladi.Transheyadan 
quyilgan trubalar orqali suv chiqariladi. Drenajli ariqchalar foydali teritoriyani 
quritgan hisoblanadiki, ariqchalar orasidagi masofa 2R dan kam bo’lgan 
taqdirdagina, ya’ni egri chiziqlar voronkalari o’zaro kesishgan sharoitdagina sodir 
bo’ladi. 


146 
18. GRUNTLARNING MUHANDIS – GEOLOGIK KLASSIFIKATSIYASI 
VA FIZIK - MEXANIKAVIY XOSSALARI 
Muhandis - geologik jarayonlar va hodisalar ro’y berayotgan muhitni
gruntlar
deb atash mumkin. 
Muhandislik - qurilish maqsadlarida birinchi navbatda tog’ jinslarini 
inshootlardan tushayotgan yuklamalarga bo’lgan qarshiligi qiziqtiradi. Tashqi 
kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati tog’ jinsi zarrachalari orasidagi 
bog’lanish xarakteriga bog’liqdir.
Tog’ jinslari zarralari orasidagi 4 xil bog’lanishlarni belgilash mumkin:
1. Qattiq mustahkamli bo’lib, jinsni suvda ivitilganda – o’zgarmaydi; 
2. Qattiq mustahkam bo’lib, jinsni suvda ivitganda – bo’shashib ketadi; 
3. Suvli harakatchanli bo’lib, jins quritilganda yoki suvda ivitilganda o’z 
mustahkamligini o’zgartiradi; 
4. Bog’lanish bo’lmagan hol – bunda o’zaro bir - biriga nisbatan 
harakatlariga, ular orasidagi ishqalanish kuchi qarshilik ko’rsatadi.
Shularga asosan hamma tog’ jinslarini qoyatosh va qoyatosh bo’lmagan 
sinflarga ajratish mumkin.
Qoyatosh jinslarga - zarralari qattiq bog’langan tog’ jinslariga aytiladi. Bu 
bog’lanishlar, kristalli, sementli bo’lib, ana shu sababli qoyatosh gruntlarga 
magmatik, metamorfik va sementlashgan cho’kindi tog’ jinslari kiradi.
Cho’kindi tog’ jinslaridan ba’zi qoyatosh jinslardagi kristall bog’lanishlar 
suvda ivitilganda bo’shashib, suv kolloidli bog’lanishga o’tadi. Bu guruhdagi 
jinslar yarim qoyatosh jinslar deb ataladi. Qoyatoshli bo’lmagan tog’ jinslari 
zarralari orasidagi bog’lanishlar siljuvchan, suvli kolloidli bo’lsa, ularga 
bog’langan gruntlar, qoyatoshli bo’lmagan va zarralari orasidagi bog’lanishlar 
bo’lmasa, bog’lanmagan yoki ayrim – donali deb ataladi.
Qoyatosh va yarim qoyatosh jinslarning muhandis – geologik xossalari 
turlichadir. Gruntlarning to’la xarakteristikalari uchun – ularning hosil bo’lishi, 
mineral tarkibi, strukturasi va teksturasi yetarlicha deb bo’lmaydi, shu sababli
fizikaviy va mexanikaviy xarakteristikalar sistemasi ishlab chiqilgandir. 


147 
Ushbu sistemadagi xarakteristikalar: masalan zichlik, g’ovaklik, 
maydaligi va boshqa xossalar turli kategoriyali tog’ jinslari uchun ham 
taalluqlidir.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin