211
bo’lgan jins. Maydalangan xarsangtoshdan chaqiq toshlar olinadi va betonlar
uchun yirik to’ldirgich sifatida ishlatiladi.
Sochiluvchan jinslarning yer qatlamining yuqori bosimi ostida o’zaro
sementlanishidan hosil bo’lgan qumtosh – tabiiy sementlar
vositasida qumning
zichlanishi va nihoyat sementlanishidan hosil bo’lgan mustahkam jinsdir. U
tarkibidagi bog’lovchi moddaning turiga ko’ra loyli, kremniyli, ohaktoshli, gipsli,
bitumli qumtoshlarga bo’linadi. Loy vositasida zichlangan loyli qumtoshlar suvga
chidamsiz bo’ladi.
Mayda kremniyli alyumosilikatlar (sementlar, opal, xaltsedon)
bilan qumlar
aralashmasining zichlanishi natijasida kremniyli qumtoshlar hosil bo’lgan. Uning
siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 100–500 MPa, hajmiy zichligi 2400–2600
kg/m
3
. Kremniyli qumtosh kislotaga chidamlidir, ammo uni ishlash qiyin.
Qurilishda qumtosh betonlar uchun to’ldirgich, yo’lka
va zinalar uchun plitalar
sifatida ishlatiladi. Kremniyli qumtoshning ayrim xillari pardozlangan holda
qoplama plita sifatida ham ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: