boʻladi. Tizimning har qanday holatidagi ichki energiyasi aniq qiymatga ega, yaʼni
ichki energiya holat funksiyasidir. Tizimni tashkil qilgan atomlar va
molekulalarning energiyalari, ular tarkibidagi elektronlar, yadrolarning oʻzaro
taʼsir energiyalari va h.k. ichki energiya tarkibiga kiradi.
Termodinamika
da erkin energiya va bogʻlangan energiya tushunchalari ham
keng qoʻllaniladi. Baʼzan energiya turlari ichida issiqlik energiyasi ham mavjud.
Tizim zarralarining betartib harakat energiyasi issiqlik energiyasi deb ataladi. Har
qanday jism yoki elementar zarra energiyaga ega ekan, u
massa
ga ham ega. Ammo
shunday zarralar ham mavjudki, ularning tinch holatdagi massasi nolga teng,
binobarin tinch holatdagi energiyalar ham nolga teng. Fotonlar va neytronlar shular
jumlasiga kiradi.
Barcha tabiat hodisalari, insonning butun hayoti va faoliyati energiya bilan
bogʻliq. Keng koʻlamli energetika sohasi energiya tushunchasiga asoslangan.
Energiya shakllarini oʻzaro almashtirish, energiyani uzoq masofalarga uzatish,
uning maʼlum manbalaridan foydalanish, yangi energiya manbalarini qidirish kabi
masalalar fan va texnika uchun asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Suv,
shamol, oʻrmon, koʻmir, neft, gaz kabi cheklangan yer boyliklaridan katta surʼatlar
bilan foydalanilishi natijasida ular tobora kamayib bormoqda, binobarin kishilik
jamiyati oldida turgan dolzarb masala yangi energiya manbalarini qidirib topish.
Hozirgi kunda diqqatga sazovor boʻlgan yangi energiya manbalari
Quyosh
(
Geliotexnika
,
Geliofizika
) va atom yadrosi hisoblanadi. Ogʻir element
yadrolarining parchalanishidan hosil boʻladigan energiyadan xalq xoʻjaligida
tobora keng foydalanilmoqda (
Atom reaktori
,
Atom elektr stansiyasi
). Yengil
element yadrolari qoʻshilishidan ogʻirroq element yadrolari paydo boʻlishida
ajralib chiqadigan energiyadan foydalanish eng muhim masalalardan biri
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: