Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar



Yüklə 420,5 Kb.
səhifə4/16
tarix07.06.2023
ölçüsü420,5 Kb.
#126092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Muhitning biotik omillari.

Shartli
belgilar

Ekologik munosabat turlari

(0 0)

O‘zaro neytral munosabat - birgalikda yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi

(+ +)

O‘zaro foydali munosabat - birgalikda yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi

(+ -)

Foydali-zararli munosabatlar - birgalikda yashaydigan organizmlardan biri ushbu munosabatdan foyda olsa, ikkinchisi zarar koradi

(+ 0)

Foydali-neytral munosabatlar - birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar kormaydi

(- 0)

Zararli-neytral munosabatlar - birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan zarar korsa, ikkinchisi hech qanday foyda yoki zarar kormaydi

(- -)

O‘zaro zararli munosabatlar - birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkisi ushbu munosabatdan zarar ko‘radi


Neytralizm - bitta tabiiy jamoada yashaydigan organizmlar orasida har qanday foydali yoki zararli o‘zaro ta’sirning mavjud emasligi hisoblanadi. Bir ekosistemada yashaydigan, lekin har xil oziq bilan oziqlanuvchi turlarning hayoti ko‘pincha bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi. Tabiatda neytralizm hodisasi juda kam uchraydi, chunki bir biogeotsenozda har bir tur boshqa turga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, bir o‘rmonda yashovchi qizilishton va bug‘u bir-biriga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi. Neytralizm hodisasida birgalikda yashovchi turlar o‘zaro bevosita ta’sir ko‘rsatmasa- da, ularning taqdiri yashash muhitining umumiy holati, abiotik omillarga bog‘liq bo‘ladi.
1.2. Biotik munosabatlar.
Biotik munosabatlarning simbioz (yunoncha - «sim» - birga, «bios» - hayot) ko‘rinishida birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi ushbu munosabatdan o‘ziga foyda oladi. Simbioz munosabatning quyidagi turlari mavjud: mutualizm, protokooperatsiya, kommensalizm.
Mutualizm (lotincha «mutus» - o‘zaro) - har ikki populatsiya uchun o‘zaro manfaatli va majburiy munosabat turi. Bu munosabatlarning buzilishi bir yoki har ikkala populatsiya hayotiy faoliyatini cheklab qo‘yadi. Mutua- lizmga ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Lishayniklar tanasidagi zamburug‘ va suvo‘tining o‘zaro simbioz usulda yashashi misol bo‘ladi. Zamburug‘ mitselliylari suv va unda erigan mineral tuzlarni shimib, suvo‘tining yashashi uchun sharoit yaratadi. Suvo‘tida sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni natijasida sintezlangan uglevodlar
zamburug‘ning oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishiga zamin tayyorlaydi.
Dukkakli o‘simliklarning ildizida uchraydigan tugunak bakteriyalar o‘simlik ildizida joylashib, havo tarkibidagi azotni o‘zlashtiradi, azotdan avval ammiak, so‘ngra aminokislotalar sintezlaydi. Dukkakli o‘simliklarning azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar bilan hosil qilgan simbioz munosabati ularning tuproq tarkibida azot kam bo‘lgan joylarda ham o‘sishi va rivojlanishiga zamin tayyorlaydi va tuproq unumdorligini orttiradi. Mazkur jarayon qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekishni amalga oshirishning asosi sanaladi.
Mikoriza - qalpoqchali zamburug‘lar va yuksak o‘simliklar o‘rtasidagi munosabat bo‘lib, yuksak o‘simliklar zamburug‘dan suv va unda erigan mi­neral tuzlarni shimadi, zamburug‘ esa o‘z navbatida hamkoridan uglevod- larni o‘zlashtiradi. Ildizida mikoriza bo‘lgan o‘simliklar mikoriza bo‘lmagan o‘simliklarga nisbatan yaxshi o‘sadi.
Termitlar va ularning ichagida yashovchi bir hujayrali xivchinlilar o‘rtasidagi munosabatlar. Termitlar yog‘och bilan oziqlanadi, lekin ular sellulozani parchalaydigan fermentlari bo‘lmagani uchun uni hazm qila olmaydi. Bir hujayrali xivchinlilar esa sellulozani parchalovchi ferment sintezlab, sellulozani shakarga parchalaydi. Termitlar xivchinlilarsiz ochlikdan nobud bo‘ladi. Xivchinlilar termitlar ichagida yashash uchun qulay joy, oziq bilan ta’minlanadi.


Protokooperatsiya - (yunoncha - «protos» - dastlabki, «cooperatio» - hamkorlik) har ikki populatsiya hayot faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, ikki tomon ham manfaatdor, lekin majburiy bo‘lmagan, ya’ni har bir populatsiya alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zaro munosabat turi. Tabiatda shunday baliq turlari borki, ular yirik baliqlar terisini, jabra va og‘iz bo‘shlig‘ini parazitlardan tozalab beradi. Asalarilar gulli o‘simliklardan o‘ziga oziq (chang, nektar) olish davomida o‘simliklarni changlantiradi.
Kommensalizm (fransuzcha «commensal» - hamtovoq) - birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabatning bir turi sanaladi. O‘z navbatida kommensalizm: hamsoyalik, hamtovoqlik, hamxo'rak- lik kabi turlarga ajratiladi .


1.3.Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar
Bir tur ikkinchisidan yashash joyi sifatida foydalanadigan va bu munosabatda o‘z «yashash joyi»ga zarar ham, foyda ham yetkazmaydigan o‘zaro munosabat turi sinoykiya(yunoncha «syn» - birga, «oikos» - uy) - hamsoyalik deb yuritiladi. Masalan, daraxtlarning tanasi va shoxlarida epifit o‘simliklar (orxideya, yo‘sinlar) va lishayniklar joylashib oladi. Qushlar, kemiruvchi hayvonlarning uyalarida turli o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar yashaydi. Ayrim baliqlar meduzalar va aktiniyalarning paypaslagichlari orasiga yashirinib oladi. Boshqa bir baliq turi esa ikki pallali molluskalarning mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi. Baliq tuxumlari molluskaga hech qanday zarar ham, foyda ham keltirmagan holda chig‘anoqlar himoyasida bo‘ladi.
Hamtovoqlik - bitta oziq manbayining turli qismlarini iste’mol qilishda ifodalanadi. Masalan, tuproqda yashovchi saprofit bakteriyalar va o‘simliklar o‘rtasidagi munosabat chirituvchi bakteriyalarning o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, ularni mineral moddalargacha parchalashi va o‘simliklarning shu mineral moddalarni o‘zlashtirishida aks etadi.
Kommensalizmning yana bir shakli hamxo'raklik bo‘lib, bu munosabat oziq orqali bog‘lanishlarga asoslangan. Bir tur boshqa turning oziq qoldiqlari bilan oziqlanishi hamxo'raklik deyiladi. Masalan, ayrim qushlar timsoh va sirtlonning, tasqara esa sherning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Odamning yo‘g‘on ichagida yashovchi bakteriyalar odamga ziyon yoki foyda yetkazmagan holda hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Yopishqoq baliq esa maxsus so‘rg‘ichlari bilan akulalar terisiga yopishib olib akula bilan birgalikda harakat qiladi va uning ovqatlari qoldiqlari bilan oziqlanadi.
Kommensalizm tabiatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir hududda ko‘plab turlarning yashashi va yashash muhitidan hamda resurslardan to‘liqroq foydalanishga imkon beradi.
Antibioz. Antibioz munosabatlarga o‘zaro raqobat, parazitizm, yirtqichlik, amensalizm kabi munosabat shakllari misol bo‘ladi.
Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar

Yüklə 420,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin