2.2. Biologiya darslarida qoʻllaniladigan didaktik dars samaradorligini oshirishdagi roli. Oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollastirish va oʻqitish samaradorligini oshirish masalasi barcha fanlar kabi biologiyani oʻqitish metodikasi fanining asosiy muammolaridan biri sanaladi. Oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish deganda, oʻquvchilarda yuqori darajadagi motiv, bilim va koʻnikmalarini oʻzlashtirishga boʻlgan ongli ehtiyoj, natijaning yuqoriligi va ijtimoiy normalarga mos hulqning paydo boʻlishi tushuniladi.
Biologiya oʻqituvchisi darsda oʻrganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarninng didaktik funksiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini ilmiy-metodik asosda tanlagandagina koʻzlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi.
Didaktik ishlab chiqilgan har qaysi texnologiya oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, lekin quyidagi texnologiyalarda mazkur masala asosiy gʻoyani egallaydi;
Didaktik oʻyin texnologiuyalari.
Muammoli ta’lim texnologiyalari.
Modulli ta’lim texnologiyalari.
Hamkorlikda oʻqsitish texnologiyasi.
Loyihalash ttexnolgiyaasi.
Ta’lim jarayonida didaktik oʻyinli texnologiyalar didaktik oʻyinli dars shaklida qoʻllaniladi. Ushbu darslarida oʻquvchilarning bilim olish jarayonini oʻyin faoliyati bilan uygʻunlashtiriladi. Shu sababli, oʻquvchilarning bilim olish faoliyati, oʻyin faoliyati bilan uygʻunlashgan darslar didaktik oʻyinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida oʻyin faoliyati quyidagi funksiyalarni bajaradi.
Oʻyin har doim shaxsning ma’lum bir faoliyatiga boʻlgan qiziqishini orttiradi.
Oʻyin davomida shaxsning muloqotga kirishishi kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi.
Shaxsning oʻz iqtidori, qiziqishi bilimini va oʻzligini namoyon etishga imkon yaratadi.
Hayotda va oʻyin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga, moʻljalni toʻgʻri olish koʻnikmalari tarkib topadi.
Oʻyin jarayonida ijtimoiy normalarga mos hulq-atvorni egallash, kamchilklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.
Shaxs strukturasiga tegishli oʻzgarishlar kiritiladi, ya’ni ijobiy hislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin tayyorlaydi.
Insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa ijtimoiy, ma’naviy- madaniy qadriyatlarni oʻrganishga e’tibor qaratiladi.
Oʻyin ishtirochilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish koʻzda tutiladi.
Oʻyin faoliyati oʻzining quyidagi hususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Oʻyin ishtirokchilari rollari, vazifalarni tanlashi natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni oʻqsuvchilarning oʻz faoliyatini tahlil va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda oʻz faoliyatidan koʻngli toʻlishi, oʻz bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi.
Ijodiy muhit tarkib topadi. Oʻyin ishtirokchilari muammolarini hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega boʻladilar.
Oʻyin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, oʻzaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo boʻladi. His- hayajonga yoʻgʻrilgan bilim, koʻnikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi.
Oʻyin davomida belgilangan qonun- qoidalarga amal qilinadi. Oʻyin ishtirokchilarida ijtimoiy normalarga mos ongli intizom vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi.
Oʻyin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va oʻquvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etish, moʻljalni toʻgʻri olishga oʻrganadi.
Xulosa qilib aytganda, oʻqitish jarayonining samaradorligi oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarning bilish faoliyatini oʻqitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish koʻnikmalarini egallaganlik darajasiga bogʻliq boʻladi.