Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar



Yüklə 420,5 Kb.
səhifə5/16
tarix07.06.2023
ölçüsü420,5 Kb.
#126092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Muhitning biotik omillari.

O‘zaro raqobat - o‘xshash ekologlk ehtlyojlarga ega turlar orasldagl munosabatlardir. Bunday turlar blrga yashaganda blrlnlng mavjudllgl hamma vaqt ikkinchisining yashash imkonlyatlarlnl kamaytlradl. Raqobat blr turga mansub (tur ichldagl raqobat) va har xll turlarga mansub (turlararo raqobat) individlarning ozlq, yashash joyl uchun va boshqa ekologlk sharoitlar uchun kurashda namoyon boladl. Ozaro munosabatnlng bu shakll blrga yashovchl lkki turga ham salbly taslr qiladigan yagona ekologlk munosabatdir.
O‘zaro raqobatnl quyldagi mlsollarda ko‘rish mumkln. Yorug‘llk, suv va tuproqdagi mineral moddalar uchun o‘slmllklar o‘rtasida; bltta oziq manbayl bo‘lgan o‘simliklar uchun o‘slmllkxo‘r hayvonlar, kemlruvchllar, chigirtkalar o‘rtasida; mayda baliqlar bilan oziqlanuvchi bir suv havzasida yashaydigan yirtqich baliqlar o‘rtasida; tovushqon va quyonlar bilan oziqlanadigan bo‘ri va tulkilar o‘rtasida, kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi yirtqich qushlar o‘rtasida raqobat kuzatiladi.
Bir turga mansub individlarning oziq, yashash joyi va boshqa ekologik sharoitlarga ehtiyoji bir xil bo‘lgani sababli tur ichidagi o‘zaro raqobat keskin, shiddatli kechadi. O‘zaro raqobat populatsiyaning nimjon, zaif individlarining nobud bo‘lishiga, kuchli, muhit sharoitlariga ko‘proq mos- lashgan individlarning yashab qolishiga, ya’ni tabiiy tanlanishga olib keladi.
Har xil turga mansub organizmlarning oziq, yashash joyi va boshqa ekologik sharoitlar uchun o‘zaro raqobati har ikki tur uchun ham zararlidir. Odatda bir xil sharoitda birga yashaydigan va bir xil ovqat bilan oziqlanadigan, yani ekologik sharoitlarga ehtiyoji bir xil organizmlar biri boshqasini siqib chiqaradi. Turlararo raqobat rus biologi G. F. Gauze (1932) tomonidan yaxshi o‘rganilgan. U o‘z tajribasida oziqlanish xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan infuzoriyalarning ikki turini pichan ivitmasida avval alohida idishlarda, so‘ng bitta idishda ko‘paytirdi. Alohida idishlarda infuzoriyalar normal ko‘payib, soni optimal darajagacha yetadi. Har ikki turni bir idishda ko‘paytirilganda esa, dastlab ikki turning soni avvaliga o‘sib boradi, lekin keyinchalik birinchi turga mansub infuzoriyalar soni asta-sekin kamayib borib, so‘ngra oziq muhitidan butunlay yo‘qolib ketdi. Bunda ikki turga mansub infuzoriyalar bir-biriga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmagan, faqat bir turga mansub infuzoriyalarning o‘sish jadalligi ikkinchi turnikidan yuqori. O‘zaro raqobatli munosabatlarda ekologik muhitga ko‘proq moslashgan tur g‘olib chiqadi. Ushbu tajribadan «raqobatni cheklovchi prinsip» deb ataluvchi qonun kelib chiqadi: ikkita o‘xshash ekologik ehtiyojga ega turlar birgalikda yashay olmaydi, bir tur (raqobatbardosh tur) ikkinchi turni (kam raqobatbardosh) albatta siqib chiqaradi.
Agar birgalikda yashayotgan turlarning ekologik ehtiyojlari turlicha bo‘lsa, ular o‘rtasida raqobat kuzatilmaydi. Evolutsiya jarayonida turlar birgalikda yashashga moslashadi. Masalan, o‘troq yashovchi qushlar qish oylarida o‘zlariga kerakli oziqni turli joylardan izlash orqali o‘zaro raqobatni bartaraf etadi. Ayrim qushlar o‘z ozig‘ini daraxtlardan izlasa, ayrimlari yerdan topadi.
Shunday qilib, turlar o‘rtasidagi raqobat «raqobatni inkor etuvchi prinsip» qonuniga ko‘ra bir turning ikkinchisini siqib chiqarishi orqali yoki turlarning birgalikda yashashiga imkon beruvchi turlicha ekologik ixtisoslashuv orqali bartaraf etiladi.
Amensalizm - ozaro biotik munosabat turi bolib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy tasir korsatadi, salbiy tasir korsatayotgan organizmning ozi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham kormaydi. Masalan, yorug‘sevar o‘t o‘simliklar baland daraxtlar soyasida o‘sganda yorug‘lik yetishmasligi tufayli rivojlanishdan orqada qoladi. Daraxtlarga esa bu «qo‘shnichilik»dan foyda ham, ziyon ham yetmaydi. Mog‘or zamburug‘lari tashqi muhitga antibiotiklar ishlab chiqarib, bakteriyalarning o‘sishini va ko‘payishini to‘xtatib qo‘yadi.
Yirtqichlilik («yirtqich - o‘lja») - turlararo o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bir populatsiya individlari boshqa populatsiya individlari uchun oziq vazifasini o‘taydi.
«Yirtqich - olja» munosabatlari bevosita oziq munosabatlari bolib, olja tur uchun zararli, yirtqich tur uchun esa foydali hisoblanadi. Odatda boshqa hayvonlar bilan oziqlanadigan hayvonlar yirtqichlar deb ataladi. Otxor hayvonlar yirtqich deb hisoblanmasa-da, hayvon va osimlik orasidagi oziq aloqalari «yirtqich - olja» munosabatiga juda oxshash boladi.
Yirtqichlik munosabatlarining yana bir korinishi - kannibalizm (tur ichidagi yirtqichlilik), yani bir turga mansub organizmlarning bir-birlarini yeb qoyishidir. Masalan, qoraqurtning urg‘ochilari urug‘langandan so‘ng erkaklarini yeb qo‘ysa, balxash olabug‘a balig‘i o‘zining tuxumdan chiqqan mayda baliqchalarini yeb qo‘yadi.
Yirtqichlar asosan kasal, nimjon individlarni qirib, populatsiyaning genofondini tozalovchi sanitarlar vazifasini bajaradi, natijada populatsiyaning sog‘lom, yashash muhitiga ko‘proq moslashgan individlari yashab qoladi, populatsiyaning genofondi yaxshilanadi.
Tuproq tarkibida azotning kam bo‘lishi, tuproq yuzasi doimo suv bilan yuvib turiladigan joylarda o‘sadigan o‘simliklarning azotga bo‘lgan ehtiyoji evolutsiya jarayonida muayyan o‘zgarishlar keltirib chiqargan. O‘simliklarda hasharotlarni tutish uchun moslamalar shakllanishi natijasida hasharotxo‘r o‘simliklar kelib chiqqan.
Parazitizm parazit - xojayin») - har xil turga mansub individlarning antagonistik munosabatlari bolib, bir turga mansub organizm (parazit) boshqa turga mansub organizmdan (xojayin) oziq manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi. Parazitlar bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonot dunyosida ham uchraydi. Ular hayotining ma’lum davrida xo‘jayin organizm tanasidagi oziq moddalar hisobiga yashaydi
Parazitlar xo‘jayin organizmidan nafaqat oziq manbayi sifatida, balki doimiy va vaqtinchalik yashash muhiti sifatida ham foydalanadi.
Undan tashqari, parazitlar vaqtinchalik faqat oziqlanish uchun ham xo‘- jayin organizmlardan foydalanadi. Bunga misol qilib, burga, chivin, to‘shak qandalasini olish mumkin. Mazkur parazitlarning hayvon va odamdan qon so‘rishi og‘ir yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Doimiy parazitlarga sodda hayvonlar (bezgak paraziti, dizenteriya amyo- basi), yassi chuvalchanglar (jigar qurti, qoramol tasmasimon chuvalchangi), to‘garak chuvalchanglar (askarida, bolalar gijjasi), bo‘g‘imoyoqlilar (kana, bit) misol bo‘ladi. O‘simliklarda uchraydigan doimiy parazitlarga bakteriya- lar (g‘o‘za gommozi), zamburug‘lar (qorakuya zamburug‘i, vilt), gulli o‘sim- liklardan zarpechakni misol qilib olish mumkin.
Xo‘jayin organizm parazitning hayot faoliyatini ta’minlaydi, parazit esa xo‘jayinning hayotiy jarayonlarini susaytiradi, uni kuchsizlantiradi, lekin nobud qilmaydi, chunki parazitning hayoti xo‘jayin hayoti bilan bog‘liq.
Odam va qoramol tasmasimon chuvalchangi, jigar qurti va qoramol, zang zamburug‘i va boshoqli o‘simliklar o‘rtasidagi munosabatlar parazitizm munosabatlariga misol bo‘ladi.
Evolutsiya jarayonida xo‘jayin organizmda ham, parazit organizmda ham moslanishlar paydo bo‘lgan. Yirtqichlilik, parazitizm va o‘zaro raqobat munosabatlari tabiatda populatsiyadagi organizmlar sonini nazorat qilishda katta ahamiyatga ega. Insonlarning bu munosabatlarga o‘ylamasdan, rejasiz amalga oshiradigan aralashuvi tabiatdagi muvozanatni buzishi mumkin.
Yuqorida o‘rganilgan biotik munosabatlar turli yashash sharoitlarida va hayot siklining turli bosqichlarida farqlanishi mumkin. Undan tashqari, bir tur individlari ular bilan birgalikda yashayotgan boshqa tur individlari bilan turlicha munosabatda bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, tabiatda turlararo biotik munosabatlar xilma-xil va ko‘p qirrali bo‘lib, ularni o‘rganish ekologiya fanining muhim vazifasidir.

Yüklə 420,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin