Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Nazorat savollari:
1. Siz qanday global, mintaqaviy, mahalliy ekologik muammolami 
ilasiz?
2. Siz yashaydigan hududdagi ekologik muammolami aytib 
ering?
3. Rivojlangan mamlakatlarda qanday ekologik muammolar 
lavjud?
4. Mahalliy ekologik muammolami oldini olish da qanday 
ikliflaringiz bor?
21


3-MAVZU: TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING
ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Reja:
1. Ekologiyada muhit tushunchasi.
2. Ekologik omillar va ulaming tasnifi.
3. Ekologik omillar: tirik organizmlarga ta’sir etish umumiy 
qonuniyatlari.
4. Organizm va moslashish.
Tayanch so‘zlar: 
Muhit, sun’iy muhit, ekologik omil, abiotik 
omillar, biotik omillar, relef, antropogen omil, bilvosita, bevosita, 
kimyoviy moddalar, fitogen, zoogen, mikrobiogen, optimum zona, 
maksimum, minimum, individ.
Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi. Tabiiy muhitni suv, 
quyosh, shamol, havo, yer, o ‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy 
omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan 
bo‘lib, bunda insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy 
muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ulaming bog‘liqligini 
ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Tirik organizmlar, oziqlanishi 
va yashashi uchun ishonchli himoyalangan yashash muhitini qidiradi. 
Chigirtka, kapalak va shu kabi boshqa hasharotlar oziq-ovqatini 
va yashashi uchun inlarini qurishda o‘simliklardan foydalanadi. 
Hasharotlardir o‘z navbatida ko‘p qushlaming ozuqasi hisoblanadi. 
Nobud bo‘lgan o ‘simlik va hayvonlar tuproq uchun manba hisobla­
nadi. Biotik omillar - tirik organizmlaming o‘zaro ta’sir etishining 
barcha ко‘rinishlari (masalan, o‘simliklaminghasharotlari yordamida 
changlanishi, raqobat, bir organizm tomonidan ikkinchisini iste’mol 
qilish, parazitlik) va ulaming tashqi muhitga ta’siridan iborat. Biotik 
o‘zaro aloqa munosabatlar murakkab va o ‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘lib, bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Biotik omillar atrof- 
muhitning asoslisidir. Juda ko‘p osimliklar va hayvonlaming o‘sishi 
va yashashi uchun iqlim omillari katta ahamiyatga ega.
22


Tirik organizmlarning hayotiga va geografik tarqalishiga ta’sir 
etuvchi (ijobiy yoki salbiy) shart-sharoitlar ekologik omil deb ataladi 
Ekologik 
omillar juda xilma-xil, ular tabiati va 
tirik 
organizmlarga 
ta’sir etishiga ko‘ra shartli ravishda 3 ta asosiy guruhlarga ajratiladi: 
A biotik 
omillar - jonsiz tabiatning omillari hisoblanib, birinchi 
navbatda, 
iqlim omillari, ya’ni yorug‘lik, harorat, namlik va mahalliy 
omillar kiradi. Abiotik omillar - yo‘q, jonsiz degan ma’nolami 
bildiradi. Abiotik omillar har bir tirik organizmning yashashi uchun 
sharoit yaratadi. Masalan: suv abiotik omilning eng asosiy omil 
ko‘rsatgichlaridan biri. Abiotik omillardan b o ig an havo, yemi 
o‘rab turgan qobig‘idir. Iqlim omillaridan, hamma tirik organizmlar 
yashash hayotida yorug‘lik muhimdir. Quyosh nuri natijasida 
amalga oshiriladigan fotosintez, barcha tirik organizmlar uchun 
ozuqa zanjirida energiya manbaidir. Yer sharidagi organizmlarning 
tarqalishi, ko‘payishi va boshqa hayot jarayonlarini belgilaydigan 
omillardan biri harorat hisoblanadi. Harorat 0° С dan past, +50° С 
dan yuqori bo‘ lganda barcha hayot jarayonlari to'xtaydi yoki keskin 
darajada sekinlashib qoladi. Masalan, sovuq havo (Antarktida), issiq 
harorat (arab sahrolari) hukmron bo‘lgan joylarda tirik organizmlar 
o‘sha muhitga moslashib yashaydi. Mahalliy omillarga relef, tuproq 
xususiyatlari, sho‘rlanish, oqim, shamol, radiatsiya (nurlanish) va 
boshqalar kiradi. Antropogen omillar - hozirgi vaqtda tabiatdagi eng 
kuchli omillardan biri hisoblanadi.7

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin