Muhofaza qilish


Peter R illero, D inah Zike. E cology, 2005 (8-75-betlar)



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

11 Peter R illero, D inah Zike. E cology, 2005 (8-75-betlar).
46


Individlaming m a’lum hududda tarqalishi, jins va yosh
nisbatlari, morfologik, fiziologik, hulqiy va genetik xususiyatlari
populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi.
Populyatsiyaning tuzilmasi. 
Har qanday tur populyatsiyalar 
tizimidan tarkib topadi. Uning tuzilmasini esa individlaming 
harakatlanishi yoki m a’lum hududga bog‘liq!ik darajasi, tabiiy 
to‘siqlami engib o‘ta olishi kabi biologik xususiyatlari belgilab beradi.
Populyatsiyaning jins tuzilmasi. 
Populyatsiyaning jins tuzilmasi 
turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg'ochi individlaming son 
jihatdan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati,birinchidan, jinsiy 
xromasomalaming qo'shilishi bilan, y a’ni genetik qonuniyatlarga 
bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, m a’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir 
etishi mumkin.
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi. 
Populyatsiyaning yosh 
tuzilmasi qayta tiklanishning jadalligi, nobud bo'lish darajasi va 
nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlami ifodalaydi.
0 ‘simliklar populyatsiyasining yosh tuzilmasi. Fitotsenozdagi 
muayyan turlaming, har xil holatlardagi individlaming yig‘indisi 
tsenopopulyatsiya deb ataladi. Uni agar gulli o'simliklar misolida 
ko‘radigan bo‘lsak, unga tuproqda (yoki lining yuzasida) o‘z 
hayotchanligini yo‘qotmagan urug‘lar, nihollar va har xil yoshdagi 
individlar kiradi.
T. Rabotnov o ‘simliklar jamoasidagi o‘simlikIaming hayotini 
quyidagi asosiy yosh davrlariga ajratadi:
a) latent davri. Bunda o ‘simlik spora, urug‘ yoki mevalar holida 
tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o'simliklarda turlicha 
davom etadi. Masalan, terakning um g‘i hayotchanligini 3-4 kundan 
to 3 haftagacha saqlay oladi, ba’zi bir begona o‘t o'simliklar esa 
urug‘ining hayotchanligini bir necha o‘n yillab saqlay oladi. Tuproqda 
turli o ‘simliklaming ko‘p sondagi urug‘larini topish mumkin. Ular 
qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqish xususiyatiga ega. Shu 
bilan birga har yili yangi urug‘lar tuproqqa tushib turadi.
B) virgil davri. Bu davr o ‘simlikmng mhollik, yosh o‘simlik 
va voyaga etgan holatidir. Nihollar yosh o ’simliklardan urug‘palla 
barglarining boiishi bilan farqlanadi.
47


V) generativ davr. 0 ‘simlik hayotida sporalar yoki urug‘lar bilan 
ko‘payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi.
G) senil (qarilik) davri. 0 ‘simlikning yoshi ortishi bilan generativ 
ko‘payish xususiyati yo‘qoladi, ana shunga senil davri boshlanadi.
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi o‘simlik va hayvonlarda ham 
bir necha omillarga bog‘liq. Birinchi navbatda balog‘atga, voyaga 
etish vaqti, umr ko‘rish muddati, ko‘payish davri muddati, avlodlar 
davomiyligi, ota-onasidan bir vaqtda tug‘iladigan individlaming 
bunyodga kelish muddati, har xil jins va yoshdagi individlaming 
nobud boMish xarakteri, populyatsiyaning son jihatdan o ‘zgarib turish 
dinamikasi kabilarga bog'liq.
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi populyatsiya maydonidagi 
ayrim individlar va guruhchalaming tarqalish xarakterini ifodalaydi.
Individlaming uch turdagi tarqalishi ma’lum: bir tekis, tasodifiy 
va guruhli (to‘da-to‘da). Individlar bir tekis tarqalganda xuddi mevali 
daraxtlar bog‘da o ‘tkazilganidek, bir-biriga nisbatan bir xil masofada 
joylashadi.
Tasodifiy tarqalishda individlar bir-biridan har xil masofada 
joylashadi. Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo‘lgan 
bir xil muhitda uchratiladi.
Tabiatda guruhli tarqalish turi ko‘p uchraydi. Bunda individlar 
to‘da hosil qilib bir-biridan turlicha masofada joylashadi.
Soni
Genetik
birttk
O ’sish
Nobud
bolish
Populatsiya
Tug'ilish

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin