Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Cheklovchi omil
Cheklovchi omil tirik va notirik organizmlarning ekotizmini 
o‘z ichiga oladi. Cheklovchi omil aloqada bo'luvchibir necha 
populyatsiyaga ta’sir eta oladi. Biroz yomg‘ir yog‘ishi ham o‘tloqdagi 
o‘simliklarnio‘sishiniko‘paytira oladi. 0 ‘simliklarurug‘ni sichqonlar 
yeydi, bu oziqlanish jarayoni cheklovchi omilga aylanishi mumkin. 
Boyqushlar va qirg‘iylar sichqonlar bilan ozuqlanishi natijasida, 
sichqonlar sonining kamayishiga olib keluvchi cheklovchi omilga 
aylanishi mumkin.
7 Peter Rillero, Dinah Zike. E cology, 2005 (3 6 -b et).
23


Ekologik nisha
Moslashish jarayoni organizmlami ular hayotidagi o‘mi va tashqi 
tuzilishini ifodalaydi. Buni biz ekologik nisha (j oy) bilan ham izohlashimiz 
mumkin, ya’ni qancha ekologik tur mavjud bo‘lsa, shuncha ular uchun 
yashash muhiti mavjud bo‘ladi. “Nisha” termini fransuzcha “niche” -
chuqurlashuv, degan ma’noni ham anglatib, bu nafaqat yashash joyi, balki 
tabiatda turning o‘rni, biologik jamoadagi funksional roli, tashqi muhit 
omillariga bardoshliligi ham hisoblanadi (2-3-rasmlar). 
Kooperatsiya
- ikki organizm bir-birlari bilan kooperatsiya hosil qiladilar. Bunday 
kooperatsiya ikki organizm uchun ham ustunliklarga ega. Masalan, 
krablar bilan kovakichlilar bunga misol bo‘la oladi. Kovakichlilar 
krablaming orqasiga yopishib olib (ba’zan ulami krablaming o‘zlari 
o‘tqazib oladilar) ulami dushmanlardan, himoya qiladilar. Kovakichlilar 
esa o‘z navbatida krablardan transport vazifasidan foydalanadilar 
hamda ulardan qolgan ovqat qoldiqlari bilan ovqatlanadilar. 
Mutualizm
birlashgan ikki populyatsiya ham faqat foyda ko‘radi, bu birlashish 
ular uchun foydalidir, bunday birlashgan organizmlar tabiiy sharoitda 
biri ikkinchisiz hayot kechira olmaydi. Masalan, termitlar va ulaming 
ichaklarida yashovchi xivchinlilar bunga yaqqol misoldir. Bunda 
xivchinlilar termitlar qabul qilgan kletchatkani hazm qilishga yordam 
beradilar, chunki termitlar kletchatkani mustaqil o‘zlashtira olmaydilar. 
Xivchinlilar ham termitlarsiz yashay olmaydilar. Chunki ular uchun 
yashash sharoiti termitlar ichaklaridir.Turlaro‘rtasidagimunosabatlaming 
ikki va undan ko‘p tur uchun qulaylik tug‘diradigan xilini o‘zaro yordam 
deyiladi. Masalan, hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar 
changni bir o‘simlikdan ikkinchio‘simlikka olib o‘tadigan va shu bilan 
o‘simliklaming chetdan changlanishini ta’minlaydigan hasharotlarga 
muhtojdir. Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kengroq tushuncha 
hisoblanadi. Ekotizimda moddalar aylanishini ta’minlash uchun ma’lum 
miqdorda kerak bo‘ladigan anorganik moddalar zahirasi va bajarayotgan 
ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar 
bo‘lishi zarur. Birinchi guruhga o‘simliklar kirib, ular produtsentlar 
deyiladi. Produtsentlar assimilyatsiya jarayonida to‘plangan energiyasini 
boshqa organizmlarga beradi. Ikkinchi guruhga hayvonlar kiradi. Ular 
o‘simliklar tomonidan to‘plangan organik moddani iste’mol qiluvchilar 
hisoblanadi va kontsumentlar, deb ataladi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin