Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Nazorat savollari:
1. 0 ‘zbekistonda alohida muhofazaga olingan hududlaming 
qanday turlari mavjud?
2. Qo‘riqxonalaming vazifasini ayting.
3. Buyurtmaxonalar nima uchun tashkil qilinadi?
4. Pitomniklar nima?
5. Milliy bog‘lami tashkil etishdan maqsad nima?
133


12-MAVZU: 0 ‘SIMLIK RESURSLARI VA UNI
MUHOFAZA QILISH
Reja
1. 0 ‘simliklar xilma-xilligi va ahamiyati.
2. Noyob va qirilib borayotgan organizmlar.
3. 0 ‘zbekiston o‘simliklar.
4. 0 ‘simliklami muhofaza qilish.
5. 0 ‘zbekiston “Qizil kitobi”.
Tayanch so‘zlar; 
fotosintez, o‘rmon o‘simliklari, tog‘, cho‘l, 
to‘qayzor va vodiy o ‘rmonlari.
Yo‘qolgan turlar
Hech bir inson dinozavrlaming yo‘q bo‘lib ketish sababini aniq 
dalillar bilan aytib berolmaydi. Bir narsa aniqi, inson faoliyati va 
tabiatga ta’siri dinozavrlardan keyin paydo bo‘ldi. Bugun boshqacha 
hayot. Yo‘qolib borish arafasidagi turlar soni oshmoqda. 1980-yildan 
2000-yilgacha AQSH da 40 ga yaqin o‘simlik va hayvon turlari yo‘q 
bo‘lib ketdi. Sababi insoniyatning yer yuzini katta maydonlarini 
egallashi va o‘zlashtirish, ehtiyojlarini qondirishi hisobiga turlar soni 
kamayib ketmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biologik xilma-xillik yer 
yuzida barcha ekotizimlarda mavjud. Biron bir turning yo‘qolishi 
yoki kamayib ketishi har xil tur populyatsiyasi uchun noqulaylik 
keltirib chiqaradi, zero, turlar doimo bir-biri bilan turlicha o‘zaro 
bog‘langan. Suv ekotizimi va quruqlik ekotizimlarida turlar xilma- 
xilligini saqlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri 
bo‘lib qolmoqda. Tabiat resurslaridan oqilona foydalanmasligimiz 
oqibatida, qanchadan-qancha turlar va notirik komponentlar xavf 
ostida qolayapti. Tabiatning chiroyli manzarasi, ko‘rkam go‘shalari, 
o‘zining hayvonot va o'simlik olamining g‘aroyibotligi bilan ajralib 
turuvchi biosferani saqlash har birimizning insoniylik burchimizdir.
Biologik xilma-xillik tropik o‘rmonlarda, ya’ni doimiy nam 
iqlimli hududlarda, jumladan, Ekvadordagi Yasuni milliy bog‘ida
134


yuqori bioxilma-xillik mavjud. Quruqlik bioxilma-xilligi okean 
bioxilma -xilligidan 25-marotaba yuqori. Yer yuzida mavjud bo‘lgan
8, 7 million turning 2,1 millioni okean uchun xos ekanligi baholandi. 
Kolumbiya yuqori bioxilma - xillikka ega bo‘lgan mamlakat 
hisoblanib, u yerda endemik turlar ko‘p, ya’ni bu turlar boshqa biror 
mamlakatda uchramaydi. Yerda mavjud bo‘lgan turlaming 10% 
ga yaqini Kolumbiyada uchraydi va 1900 dan ko‘proq qush turlari 
Yevropa va Shimoliy Amerikaga qaraganda ko‘proq. Kolumbiyada 
dunyo sutemizuvchi turlarining 10% i uchraydi.37
Dunyoning suvda va quruqda yashovchilarming 14 % i va dunyo 
qushlarining 18%i Kolumbiyada uchraydi. Indoneziya dunyo gulli 
o‘simliklarining 10% ini, sutemizuvchilaming 12% ini, sudralib 
yuruvchilar, amfibiyalar va qushlaming 17% ini o‘z ichiga oladi. 
Madagaskar orolidagi florada o ‘simlik turlarining 66% endemik, 
Yangi Zelandiya orolida esa 72 %, Gavaya orollarida 82—90%. 
Janubiy Xitoyning Chjetszyan proventsiyasida Sharqiy Osiyoning 
ginko daraxti yow oyi holda faqat shu yerda o‘sadi. AQSH g‘arbidagi 
bir qancha rayonlarda mamont daraxti faqat shu yerlarda o ‘sadi.
Turlar qonun tomonidan saqlansada, toki ulaming tabiiy muhiti 
saqlanmaguncha ular hayot kechira olishmaydi. Atrof-muhitni 
muhofaza qilish ko‘pincha, tabiiy muhitni yoki butan ekotizimni 
saqlashga asoslangan bo‘ladi. Buni bajarishning usullaridan biri 
bu tabiat muhofazasini yaratish bo‘Iib, u xuddi, xalqaro bog‘lar va 
yow oyi hayot hududlarini saqlash kabi bo‘ladi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin