Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

hayvonot 
olami 
qanchalik muhofaza qilinmasin va ulaming ko‘payishiga sharoit 
yaratib berilgan bo‘lmasin, goho ulami pinhoniy ov qiluvchi shaxslar 
uchrab turadi.
0 ‘zbekiston hayvonat olamining turi ko‘p va ular rang-barang. 
Hududimizda 650 dan ortiq umurtqali hayvon namunalari mavjud 
bo‘lib, shulardan 83 baliq turi. 3 ta amfibiva. 58 tur sudralib 
yuruvchilar, 424 turdan ziyod qushlar va 97 tur sut emizuvchilar 
yashaydi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasida so‘z borar 
ekan, suv jonivorlarining kamayib ketayotganligiga alohida e ’tibor 
berish lozim bo‘ ladi. Chunki ulardan ayniqsa baliq turlarining kamayib 
ketishi tashvishlanarli xoldir. Bunga sabab esa suv havzalarining 
ifloslanishi, suvdagi suv salmog‘ining ayrim joylarda ortib borishi 
ma’lum turdagi baliqlar uchun katta zarar bo‘lishi mumkin. Bundan 
tashqari brakoner ovchilar ham baliqlaming kamayib ketishiga sabab 
bo‘lmoqda. 0 ‘lkamizda baliq ovlash xo‘jaliklari maydoni 38 mln. ga 
dan iborat.
0 ‘lka hududidan turon yo‘lbarsi, shuningdek, qizilbo‘ri butunlay 
yo‘qolib ketgan bo‘lib, qoplon, Old Osiyo qoploni, yo‘l-yo‘l sirtlon, 
tuvaloq kabi jonzotlaming yo‘qolib ketish xavfi bor.
M a’lumotlarga qaraganda, 0 ‘zbekiston hududida Mirzacho‘l, 
Qarshi cho‘li, Surxon - Sherobod cho‘li, Farg'ona vodiysining 
markaziy qismlari o‘zlashtirilgan. Bu esa sahro-cho‘1 muhitida 
yashaydiganbir qatorjonivorlaming, jumladan,jayron, go4zal tuvaloq 
kabi noyob zotlaming kamayib ketishiga sabab boMmoqda.
Bir qator go‘zal jonivorlar, jumladan 
tog'
qo‘yi, eron vidrasi, 
0 ‘rta Osiyo kapchailoni kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay 
kamaytirib yuborildi.
Hayvonlaming noyob va yo‘qolib borayotgan turlarini muhofaza 
qilishda ulaming yashash sharoitini yaxshilash va ко‘p avis hi uchrn 
qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak. Buning uchun birinchidan,
145


yo‘qolib ketayotgan va noyob hayvon turlarini qat’iy nazorat 
ostiga olib, ov qilishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik va ikkinchidan, 
o ‘sha hayvonlar yashaydigan hududlami tabiiy holicha saqlab, 
qo‘riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur.
0 ‘zbekistonda chop etilgan yangi «Qizil kitob» (2009) da 24 
tur sut emizuvchilar, 51 tur qushlar, 16 tur sudralib yuruvchilar, 18 
tur baliqlar kiritilgan. Umurtqasiz hayvonlardan turli sistematik 
guruhlarga kiruvchi 80 turi kiritilgan (1-2-jadval).
0 ‘zbekiston mustaqillikga erishgan kunidan boshlab jamiyatni 
demokratlashtirish va tabiatni muhofaza qilish sohasidadagi 
qonunchilik ishlarini tobora takomillashtirilib bormoqda. «Tabiatni 
muhofaza qilish to‘g‘risida» (1992), Alohida muhofaza qilinadigan 
tabiiy hududlar to‘g‘risida» (1993), Hayvonot olamini muhofaza 
qilish va undan foydalanish to‘g‘risida» (1997), shuningdek Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan bir qator hujjatlar asosida 
hayvonot olami muhofaza qilinmoqda. Bulardan tashqari 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 1995-yilda Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi va 
Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa suvda suzuvchi qushlaming yashash 
joylari bo‘lgan suv-botqoqli joylar to‘g‘risidagi (2001-yil Ramsar) 
Konventsiyalariga qo‘shilgan.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin