ularni ma’lum sinflarga bo‘lib olamiz. Dastavval barcha KO‘Ilarni ikki: lokal
6
texnologiyalar va internet texnologiyalar uchun mo‘ljallangan ilovalar guruhiga
ajratamiz.
1
Lokal
texnologiyalar
deganda,
alohida
kompyuterda
ishlash
uchun
mo‘ljallangan disk yoki lokal tarmoq vositalari yordamida boshqa kompyuterga
uzatish imkoniga egaqilib yaratilgan ilovalar tushuniladi.
Internet texnologiya global (Internet) tarmoqlari uchun ilovalarni o‘zlari emas,
ularning nusxalari foydalanuvchiga maxsus dasturlarning veb sahifalari orqali kirish
mumkin bo‘lgan ilovalar yaratishni ko‘zda tutadi.
Lokal gipermatnli ilovalarni yaratish uchun hozirgi kunda ko‘pginadasturlar
ishlab chiqilgan. Masalan, HelpWrirer Windows boshqaruvida ishlaydigan
konstruktor. Windows uchun mo‘ljallangan MS Access dasturi. Talabalarni joriy
o‘zlashtirishini nazorat qilish, o‘qituvchilarning kafedra bo‘yicha yuklamasini
taqsimlash va boshq. Elektron o‘quv nashrlar yaratish jarayoni ta’lim borasida oliy
o‘quv yurti faoliyatining etakchi yo’nalishiga aylanib bormoqda. Elektron o‘quv
nashrlarini (EO‘N) yaratish murakkab didaktik talablarni o‘z ichiga oladi, lekin
hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalari bu muammoni hal qilishda keng
imkoniyatlar yaratib beradi. Bunda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim:
o kursning bo‘limlar birligida namoyish qilinishi;
o mundarija bo‘limlariga to‘liq ruxsat etilishi;
o turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan foydalanish;
o o‘quv materialining o‘rganuvchi xususiyatlari yuzasidan moslashuvchanligi.
EO‘Nni yaratishda turli darajadagi o‘rganuvchilar uchun individual ta’lim
xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunda qanday ma’lumot tasvirlanayapti, qanday
qilib, qanaqa ketma-ketlikda, qaysi o‘qitish uslubiyati qo‘llanilmoqda – bularning
hammasi ma’lum o‘quv jarayonining individual chizgilari hisoblanadi. Hozirgi
vaqtda masofaviy o‘qitishda keng ko‘lamdagi elektron o‘qitish tizimlari mavjud
bo‘lib, ularga misol sifatida VLE (o‘qitishning virtual vositalari-Virtual Learing
Environment), V2K- Bridge to Knowledge, WebCT, Learning Space, OpenClass,
1
M.Aripov, A.Tillayev «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» Oliy о‘quv yurtlari uchun Elektron qо‘llanma
(CD), Toshkent, 2002.P.223
7
KADIS va Prometey tizimlari va boshqa shu kabi o‘quv jarayonining asosiy
vazifalarini avtomatlashtiruvchi tizimlarni keltirish mumkin.
Zamonaviy adabiyotlar va ta’lim tizimidagi mavjud me’yoriy xujjatlarga
asoslanib, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan EO‘Nlarni qo‘llanilish maqsadiga ko‘ra
quyidagi belgilariga asoslanib guruhlarga ajratish mumkin: tuzilishiga ko‘ra,
funksional vazifasiga ko‘ra, matnni tashkil qilishiga ko‘ra, ma’lumotni tasvirlash
xarakteriga ko‘ra, ma’lumotni ifodalash shakliga ko‘ra, maqsadga yo’naltirilganligiga
ko‘ra, tarqatilish texnologiyasiga ko‘ra, foydalanuvchi va elektron vosita orasidagi
bog‘liqlik xarakteriga ko‘ra va hokazo. EO‘Nlar moslashuvchanligini oshirishda
uning ko‘p darajaliligi ham yuqori samara beradi. Ko‘p darajali EO‘Nlar o‘quv
materialini ko‘rib chiqishning bir nechta yo’llarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi, ya’ni
turli qiyinlik darajalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda har bir daraja modullarga
ajratilib, har bir moduldagi yangi ma’lumot oldingi ma’lumotlar bilan nazariy
bog‘langan bo‘lishi lozim. EO‘Nning har bir moduli test topshirig‘i ko‘rinishidagi
nazorat savollarini echish bilan tugallanishi mumkin. Bu tuzilishni biz quyidagicha
tasvirlaymiz:
SHu o‘rinda biz uch darajadagi moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan
EO‘Nlarni yaratishni keltirib o‘tmoqchimiz.
Dostları ilə paylaş: