Boshqarish rejimi
Elektron doskaning ruchkasidan kompyuter sichqonchasi kabi boshqaruv
amallarini bajarishda foydalanish mumkin, masalan dasturni ishga tushirish yoki
yopish va x.k.
Buning uchun ruchka yordamida uskunalar panelidagi sichqoncha belgili
tugmani bosing. SHundan so‘ng ruchka boshqaruv rejimiga o‘tadi.
Ushbu darsimizda dasturlarni ishga tushirish, papkalarni ochish va yopish
amallarini ko‘rib chiqamiz
Ruchka bilan Pusk tugmasini bosing
Paydo bo‘lgan menyu bo‘limlaridan Bloknot dasturini tanlang
Dasturni yopish uchun Zakrыt tugmasini bosing
Ruchka bilan Moi dokumentы papkasiga ikki marta bosish orqali papkani
oching
Ro‘yxatdan, hujjat fayliga ruchka bilan ikki marta bosing
Hujjat va papkani yopish uchun ruchka bilan ularning yopish tugmalarini
bosing
SHunday qilib ruchka yordamida barcha amallarni bajarish va jarayonlarni
boshqarish mumkin.
Oynali rejim
22
Elektron doskada biror materialni yoritish va amalga oshirilgan xarakatlarni
saqlab qo‘yish uchun dastlab doska dasturini faollashtirish va unda yangi bo‘sh oyna
ochish
lozim.
Buning uchun ruchka yordamida uskunalar panelidan Okonnыy rejim tugmasini
bosing. SHundan so‘ng elektron doska dasturi faollashib unda yangi bo‘sh oyna
paydo bo‘ladi. Endi ruchka yordamida chizish va yozish mumkin.
Dastlabki rejimga qaytish uchun ruchka yordamida dastur uskunalar panelidan
sichqoncha belgili tugmani bosing. SHu tariqa keltirilgan tugmalar yordamida
rejimlarni almashtirish mumkin.
To‘lik ekranli rejim
Biror material bilan ishlash jarayonida faqatgina elektron doska uskunalar
panelidan foydalanish uchun to‘lik ekranli bo‘sh oyna yarating Buning uchun ruchka
yordamida elektron doska uskunalar panelidan Polnoekrannыy rejim tugmasini
bosing. SHundan so‘ng ekranda bo‘sh sahifa paydo bo‘ladi va Siz ish jarayoningizni
boshlashingiz mumkin. Dastlabki rejimga qaytish uchun ruchka yordamida uskunalar
panelidan sichqoncha belgili tugmani bosing SHunday tartibda yangi sahifalar ochish
va unga ma’lumotlarni kiritish mumkin
Nazorat uchun savollar
1. Multimedia nima?
2. Multimedianing imkoniyatlari, amaliy dasturlari?
3. Multimedianing apparat, instrumental va dasturiy vositalarini nimalar tashkil
etadi?
4. Elektron doska xaqida ma’lumot?
5. Elktron doskaning imkoniyatlari