Multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari


Multimedia  vositalarini  ta’limda  qo‘llashning  asosiy  muammolari  va



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix29.12.2021
ölçüsü1 Mb.
#48517
1   2   3   4   5   6   7   8   9
multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari

Multimedia  vositalarini  ta’limda  qo‘llashning  asosiy  muammolari  va 

kamchiliklari. 

Ta’limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha 

salbiy  taraflari  ham  mavjud.  Ular  jumlasiga  diqqatning  bo‘linishi,  materiallarni 

yaratishdagi  murakkabliklar,  vaqtning  ko‘proq  talab  etilishi,  dasturiy  ta’minot  va 

texnika  vositalarini  sozlash  va  foydalanishda  vujudga  keladigan  muammolar, 

axborotlarni  kompyuter  ekranidan  o‘qish  jarayonidagi  qiyinchiliklar  va  boshqa 

jihatlar kiradi. 

Diqqatning  bo‘linishi.  Axborotlarni  taqdim  etishning  murakkab  usullaridan 

foydalanish  aksariyat  hollarda  har  xil  nomutanosibliklar  tufayli  ta’lim  oluvchilar 

diqqatini  o‘rganilayotgan  asosiy  mavzudan  chalg‘itishi  mumkin.  Multimedia 

vositalarida taqdim  etilayotgan  katta hajmdagi  ma’lumotlar, turli havola  (ssыlka) va 

shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini bo‘lishi mumkin. 



16 

 

O‘quv  materiallarini  yaratishdagi  murakkabliklar.  Multimedia  vositalarining 

audio,  video, grafik va  boshqa  elementlarini  yaratish an’anaviy  matn  ko‘rinishidagi 

materiallarni yaratishdan ancha murakkab. 



Vaqtning ko‘proq talab etilishi. Multimediali materiallarni mustaqil 

ravishda yaratish singari multimediadan ta’lim oluvchi sifatida foydalanish ham 

birmuncha  ko‘proq  vaqt  sarflanishini  talab  etadi.  Ayniqsa,  multimediali  ta’lim 

vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi. 



Dasturiy ta’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda 

vujudga  keladigan  muammolar.  Multimediali  ta’lim  vositalaridan  samarali 

foydalanishni  ta’minlash  uchun  dasturiy  ta’minot  va  texnika  vositalari  talab 

darajasida sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta’lim materiallarini taqdim 

etish  jarayoni  matnlarni  tahrirlash  va  aks  ettirishning  oddiy  vositalariga  qaraganda 

yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi. 

Axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar

Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni 

o‘qishga  qaraganda  noqulayroq.  To‘liq  o‘qib  chiqishni  talab  etadigan  katta 

hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop 

etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda multimedia vositalarida 

zarur  axborotlarni  topish  va  uni  qog‘ozga  chop  etib  olish  uchun  ma’lumotlarni 

qidirish quroli taqdim etiladi. 


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin