Multimediali ta’limni amaliyotga joriy tatbiq etish usullari, xususiyatlari



Yüklə 28,47 Kb.
tarix23.09.2023
ölçüsü28,47 Kb.
#147473
aktt referat


Multimediali ta’limni amaliyotga joriy tatbiq etish usullari, xususiyatlari
Multimediani ta'limda qo‘llashning asosiy afzalliklari.
Talab darajasida to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli axborotga qaraganda birmuncha ilg‘or usul bo‘lib, o‘quvchilarda aniq va samarali mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‘tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko‘ra (Shephard – Shepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat:
1. Muqobil istiqbollar
2. Faol ishtirok
3. Tezkor ta'lim olish
4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish
5. Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari
6. Tizimli ravishda tushuna borish
7. YUqori darajadagi tafakkur
8. Mustaqillik va e'tiborlilik
9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish
10. Qo‘llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari
Matn va videoning onlayn usulidagi trening jarayonida birga ishlatilishi. Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meyer (Mayer) ham aytib o‘tgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko‘ra multimedianing ma'lum ustunligi mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul qilish kanallarining bir-biridan keskin farq qilishiga qaramasdan, ularning multimediadagi kombinatsiyasi juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda ikkala tizimning ham afzalliklaridan samarali foydalaniladi. Matn va grafika o‘rtasidagi aloqalar mavzuni chuqurroq tushunishga va mental model (tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi.
Learning Peaks firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, sotuv bo‘yicha
onlayn usulidagi trening ekrani ko‘rsatilgan. Ushbu misolda ekranning o‘ng
tarafidagi matnda, videoda ko‘rsatilayotgan jarayonga qisqacha sharh berib o‘tilgan.
Multimedianing samaralilik prinsiplariga ko‘ra (Meyer bo‘yicha), ta'limning
muvaffaqiyatliligini oshirish uchun tasvir va sharhlovchi matn bir-biriga yonma-yon
joylashgan bo‘lishi zarur.Quyidagi Xede va Xede (Hede and Hede) modelida multimedia resurslarivositasida o‘qitish jarayoniga ta'sir etuvchi omillar va ularningo‘zaro ta'siri ta'riflangan.Video (matn, rasm, video, animatsiya) Audio (suxandon ovozi, yo‘riqnomalar, replikalar, musiqa)
Diqqat.
Ishchi xotira (ma'lumotlarga ishlov berish) (modal effektlar, ikkilik kodlash, kognitiv qayta yuklash, takrorlash, kognitiv ulanish)
Davomli xotira (me'yoriy talablarga oid bilimlar, shartli bilimlar, jarayonga oid bilimlar)
O‘qitish.
– doira ichida:
O‘quvchilarni (o‘quv jarayonini) boshqarish (vazifa uchun vaqt, o‘zaro
faollik, navigatsiya)
Motivatsiya (tashqi, ichki).
O‘qitish stili (yo’zaki/chuqur, tashqi omillarga bog‘liq/tashqi omillarga bog‘liq emas, faol/sust, vizual/verbal, “Kolb”ning 4 stili).
Kognitiv jalb etish.
Salohiyat (umumiy, spetsifik)
Refleksiya.
Ushbu model ishlab chiqaruvchilarga qaysi omillar multimedianing ta'lim
jarayoni uchun u yoki bu darajada samarali bo‘lishini hisobga olishda yordam beradi.
Layo (Liao)ning meta-tahlili multimedia resurslarisiz o‘qitish natijalarining
to‘laqonli bo‘lmasligi va ushbu nomukammallik modelning ko‘pgina omillari
bo‘yicha yo’z berishi mumkinligini ko‘rsatdi. Multimedia resurslarining
samaraliligiga Xede va Xede modelida keltirilgan omillardan har qaysisining
ta'sir etishi mumkinligi bois, Layoning xulosalari umumiy pedagogik dizaynning qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda. Ta'kidlash mumkinki, multimedia resurslari ta'lim jarayoniga juda ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, lekin ushbu resurslarni yaratishga e'tibor bilan yondashish zarur.
Ta'lim jarayonida multimedia qanday ishlaydi?
Samarali ishlab chiqilgan ta'lim muhiti (shu jumladan, multimediali
ta'lim muhiti) quyidagi 4 ta elementni o‘z ichiga qamrab oladi:
1. Axborotlarni aks ettirish.
2. Ishni nimadan boshlash va qanday davom ettirish bo‘yicha qo‘llanma.
3. Tushunish va xotirada saqlab qolish uchun mashqlar.
4. O‘tilganlarni takrorlash yoki keyingi bosqich (qadam)ga o‘tish zarurligini aniqlash uchun o‘zini baholash.
Ushbu to‘rtta element elektron o‘quv resurslaridan foydalangan holdagi
ta'limda yoki an'anaviy ta'lim turlari bilan bo‘lgan kombinatsiyalarda
ishlatilishi mumkin. Elementlarning barchasini multimediasiz ishlatish
mumkinligiga qaramasdan, multimediada ushbu elementlardan foydalanish
ularni yanada samaraliroq va muhimroq qiladi.
Meyerning tadqiqotlaridan ma'lumotlarni keltirishdan maqsad, agar
quyidagi prinsiplarga rioya qilinsa, axborotlarni xotirada saqlab qolishga va
o’zatishga multimedia qanday ta'sir etishini ko‘rsatishdir. Ushbu prinsiplar o‘z
avvalini ishchi xotiraning chegaralanganligi haqidagi fikrlar va o’zoq muddatli
xotirada kodlash prinsiplari to‘g‘risidagi ilm-fan tasavvurlaridan boshlagan.
Tamoyil
Tavsifi

Multimedia


Matn va grafikadan foydalangan holdagi ta'lim faqatgina matndan foydalangan holdagi ta'limdan yaxshiroq.


Fazoviy bog’liqlik


Matn va grafikadan foydalangan holda olib borilayotgan


ta'limda grafikaning va izohlovchi matnning yonma-yon
joylashtirilishi maqbul.

Vaqt bo’yicha bog’liqlik


Matn va grafikadan foydalangan holda olib borilayotgan


ta'limda grafika va izohlovchi matnning ekranda biridan so‘ng biri emas, balki bir vaqtning o‘zida aks ettirilishi yaxshiroq.

Mantiqiylik


Ta'lim jarayonida matn, grafika yoki ovozlarning haddan


ziyod ortiq bo‘lmaganligi ma'qul.

Modallik

Ta'lim jarayonida ekrandagi animatsiyaning matn bilan
izohlanishidan ko‘ra suxandon ovozi bilan sharhlanishi
yaxshiroqdir

Haddan ziyod ortiqlilik


Ta'lim jarayonida ekrandagi animatsiyaning matn bilan


izohlanishidan ko‘ra suxandon ovozi bilan sharhlanishi
yaxshiroqdirTa'lim jarayonida ekrandagi animatsiyaning ham
suxandon ovozi, ham matn bilan izohlanishidan ko‘ra
faqat suxandon ovozi bilan sharhlanishi yaxshiroq.

Hususiy farqlari


Ushbu tamoyillarning samarasi o‘quvchilarga yuqori darajadagi bilimlarni berishdan ko‘ra boshlang‘ich bilimlarni berishda hamda hududiy jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan hudud o‘quvchilaridan ko‘ra bir-biridan juda ham olisda joylashgan o‘quvchilarni o‘qitishda sezilarli darajada namoyon bo‘ladi.


1-jadval: Meyer bo‘yicha multimedianing samaraliligi tamoyillari.


Multimedia dasturlari orqali o‘qitish o‘quv materialining mazmuniy komponentlarini keng ko‘lamda tizimga keltirishga ko‘maklashadi, ta'lim oluvchilarga ta'limning to‘liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o‘tish imkonini beradi.
Ta'lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni o’zatish
uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an'anaviy ta'lim va ma'lum
ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o‘zgacha
o‘rin olgan yangi muammolarning, yechimlarning, yangi kesishish nuqtalarining
vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi.
Pedagogika fani tajribalari va amaliyotining shaxsga yo‘naltirilgan
ta'lim modeliga diqqati ko‘p jihatdan ilmiy qarashlari markazida insonga urg‘u
beriluvchi falsafiy qarashlar taraqqiyoti bilan bog‘langan. Shaxsga yo‘naltirilgan
ta'lim shunday ta'limki, u:
• Ta'lim oluvchiga yo‘naltirilgan va unga ta'lim jarayonining eng asosiy
qadriyati sifatida e'tibor qaratilgan;
• Ta'lim oluvchining shaxsiy sifatlarini namoyon qilishga va
shakllantirishga, tafakkurini rivojlantirishga, uning ijodkor, faol va tashabbuskor shaxs sifatida yetilishiga, o‘rganishga bo‘lgan va ma'naviy ehtiyojlarini qoniqtirishga; ularning zehnini, kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamol toptirish va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi;
• yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchanlik, yangi ixtisos olishga va bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga qobiliyatli mutaxassislarga bo‘lgan jamiyat ehtiyojlarini ta'minlashga yo‘naltirilgan.
Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat
yaratadi:
• ta'limning gumanizatsiyalashuvini ta'minlash;
• o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish
(o‘zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta'lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash,
o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari,
olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatga
bo‘lgan munosabati);
• ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta'lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta'lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta'limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
• ta'lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub'yekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish;
• ta'lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta'lim oluvchi mustaqil o‘qib va rivojlanib boradi;
• ta'lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta'limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi.
Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar
bazasi, sun'iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan
jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan
laboratoriya amaliyotlari kiradi.
Ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor ta'lim texnologiyasi hisoblanadi.
Interfaollikning ta'minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta'lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma'lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta'lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda
takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e'tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o‘quv materiallari tushunish uchun qulay bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi.
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o‘qituvchining ko‘magi zarur bo‘ladi.
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda ham ta'lim strategiyasi ta'lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko‘rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to‘ldirgan holda zaruriy
emotsional darajani ta'minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta'lim yo‘nalishlari (stillari) uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan
foydalanilishi mumkin: ayrim ta'lim oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko‘rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar.Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo‘lgan ta'lim oluvchiga noan'anaviy qulaylik tug‘diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta'lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish malakalari o‘sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta'minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va istiqbolli quroli
(instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko‘ra keng
ko‘lamdagi ma'lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda
nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan
foydalanish; axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish)
darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish
imkoniyatini yaratadi.
Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llashning asosiy muammolari va kamchiliklari.
Ta'limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi.
Diqqatning bo‘linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan foydalanish aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta'lim oluvchilar diqqatini o‘rganilayotgan asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin.
Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma'lumotlar, turli
havola (ssыlka) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini bo‘lishi mumkin.
O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an'anaviy matn ko‘rinishidagi materiallarni yaratishdan ancha murakkab. Vaqtning ko‘proq talab etilishi. Multimediali materiallarni mustaqil ravishda yaratish singari multimediadan ta'lim oluvchi sifatida foydalanish ham birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta'lim vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi. Dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda
vujudga keladigan muammolar. Multimediali ta'lim vositalaridan samarali
foydalanishni ta'minlash uchun dasturiy ta'minot va texnika vositalari talab
darajasida sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta'lim materiallarini taqdim etish jarayoni matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi. Axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar. Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni o‘qishga qaraganda noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda multimedia vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib olish uchun ma'lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi.

3.Ta’lim jarayonida multimedia texnologiyalarini qо‘llash.


Keyingi yillarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish, xususan, multimedia
texnologiyalaridan foydalanish ta’lim tizimi mazmunini boyitish, tashkil etish
shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta ijobiy ishlar amalga oshrilmoqda.
Keyingi yillarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish, xususan, multimedia
texnologiyalaridan foydalanish ta’lim tizimi mazmunini boyitish, tashkil etish
shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta ijobiy ishlar amalga oshrilmoqda.
Ta’lim muassasalari dars jarayoniga AKT joriy etilishi ta’lim samarasini
oshirishning asosiy omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Ta’lim tizimida innovatsion
texnologiyalar, jumladan, zamonaviy, ilg‘or AKT tatbiq etib borilmoqda. Ta’lim

jarayonida talaba-yoshlarga texnik vositalar va multimedia texnologiyalari asosida


ta’lim berish, berilayotgan bilimni tez va oson o‘zlashtirilishi, ularning tushunarli
va xotirada yaxshi saqlanishiga yordam berayotganligi amalda o‘z isbotini
topmoqda. Bundan tashqari, ta’lim tizimida videokonferensiyalar tashkil qilinishi
imkoniyatining yaratib berilganligi ta’lim jarayonining yutuqlaridan biridir. Ushbu
imkoniyat talabalarning fikr almashishi, erkin va ijodiy tafakkurini rivojlantirish va
o‘z fikrini to‘g‘ri va aniq yetkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lishida muhim omil
bo‘ladi, desak yanglishmaymiz. Internet tizimlari orqali jahonning boshqa
mamlakatlarida ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, tadbirlar, ta’lim jarayonidagi
yangiliklar va yutuqlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib boradilar.
Ma’lumki, multimedia texnologiyalari ta’lim jarayonini boyitadi, o‘quv
materiali ta’limiy axborotlarni idrok etishni yanada samaralilashtirish imkonini
beradi. Multimedia — bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib,
interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvi ostida o‘zaro vizual va audiosamara
ta’siridan iborat bo‘lib, u matn, tovush, grafika, foto, videoni bir raqamli taqdim
etish usulida birlashtiradi. Gipermedia — bu multimediali obyektlarda
qo‘llaniladigan gipermatnli vositalar bilan bog‘liq kompyuter fayllaridir. Ta’limni
kompyuter va boshqa internet-texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishda, turli
afzalliklar bilan bir qatorda, ayrim kamchilklar ham mavjud: bu aloqa liniyalari
bilan bog‘liq muammo bo‘lishi ham mumkin. Mazkur muammolarni CD-ROM va
DVD-disklari deb ataladigan optik kompakt disklar yordamida hal etilishi mumkin.
Multimedia tushunchasi — turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi
vositalar majmuasini anglatadi. Multimedia texnologiyalari — bu turli shakldagi
axborotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasidir. Multimedia texnologiyalariga
avvalo, tovushlar, video-elementlarni qayta ishlovchi vositalar kiradi. Bundan
tashqari, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika ham multimedia
texnologiyalari qatoriga kiradi. Ehtimol, kelajakda multimedia vositalari
ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini
berishi ham mumkin.
Zamonaviy ta’lim vositalari — interaktiv, audio-vizual, multimediali o‘quv
jihozlari — shunchaki zamonaga mos rusumga aylanib borayotgan vositalar emas,
balki o‘quvchi-talabalar shaxsini rivojlantirish uchun variativ imkoniyatdir.
Zamonaviy ta’lim tizimining vazifasi esa shunchaki bilim berishdangina emas,
balki o‘quvchi-talabalarning ijodiy tafakkurini loyihalashtirishga yordam berishdan
iborat. Har qanday nazariy bilim amaliyot bilan mustahkamlanishi zarur. Shu
sababli o‘qituvchi bergan nazariy axborotlariga qo‘shimcha sifatida ta’lim
jarayonida amaliy, laboratoriya, loyihali faoliyat talab etiladi. Bu mustaqil tadqiqot
ishlariga malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beruvchi omil bo‘lib,
butun ta’lim faoliyati davomida foydalanilishi zarur. O‘quvchilarni ta’lim
jarayoniga faol jalb etish, qiziqtirish juda muhim. O‘qitishni qiziqarlilashishi
hamda unda barcha o’quvchilarning to‘liq fikru-zikri bilan faollashishi asosida
ta’lim jarayoni juda samarali o‘tadi. Bunda ko‘rgazmali vositalar ham muhim o‘rin
tutadi, ular axborotning turli manbalari bilan ishlash va olingan natijalarni
solishtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’lim jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi
natijasida avvalo, ta’limning universal ta’siri, uning asosida esa — foydali malaka
va ko‘nikmalar, nihoyat keng doiradagi salohiyatlari shakllanadi.
O‘qituvchilarning an’anaviy o‘qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar
o‘tkazilishi uchun ko‘p vaqt ajratiladi. Bu davr ruhiga mos mutaxassis-kadrlar
tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir. U nafaqat o‘quvchi-talabaning
nazariy bilimlarini mustahkamlashga, o‘quv materialini o‘zlashtirish samarasini
oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga ham ko‘mak
beradi. Biroq bunday mashg‘ulotlar to‘laqonli natija beradi, deya olmaymiz.
Sababi — ayrim laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligi hamda laboratoriya
va o‘quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan soz holda
jihozlanmaganligi, mavjudlarining ham aksariyati ma’naviy eskirib borayotganligi
va bugungi kun talablariga to‘liq javob bera olmasligidadir. Texnologiyalar tez
sur’atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriya
va stendlarni har bir o‘quv yilida takomillashtirish talab etiladi. Buning uchun esa
qo‘shimcha sarf-xarajatlar ko‘zda tutilishi zarur.
Yana bir muhim omil shundan iboratki, ba’zi laboratoriya tadqiqotlaridagi
ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt ichida ta’lim oluvchilar
takror tahlil yoki tajriba-sinovlar o‘tkazishga qiynaladilar. Shuning uchun ma’lum
bir sohada yetarlicha ish ko‘nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mash-
g‘ulotlarni qayta-qayta takrorlash zarur bo‘ladi. Afsuski, an’anaviy ish olib borish
sharoitida laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining tez-tez buzilishi
va shu sababli qo‘shimcha sarf-xarajatlar talab qilinishi bois, doim ham samaraga
erishib bo‘lmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mutaxassis-kadrlarni tayyorlash uchun
muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi samarali, hammabop
pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug‘iladi. Buning uchun laboratoriya
stendlari va o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar barcha o’quvchilar uchun
nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo‘lishiga erishish lozim. Mashg‘ulotlar
o‘ziga jalb eta olishi, barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi,
jarayonlarni jo‘shqin tarzda namoyon etishi, mashg‘ulotlar o‘tkazish va
o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirishni, umuman, butun ta’lim jarayoni samarasini
oshirishi, o’quvchilarda o‘z egallagan bilimlariga baho berish imkoniyatini
ta’minlashi zarur. Aynan shu nuqtai nazardan, zamonaviy multimediali
texnologiyalarning tatbiq etilishi yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni hal qilishda va
an’anaviy o‘qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko‘mak beradi.
Hozirgi davrda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida virtual
stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Virtual stendning o‘zi nima va ta’lim
samarasini oshirishda qanday ahamiyatga molik? Virtual stend — bu o‘quv amaliy
stend yoki o‘quv-malaka ustaxonasi bo‘lib, o‘quvchi-talabalarning nazariy
bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma’lum
yo‘nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam beruvchi ta’limiy AKT
vositasidir. Virtual stendlar har bir o‘quvchi-talabaga texnikaga oid o‘z kirish
ko‘rsarkichlarini «o‘rgatishga», o‘z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi.
Laboratoriya ishini o‘tkazishda, uni zarur tartibda tushunish va boshqalar bilan
bog‘liq vaqt yo‘qotish masalasi esa kompyuter samarasi hisobiga bartaraf etiladi.
Bunda, ayniqsa, moliyaviy zaxiralarning tejab qolinishi muhimdir.
Zamonaviy oddiy kompakt diskka o‘nlab, ba’zan esa yuzlab laboratoriya ishlarini
joylashtirish mumkin. Endi bir dona shunday virtual laboratoriya stendi qanchalik
arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular bilan birga,
ta’lim muassasalarini yalpi ta’minlash mumkin. Internetga ulanish tarmog‘ining
mavjudligi esa, undan ham yaxshi samara beradi. Ta’lim jarayoniga virtual
stendlarning joriy qilinishi natijasida, an’anaviy ta’limga nisbatan mutaxassislarni
tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonining yanada yuqori sifati ta’minlanadi. Bunga
avtomatlashtirilgan o‘qituvchi va test o‘tkazuvchi, tizimlar, test topshiriqlari va
o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollardan iborat ixtisoslashgan o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalardan foydalanish, o‘quv jarayonining uslubiy asosini tezkor yangilash
hisobiga erishiladi. Bugungi kundagi o‘qitishning tashkiliy shakllari, zamonaviy
multimedia texnologiyalari hamda ta’lim uchun turli zarur imkoniyatga ega
bo‘lmoqdamiz.
Ta’lim jarayonida virtual stendlardan foydalanish ta’lim sifati va
samarasini oshirib, sarf-xarajatlarni kamaytibgina qolmay, balki ekologik toza,
xavfsiz, muhit yaratilishi omili ham hisoblanadi. Virtual stendlar joriy etilishi bilan
ta’lim mazmuniga boshqacha yondashuv talab etiladi. Multimediya stendlari
vositasida o‘quvchilar har qanday axborotni nafaqat ko‘rib, balki eshitib ham
xotiralarida saqlab qolishlari osonlashadi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy
multimedia texnologiyalarining joriy etilishi an’anaviy ta’limga nisbatan quyidagi
samaralarga erishish imkonini beradi:
-jadval va rasmlarni rangli, ovozli, animatsiyalar, gipermatnlar bilan
boyitish;
-interaktiv veb-elementlar, testlardan foydalanish;
-darsning nazariy materialini boyitib borish;
-axborotlarning muntazam ravishda yangilab turish;
-ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalar bilan ko‘proq individual ishlash,
ularning darsga qiziqishlarini oshirib, egallagan bilimlarilarini qo‘llab-quvvatlash
va rivojlantirish;
-ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, voqelikni
kompleks o‘rganish;
-ta’lim jarayonining moslashuvchanligi, shakllari va usullarini,
texnologik bazasini zamonaviy AKT vositalarini joriy etish orqali takomillashtirib
borishdan iborat.
Multimedia vositalarini ta’limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
• ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash;
• o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o‘zlashtirganlik,
bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o‘zini o’zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi kamol
toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini
amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘gan qiziqishi, mehnatga bo‘lgan
munosabati);
• ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har
bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy
ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada
kengayadi;
• ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning
qadrqimmatini tan olish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga
olish;
• mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil
o‘qib va rivojlanib boradi;
• ta’lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish
uchun hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam
beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil
qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga
oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali
o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng
ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt
tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o’rganilayotgan jarayon va hodisalarning
matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.

Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning


manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra,
shuningdek, har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg’unlashuvi,
interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor
ta’lim texnologiyasi hisoblanadi.
Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa
vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan
hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli
axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada
axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda
belgilangan sozlovlarni individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi,
foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi,
materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin.
Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish
muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o‘quv materiallari tushunish uchun qulay
bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab
qilinadi.
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish
va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli
(kompetentli) o‘qituvchining ko‘magi zarur bo‘ladi.
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda
ham ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim
etish, balki ta’lim oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va jarayonni
boshqarib borish bilan shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin.
Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy
ko’rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim
etilayotgan materiallarni to‘ldirgan holda zaruriy emosional darajani ta’minlab
turishi mumkin.
Multimedia vositalari har xil ta’lim yo’nalishlari (stillari) uyg‘unligida
qo‘llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga
doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim
ta’lim oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari
esa (videofilmlarni) ko‘rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush
ko‘radilar.
Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo‘lgan
ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug‘diradi. Xususan, eshitish sezgisida
defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish malakalari o‘sishiga,
shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va
jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual
ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.
Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli
(instrumentlari) bo‘lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra
keng ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va
uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar,
video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul
qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda
tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda multimedia texnologiyalari — ta’lim
jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Ta’lim
jarayoniga multimedia texnologiyalarini joriy etish talabalar va o‘quvchilarni
intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy
ettirishning muhim shartidir. Shu sababli ham bugungi kun o‘qituvchisi tinimsiz
o‘z ustida ishlashi, keng ijodiy tafakkurga ega, ilg‘or pedagogik va multimedia
texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan shaxs sifatida o‘z kasbiy-mutaxassisligi
uchun zarur fazilatlar egasi bo‘lishi davr talabidir. Ta’lim jarayoniga zamonaviy
axborot texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta’minotni takomil-
lashtirish, moddiy baza, shuningdek, o‘qituvchi mutaxassislar malakasini
oshirishni talab etadi. Multimedia vositalari pedagog-kadrlarining malakasini va
mahoratini yanada oshirishlarida ham muhim ahamiyatga molikdir.
Yüklə 28,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin