Foydalanuvchi interfeysi Dastutni kompyuterda o‘rnatgandan keyin uni ishga tushursh quyidagicha amalga oshiriladi: Ishga tushurish-Barcha dasturlar- National Instruments – Circuit Design Suite – Multisim.
Multisim dasturini ochiladigan darchasi zamonaviy interfaol dasturiy maxsulot uchun standart ko‘rinishga ega. Foydalanuvchi interfeysining asosiy elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadilar: bosh menyu, anjomlar paneli, holatlar satri, aylanishlar kengliklari va Windows dasturi darchasining boshqa standart elementlari.
Multisim dasturi menyusi elementlari bilan ishlash xususiyatlari o‘rganilgan adabiyotlar ko‘pdir.
Axborotlar darchasini faollashtirish uchun asosiy paneldagi belgini tanlash yoki View-Spreadsheet View menyudan punktni tanlash va bosish kerak.
Multisim dasturining bosh menyusi sxemani tayyorlash va tahlilni o’tkazish uchun anjomlarning katta to‘plamiga ega.
Bosh menyuning File, Edit, View punktlari odddiy menyular hisoblanib, fayllar bilan ishlash uchun fayllar va loyihalar buyruqlar to‘plamiga, yozishga (File), chizma hossasini o‘zgartirish va tahlil qilish, yonaltirish, olib tashlash, ajratish sxema elementlarini ko‘chirish (Edit), foydalanuvchi interfeysini sozlash anjomla to‘plamini o‘zgartirish imkoniyati bilan paneldagi, ishchi sohani masshtablash (View).
Menyuning Place punkti:
Component… – sxema komponentlarini tanlash va joylashtirish uchun mo’ljallangan;
Wire – bog‘lovchi simlarni kiritish;
Bus – axborot shinalarini qurish;
Junction – elektor tugunlarini-ulash joylarini aniqlash;
Comment – sxemadagi sharhlarni aniqlash;
Connectors – ulovchilarni kiritish;
Text – tushuntiruvchi tekstni kiritish;
Graphics – tashqi fayldan grafik tasvirlarni elementar grafik elementlarni kiritish;
Title Block – sxema uchun shtamp parametrlarini berish.
Menyuning MCU punkti tanlangan mikropratsessor ishlashi uchun dasturiy kodni yozish va dasturni sozlash imkonini beradi.
Menyuning Simulate punkti o‘tkaziladigan tahlil hilini beradi, ichiga joylashtirilgan asboblar tanlaydi, natijalarni saqlaydi va ularga ishlov berish ishlarini amalga oshirish imkonini beradi. Bu menyuda Interactive Simulation Settings punkti yordamida modellashning qadami vaqtini o‘zgartirish mumkin .
Jim turish bo‘yicha dasturda modellash qadamini (10-5c) avtomatik generatsiyasi tanlangan. Modellash qadami vaqtini o‘zgartirish uchun Maximum time step (TMAX) satrni faollashtirish kerak va zarur qadamni ko‘rsatish kerak.
Menyuni Transfer punkti – bu yerda yakuniy ma’lumotlarni Ultiboard dasturidagi bosma platasini trassirlash uchun berish mumkin.
Tools menyusi dastur komponentlarining ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkonini beradi, bunda avtomatlashtirilgan loyihalash imkoniyatlaridan foydalaniladi, 555 seriyadagi taymer asosidagi qurilma hillariga ega bo‘lgan loyihalash ustasi, kenglikli filtrlar, amaliy kuchaytirgichlar va bi qutbli tranzistorlarda yeg‘ilgan kuchaytirgich kaskadlari, ular uchun talab qilingan chiqish parametrlarini tanlash mumkin.
Bu menyu bilan shuningdek tatqiq qilinadigan sxemani ko‘p varyantli tahlili uchun dastlabki ma’lumotlarni tanlash mumkin, sxemani xatolarda tekshirish, elektron komponentlar nomlarini tahlil qilish va olingan manzaralarni grafik fayl ko‘rinishida keyinchalik saqlashni ado etish ham mumkin.
Reports menyu punkti sxema haqida aniq hisobotni taklif qiladi: komponentlarning xili va soni, ularning paramentrlari , sxema simlari haqida ma’lumotlarni va h.k.. Bundan tashqari olingan axborotni keyinchalik foydalanish uchun offis dasturlariga ham berish mumkin.
Menyuning Option punkti sxemani tayyorlash va saqlash bo‘yicha ish sharoitini, sxemaning tashqi ko‘rinishini aniqlash va kiritish va elementlarning rasimini chizish vaqtida joylashtirish sharoitlarini beradi. U quyidagi kichik menyularga ega: Global Preferences…, Sheet Properties… va Customize User Interface…
Global Preferences kichik menyusi dasturning ish sharoiti va rejimini aniqlaydi, sxemaga kirish jarayoni kabi, shuningdek sxemaga kiritilgan fayl ko’rinishini saqlashdagi kabi. Paths ni joylastirishda sxemalarning fayllarini saqlovchi papkalar fayl konfigurasiyalari va ma’lumotlar bazasiga yo‘l beradi .
Save joylashtirishda fayldagi ma’lumotlarning o‘lchamlari va saqlash rejimlari aniqlanadi. Parts joylashtirishda sxemalarni ishchi sohasiga o‘rnatish komponentlarini tanlashda dastur harakati aniqlanadi, shunda komponent ko‘rinishini standarti, tahlil natijalarini o‘lchashni avtomatlashtirish parametrlari, va raqamli qurilmalarni modellash paralmetrlari tanlanadi .
General joylashtirishda sichqonchani g’ildiragini harakatlanishida aniqlanadi, shunda simlarni avtomatik ulanish imkoniyatlati va kursor sohasini harakatini ajratish imkonniyati tanlanadi .
Sheet Properties kichik menyusi tayyorlangan va chizilgan sxemalarning tashqi ko‘rinishini aniqlaydi. Circuit yotqizishni unga joylashtirganda kiritilgan komponent yaqinidagi sxemalar maydonida qaysi axborot aks etayotdganini ko‘rsatish mumkin .
Aks ettirish uchun eng kerakli axborotni qoldirish kerakligi tavsiya qilinadi: tekst belgilari (Labels), pozisiya belgilanishlari (RefDes) va uning qiymatlari (Values). Bu joylashtirish yordamida elementlarning rangli yechimini ham, ulovchi simlarni standart to’plamlaridan sxema fonini yoki foydalanuvchini rangli palitrasini (Color) berish mumkin. Agar OK darchani ekran tugmasini shundan keyiin bossak, shunda barcha tanlangan sozlanishlar faqat shu sxema uchun saqlanadi va keyingi sxemalar uchun foydalaniladi. Keyingi sxemalar uchun sozlanishlarni saqlash uchun Save as default bayroqchani qayt etish zarur va shundan kegin OK bosiladi.
Workspace joylashtirish to‘rning ko‘rinishni o‘rnatadi, chizma chegaralari, bet chegaralarini ko‘rsatadi, standart to‘plamlar sxemalari uchun bet o‘lchamini aniqlaydi, ularning yo‘nalishi yoki betni standart bo‘lmagan o‘lchamlari va o‘lchamlari hajmi aniqanadi. Wiring buyrug‘i bog‘lovchi similar chiziqlarini va shinalar tavsirlari qalinligini aniqlaydi .
Window menyu punkti – standart dastur ichki darchalari orasida navigasiyani amalga oshiradi va bu darchalarni joylashuvini boshqaradi.
Help menyusini punkiti haqida ham yordam haqida ma’lumotlar olish mumkin.