Mundareja: Kirish Nazariy qism


Qo’rg’oshin birikmalarining olinishi va ishlatilishi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/14
tarix02.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#171179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Shahzod aka shaxtali pech

1.2. Qo’rg’oshin birikmalarining olinishi va ishlatilishi.

Hozirgi kunda ko‘plab zavodlar boyitilgan rudalarda- konsentratlardan (40-78% Rb) Rb eritib olish keng qo‘llaniladi. Birinchi metallurgik operatsiya-aglomeratsiya kuydirishni pishirish aglomeratsion mashinalarda amalga oshirish (Pb sulfidlarini oksidlariga o‘tkazish).


Sulfidlar oksidlanganda issiqlik ajraladi, shuning hisobiga shixtada qisman ayrim past haroratda suyuqlanadigan birikmalar suyuqlanishi sodir bo‘ladi. Aglomeratni eritish minorli pechda koks bilan birgalikda 1500oC temperaturagacha bo‘lgan temperaturada amalga oshadi.
Minorli eritish jarayonida: tarkibida Cu, Au, Ag va Bi qo‘shimcha moddalar xomaki qo‘rg‘oshin; shteyn, tarkibida Cu, Rb, Fe va nodir metallari bor birikma; shlak, tarkibida ko‘p Zn tarkibli birikmalar olinadi. Ruxli shlaklarni ruxsizlantirish usuli orqali gaz fazasida haydaladi.
Olingan haydalmalar ruxli zavodga yo‘naltiriladi. Shteynlarni konvertorlash orqali qayta ishlanadi, ularning eritmasini havo bilan kuchli purkalanish metall holatidagi Cu olinadi, Pb va Zn lar gazdagi changga o‘tadi. Xomaki qo‘rg‘oshin qoralamasi birinchi o‘rinda misdan tozalanadi va S aralashtirib, keyinchalik oksidlovchi qo‘shimcha tufayli rafinatsiyalashda As, Sb, Sn larni ajratib tashlaydi. Buning uchun qo‘rg‘oshinni ishqor va osh tuzi, selitra qavati orasidan sulfatlanadi.
Oksidlanadigan qo‘shimcha arsenatlar, stannat va natriy antimonat hosil bo‘lishi bilan boradi, ishqorli eritmaga o‘tadi. Qo‘shimchalar keyingi jarayonda ketma-ket oksidlanadi: As, Sn, Sb.
Qo‘rg‘oshinni nodir metallardan ajratish – kumush bilan qayta ishlash – Pb ga ruxni ta’sirlashtirish orqali amalga oshadi, natijada Au va Ag intermetallid birikmalar hosil qiladi. Pb ga nisbatan kam zichlikka ega bo‘lgan birikmalar eritma yuzasiga qalqib chiqadi va kumushsimon ko‘pik ko‘rinishida chiqarib yuboriladi (8-12% Ag, 20-30% Zn, qolgani-C). Ko‘pik Ag va Au ni ajratib olish uchun qayta ishlanadi va Zn va Pb regeneratsiyasi uchun oldin undan distilyatsiya bilan Zn ajratiladi, keyin oksidlantirib suyuqlantirishda PbO suyuq ko‘rinishida qo‘rg‘oshin ajratiladi, vannada nodir metallar to‘plami hosil bo‘ladi. Keyingi operatsiya rafinatsiya hisoblanadi kumushsizlashdan so‘ng suyuqlanmada qolayotgan ruxning qoldiq qismini ajratadi (0,55% Pb da).
Bu holat vakuumli distilyatsiya goho oksidlash bilan amalga oshiriladi. Keyin esa Bi qo‘rg‘oshin kalsiyli va surma bilan ajratish amalga oshiriladi (vismutsizlash). Yuqori navdagi rafinatsiyalangan Pb tarkibida 0,003% Ag, 0,0015% Cu, 0,002% (As+Sb), 0,001% Zn,0,002% Fe, 0,05% Bi kiradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin