4.5. Olingan urug‘likning bir tekisligi va o‘sish kuchi. Urug‘larning bir tekis bo‘lishi urug‘lik don sifatining eng muhim ko‘rsatkichidir. Urug‘lar bir xilda tekis bo‘lsa, qiyg‘os unib, yirik-maydaligi bir xil maysa chiqaradi, buning natijasida keyinchalik o‘simliklar bir xilda rivojlanib, baravar etiladi, bu esa hosilning ortishiga imkon berdi.
Urug‘likning boshqa sifat ko‘rsatkchilari kabi urug‘ning o‘sish kuchi ko‘rsatkichi ham muhim sanaladi. Urug‘likning o‘sish kuchi o‘simtalarning er yuziga yorib chiqish va normal maysa hosil qilish qobiliyatidir.
O‘tkazilgan tajriba natijaida olingan urug‘likning bir tekisligi va o‘sish kuchi turli variantlarda turlicha bo‘lganligi kuzatildi. Buni quyidagi jadvaldan ham ko‘rishimiz mumkin. (jadval 5.5.1.)
Kuzgi bug‘doy navlarining urug‘larining bir tekisligi va o‘sish kuchiga mineral o‘g‘it turlarining ta’siri. jadval 4.5.1.
Variant
Urug‘ni yirikligi bo‘yicha fraksiyalari (og‘irligiga nisbatan %).
Urug‘larning bir tekisligi, %
O‘sish kuchi, g
Nav
O‘g‘it turlari
3,0 mm
2,5 mm
2,0 mm
1,7 mm
YAksart
NP
13
72
15
-
87
4,3
NK
12
74
14
-
88
5,0
PK
23
61
10
-
84
4,4
NPK
17
67
16
-
84
4,1
Zvezda
NP
18
60
22
-
82
5,5
NK
16
61
23
-
84
5,1
PK
28
59
12
1
87
5,1
NPK
12
62
26
-
88
5,2
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, sinalgan ikkala navda ham yirik urug‘lar (3,0 mm) salmog‘i PK variantida boshqalarga nisbatan yuqori bo‘ldi. Urug‘larning bir tekisligi YAksart navida NK qo‘llanilgan variantda eng yaxshi natija 88 % ni tashkil qildi. Bu NPK qo‘llanilgan variantdagi 84 % dan 4 % ga yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Zvezda navida esa NPK qo‘llanilgan variantda eng yaxshi natija 88 % bo‘lganligi aniqlandi. Eng kam ko‘rsatkich NP qo‘llanilgan variantda 82 % bo‘ldi. NPK qo‘llanilgan variantda NP variantiga nisbatan 6 % urug‘larning bir tekisligi yuqori bo‘ldi.
YAksart navida urug‘larning o‘sish kuchi ko‘rsatkichi NK variantda 5,0 g bo‘di, bu boshqa o‘g‘itlar turlaridan ancha yuqoridir. Masalan NK qo‘llanilgan variantda NPK variantidan 0,9 g ortiqdir.
Zvezda navida esa urug‘likning o‘sish kuchi NP qo‘llanilgan variantda kuzatildi (5,5 g), bu ko‘rsatkich boshqa sinalgan variantlardan 0,3 – 0,4 g ortiqdir.
Zvezda navida urug‘larining o‘sish kuchi YAksart naviga nisbatan yuqoriroqdir NPK qo‘llanilganda Zvezda navida bu ko‘rsatkich 5,2 g bo‘lsa, shu o‘g‘it variantida YAksart navida 4,1 g bo‘ldi, ya’ni Zvezda navi foydasiga 1,1 g ni tashkil etdi.