Mundarij a bet kiri sh


TADQIQOT O‘TKAZISH SHAROITI VA USLUBI



Yüklə 195,91 Kb.
səhifə4/13
tarix25.06.2023
ölçüsü195,91 Kb.
#135037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2. TADQIQOT O‘TKAZISH SHAROITI VA USLUBI.
O‘zbekiston Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti Xorazm filiali hududida sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida 2021-2022 yillar davomida olib borildi.
2.1. Tuproq sharoitlari.
Biz tajriba o‘tkazgan Urganch tumani shimoliy qismining tuprog‘i qatlamliligi bilan ajralib turadi, o‘zanbo‘yi yotqiziqlarida joylashgan va janubiy qismi qum, qumloq, ba’zan engil qumoqlardan iborat. SHimoli-sharqiy qismlarida allyuvial tuproqlar rivojlangan va qumlar ham o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra allyuvial hisoblanadi. Dala tajribalarimiz O‘zbekiston Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti Xorazm filiali hududida sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida o‘tkazildi. Bunday tuproqlar turli litologik-geomorfologik sharoitlarda tarqalgan bo‘lsada, minerologik tarkibi deyarli bir xil bo‘lib, miqdori jihatidan haydalma va haydalma ostki hamda undan pastki qatlamlariga nisbatan farqlanadi.
Tajriba dalasining tuprog‘i qatlamli: haydov qatlamining mexanik tarkibi engil, haydov ostidagi – o‘rtacha qumoq. Ushbu tuproqqa ishlov berilganda uncha zichlashmaydi, suv o‘tkazuvchanligi, nam saqlashi va strukturasi yaxshi. Tajriba maydoni tuprog‘ining morfologik tuzilishini dalada ochilgan quyidagi kesma tavsiflaydi:
Xorazm viloyati Urganch tumani, O‘zbekiston Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti Xorazm filiali dalasi, kesma ochilgan sana: 2021 yil 10 aprel.

Ax 0-31 sm

Kulrang, kam namli, o‘rta qumoq, quruq dag‘al kesakli, o‘simlikning juda ko‘p mayda ildizchalari uchraydi, ildizchalar diametri d=1-0,5 mm, o‘rtacha zichlashgan, keyingi qatlamga o‘tish rangi, zichligi va mexanik tarkibiga ko‘ra;

V1 31-62 sm

Ochroq kulrang qo‘ng‘ir rangli, o‘rta qumoq, loyqasimon, oldingi qatlamga nisbatan kam zichlangan, bug‘doy ildizlari va qoldiqlari, tuzlarning alohida dog‘lari uchraydi. G‘ovaksimon, keyingi qatlamga o‘tishi namligiga ko‘ra asta-sekin;

V2 62-88 sm

Kulrang sariq, engil qumoq, loysimon, mayda ildizchalar kam, har joyda karbonat arziqlari uchraydi, oldingi qatlamga qaraganda zichroq, nam, quyiga tomon namlik ko‘payadi;

S 88-130 sm

Kulrang, namligi yuqori, qumoq, loysimon, kam zichlashgan, d=1,0 mm ildizchalar uchraydi, sizob suvlarining sathi 130 sm; sizob mineralizatsiyalashgan.
1.1-jadval

Tajriba dalasi tuproqlarining granulometrik tarkibi, fraksiyalar

Tuproq qatlamlari,
sm

Fraksiya miqdori, %


Fi-zik

loy

Nomlanishi

1-0,25

0,25-0,1

0,1-0,05

0,05 -0,01

0,01 -0,005

0,005 -0,001

0,001

0 - 31

4,0

21,5

14,0

20,5

7,9

22,0

10,1

40,0

O‘rta qumoq

31 - 62

3,0

10,6

18,0

30,2

12,9

18,0

7,3

38,2

O‘rta qumoq

62 - 88

0,9

1,8

9,0

65,7

7,9

8,0

6,7

22,6

Engil qumoq

88 - 130

0,6

29,2

19,9

37,9

2,9

3,8

5,7

10,9

YOpishqoq qumoq

Ma’lumki, tuproqning granulometrik tarkibi uning ko‘p xossalarini belgilaydi. Tuproqning suv, havo, issiqlik tartibi, mikrobiologik jarayonlari, oziqa miqdori granulometrik tarkibiga bog‘liq. SHuningdek, u yopishqoqlik, tuproqning haydov va etishtirilayotgan ekinlar orasida mexanizmlarning ishlashini belgilaydi. Tuproqning granulometrik tarkibi o‘rta qumoq bo‘lsa, agronomik jihatidan eng qulay deb qabul qilingan.


YUqorida keltirilgan ma’lumotlarga (1.1-jadval) qaraganda, tajriba dalasi tuproqlari granulometrik tarkibi jihatidan dehqonchilik uchun qulay hisoblanadi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tajriba dalasining tuprog‘i haydalma qatlamida gumus miqdori 1,34%, yalpi azot 0,091% va umumiy fosfor 0,261%, shuningdek harakatchan shakldagi azot 20,2 mg/kg, fosfor 34,9 mg/kg va kaliy miqdori 150 mg/kg ni tashkil etdi. (1.2 -jadval).
1.2-jadval

Tajriba dalasi tuprog‘ining dastlabki agrokimyoviy tavsifi.

Tuproq


qatlamlari, sm

Gumus, %

Umumiy shakli, %

Harakatchan shakli, mg/kg

azot

fosfor

N-NO3

P2 O5

K2O

0 - 31

1,34

0,091

0,261

19,2

33,9

149,8

31 - 62

0,91

0,071

0,240

15,0

33,6

140,1

62 - 88

0,62

0,060

0,206

12,2

33,2

132,2

88 - 130

0,53

0,042

0,201

9,3

29,7

131,9

Umuman olganda, tajriba dalasi tuprog‘i gumus bilan o‘rtacha, nitratli azot va almashinuvchi kaliy bilan kam ta’minlangan, xarakatchan fosfor bilan o‘rtacha ta’minlangan. Bunda kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli hosil etishtirish uchun ayniqsa azot va kaliy o‘g‘itlari bilan oziqlantirishni talab etadi.


Tuproq tarkibidagi tuzlarning miqdoriy ko‘rsatkichlarini o‘rganish maqsadida genetik qatlamlar bo‘yicha namunalar olib, tahlil qilindi (1.3-jadval).
1.3-jadval

Yüklə 195,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin