Tuproq tarkibidagi tuzlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari,
quruq tuproq og‘irligiga nisbatan, % hisobida
Tuproq
qatlamlari, sm
|
|
|
|
|
|
|
Umumiy tuzlar
|
0 - 31
|
0,028
|
0,014
|
0,066
|
0,015
|
0,008
|
0,018
|
0,149
|
31 - 62
|
0,020
|
0,014
|
0,084
|
0,013
|
0,008
|
0,024
|
0,163
|
62 - 88
|
0,019
|
0,035
|
0,349
|
0,052
|
0,028
|
0,084
|
0,567
|
88 - 130
|
0,020
|
0,038
|
0,374
|
0,064
|
0,029
|
0,083
|
0,608
|
Umuman olganda, tajriba dalasining tuprog‘i kuchsiz darajada sho‘rlangan bo‘lib, 0-62 sm qatlamda tuproq vazniga nisbatan xlor-ioning miqdori 0,014% va umumiy quruq qoldiq tuzlari miqdori 0,163% ni tashkil qildi.
Tuproqning hajm og‘irligi uning yumshoqligini yoki zichligini aniqlaydigan muhim belgilardan biridir. O‘simlikning ildizi yumshoq va hajm og‘irligi yuqori bo‘lmagan tuproqlarda yaxshi rivojlanib, mo‘l hosil berishi ma’lum.
Tuproqning hajm og‘irligi o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga egadir. Hajm og‘irligining optimallashishi esa boshqa omillardan tashqari tuproqning donadorligiga ham bog‘liq.
Tajriba dalasi tuprog‘ining hajm og‘irligi tajribaning boshlanishida (10 sentyabr), hajmi 500 sm3 ga teng bo‘lgan silindrlar yordamida, tuproqning har 10 sm qatlamidan 100 sm chuqurlikkacha namunalar olib aniqlandi (1.4-jadval).
1.4-jadval
Tajriba dalasi tuprog‘ininng hajm og‘irligi, g/sm3
Tuproq qatlami, sm
|
0-30
|
0-50
|
0-70
|
0-100
|
1,34
|
1,37
|
1,35
|
1,36
|
Tajribaning amal davri boshida tuproqning hajm og‘irligi 0-30 sm qatlamda o‘rtacha 1,34 g/sm3 ni va 0-100 sm qatlamda - 1,36 g/sm3 ni tashkil qildi. Umuman olganda kuzgi bug‘doyning asosiy ildiz tizimi joylashgan qatlam zichligi uning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay xisoblanadi.
Ma’lumki, tuproqning suv-fizik xossalaridan biri uning suv o‘tkazuvchanligidir.
Ekish oldidan tuproqning haydashdan oldingi suv o‘tkazuvchanligi olti soat davomida 1100 m3/ga (0,306 mm/min) ni tashkil etdi.
1.5-jadval
Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, (sentyabr, 2021 y.)
Amal davri boshida,
6 soatda m3/ga
|
mm/min
|
1180
|
0,328
|
Tuproqning cheklangan dala nam sig‘imi yoki suv ushlab turish xususiyati qatlamdagi kapilyarlarda eng ko‘p miqdordagi suvni quyi qatlamga sezilarli darajada siljitmasdan uzoq vaqt davomida harakatsiz ushlab turish bilan tavsiflanadi.
Tajribani boshlanish davrida cheklangan dala nam sig‘imi 0-50 sm qatlamida quruq tuproq vaznining 19,3 % ini, 0-70 sm qatlamda 20 % ini, 0-100 sm li qatlamda 20,7 % ni tashkil etdi (1.5- jadval).
1.5-jadval
Tajriba dalasi tuprog‘ining cheklangan dala nam sig‘imi, %
Tuproq qatlami, sm
|
Tuproqning quruq vazniga nisbatan, %
|
0-10
|
15,7
|
10-20
|
18,3
|
20-30
|
19,2
|
30-40
|
21,3
|
40-50
|
22,1
|
50-60
|
21,4
|
60-70
|
21,9
|
70-80
|
22,1
|
80-90
|
22,1
|
90-100
|
22,8
|
0-50
|
19,3
|
0-70
|
20,0
|
0-100
|
20,7
|
2.2. Iqlim sharoitlari.
Xorazm vohasi O‘zbekiston Respublikasining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan (41°20' N 61°0'E/41°33' N 61°E). Xorazm viloyati hududi Turon pasttekisligining shimoliy qismida bo‘lib, qadimgi Amudaryo yoyilmasi chap qirg‘og‘ining bir qismi va o‘ng qirg‘og‘ida Qizilqumning bir oz qismini egallagan. G‘arb, janubi-g‘arb va janubdan viloyat ko‘proq Turkmanistonning Unguz orti Qoraqumi qumliklari, shimoli-g‘arb va shimoli-sharqdan Qoraqalpog‘iston vohalari va Buxoro viloyatining qumliklari bilan g‘arbdan chegaralanadi. CHegaralarining katta qismi shimoli-sharqdan Qoraqalpog‘iston bilan janubi-g‘arbdan esa qisman Turkmaniston Respublikasi va Amudaryo ustidan o‘tadi. Xorazm viloyatining maydoni uning ma’muriy chegarasi ichida 605,2 ming gektar, shundan 275 ming gektari sug‘oriladigan yerlardir (Abdullaev va boshqalar, 2002).
Vohaning iqlimi keskin kontinental bo‘lib, yillik amplituda juda yuqori. Eng yuqori va eng past haroratlar orasidagi farq 87 0S ga etadi. Voha iqlimining tashkil topishida Qizilqum va Qoraqum cho‘llarining ta’siri katta. Hududning qumlar bilan o‘ralganligi havo haroratining +43...+450S darajagacha ko‘tarilishiga olib keladi. O‘rtacha yillik harorat 12-13 0S, chekka janubiy qismida esa +15 0S ga etadi. YAnvarning o‘rtacha harorati janubda -3 0S, qolgan hududlarda -4...-5 0C ga teng. Vohada eng past harorat -32...-33 0S gacha boradi (Qurbonniyozov, 1996). Yilda 280 sovuq bo‘lmagan kunlar va bahori qisqa bo‘lib, tezda issiq va quruq, uzun yoz kunlari boshlanadi (Glazirin va boshqalar, 1999). Urganch metereologiya stansiyasida o‘tgan 30 yil davomida yillik o‘rtacha harorat 13,4°S atrofida, fevralda eng sovuq -9°S va eng issiq iyun/iyulda +40°S bo‘lganligi qayd qilingan (Glavgidromet, 2021).
Xorazm vohasi respublikada yog‘in eng kam yog‘adigan hududlardan biri bo‘lib, yog‘inning o‘rtacha yillik miqdori 60-110 mm ni tashkil qiladi. Bug‘lanish esa yog‘in miqdoridan 18-19 marta yuqori. YOg‘inning 40 %i bahor fasliga, 20-25 %i kuzga, 30-35 %i qish fasliga, atigi 10 %i yozga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p yog‘in aprel va noyabr oylarida kuzatiladi (UNEP, 2005; Forkutsa, 2006).
Biz tajriba o‘tkazgan 2021-2022 yillarning ob-havo sharoitlari (havo harorati, nisbiy namlik, quyosh radiatsiyasi, yog‘ingarchiliklar va shamol tezligi) WatchDog 900ET rusumli mini-meteostansiyada avtomatik tarzda har 30 daqiqada yozilib borildi (2.1-rasm).
Kuzgi bug‘doy unib chiqishi uchun minimal havo harorati +3...+40S, ammo maqbul harorat +12...+250S bo‘lishi talab etiladi. Ekinning gullashi uchun esa minimal havo harorati +140S bo‘lishi lozim (YOrmatova, 2000; The biology and ecology of bread wheat (Triticum aestivum L. yem Thell, 2005). SHu sababli ham kuzgi bug‘doy ekilgandan pishishgacha bo‘lgan davrdagi ob-havo sharoiti aniqlandi.
Tajribaning birinchi (2021) yilida, oktyabr va noyabr oylarida o‘rtacha havo harorati mutanosib ravishda 14,5 va 7,1 0S ga teng edi (2.1-jadval). 14 chi sentyabrda ekilgan kuzgi bug‘doy to‘liq maysalashi va keyinchalik maqbul tuplashi uchun ekin oktyabrda ikki marotaba sug‘orildi. Noyabr oyidagi yog‘inlar miqdori 13,8 mm ga etdi. Qish faslida o‘rtacha havo harorati +3,5 dan -11,2 0S oralig‘ida va eng sovuq harorat (-24,3 0S) yanvarda bo‘lganligi qayd etilgan.
2.1-rasm. 2019-2022 yillarda o‘rtacha oylik havo harorati va yog‘ingarchiliklar miqdori (Valter-Liez bo‘yicha).
Bahor faslida yog‘ingarchiliklar kam bo‘lganligi (2,6-17,7 mm) sababli, boshqa tajriba yillariga nisbatan sug‘orish miqdori ko‘proq (450 va 570 mm) o‘tkazildi.
2020 yili 23chi sentyabrda ekilgan bug‘doy ekinini rivojlanishida havo harorati va nisbiy namlik qulay va oktyabr oyida yog‘ingarchilik miqdori 27,3 mm bo‘ldi. Dekabr va yanvar oylarida yog‘ingarchilik miqdori 21,6-2,4 mm bo‘lib, qish faslida o‘rtacha harorat +2,1 va -30S oralig‘ida bo‘lgan bo‘lsa, sovuq harorat -14,6 0S ni tashkil etdi. Bahorda yog‘ingarchiliklar ko‘payib, ayniqsa mart va aprelda yog‘in miqdori 33,0 va 29,2 mm ni tashkil etdi. Bunday sharoit kuzgi bug‘doy tuplashi va nay o‘rashi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. SHu bilan birgalikda sug‘orishlar miqdorining nisbatan kam bo‘lishiga sabab bo‘ldi va qo‘llanilgan o‘g‘itlarning samarasi ham oshdi. SHamolning maksimal tezligi 2,2 m/sek ni tashkil etdi.
2.1-jadval
Kuzgi bug‘doyning o‘sish va rivojlanish davrida tajriba maydoniga oid ob-havo ma’lumotlari (WatchDog 900ET mini-meteostansiya)
Oylar
|
YOg‘in miqdori, mm
|
Maksimal harorat, 0S
|
Minimal harorat, 0S
|
O‘rtacha harorat, 0S
|
Maksimal havo namligi, %
|
Minimal
havo namligi, %
|
O‘rtachashamol tezligi,
m/sek
|
2020/21 yy.
|
Sentyabr
|
1,3
|
37,5
|
7,3
|
22,4
|
91,5
|
9,5
|
0,9
|
Oktyabr
|
1,4
|
31,6
|
-2,7
|
14,5
|
99,5
|
9,5
|
1,0
|
Noyabr
|
13,8
|
19,8
|
-5,6
|
7,1
|
100,0
|
20,7
|
1,4
|
Dekabr
|
60,7
|
15,2
|
-8,2
|
3,5
|
100,0
|
43,9
|
1,5
|
YAnvar
|
21,3
|
1,9
|
-24,3
|
-11,2
|
89,0
|
38,7
|
2,2
|
Fevral
|
14,1
|
18,7
|
-5,6
|
6,6
|
97,1
|
32,2
|
2,2
|
Mart
|
17,7
|
28,0
|
-1,7
|
13,2
|
100,0
|
16,6
|
2,4
|
Aprel
|
2,6
|
36,2
|
1,9
|
19,1
|
98,7
|
11,3
|
1,9
|
May
|
3,0
|
36,2
|
7,3
|
21,8
|
96,2
|
8,3
|
1,5
|
Iyun
|
3,3
|
42,0
|
13,7
|
27,9
|
88,2
|
8,4
|
1,0
|
2021/22 yy,
|
Sentyabr
|
1,5
|
34,9
|
4,4
|
19,7
|
97,9
|
15,0
|
0,6
|
Oktyabr
|
27,3
|
31,6
|
2,7
|
17,2
|
100,0
|
16,7
|
0,9
|
Noyabr
|
8,0
|
27,6
|
-16,6
|
5,5
|
100,0
|
27,7
|
1,5
|
Dekabr
|
21,6
|
8,6
|
-14,6
|
-3
|
100,0
|
43,4
|
1,6
|
YAnvar
|
2,4
|
16,4
|
-12,1
|
2,1
|
100,0
|
29,2
|
2,0
|
Fevral
|
2,3
|
17,5
|
-12,7
|
2,4
|
100,0
|
22,2
|
2,2
|
Mart
|
33,0
|
21,7
|
-9,8
|
6,0
|
99,9
|
15,2
|
2,0
|
Aprel
|
29,2
|
32,7
|
3,6
|
18,2
|
99,7
|
21,1
|
1,7
|
May
|
3,1
|
37,1
|
4
|
20,6
|
91,8
|
11,4
|
1,2
|
Iyun
|
8,9
|
42,5
|
10,9
|
26,7
|
95,6
|
12,2
|
1,0
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tajriba o‘tkazilgan yili 2021 yil ko‘z oylarida o‘rtacha harorat kuzgi bug‘doy urug‘larini unib chiqishi va maysalashi uchun qulay bo‘lganligi ko‘rish mumkin. 2022 yil bahor oylarida ham harorat o‘simlikni keyingi rivojlanish davrlari o‘tishi uchun qulay bo‘ldi.
Ammo yog‘inlar miqdorining kamligi va havoning nisbatan quruqligi ekinlardan yuqori hosil olish uchun sun’iy sug‘orish o‘tkazishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |