Mundarij a kirish i-bob. Boshlang'ich sinflarda og'zaki va yozma inshoning turlari



Yüklə 183,5 Kb.
səhifə12/17
tarix07.06.2023
ölçüsü183,5 Kb.
#126590
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Boshlang’ich sinflarda o’quvc

Bo`lish mumkin emas o`yini
Bu o`yinni o`tkazishdan oldin matn tanladik, matnni o`qib berish davomida biz bo`lishi mumkin bo`lgan gaplarni ishlatdik. Keyinchalik shunday hikoyachalar tuzishni o`quvchilarning o`ziga topshirdik.
Bo`lishi mumkin emas ona tili darslarida o`tkazilsa, darsning samarali bo`lishiga erishiladi. Bundan tashqari bu o`yindan badiiy ertaliklar, musobaqalar, viktorinalar o`tkazishda ham foydalanish mumkin.
1-variant: Dushanba dam olish kuni bo`lganligi uchun Olim maktabga bormadi. U singlisi Vazira bilan hayvonot bog`iga bordi. Ular hayvonot bog`ida suvda suzib yurgan she’rni, qafasda sayrayotgan baliqlarni va kattakon vahshiy bulbulni ko`rdilar.
2-variant: Abdulla juda bilimli bola. U bugun ham topshiriqni juda yaxshi bajardi. O`qituvchi uni maqtadi va ”nol” ball qo`ydi. Abdulla yaqinda 2-sinfni tugatib, 1-sinfga o`tadi.


III.2. Tajriba sinovi ishlari tahlili
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni insho yozishga o`rgatishda ona tili darslarida yuqorida keltirib o`tilgan o`yinlarda yuqorida keltirib o`tilgan o`yin topshiriqlaridan amalda qo`llaniladigan ijobiy natijaga erishilgani jadvallarda o`z ifodasini topgan.
Hazil-mutoyiba bilan o`tadigan ”Bo`lishi mumkin emas” o`yini o`quvchilardan ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birgalikda ulardan atrofida sodir bo`layotgan voqea va hodisalarga befarq bo`lmaslikni ham talab qiladi.

Davom ettir o`yinidan esa o`quvchilarda mustaqil fikrlash malakasini qaror toptirishda, o`z fikrlarini ham og`zaki, ham yozma tarzda bayon eta olish ko`nikmasini yuksaltirish maqsadida foydalnilgan.


Yuqorida sanab o`tilgan ta’limiy hamda didaktik o`yinlar ona tili darslarida qo`llanilsa, o`quvchilarda insho yoza olish qobiliyati tezda rivoj topadi. Diktant- eshitib yozishdir. O`qituvchi butun matn, gap yoki so`zni diktovka qiladi, o`quvchilar yozadilar. Diktant ko`chirib yozishdan eshituv uquvi orqali qabo`l qilinishi bilan farq qiladi. O`zbek tili orfografiyasi qoidalari faqat fonetik prinsip asosidagina emas, balki juda ko`hp so`zlar morfologik prinsip asosida ham yozilishi sababli faqat diktant orqali o`quvchilarni savodxon qilish mumkin emas. Uslubchilar o`zlarining dikkat e`tiborlarini diktantni orfografik mashqlarning foydali turiga aylantirishga qaratib, uning juda ko`p turlarini ishlab berdilar.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek diktantning turi ko`p bo`lib, ayrimlari haqida to`xtalib o`tamiz :



Yüklə 183,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin