III Bob. Tajriba sinovi ishlari tahlili
Tajriba-sinov – bu shunday tafakkur metodi bo`lib, uning yordamida tabiiy yoki sun’iy tarzda yaratiladigan, nazorat qilinadigan, boshqariladigan jarayonlar tadqiq qilinadi va muammolarni hal qilishning yangicha vositalari izlanadi.
Tajriba sinovlarga kerishishdan oldin shu sohaga doir eng maqsadga movofiq ish metodini belgilab olish muhimdir.
Dasturni tayyorlashda quyidagilar nazarda tutiladi:
Tajriba-sinov obyektini aniqlash
Tajriba-sinov predmeti
Tajriba-sinov maqsadini talqin etish
Tajriba-sinov aniq matedikalari va metodlarini tanlab olish;
Tajriba-sinov muddatini belgilash
Tajriba-sinov bosqichlarini belgilash
Tajriba-sinovdan kutilgan natijalarni baholash mezonlarini tanlab olish;
Kuzatilayotgan natijalarni belgilash;
Tajriba-sinov jarayoni natijalarini kuzatib borish, nazorat qilish qoidalarini belgilash;
Tajriba-sinov natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilash.
III.1. Tajriba-sinov ishlari
Biz boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni insho yozishga o`rgatish yo`llari, usullarini tahlil etish, o`rganish maqsadida Qarshi shaharidagi 21-umumit o`rta maktabda hamda Yakkabog` tumanidagi 42-umumiy o`rta maktabda tajriba-sinov ishlarini olib bordik.
Biz tajriba sinovimizni o`quvchilarga insho mavzusini tanishtirishdan, insho rejalari ustida savol-javob o`tkazishdan boshladik, biz tanlagan mavzu 3- sinf ona tili darsligida berilgan 355-mashq asosida ”Bahorda” mavzusi bo`ldi. Insho mavzusi 5 ta rejadan iborat.
Mavzu: Bahorda
Reja:
Kunlar isiy boshladi
Tabiat jonlandi
Bahorgi ishlar
Bahor tabiati
Mehnat zavqi
O`1quvchilar daftarlariga insho mavzusi va rejasini yozib oldilar. Shundan so`ng biz o`quvchilar bilan insho mavzusining har bir rejasi ustida ishladik.
Bizning bu ishimiz ularni insho ustida qiziqib, jiddiy ishlashlariga ta’sir ko`rsatdi.
Dars tugab, o`quchilardan insho daftarlarini yig`ib oldik va ularni yozgan insholarini o`zimiz tekshirdik.
3-A sinf o`quvchisi Norboyeva Sevaraning yozgan inshosi:
Mavzu: Bahorda
Reja:
Kunlar isiy boshladi
Tabiat jonlandi
bahorgi ishlar
Bahor tabaiti
Mehnat zavqi
Bahor. Bahor keldi. Qorlar eridi. Kunlar isiy boshladi. Qishda uchib ketgan qushlar o`lkamizga qaytdi.
Daraxtlar gullay boshladi. Hammayoq yashil to`n kiydi. Osmonda turnalar ovozi.
Bahorda dehqonlar dala ishlariga kirishib ketishadi. Dehqonlar ishni 21-martdan boshlashadi. Bahorda dehqonlarga bizning yordmimiz ham tegadi.
Bahorda hammayoq chiroyli bo`ladi. Ba’zida yomg`ir yog`adi, ba’zida quyosh chiqib, kun isib ketadi.
Bahorda dehqonlarimiz ekkan ekinlardan biz ham, ular ham zavqlanishadi. Chunki, ular tabiatimizni, balki Yurtimizni ko`rkamlashtiradi.
Bahor keldi elimizga,
Ko`m-ko`k bo`ldi bog`-dala
Sevinch to`lib dilimizga,
Terib keldik gul-lola.
Najimov Husnidin yozgan insho:
Bahor keldi, kunlar isiy boshladi? Isziq sivar qushlar uchib keldi. Bahorga dehqonlar dalalarga ishlaydilar. Bahorda havo isziq bo`ladi. Odamlar daraxtlar ikiladi.
Yuqorida keltirilgan insho namunalaridan Norboyeva Sevara yozgan inshogina 5 bahoga loyiq deb topildi. Sevara yozgan insho reja asosida, chiroyli, xatosiz yozilgan. Tinish belgilaridan, lug`at boyligidan to`g`ri va unumli foydalanilgan.
Umuman, “Bahorda” mavzusi asosida yozilgan insho bo`yicha 3-A sinf o`quvhcilari quyidagicha baholadik.
№
|
O`quvchilar-ning ismi sharifi
|
Mavzu reja asosida to`liq bayon etilgan
|
Gaplar to`g`ri tuzilgan
|
Chiroyli va xatosiz yozilgan
|
Lug`at boyligi
|
Bahosi
|
1
|
Bagirov Aziz
|
+
|
+
|
+
|
-
|
4 b
|
2
|
Bobosharipov A.
|
-
|
-
|
+
|
-
|
2 b
|
3
|
Dilmurodova M.
|
-
|
-
|
+
|
+
|
3 b
|
4
|
Ergasheva Sh.
|
+
|
+
|
-
|
+
|
4 b
|
5
|
Jo`rayeva M.
|
-
|
+
|
+
|
+
|
4 b
|
6
|
Norboyeva Sevara
|
+
|
+
|
+
|
+
|
5 b
|
7
|
Najimov Xusniddin
|
+
|
-
|
-
|
-
|
3 b
|
8
|
Zayniyeva Sh.
|
+
|
+
|
+
|
-
|
4 b
|
Insho tahlili natijalariga ko`ra, 3-A sinf o`quvchilarining 20 % inigina insho yozish malakalarini yaxshi egallagan, fikr doirasi keng o`quvchilar tahskil qiladi, 40 % ni mustaqil fikrlay olmaydigan, o`z fikrini yozma tarzda ifodalay olmaydigan o`quvchilar, 30 % ni gapni to`g`ri tuzolmaydigar, yozma nutq jarayonida tinish belgilaridan to`g`ri foydana olmaydiga o`quvhcilar, 10 % ni esa ham og`zaki, ham yozma nutq malakasi rivojlamagan o`quvchilar tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |