II.3. O`quvchilar inshosini tahlil qilish.
Nutq o`stirish metodikasida o`quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
Inshom matnini takomillashtirish, unda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish ham o`quvhcilar uchun o`ta zarur malakalardan biridir.
Ammo afsuski, ko`pchilik o`quvchilar o`zlari yozgan matn ustida deyarli ishlay olmadilar. Ko`pincha ular ishning qoralama nusxasiga birorta ham tuzatish kiritmay, uni aynan oqqa ko`chiradilar. O`qituchilar esa matnni tekshirayotgan yo undagi barcha atolarni tuzatadilar yoki xatoli o`rinlar ostiga chizish, har il belgilar qo`yish bilan cheklanadilar.
“Ijodiy yozma ish ustida ishlash usullari” bo`limidan o`quvchilarni quyidagi zarur bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
“Ijodiy yozma ish” tushunchasi: rasm asosida hikoya, manzara tasviri, shaxs hayvon, narsa-buyum, voqea-hodisa tasviri.
Yozma ishga mavzu tanlash, ayni bir narsa, manzara, voqa, hodisalar asosida turlicha mavzu tanlash;
Berilgan mavzu, erkin mavzu;
Mavzuni yoritish uchun zarur material, o`quvchining bilimlari, kuzatishlari, taasurotlari, mushohadalari, qiyos va o`xshatishlari, xulosa va hukmlari.
Yozma ishning rejasi.
Mavzuni yoritishda mazmun izchilligi xat boshi tushunchasi.
Yozma ish matni ustida qayta ishlash, qoralama nusxada so`zlar ustida ishlash.
Matnning uslubi ustida ishlash.
Ishni oqqa ko`cherish.
Ishni tekshirilgach, xatolar ustida ishlash yo`llari.
O`quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
Insho mavzusining yoritilishi. (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?)
Reja, kompozitsiya, izchillik. (Reja to`g`ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo`qmi.)
Janri, uslubi.
Insho hajmi.
Leksika
Sintaksis
Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri.
Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to`g`ri joylashtirishg rioya qilish)
O`quvchilar inshosiga qo`yiladigan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |