Mundarija : Kirish bob. Adabiyotlar shahri tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlari Tuproqning kimyoviy tarkibi Tuproq granulometrik fraksiyalarining kimyoviy tarkibi


BOB. TUPROQDAGI MIKROELEMENTLAR TURLARI VA AHAMIYATI



Yüklə 106,55 Kb.
səhifə4/8
tarix20.03.2023
ölçüsü106,55 Kb.
#88814
1   2   3   4   5   6   7   8
Tuproqdagi mikroelementlar

BOB. TUPROQDAGI MIKROELEMENTLAR TURLARI VA AHAMIYATI.

2.1. Tuproqdagi mikroelementlar miqdori birlamchi minerallar
Tuproqdagi o’simliklar va hayvon organizmi uchun nihoyatda oz miqdorda zarur bo’lgan qator kimyoviy elementlar borki, ular mikroelementlar deyiladi. Mikroelementlar jumlasiga bor (B), marganes (Mn), molibden (Mo), mis (Cu), rux (Zn), kobalt (Co), yod (I), ftor (F) singarilar kiradi. Bulardan ayrimlarinigina biologik roli yaxshi o’rganilgan.
Mikroelementlar o’simliklar va hayvonlar hayotida muhim fiziologik hamda biokimyoviy ahamiyatga ega. Ular qator fermentlar, gormonlar va vitaminlar tarkibiga kiradi. Mikroelementlarning tuproqda yetarli bo’lmasligi yoki miqdorining oshib ketishi organizmlarda kechadigan biologik jarayonlarga salbiy ta’sir etadi va turli kasalliklarga sabab bo’ladi. O’simliklar hosili pasayib mahsulotlar sifati kamayadi. Hozirgi vaqtda tuproqda mikroelementlar miqdori, ularning birikish shakllari, tirik organizmlar hayotidagi rolini o’rganish hamda tuproqdagi miqdori va rejimini tartibga solish tadbirlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. V.V.Kovalskiy tomonidan tuproqlardagi mikroelementlar miqdorini ko’rsatuvchi biogeokimyoviy provinsiyalar karta sxemasi tuzib chiqilgan. O’zbekistonning chorvachilik yaylovlari uchun yaratilgan ana shunday karta-sxemalar katta amaliy ahamiyatga ega bo’lmoqda. (M.A.Rish, Sh.N.Nazarov).
Tuproqdagi mikroelementlar miqdori asosan birlamchi minerallar, qisman gil minerallar va organik moddalar tarkibiga bog’liq va litosferadagidan farq qiladi. Quyida o’simlik va hayvonot organizmlari hayoti uchun zarur bo’lgan va yaxshi o’rganilgan ayrim mikroelementlar haqida to’xtab o’tamiz.
Mis (Cu). Tuproqdagi misning o’rtacha miqdori 0,02 foizni tashkil etib asosan tuproqning gumusli gorizontlarida organik-mineral kompleks shaklida va singdirilgan holatda bo’ladi. Misning bir qismi birlamchi va ikkilamchi minerallar tarkibiga kiradi. Tuproq kislotaliligining ko’tarilishi bilan misning harakatchanligi ham oshadi. Neytral va ishqorli tuproqlarda ko’pincha o’simliklar uchun mis yetarli bo’lmaydi. Tuproqdagi mis ona jins tarkibiga bog’liq. Jumladan, Zarafshon vodiysidagi kuzatishlarga ko’ra slaneslarning g’ovak jinslarida granitga nisbatan mis 2-3 barobar ko’pligi kuzatilgan. (Ye.K.Kruglova, 1981).
Mis muhim biologik ahamiyatga ega bo’lib, turli oksidlovchi fermentlar tarkibiga kiradi, va oqsil moddalarning almashinuviga ijobiy ta’sir etadi. Tuproqda mis yetishmaganda o’simliklarda oqsillar sintezi pasayadi va hosili ancha kamayadi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti xodimlarining tadqiqotlari Farg’ona vodiysi va Mirzacho’lning sug’oriladigan yerlari tuprog’ida o’simliklarning o’zlashtirishi uchun qulay bo’lgan mis birikmalari juda kamligini ko’rsatadi. Bunday yerlarda misli o’g’itlar qo’llanilganda paxta hosili 2,5-4 s/ga oshgan.
Hozirgi vaqtda Olmaliq kimyo zavodida tarkibida mis bo’lgan ammofos olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Rux (Zn) Tuproqning gumusli gorizontida ko’proq to’planadi va organik moddalar bilan murakkab birikmalar hosil qiladi. Shuningdek rux tuproq kolloidlarida singdirilgan holda va turli minerallar tarkibida uchraydi. Rux miqdori tuproqda o’rtacha 0,005 foizni tashkil etadi. Rux o’simliklardagi biologik jarayonlarni kuchaytiradi va nafas olishda qatnashadigan fermentlar faoliyatini kuchaytiradi. Rux yetishmasa o’simlikdagi oqsil tez parchalanadi. Yorug’likning kuchayishi bilan o’simliklarning ruxga bo’lgan talabi oshadi. O’rta Osiyoning sug’oriladigan yerlarida rux juda kam bo’lib, ayniqsa sabzavot ekinlari, makkajuxori va mevali daraxtlar uchun rux yetishmaydi. Shunday tuproqlarga rux sulfat, rux oksidi va rux qo’shilgan o’g’itlar qo’llanilganda ekinlar hosili oshadi va uning sifati yaxshilanadi.
Bor (B). Tuproqdagi alyumosilikatlar, ayniqsa chirindi qatlamidagi organik birikmalar tarkibida ko’proq to’planadi. Tuproqdagi borning o’rtacha miqdori

  1. 001 foiz atrofida. Bor elementi o’simliklardagi uglevodlar almashinuvida va gulining changlanishi jarayonida katta rol o’ynaydi. Bor yetishmaganda changlanmagan gullar tushib ketadi va hosil ham kamayadi. O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari, ayniqsa gumusi ko’proq o’tloq tuproqlarda harakatchan bor miqdori ancha ko’proq. Bor yetishmaydigan yerlarga bor kislotasi, bura va bor mikroelementi bilan boyitilgan o’g’itlar yaxshi samara beradi.

Molibden (Mo) qator minerallar tarkibiga kiradi va tuproq organik moddalarida,singdirilgan holda ham bo’ladi.
Tuproqdagi o’rtacha miqdori 0,0003 foiz. Molibden kislotali tuproqlarda marganes, mis, rux va kobaltga nisbatan kam harakatchan bo’ladi. Molibden yuqori biogen xususiyatga ega bo’lgan mikroelement bo’lib, dukkakli o’simliklarda ko’p to’planadi. O’simliklarda azot almashinuvida, ayniqsa azot to’plovchi azotobakteriyalar va tuganak bakteriyalari faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Molibden yetishmasa dukkaklilar ildizida tuganaklar hosil bo’lmaydi. Barcha o’simliklarga oz miqdorda bo’lsa-da, molibden zarur. Molibden o’simliklar hujayrasida selitrani ammoniyga aylantiradigan nitrat reduktaza fermentining tarkibiga ham kiradi. Bu ferment yetishmasa oqsil moddalar sintezlanishi pasayadi. O’simliklarga molibden saqlovchi o’g’itlar qo’llanilganda va chigit ammoniy molibdenning 0,01 foizli eritmasida namlab ekilganda yaxshi natija beradi.
Marganes (Mn). O’simliklar va hayvonlar organizmi uchun zarur va muhim mikroelementlardan hisoblanadi. Marganes o’simliklarda fermentlar tarkibiga kiradi, fotosintez faoliyatini kuchaytiradi hamda oqsillar hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Marganes qator minerallar (radonit, gausmonit, manganazit) tarkibida bo’ladi. Tuproqning gumusli qatlamida va illyuvial gorizontida ko’proq to’planadi. Marganesning tuproqdagi o’rtacha miqdori 0,085 foiz bo’lib, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlarida 0,06-0,07 foiz va gidromorf tuproqlarda ancha ko’p. Suvda eriydigan nitrat, xlorid va sulfat birikmalari tarkibidagi marganes o’simliklarga yaxshi o’tadi. Ishqorli va karbonatli tuproqlarda marganes kam harakatchan bo’lganligi sababli o’simliklar uchun yetarli bo’lmaydi, nordon reaksiyali sharoitda aksincha marganes ko’payib, o’simliklarga zaharli ta’sir etadi. Tuproqdagi o’zlashtiriladigan marganes kam bo’lganda, shu mikroelementlarning o’g’itlaridan foydalaniladi.
Kobalt (Co) turli alyumosilikatlar tarkibida saqlanadi, kolloidlarda singdirilgan va turli organik-mineral birikmalar holida bo’ladi. O’simliklarda fotosintez jarayonini yaxshilaydi, oqsil almashinuvini tezlashtiradi.
Kobaltning tuproqdagi o’rtacha miqdori 0,008 foiz bo’lib, gumusli qatlamda ko’proq. Ayrim rayonlardagi tuproqlarda kobalt juda kam. Bunday yerlarga kobaltli mikroo’g’itlar qo’llanish yaxshi natija beradi.
Yod (J) odatda tuproqning yuqori gumusli qatlamida ko’proq to’planadi, o’rtacha mikdori 0,0005 foiz. O’rta Osiyoning to’q tusli o’tloq tuproqlarida bo’z tuproqlarga nisbatan yod ko’proq saqlanadi. Yod o’simliklardagi fotosintez jarayonida aktiv qatnashadi, oqsil moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Ayniqsa chorva mollardagi turli kasalliklarning oldini olishda yaylov tuproqlari va o’simliklarda yod yetarli bo’lishi kerak. Yod yetishmaganda, shu mikroelement saqlovchi preparatlar ishlatiladi.
O’simliklarning mikroelementlar bilan ta’minlanish darajasini baholash uchun, uning tuproqdagi harakatchan formalarini bilish zarur. Tuproqdagi mikroelementlarning harakatchan shakldagi miqdori juda o’zgaruvchan bo’lib, tuproqning genetik xususiyatlariga, tuproqlarning madaniylashtirish holatiga va boshqa sharoitlarga bog’liq. G.Ya.Rinks tuproqdagi harakatchan mikroelement miqdorini baholashning quyidagi gradasiyasini tavsiya etadi (mg-kg hisobida).

  1. Mikroelementlarga juda kambag’al - Cu<0,3; Zn<0,2; Mn<0,1; Co<0,2; Mo<0,05; B<0,1;

  2. Mikroelementlarga kambag’al Cu<1,5; Zn

Tuproqlar mikroelementlarga juda kambag’al va kambag’al bo’lganda tarkibida mikroelementlar bo’lgan o’g’itlarni ko’proq qo’llanishni talab etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda, jumladan O’rta Osiyo respublikalarida tuproqning mikroelementlar bilan ta’minlanishini ko’rsatuvchi kartogrammalar tuzib chiqilmoqda. Bu materiallar mikroo’g’itlardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Jinslar va tuproqlardagi turli o‘lchamli alohida zarrachalar mexanik elementlar deyiladi. Kelib chiqishiga ko‘ra mexanik elementlar: mineral, organik va organo-mineral zarrachalardan iborat. Bu zarrachalar tog‘ jinslarining bo‘lakchalaridan, ayrim (birlamchi, ikkilamchi) minerallar, chirindi moddalar va organik hamda mineral moddalarning o‘zaro ta‘sirlashuvidan hosil bo‘lgan mahsulotlardan tashkil topgan.
Mexanik elementlar tuproq va jinslarda alohida (qum) va turli struktura bo‘lakchalariga birikkan shaklda bo‘ladi. Mexanik elementlarni miqdoriy aniqlashga mexanik analiz deb ataladi. Mexanik elementlarning xossalari, ular o‘lchamiga ko‘ra o‘zgarib turadi. O‘lchami va xossalari bir-biriga yaqin zarrachalar odatda fraksiyalarga birlashtiriladi. Zarrachalar katta-kichikligiga qarab fraksiya gruppalarining klassifikasiyasi ishlab chiqilgan. Kattaligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratilgan zarrachalarning gruppalanishiga mexanik elementlar klassifikasiyasi deyiladi.
Hozirgi vaqtda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan mexanik elementlar klassifikasiyasi ko‘p ishlatiladi.
Fraksiyalardagi o‘lchami 1 mm dan katta zarrachalarga jinslarning tosh qismi yoki tuproq skleti, 1 mm dan kichiklari esa mayda zarrachali yoki mayda qismi deb ataladi. Shuningdek, mayda zarrachadagi 0,01 mm dan katta zarrachalar xossalari qumga yaqin bo‘lgani uchun shartli "fizik qum" gruppasiga, 0,01dan kichiklari esa loyga o‘xshashligi sababli "fizik loy" deb yuritiladi.
Turli mexanik elementlarning minerologik, kimyoviy tarkibi, ularning fizik va fizik-kimyoviy xossalari har xil bo‘lganidan, alohida fraksiyalar tuproqlar hamda jinslarning xossalariga turlicha ta‘sir etadi.
Granulometrik tarkib – tuproqning eng asosiy ko‘rsatkichi. Tuproqning juda ko‘p xossalari va unumdorligi unga bog‘liq. Granulometrik tarkib tuproqning suv – fizik, fizik – mexanik, havo, issiqlik xossalari, oksidlanish - qaytarilish sharoitlari, singdirish qobiliyati, tuproqda gumus, kul elementlari va azotning to‘planishiga sezilarli ta‘sir etadi. Granulometrik fraksiyalar xossalari to‘g‘ridan – to‘g‘ri zarrachalar solishtirma yuzasiga va ularning kimyoviy, minerologik tarkibiga bog‘liq. Shu sababli, ularning o‘lchami fraksiyalar o‘lchamida xossalaridagi farqlarda o‘z aksini topadi.
Alohida fraksiyalar uchun xarakterli bo‘lgan xossalarga qisqacha to‘xtalamiz. Tosh (>3 mm) asosan turli tog‘ jinslarining bo‘lakchalaridan iborat bo‘lib, tuproqda toshning ko‘pligi qator salbiy xossalargi olib keladi. Jumladan, qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollaridan foydalanishni qiyinlashtiradi, ekinlarning unib chiqishi va o‘sishiga yomon ta‘sir etadi. Tuproqning toshlilik darajasi odatda (massasiga nisbatan foiz xisobida) 3 mm dan katta zarrachalar miqdoriga ko‘ra quyidagi gruppalarga ajratiladi: toshli bo‘lmagan - 0,5 foiz, kam toshli - 0,5-5 foizgacha, o‘rtacha toshli 5-10 foiz va kuchli toshloq tuproq 10 foizdan ko‘p.
O‘rta Osiyo sharoitida turli darajadagi toshloq tuproqlar tog‘li o‘lkalarda keng tarqalgan.

Yüklə 106,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin