Molibden. Tuproqda molibden silikatlar tarkibida uchraydi. o’simliklarga anion (MoO4-)shaklida o’tadi. Molibden dukkakli o’simliklarda eng ko’p (0,5 –20 mg/kg) quruq massa va gallasimonlarda ozroq (0,2 –2,0 mg/kg) to’planadi. o’simliklarning yosh qismlarida va barglarida ko’p to’lanadi.
Molibden molekulyar azotning fiksasiyasini ta’minlovchi mikroorganizmlar uchun juda zarur. Dukkakli o’simliklar ildizidagi bakteriodlardagi nitrogenaza fermentining faol markaziga mis kiradi va bu fermentning faolligini kuchaytiradi. Nitratlarning o’zlashtirilishi tizimida ishtirok etuvchi nitratreduktaza fermentining ham tarkibiga kiradi. Agar tuproqda molibdenning miqdori juda kam bo’lsa, to’qimalarda nitratlar to’planib qoladi, dukkakli o’simliklarning ildizida tugunak bakteriyalar rivojlanmaydi. o’simliklarning o’sishi izdan chiqadi, poyasi va barg plastinkalari deformasiyalanadi.
Kobalt. Kobalt tuproqda silikat va boshqa tuzlar tarkibida uchraydi. Xlorli sulfat va azot tuzlarini o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Bo’z tuproqlarda kobalt juda oz, umumiy miqdori 5 mg/kg bo’lib, o’zlashtiriladigan qismi 0,6-1,0 mg/kg atrofida.
O’simliklarda o’rtacha 0,00002 % yoki 0,02 mg/kg quruq massaga teng. Bu element ko’proq dukkakli o’simliklarga zarur bo’lib tuganak bakteriyalarning ko’payishini ta’minlaydi. Vitamin V12 tarkibida kobalt ko’p uchraydi. Bu vitaminni faqat bakteriodlar sintez qiladi. U molekulyar azotning fiksasiyasida ishtirok etadi. Kobalt azot o’zlashtirishga, xlorofillning miqdorini oshirishga ta’sir etadi.
Agar tuproqda kobaltning miqdori 2,5 – 4,5 mg/kg bo’lsa yetarli hisoblanadi. O’g’it sifatida ishlatish uchun kobalt sulfat tuzi tavsiya etiladi.
Rux. Rux tuproqda fosfatlar, karbonatlar, sulfidlar, oksidlar va silikatlar tarkibida bo’ladi. o’simliklarga kation (Zn+ ) shaklida o’tadi.
Rux dukkakli va gallasimonlarning yer o’sti qismlarida 15-60 mg/kg quruq massa hisobida bo’ladi. o’simliklarni yosh organlarida ko’proq to’planadi.
Rux o’simliklarning modda almashinuv jarayonida faol ishtirok etadi. Glikoliz jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar (geksokinazalar, yenolazalar, triozofosfatdegidrogenazalar, aldolazalar) uchun zarur hisoblanadi.
Tuproqda o’simlik va hayvon organizimi uchun nixoyatda oz miqdorda zarur bo’lgan qator kimyoviy elementlar borki, ular mikroelementlar deyiladi. Mikro-elementlar jumlasiga bor (V).marganets (Mr), Molibden (Mo), mis (Сu), rux (Zn), kobalt(Сo), yod (J), ftor (G’), singarilar kiradi.bo’lardan ayrimlarigina biologik roli yaxshi o’rganilgan.
Mikro elementalar o’simliklar va hayvonlar xayotida muxim fiziologik hamda biokimyoviy axaiyatga ega. Ular qator fermentlar, garmonlar va vitaminlar tarkibiga kiradi.
Mikro elementlarnnig tuproqda yetarli bo’lmasligiyoki miqdorining oshib ketishi organizimlarda kechadigan biologik jaryonlarga salbiy ta‘sir etadi va turli kasalliklarga sabab bo’ladi. O’simliklar pasayib maxsulotlar sifati kamayadi. Xoizirgi vaqtda tuproqda mikro elementlar miqdori ularning birikish shakllari, tirik organizimlar xayotidagi rolini o’rganish hamda tuproqdagi miqdori va rejimini tartibga -solish tadbirlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. V.V.Kovolskiy tomonidan tuproqning mikroelementlar miqdorini ko’rsatuvchi biogeokimyoviy proventsiyalar karta -sxemasi tuzib chiqilgan. O’zbekistoning chorvachilik yaylovlari uchun yaratilgan ana shunday karta sxemalari katta amaliy ahamiyatga ega bo’lmoqda (MA Rish, Sh.M Nazarov).
Tuproqda mikro elementlar miqdori birlamchi minerallar, qismi gil minerallar va organik moddalar tarkibiga bogoik va litosferadagidan farq qiladi.
O’simliklarning mikroelementlar bilan ta‘minlanishi darajasini baholash uchun, uning tuproqdagi harakatchan formalarini bilish zarur. Tuproqdagi mikroelementlarning harakatchan shakldagi miqdori juda o’zgaruvchan bo’lib, tuproqning genetik xususiyatlariga, tuproqlarning madaniylashtirish holatiga va boshqa sharoitlariga bog’liq.
G.Ya.Rinks tuproqdagi harakatchan mikroelement miqdorini baholashning quyidagi gradatsiyalarini tavsiya etadi (mgqg hisobida).
Mikroelementlar juda kam-Сu<0.3: 2п<0.2: Mn<0.1: Со<0.2: Мо<0.05: В<0.1
Mikroelementlar kam-Сu<1.5: 2п<1: Mn<10: Со<1: Мо<0.15: В<0.2 Tuproqlar mikroelementlarga juda kambagal va kambagal bo’lganda tarkibida mikroelementlar bo’lgan o’g’itlarni ko’prokqo’llashni talab etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda, jumladan O’rta Osiyo respublikalarida tuproqning mikroelementlar bilan ta‘minlanishini ko’rsatuvchi kartogrammalar tuzib chiqilmokda. Bu materiallar mikroo’g’itlardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.
Tuproqni mikroelementlar bilan boyishini asosiy manbasi bo’lib tuproq hosil qiluvchi ona jins hisoblaiadi. Uzoq davom etadigan tuproq hosil bo’lish jarayonida boshlangich tog’ jinsidagi kimyoviy elementlarni tanish bo’lgan qayta taqsimlanishi yuz beradi, lekin tog’ jinslaridagi mikroelementlarning uziga xos xossasi va kimyoviy xususiyati uzoq vaqt(amalda doimo) saqlanadi. Ona jinsda mikroelementlar qancha ko’p bo’lsa, tuproqda ham ular shuncha ko’p bo’ladi. Tuproqning mexaniq tarkibi ogirlashgan sari mikroelementlari miqdori shuncha ortadi. Lyossimon kumokda kumdagidan kobalt, xrom, strontsiy miqdori 2-2.5 barobar,nikel, vannadiy, titan, bariy, bor, marganets 3-4 marta ko’p.
Karbonatlilik ham jinslarda mikroelementlar miqdoriii aniqlovchi muxim faktor bo’lib hisoblanadi. Neytral tuproqda marganets, karbonatli tuproqda kobalt ko’p bo’ladi. Berchlanish natijasida tuproqda vannadiy, xrom, marganets, kobalt, mis ko’payadi.
MDH davlatlari tuproqlarida harakatchan mikroelementlar
miqdori,mg|kg tuproqda.
Tuproq
|
Со
|
В
|
Cu
|
2n
|
Мn
|
Мn
|
|
Мо
|
chim подэол
|
0.12
|
3.0
|
0.08-0.38
|
0.05-5.0
|
0.12-20
|
30-150
|
0.04
|
0.97
|
qora
|
1.10
|
2.2
|
0.38-1.58
|
4.5-10.0
|
0.10-0.25
|
1.0-75
|
0.02
|
0.33
|
tuproq
|
0.90
|
1.5
|
0.23-0.62
|
2.5-10.0
|
0.09-1.12
|
1.5-125
|
0.03
|
0.15
|
|
0.10
|
6.0
|
0.3-0.9
|
8.0-14.0
|
0.06-0.14
|
1.5-5-75
|
0.09
|
0.62
|
Bo’z тупрок
|
|
|
|
|
|
|
|
|
kashtan
|
0057
|
2.25
|
0.38-1.95
|
6.0-12.0
|
0.03-0.2
|
1.5-75
|
0.06
|
0.12
|
qo’ng’ir
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ona jinsdagi mikroelementlar miqdoriga minerologik tarkib ta‘sir ko’rsatadi. Mikroelementlarning eng ko’p kontsentratsiyasi montomorillonitda, eng kami-kvartsda bo’ladi. Montomorillanit soz tarkibiga kvarts kum va kumloklar tarkibiga kiradi, shuning uchun ham loyka mikroelementlarga boy bo’ladi.
Mikroelemeitlar miqdori gumusga ham bog’liq, qancha gumus ko’p bo’lsa mikroelementlar hamshuncha ko’p bo’ladi.
O’simlik maxsulotlarida mikroelementlarni optimal koitsentratsiyasi,mg|kg quruq moddada mis uchun-7-12, marganets uchun 40-70 ( 100 gacha), rux uchun-20-40, kobalt-0.5-1.0, yod-0.3-0.8,
molibden-0.6-2.0:
Tuproqshunoslik va agrokimyo ITI ning ma‘lumotlariga kura Farg’ona vodiysi va Mirzacho’lning sug’oriladigan tuproqlarida harakatchan mis miqdori juda kam. Bunday yerlarda misli o’g’itlar paxta hosildorligini 2.5-4 ts-ga oshiradi.
2.3.Tuproqning ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq xoʻjaligida pestitsidlardan foydalanish
Moddalarning tabiatda aylanishi hamda qayta joylanishi asosida Tuproq morfologiyasi, tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab yuqoridan pastga tomon maʼlum qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va tuproq gorizontlarining navbat bilan almashinishida namoyonboʻladi. Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay turib insonning hayot kechirish muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan Tuproq qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuprok eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va botqoqlanishiga olib keladi. Tuproqning ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq xoʻjaligida pestitsidlardan foydalanish qoidalari joriy qilingan. Tuproqshunoslik qishloq xo‘jalik fanlarning negizi bo‘lib, tuganmas boylik va kerakli xom ashyo yetishtiradigan manba-tuproq haqidagi fandir.Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi-yer, tuproq bioqatlamining barqarorligi va ekologik holatini saqlab turishda ham kata rol o‘ynaydi. Bo‘lajak agronom-tuproqshunos va agrokimyo mutaxassisligi uchun ishlayotgan xo‘jalik tuproqlarini batafsil o‘rganishi va unumdorligini oshirish tadbirlarini yaxshi bilishi kerak.Tuproqshunoslik-tuproq haqidagi Fan bo‘lib tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi va geografik tarqalishi qonunlari o‘rganadi.Tuproq va uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar qadimgi davrlardan boshlab, dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi. Bu Fan XIX asr oxirlarida rus olimlaridan V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev, N.N.Sibirsev, V.P.Vilyams g‘oyalari tufayli shakllandi va rivojlandi. V.V.Dokuchayev birinchi bo‘lib tuproqning paydo bo‘lish omillari to‘g‘risidagi ilmiy nazariyani yaratdi va tuproq tushunchasiga ta’rif berib, tuproq deganda, suv, havo hamda tirik va o‘lik organizmlar ta’sirida tabiiy ravishda tog‘ jinslarining yuzasining tashqi gorizontlariga aytiladi.Tuproq o‘zining kelib chiqishi bilan boshqa tabiiy jismlardan farq qiladi. V.V.Dokuchayev ko‘rsatilishicha, yer yuzidagi barcha tuproqlar mahalliy ilm o‘simlik va hayvonot organizmlari, ona tog‘ jinslarining tarkibi va tuzilishi maydonning relef iva biologik yoshi kabilarning murakkab ta’siri natijasida paydo bo‘lgan. Tuproqshunoslik fanining asoschilaridan biri N.M.Sibirsev, V.V.Dokuchayevning tuproq haqidagi g‘oyalarini rivojlantirib tuproq haqidagi tushunchaga o‘zining ayrim fikrlarini kiritdi. Uning tuproqqa bergan ta’siri «Tabiiy tuproqlar deganda, qit’alarning yuza qismi hosillari yoki tog‘ jinslarining shunday tashqi gorizontlariga aytiladiki, undagi ekodinamik hodisalar, shu qatlamgacha kirib borpayotgan organizmlarning ta’siri yoki biosferaning tarkibiy qismlaridan yuzaga kelgan jarayonlarning o‘zaro birgalikdagi ta’siri tufayli kechadi. P.A.Kostyachev tuproqning hosil bo‘lishida biologik omillar, ayniqsa o‘simliklar olami roliga alohida e’tibor beradi va «Tuproq deb, o‘simliklarning ildizlari chuqur kirib boradigan yer yuzasining ustki qatlamini tushunish kerak». Tuproqshunoslik Fani tabiiy ilmiy Fan sifatida geologiya, mineralogiya, fizika, Kime, mikrobiologiya kabi fanlar Bilan bog‘liq holda tuproqni o‘rganadi va rivojlanadi. Tuproqning qattiq fazasi mineral va organik moddalardan tashkil topgan. Tuproqning mineral qismi uning massasiga nisbatan 80-90 % ni tashkil etib, torfli tuproqlarda esa 1-10 % dan iboratdir. Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘ladi.Litosferadagi yerning qattiq qobig‘i – magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinslardan tashkil topgan. Litosferadagi erigan magma chuqur qatlamlarda yuqori bosim natijasida intruziv (granitlar, silvinitlar, dioritlar va boshqa) jinslarga hamda yer yuziga oqib chiqqan magmaning odatdagi atmosfera bosimi sharoitida qotishi natijasida effuziv (bazaltlar, porfiritlar, tuflar) kabi jinslarni tashkil qiladi.
Tuproq millionlab tirik organizmlar uchun «yashash makoni» va «ishxonasi»dir. Ma`lumotlarga ko`ra bir gramm tuproqda 1,5 milliongacha oddiy mikroorganizmlar yashar ekan. Bir gektar maydondagi tuproqda mayda umurtqasiz hayvonlar soni 12,5 milliondan 2 milliardgacha etar ekan. Bunday xilma–xil va juda ko`p miqdordagi organizmlar tuproqda nafaqat yashaydilar, balki organik moddalarni mineral moddalarga aylantiradilar, tuproqning donadorligi, g’ovakligi, namlikning harakat qilishi tuproq energiyasining yuzaga kelishida xizmat qiladi.
- Tuproq sanitar vazifasini o`tovchi «do`xtirxona»dir. Chunki u yuzasiga tushgan yoki tarkibiga kirgan shox-shabba, barg, o`t-o`lan, o`lgan jonzodlar, ya`ni organik moddalarning atrof-muhitga zararli hid va kasal tarqatishining oldini oladi. Tuproq o`z «oshqozon»ida ularni tezda mineral moddalarga va gumus (chirindi)ga aylantirib yuboradi.
- Tuproq o`simliklarning «oshxona»sidir. Chunki tuprqdagi tirik organizmlar ularga «emishlik» sifatida organik moddalarni parchalab, mineral moddalar (azot, fosfor, kaliy, magniy, kalsiy, va boshqalar), gumus kislotalari, tuzlar, oqsillar va boshqa element va birikmalar bilan ta`minlaydi. Tuproq suvning kichik va katta aylanishini bir me`yorda ta`minlaydi. Chunki tuproq g’ovaklgi, chirindiga boyligi Bilan sug’orma suvlarni yoki atmosferadan tushgan yog’inlarni to`playdi va uzoq muddat ushlab turadi. Bug’simon (par) suvlarni kondensatsiyalab (to`yintirib) oddiy suvga aylantirib beradi. Tuproq, tog’ jinslaridan farqli, hech qachon o`zida me`yoridan ortiq suvni ushlab turmaydi. Ortig’ini esa pastga o`tkazib yoki bug’-lantirib yuboradi. Agarda o`zida nam kam bo`lsa, rastki qatlamdan kappilyar naylar orqali tepaga tortadi.
Tuproq havosi atmosfera havosini mo`tadillashtirib turadi. Qorbonat angidridning birikishi va atmosferaga qaytishi, azot, kislorod va vodorodning to`planishi, oksidlanishi va denitrifikatsiya kabi jarayonlarni amalga oshiradi.
Tuproq «konditsioner» dir. Chunki u quyosh energiyasini yutadi va issiqlikni bir tekisda pastga tomon taqsimlaydi. Mo`tadil temperaturani qishda ham, yozda ham ushlab turushni ta`minlaydi. Tuproq qancha unumdor bo`lsa, unda issiqlik rejimi bir me`yorda ushlab turiladi.
O’zbekiston Yer kurrasidagi eng qadimiy va obod o’lkalardan biri bo’lib, ming yillar muqaddam uning o’rnida buyuk davlatlar, gavjum shaharlar, mustahkam qal’alar, bog`lar, ilm-fan maskanlari bo’lgan.
2013-yil Obod turmush yili deb nomlanishi yoshlarning jismoniy va ma’naviy sog`lom o’sishi, oilani muqaddas bilishi, qadrlashi ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg`un rivojlangan insonlar bo’lib yetishi yo’lida barchamizdan aniq maqsadga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarni talab etadi.
BOB. TUPROQ PROFILI BO’YICHA MIKROELEMENTLARNI TAQSIMLANISHI
Markaziy Osiyoning sugoriladigan yerlarida rux juda kam bo’lib, ayniqsa sabzavot ekinlari, makkajuxori va mevali daraxtlar uchun rux yetishmaydi. Markaziy Osiyoning bo’z tuproqlari,ayniqsa gumus ko’p o’tloq tuproqlarda harakatchan bor miqdori ancha ko’prok. Marganetsning tuporokdagi o’rtacha miqdori 0.085% bo’lib, bo’z tuproqlarda 0.06-0.07%, gidromorf tuproqlarda ancha ko’p. Ishqoriy va karbonatli tuproqlarda marganets kam harakatchan, kislotali tuproqlarda aksincha marganets ko’p.
Bo’z tuproqlarda yod miqdori juda kam, u kislotali temirga boy tuproqlarda ko’p bo’ladi. To’q tusli bo’z tuproqlarda tipik bo’z tuproqlarga nisbatan yod ko’p bo’ladi.
O’simliklar uchun bor tanqisligi ko’pincha tundra tuproqlarida, ba‘zan torfli va chimli podzol tuproqlarda, karbonatli to’q (chimli-gleyli) botqoqlashgan, shuningdek kislotali tuproqlarda (kuchli ohaklangandan keyin) kuzatiladi. Tuproqlarda odatda temir ko’p bo’ladi,lekin ba‘zilarida o’simliklar o’zlashtira olmaydigan formada bo’lganliga sababli o’simliklar temir tanqisligiga uchrab turadi. Bu ko’pincha tarkibida kaltsiy ko’p bo’ladigan ishqoriy va karbonatli tuproqlarda yakkol namoyon bo’ladi. Molibden tanqisligini kislotali va kumli tuproqlarda kuzatish mumkin. Marganets tanqisligi kumli.karbonatli, torfli, qayir va o’tloqi qora tuproqlarda, neytral va ishqoriy tuproqlarda seziladi. Rux tanqisligi mexanik tarkibi yengil (kumli), neytral va kuchsiz ishqoriy (karbonatli), unumdorligi past tuproqlarda ko’proq kuzatiladi.
Tuproq profili bo’yicha mikroelementlarni taqsimlanishi ma‘lum bir qonunga bo’ysinadi, unga mos ravishda mikroelementlarni 2 gruhga bo’lish mumkin:
1. Ishqoriy рН va tuproqda ishqoriy-er mettallari tuzlari yuqori miqdorda bo’lganda kam harakatchan bo’ladigan elementlar- mis, kobalt, rux, marganets va bor.
2. Yuqorida qayd etilgai sharoitda yetarli darajada harakatchan bo’lgan elementlar: molibden, yod biriichi guruh elementlari o’simlik ildiz sistemasi bilan olib chiqib ketilishi natijasida yuqori akkumulyativ gorizontda tuplanadi. Bunda
kobalt, mis, rux ma‘lum darajada qisman chimli gorizontdan yuvilib ketadi va o’zining maksimumini A2 gorizontda namoyon etadi va ularni maksimumi gumusni miqdori eng ko’p bo’lgan qatlam bilan to’g’ri kelmaydi. Marganets va bor kam darajada illyuvialanadi.shuning uchun ular A2 gorizontga karaganda A1 gorizoitda ko’prok. Tipik bo’z tuproqlardagi kobalt, molibden miqdori Vinogradov bo’yicha klarkdan ozroq ko’p; mis marganets rux 20-30% ga kam yod 2 barobar kam, bor miqdori kvartsdan 7-8 marta ko’p. Bu O’zbekiston bo’z tuproqlar poyasini bor bilan boyigan keng biogeokimyoviy zonaga kiritish mumkin. Ikkkinchi guruh elementi bo’lgan molibden ishkoriy muxitda harakatchan bo’ladi, yod esa рН ning keng diapazonida harakatchan bo’ladi. U tuproklarni yuqorgi gorizontlarida ham, bo’z tuproklarida ham tuplanmaydi. Bu fakt bo’z tuproqlarda gumus mikdorining kam bo’lishi va yodni singdirish uchun yetarli bo’lmasligi bilan tushuntiriladi.
Ikkinchi guruh elementlari molibden va yod pastki qatlamlarda tuplanadi. Cho’l zonasi tuproqlarida molibden gips bilan birga to’planadi, yod esa gips qatlamida to’planadi.
Tipik bo’z tuproqlarda kam harakatchan elementalar tuproq profilida yod va molibdendan yuqorida singdirilgan bo’ladi. Bo’z tuproqlarda ham cho’l zonasining avtomorf tuproqlarida ham margenets, rux, mis, kobalt kam. Tipik bo’z tuproqlarda ularning miqdori kvarkdan kam farq qiladi o’rtacha 20-30% ga yoki unga teng (kobalt). Och tusli bo’z tuproqlarda sur tusli qo’ng’ir va ular miqdori klarkdan 1,5-3 marta kam. O’zbekiton tuproqlaridagi molibden miqdori MDX tuproqlaridagi uning o’rtacha miqdoridan 20-30% ko’p, yod esa aksincha 2,5-4 marta kam. Bor miqdori hamma xollarda ko’p bo’lib tuproq Klarkini 3 (cho’l kum tuproqlari)- 8 (tipik bo’z) marta bosib ketadi. Gidromorf tuproqlarda margenets, molibden(O’rta Zarafshon qayirida), molibden va bor Mirzacho’lning pastlik qismida, yuqorgi 4-terassada tekshirilgan ko’pchilik mikroelementlar (rux.mis.kobalt, molibden, bor). Tuproq reaktsiyasi ishqoriy bo’lganligi sababli rux va misning harakatchanligi chegaralangan, shuning uchun ham ularning o’simlikdagi miqdori odatdagidan kam. Mn, Сo, 3 miqdori o’sim-liklarda me‘yorida (qayir o’simliklarida Mn kontsentratsiyasi juda ham yuqori). Molibden miqdori o’rtachadan yuqori - avtomorf tuproq o’simliklarida ozroq gidromorf tuproq o’simliklarida me‘yoridan 2-3 marta ko’p. Bor kontsentratsiyasi deyarli hamma holatlarda yuqori. Tuproqda yodning fiziologik ontog’eneslari ko’p(kaltsiy, magniy, strontsiy) Shuning uchun u o’simlik va hayvonlarda kam. O’zbekiston tuproqlarida Mn, V, Mo, 2n, Su, t birinchi navbatda aniqlanadi.
Jadvallarda tuproqning mikroelementlar bilan ta‘minlanganlik darajasi keltirilgan. Unda mikroelementlar 5 ta ta‘minlanganlik guruhiga ajratilgan. Shu asosida topografik asosdan foydalanib mikroelementlar. uchun agrokimyoviy xaritanoma tuziladi. Barcha ishlar Р205 va K20 ga o’xshash tarzda olib boriladi.
Rux karboangidraza fermentini faollashtiradi, natijada bu ferment H2CO3 CO2 + H2O reaksiyasida ishtirok etadi va CO2 ning fotosintez jarayonida foydalanilishiga yordamlashadi. Triptofan aminokislotaning hosil bo’lishida ishtirok etadi va shu orqali oqsillarning va fitogormon – indolil sirka kislotaning sintezida ham ishtirok etadi. O’simliklarni rux bilan oziqlantirish auksinlarning to’qimalarda ko’payishiga va o’sishning faollashishiga olib keladi.
Bor. Bor juda ko’p o’simliklarning o’sish va rivojlanishi uchun zarur element hisoblanadi. Ayniqsa zig’ir, rangli karam va qand lavlagi o’simliklari bor bo’lmagan oziqali eritmada tez zararlanadi va qurib qoladi. Umuman ikki pallali o’simliklar borni bir pallalilarga nisbatan ko’proq talab etadi.
O’zbekistondagi bo’z tuproqlarda umumiy miqdori 31-35 mg/kg atrofida bo’lib, o’zlashtiriladigan qismi 0,3-1,2 mg/kg ga teng.
O’simliklarda o’rtacha 0,0001 yoki 0,1 mg/kg quruq massa hisobida bor bo’ladi. Bor ayniqsa o’simlik gullarida, hujayra po’stida to’planadi. Ko’p fiziologik jarayonlarga ta’sir etadi. Bor gul changlarining unishini va chang naylarining o’sishini tezlashtiradi. Gullar, mevalar sonini ko’paytiradi. Uglevodlar, oqsillar va nuklein kislotalarning almashinuviga ta’sir etadi. Bor yetmaganda reproduktiv organlarning shakllanishi changlanish va meva tugunlarining hosil bo’lish jarayonlari izdan chiqadi. O’sish qonusi birinchi navbatda nobud bo’ladi.
O’g’it sifatida bor kislotasini (H3BO3) ishlatish mumkin. Uning tarkibida 17 % bor bo’ladi. Borli chiqindilardan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
Xullas, o’lkamiz har jihatdan ham kishilarni hayratga soladi, ularni maftun etadi. Unyng tabiati, boyliklari, ko’rkam vodiylari, kamyob o’simliklariyu hayvonlari ko’pchilikni qiziqtiradi.
O’zbekiston — baland tog`lar va so’lim bog`lar o’lkasidir. Uning sharqiy qismi Tyanshan va Oloy tog` tizmalari bilan o’ralgan. Bu tog`lar respublika territoriyasida g`arb va janub tomonga pasaya borib, tekislikka tutashadi.
Mazkur tog`lar O’rta Osiyoni egallab yotgan qadimgi dengizlar o’rnida bundan taxminan 280—300 million yillar ilgari paydo bo’lgan deb taqmin qilinadi.
Tyanshan tog` tizmasidagi Qorjontog`, Piskom, Chotqol va Qurama tog`lari O’zbekiston territoriyasida bamisoli yelpig`ichdek taralib ketadi.
Farg`ona vodiysining atrofida esa Farg`ona, Oloy va Turkiston tizma tog`lari joylashgan.
Turkiston, Zarafshon va Hisor tog`larining g`arbiy qismi ham O’zbekiston territoriyasida davom etadi. Respublikamizdagi eng baland nuqta Hisor tizmasidagi cho’qqi, u okean sathidan 4,643 metr balanddir.
Tog` oraliqlaridagi vodiylarning barpo bo’lishi ham qiziq. Ular yer po’stining cho’kishi va daryolarning yer ustki qatlamini yuvib ketishi natijasida vujudga kelgan. Chirchiq, Ohangaron, Farg`ona, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarining go’zal jamoli bir-biridan qolishmaydi. Ta’riflashda tengi yo’q shirinshakar mevalarini yegan, orombaxsh bog`lariga kirgan kishi bu o’lkaning bir umr maftuni bo’lib qoladi. U yerlarda so’lim bog`lar, daraxtzorlar va o’tloqlar yal-yal yonadi.
O’zbekiston hududining katta qismi — g`arbiy va shimoli-g`arbiy tomoni tekislikdan iborat. Bular Turon pasttekisligining bir qismi bo’lib, o’tmishda sayoz dengizdan iborat edi. Mazkur pasttekislikda botiqlar ham mavjud. Ana shular orasida Mingbuloq botig`i xarakterli bo’lib, u okean sathidan 12 metr pastdadir. Respublikaning tekislik qismi cho’ldan iborat. Ularning eng yirigi Qizilqumdir. Uning sharqi va janubida esa Mirzacho’l, Dalvarzin, Qarnob, Qarshi, Qoraqalpoq va Yozyovon cho’llari joylashgan. O’zbekistonning shimoli-g`arbiy chekkasida bepoyon Ustyurt platosi yastangan. Unda atrofdagi tekisliklardan ko’tarilib turadigan tik jarliklar mavjud.
Ishning maqsadi ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi Tabiatda o’simliklar qoplamining taqsimlanishida va osimliklar hayotida tuproqning ahamiyati, hamda tuproqlarning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berishdir.
O’quvchilarda atrof-muhitga bo’lgan munosabatni paydo qilishda ta’limning o’rni beqiyosligini nazarga olib qaraganda o`quvchilarga Tabiatshunoslikka oid fanlarning o’qitilishi, o’qitishning samarador shakllarini qo’llash va ular yangi pedagogik texnologiyalar asosida bo’lishi kerak.
Suv eroziyasining boshlanishi va kuchayishi relyefi tuzilishi bilan bogʻliq boʻlib, odatda, yer yuzasining nishabligi 1 — 1,5° dan oshganda yuz bera boshlaydi (sugʻoriladigan yerlarda sugʻorish eroziyasi yuz beradi). Suv eroziyasi yemirilish jarayonida tuproq zarrachalarining boʻlaklarga boʻlinish va qayta joylashish usuliga koʻra, yuvilish eroziyasi, jilgʻa va jarlanish eroziyasiga boʻlinadi. Yuvilish eroziyasi tuproqqa singib ulgurmagan suvning oqimi taʼsirida vujudga kelib, tuproq qatlamining nisbatan bir tekisda yuvib ketishi bilan tavsiflanadi. Jilgʻa eroziyasi jilgʻa suvining oqimi taʼsirida uncha chuqur boʻlmagan oʻydimchuqurliklar hosil boʻlishi va bilan yuz beradi va buni odatdagi yerga ishlov berish bilan bartaraf etish mumkin. Jarlanish eroziyasi suv eroziyasining bir turi boʻlib, suv oqimining tor oʻzanda toʻplanib oqishi, tuproqning vertikal yemirilishi va yuvilishi natijasida vujudga keladi. Suv taʼsirida yerning yuzasida oʻpqonlar paydo boʻladi. Bir kdncha vaqtdan soʻng bu oʻpqonlar yemirilib jarliklar hosil boʻladi.
Oʻzbekistonning sugʻorma dehqonchilik zonasida suv eroziyasi namlik bilan yetarli taʼminlangan (yillik yogʻinsochin miqdori 350–400 mm dan yuqori) va yarim taʼminlangan (yillik yoginsochin miqdori 200–300 mm) lalmikor yerlarda hamda tipik va toʻq tusli sur tuproqlarda, qisman togʻ oldi va togʻ etagi qiyaliklarida (mas., Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida; umumiy maydoni 969,4 ming ga) tarqalgan.
Shamol eroziyasi (deflyatsiya) 2 xil boʻladi: tezligi uncha katta boʻlmagan shamolning tuproq mayda zarrachalarini uchirib ketishidan kelib chiquvchi oddiy va katta tezlikdagi shamol tufayli vujudga keluvchi toʻzonli boʻron. Shamol eroziyasi sugʻoriladigan yerlarga katta ziyon yetkazadi (Markaziy Fargʻona, Buxoro vohasi, Qarshi choʻli, Qoraqalpogʻistonning gʻarbiy zonalarida, um. maydoni 1,8 mln.ga). Shamol eroziyasiga, relyefdan qatʼi nazar, asosan bir yoʻnalishda esadigan kuchli shamol, tuproqning yengil mexanik tarkibi va shoʻrlanganligi, sugʻoriladigan yer maydonlarning tabiiy sharoitga nomuvofiq yirikligi hamda oʻrmon daraxtzorlari mintaqasining yoʻkdigi yoki qoniqarsiz axvoldaligi sabab boʻladi.
Tuproq eroziyasining , shuningdek, ishlab chiqarish. va odam faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi turlari ham uchraydi: sanoat eroziyasi — foydali qazilmalarni qazish (ayniqsa, ochiq usulda), uyjoy, ishlab chiqarish. binolari va yoʻl qurish, gaz hamda neft quvurlarini oʻtkazish natijasida sodir boʻladi (qarang Yer rekultivatsiyasi); abraziya — daryo va boshqa suv qavzalari qirgʻoqlarining yemirilishi tufayli haydalma yer, yaylov maydonlari qisqaradi va suv havzalarini loyqa bosadi. Yaylovlarda ortiqcha chorva boqish yaylov eroziyasiga sabab boʻladi. Mexanik eroziya har bir zonaga xos tuproqning qayta tiklanish imkoniyati darajasini hisobga olmay turib, oʻta ogʻir traktorlardan keng foydalanish natijasida yuz beradi. Mexanik eroziya taʼsirida tuprok, strukturasi buziladi, uning suvfizik xususiyatlari, shuningdek, tuproq hosil boʻlishining asosiy omillaridan boʻlgan biologik faollik yomonlashadi.
Xulosa
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, mexanik elementlar o’lchamining maydalanib borishi bilan, ularning xossalari ham o’zgarib boradi. Ayniqsa ana shunday keskin o’zgarishlar "fizik qum" \>0,01 mm \ bilan "fizik loy" \<0,01 mm\ fraksiyalari chegarasida yaxshi ifodalangan. Shuning uchun ham tuproqning mexanik tarkibini o’rganishda ana shu zarrachalarning miqdoriga alohida e’tibor beriladi.
Har bir tuproqshunosh va tuproq bilan ishlovchi insonlarni tashvishga soladi.Eroziya jarayonlari ekologik muhit ham risoladagidek saklana olmaydi. Eroziyalangan yerlarda usimliklarning usishi, rivojlanishi va mikroorganizmlarning faoliyati uchun zarur sharoitlar yomonlashadi. YOrin-sochin bilan tushgan suvning tuprokka singishi kiyin bulganidan, tuprok yuzasida okim kuchayib yana eroziya davom etadi. Bahorgi yog’in-sochin 60-70% okim sifatida okib chikib ketadi, natijada, eroziyalangan tuproklarda nam zahirasi kam tuplanadi. Eroziyaga uchragan tuproklarning mexanik tarkibi uzgaradi. Tuprokdagi mayda zarrachalar (< 0,001 m li ulchamli) keskin kamayadi. Tuprok yengillashib kumli zarrachalar kupayadi, suv rejimi yomonlashadi. Tuprok unumdorligi asta-sekin pasayib, dehqonchilikda ham mehnat samaradorligining kamayishiga olib keladi. Irrigatsiya eroziyasi suv eroziyasining bir turi hisoblanadi va u Markaziy Osiyoning mug’orib dehqonchilik kilinadigan kiyalik yerlarida keng tarkalgan. Ma’lumotlarga kura, sug’oriladigan maydonlarning 1 mln. ga dan kuprori 2-50 li past-baland relefli yerlardan iborat. Bunday nishab yerlar sug’orilganda egatlardan okayotgan suvning tezligi tobora ortib, tuprokning ustki unumdor katlami yuvilib boradi.
Tuproqlarning mexanik tarkibi va kimyoviy tuzilishi uning unumdorligiga tasir qiladi.Masalan, tuproqning mexanik tarkibi ya’ni donadorligiga qarab uning unumdorlik darajasi o’zgaradi.Bunda tuproq qancha yirikroq bo’lsa moddalar almashinuvi shunchalik jadal kechadi.Tuproqqa suvning yaxshi shimilishi va kislorod bilan yetarli darajada ta’minlanishi uning unumdorligini oshiradi.Agar tuproq zarrachalar mayda bo’lsa sug’orilganda zichlashib qoladi va kislorod bilan yaxshi ta’minlanmaydi.
Shuni ham qo’shimcha qilish kerakki,tuproqning kimyoviy tarkibi ham undan foydalanishda muhim ahamiyatga.Turli xil kimyoviy moddalarning tarqalganligiga qarab tuproqda tuproqga mos ekinlar ekiladi.Tuproqda tabiatdagi elementlarning deyarli barchasi bo’lishi uning xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |