Mundarija : Kirish bob. Adabiyotlar shahri tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlari Tuproqning kimyoviy tarkibi Tuproq granulometrik fraksiyalarining kimyoviy tarkibi



Yüklə 106,55 Kb.
səhifə2/8
tarix20.03.2023
ölçüsü106,55 Kb.
#88814
1   2   3   4   5   6   7   8
Tuproqdagi mikroelementlar

ADABIYOTLAR SHARHI

1.1.Tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlari
Tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlarning prosent bilan ifodalanadigan nisbiy miqdoriga mexanik tarkibi deb ataladi.Turli mexanik elementlarning miqdoriga ko‘ra tuproq va jinslarning xossalari bir xil emas.
Tuproq va jinslarning mexanik tarkibi uning fizik, fizik-kimyoviy xossalariga qarab bir necha gruppalarga ajratiladi. Mexanik tarkibining klassifikasiyasida "fizik qum" va "fizik loy" fraksiyalarining nisbati asos qilib olingan. Dastlabki ana shunday klassifikasiyalardan birini N.M.Sibirsev tavsiya etgan. Keyinchalik qator klassifikasiyalar (A.N.Sabanin, V.R.Vilyams) ishlab chiqildi. Hozirgi vaqtda N.A.Kachinskiyning ancha mukammallashtirilgan va foydalanish uchun qulay klassifikasiyasi keng ishlatilmoqda.
Bu klassifikasiyaga ko‘ra mexanik tarkibining asosiy nomi "fizik qum" ning "fizik loy" ga bo‘lgan nisbatiga qarab beriladi va qo‘shimcha nomlanayotganda esa, ko‘proq uchraydigan fraksiyalar (shag‘al 3-1mm, qum 1-0,05 mm, yirik chang 0,05-0,01 mm, changsimon 0,01-0,001 mm va loyqa < 0,001 mm)miqdori e‘tiborga olinadi.Masalan, bo‘z tuproqlar tarkibidagi fizik loy 28,1 foiz, qum 37,0, yirik chang 34,9, o‘rtacha va mayda chang 16 yoki 12,1 foiz bo‘lganda, mexanik tarkibiga ko‘ra uning asosiy nomi - yengil qumoq bo‘lib, qo‘shimcha nomi- yirik chang qumlidir.
Mexanik tarkibining qo‘shimcha nomi, misolda keltirgandek, tuproqda ko‘prok uchraydigan ikki fraksiya asosida berilib, oxirida aytiladigan (masalan, qum) uning ko‘proq ekanligini ifodalaydi.N.A.Kachinckiy o‘zining mukammal (uch hadli) klassifikasiyasida qum, chang va loyqalarning nisbatini ham hisobga oladi, shunga ko‘ra qaysi fraksiyaning ko‘pchiligiga qarab tuproq turli nom bilan ataladi. Masalan, og‘ir qumoq va o‘rta qumoq tuproqlar yana quyidagi gruppalarga bo‘linadi: changli-loyqa tuproq, loyqa-changli tuproq, yirik changli-loyqa tuproq, loyqa-yirik changli tuproq, changli tuproq, yirik changli tuproq, qum-changli tuproq, loyqa-qum tuproq, changli-qum tuproq. O‘rta va yengil soz tuproqlar esa loyqali-chang tuproq, changli-loyqa tuproq, yirik changli-loyqa tuproq, loyqali-yirik chang tuproqlarga bo'linadi.
Qovushmagan qumlar: mayda donador, o‘rtacha donador, yirik donador,
mayda donador-shag‘alli, o‘rtacha donador - shag‘alli (graviyli), yirik donador-
shag‘alli qovushmagan qumlarga bo‘linadi. Qovushmagan qumlarda chang va
loyqalar miqdori hisobga olinadi va zarrachalarning katta-kichikligiga qarab ular
tegishli nom bilan ataladi.
Tuproqlar va ona jinslarning mexanik tarkibiga ko‘ra klassifikasiyasi.
(N.A.Kachinskiy)

Mexanik tarkibiga ko'ra qisqacha nomi

"Fizik loy" (<0,01 mm) miqdori, foiz

"Fizik qum" (>0,01 mm) miqdori, foiz

TUPROQLAR

Podzol tipidagi

Dasht tipidagi hamda qizil va sariq tuproqlar

Sho'rtob va kuchli sho'rtoblar

Podzol tipidagi

Dasht tipidagi hamda qizil va sariq tuproqlar

Sho'rtob va kuchli sho'rtoblar

Qum tuproq:
sochilma qum
birikkan qum
Qumloq tuproq
Qumoq tuproq:
yengil qumoq
o'rta qumoq
og'ir qumoq
Soz tuproq:
yengil soz
o'rta soz
og'ir soz

0-5
5-10


10-20

20-30
30-40


40-50

50-65
65-80


>80

0-5
5-10


10-20

20-30
30-45


45-60

60-75
75-85


>85

0-5
5-10


10-15

15-20
20-30


30-40

40-50
50-65


>65

100-95
95-90


90-80

80-70
70-60


60-50

50-35
35-20


<20

100-95
95-90


90-80

80-70
70-55


55-40

40-25
25-15


<15

100-95
95-90


90-85

85-80
80-70


70-60

60-50
50-35


<35

Shuni e‘tiborga olish lozimki, klassifikasiyada tuproqning genetik tabiati, ulardagi loy fraksiyalarning struktura agregatlariga birlashuvi xossasi e‘tiborga olingan bo‘lib, bunda gumus miqdori, tarkibi va almashinuvchi kationlar hamda mineralogik tarkibi muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlar qanchalik yaxshi ifodalangan bo‘lsa, fizik loy miqdori bir xil bo‘lgan sharoitda ham loy zarrachalarining xossalari unda kuchliroq namoyon buladi. Shuning uchun ham doim dasht tuproqlari, qizil va sariq tuproqlar podzol, sho‘rtob tuproqlarga nisbatan strukturali bo‘lganidan, undagi fizik loy miqdori bu tuproqlarda ancha ko‘proq saqlangandagina og‘ir mexanik tarkibli kategoriyalarga kiritiladi.


Masalan 6-jadvalga ko‘ra dasht tuproqlari (qora tuproq kabi) ni soz tuproqlar jumlasiga fizik loy miqdori 60-75 foiz bo‘lganda, podzol tuproqlarni 50-65 foiz, sho‘rtoblarni esa 40-50 foiz bo‘lganda kiritiladi.

1.2.Tuproqning kimyoviy tarkibi


Ma‘lumki, tuproq mineral, organik va organik-mineral moddalardan iborat. Tuproqning kimyoviy tarkibi ona jinslarga bog‘liq bo‘lsa-da, undan keskin farq qiladi va asosan turli birikmalar holidagi elementlardan tashkil topgan.


Tuproq kimyoviy tarkibining o‘ziga xos xususiyati, undagi organik moddalar (jumladan gumus) ning mavjudligi, ayrim element birikmalarining turlicha shakldaligi va vaqt o‘tishi bilan tarkibining doimiy bo‘lmasligidir.
Tuproqdagi mineral birikmalarning asosiy manbai yer po‘sti qattiq qobig‘i (litosferada) gi har xil tog‘ jinslari hisoblanadi. Organik moddalar esa turli o‘simlik
va jonivorlarning hayot-faoliyati natijasida tuproqda to‘planadi. Mineral va organik
moddalarning o‘zaro ta‘siri tufayli tuproqdagi organik-mineral kompleksining murakkab birikmalari hosil bo‘ladi.
Ma‘lum bo‘lgan kimyoviy elementlarning barchasi tuproq tarkibida mavjudligi aniqlangan. Litosfera va tuproqning kimyoviy tarkibini o‘rganish, uning miqdorini hisoblab chiqish sohasida V.I.Vernadskiy, A.Ye.Fersman,A.P.Vinogradov va boshqa olimlarning xizmatlari kattadir.
Olingan ma‘lumotlarga ko‘ra ba‘zi kimyoviy elementlarning miqdori litosfera va tuproqda keskin farq qiladi (7-jadval). Ko‘rinib turibdiki, litosferaning deyarli
yarmi kislorod (47,2 %), to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i (27,6 %) kremniydan, so‘ngra alyuminiy (8,8 %), temir (5,1), kalsiy, natriy, kaliy, magniy (har qaysisi 2-
3 foiz atrofida) singarilardan tashkil topgan. Bu 8 element litosfera umumiy massasining 99 foizini tashkil etadi.
Litosfera va tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlarning o‘rtacha nisbiy miqdori,
foiz hisobida ( A.P.Vinogradov, 1950)

Elementlar

Litosfera

Tuproq

Elementlar

Litosfera

Tuproq

O

47,20

49,00

C

0,10

2,00

Si

27,60

33,00

S

0,09

0,085

Al

8,80

7,14

Mn

0,09

0,085

Fe

5,10

3,80

P

0,08

0,08

Ca

3,60

1,37

N

0,01

0,10

Na

2,64

0,63

Cu

0,01

0,002

K

2,60

1,36

Zn

0,005

0,005




Mg

2,10

0,60

Co

0,003

0,0008

Ti

0,60

0,46

B

0,0003

0,001

H

0,15

5,40

Mo

0,0003

0,0003

Tuproq mineral qismining kimyoviy tarkibi litosfera tog‘ jinslariga bog‘liq bo‘lganidan, ayrim elementlarning miqdori jihatidan tuproq va litosfera tarkibi bir-biriga o‘xshashdir. Masalan, litosfera va tuproqda kislorod birinchi, kremniy-ikkinchi o‘rinda turadi. So‘ngra alyuminiy, temir singarilar miqdori ham yaqindir.
Ammo tuproqdagi ba‘zi elementlar miqdori litosferadan keskin farq qiladi. Jumladan, tuproqda litosferadagiga nisbatan uglerod 20 marta va azot miqdori 10 barobar ko‘pdir. Tuproqda bu elementlarning to‘planishi turli organizmlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, organizmlar tarkibida uglerod 18, azot 0,3 foizni tashkil etadi (A.N.Vinogradov). Nurash va tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida ayrim elementlar miqdori o‘zgaradi. Tuproqda litosferaga nisbatan kislorod, vodorod va kremniy ko‘payib alyuminiy, temir, kalsiy, magniy, natriy, kaliy va boshqa elementlar kamayadi.
Nurash natijasida hosil bo‘ladigan g‘ovak jinslarda magmatik jinslarga nisbatan kremnezyom (SiO2) ko‘proq to‘planadi. Qumli jinslarda kremnezyom 90 foizdan ko‘p bo‘lib, qumoq va soz tarkibli jinslarda uning miqdori 50-70 foizgacha kamayadi, ammo Al2O3, Fe2O3 singari oksidlar ko‘payadi. S.V. Zonn (1969) SiO2:R2O (R2O3 - loyqa zarrachalaridagi alyuminiy va temir oksidining yalpi miqdori) ning molekulyar nisbatiga ko‘ra nurash po‘stining quyidagi turlarini ajratadi: 1. Allitli nurash po‘sti (SiO2:R2O3 < 2.5); o‘z navbatida allitli (Al2O3 miqdori Fe2 O3 ga nisbatan juda ko‘p), ferralitli (Al2O3 miqdori Fe2O3 dan ko‘p) va ferritli (Fe2O3 miqdori SiO2 va Al2O3 ga nisbatan nafaqat loyqa zarrachalarida, balki umuman yer po‘stida ko‘p), kabi gruppalarga bo‘linadi.
2. Siallitli nurash po‘sti (SiO2:R2O3 > 2.5) siallitli va ferrisiallitli gruppaga ajratiladi. Ferrisiallitli gruppa SiO2:R2O3 nisbatining ancha qisqa bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Nurash mahsulotlaridagi oddiy tuzlarning harakatchanligi ancha yuqori. Ion valentligi qanchalik past bo‘lsa, tuzlar eruvchanligi shuncha yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun g‘ovak jinslar va tuproqlarda litosferaga nisbatan asoslar kam bo‘ladi. Nam iqlim sharoitida g‘ovak jinslarda asosli tuzlar kam bo‘lib, quruq iqlimli rayonlarda aksincha ko‘p to‘planadi. Ona jinslarning kimyoviy tarkibi ma‘lum darajada uning mexanik va mineralogik tarkibini aks ettiradi. Jumladan, kvarsga boy qumli tuproq asosan kremnizyomdan tashkil topgan. Mexanik tarkibi qanchalik og‘ir bo‘lsa, ikkilamchi-yuqori dispers minerallar shuncha ko‘payadi. Unda kremnezem kamayib, alyuminiy va temir oksidlari, shuningdek kimyoviy birikkan suv miqdori ko‘payadi. Demak, tuproqning kimyoviy tarkibi tuproq paydo qiluvchi jinslarning geokimyoviy xususiyatlariga bevosita bog‘liq. Tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida turli tuproq tiplaridagi kimyoviy elementlarning profil bo‘ylab o‘ziga xos tarqalishi (differensiasiyasi) ro‘y beradi. Barcha tuproqlar tarkibi ona jinslardan farq qilib, yuqori gorizontlarida organik moddalarning to‘planishi natijasida biologik muhim elementlar - uglerod, azot, fosfor, oltingugurt, kalsiy singarilarning ko‘payishi xarakterlidir.
. Bu ma‘lumotlar tuproqning o‘ziga xos kimyoviy tarkibga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ammo tuproqning kimyoviy tarkibi nurash va tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida o‘zgarib boradi.

    1. Tuproq granulometrik fraksiyalarining kimyoviy tarkibi.

Ayrim granulometrik fraksiyalar mineralogik tarkibining turlicha bo‘lishligi sababli ulardagi kimyoviy elementlarning tarqalishi ham bir xil emas. Kremniyning miqdori kvarsga boy bo‘lgan 0,25 mm dan katta fraksiyalarda yuqori, nozik fraksiyalarda esa dala shpatlari va ayniqsa temir saqlaydigan boshqa birlamchi minerallarning miqdori ko‘payadi va shu sababli alyuminiy, temir va boshqa elementlarni miqdori oshadi.
Alyuminiy va temirga boy bo‘lgan gilli minerallarni ko‘p saqlaydigan loyqa va qisman nozik changli fraksiyalar minerologik tarkibining keskin o‘zgarishi ushbu fraksiyalar yalpi kimyoviy tarkibida ham o‘z aksini topadi.
Keltirilgan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, fraksiyalar o‘lchamining kichrayishi bilan SiO2 ning miqdori qonuniy ravishda kamayadi, Al2O3 va Fe2O3 larning miqdori esa ko‘payib boradi. Chamasi, tuproq va tuproq paydo qiluvchi jinslar granulometrik tarkibiga ko‘ra ularning yalpi kimyoviy tarkibi ham o‘zgaradi.
Chimli- podzol tuproqlar granulometrik fraksiyalarining yalpi tarkibi, kuydirilgan


tuproqqa nisbatan foiz hisobida (V.D.Tonkonogov, 1975)



Fraksiyalarning kattaligi, mm

Chuqurligi, sm

SiO2

Al2O3

Fe2O3

Mg O

K2O

1-0,25

2-10

96,87

1,66

0,25

0,00

0,48

20-30

93,79

3,54

0,49

0,00

0,83

170-180

94,63

3,12

0,39

0,20

0,71

0,25-0,1

2-10

92,95

4,68

0,39

0,00

1,25

20-30

88,88

6,57

0,68

0,00

1,55

170-180

89,58

6,99

0,59

0,00

1,83

0,1-0,01

2-10

87,66

7,90

1,18

0,00

1,54

20-30

88,86

6,43

0,88

0,40

1,95

170-180

83,48

10,62

1,58

0,10

2,10

0,01-0,001

2-10

74,13

17,58

1,43

0,10

3,41

20-30

58,46

26,80

9,13

1,59

1,69

170-180

63,77

22,45

7,33

2,20

1,92

<0,001

2-10

61,33

27,42

3,46

0,52

3,56

20-30

47,57

33,40

13,11

1,72

1,61

170-180

50,79

28,95

12,54

2,52

2,57


Yüklə 106,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin