M U N D A R I J A : KIRISH I.BOB.SUD - PSIXOLOGIK EKSPERTIZASI HAM JINOYATLARNI OCHISH PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI 1.1.Sud - psixologik ekspertizasi tergov jarayonida jinoyatchining jinoiy hatti – harakatlari
1.2.Sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazish uslublari.
1.3.Psixolog ximat - huquqiy kasbiy fazilatlari.
II.BOB.PSIXOLOGIK XIZMATDA ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING FAOLIYATI 2.1.Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlari va psixologning o’rni
2.2. Tergovchining tergov izolyatorida olib borilgan psixologik xizmati
2.3. Advokatning psixologik madaniyati psixologik bilimlar rivojlantirish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYTOLAR
KIRISH Mavzuning dolzabligi: Bugungi kunda mamlakatimizning tinchligi, osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, jamiyatimizda adolat hamda qonun ustuvorligiga erishish ichki ishlar idoralari xodimlari, qolaversa, har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Mamlakatimizda ichki ishlar idoralari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Vatan himoyasi, yurt tinchligi hamda davlat kelajagi uchun jonkuyar, olijanob, fidoyi, o‘z xizmat burchini sidqidildan bajaradigan vijdonli xodimlarni tarbiyalab yetishtirish vazifasini qo‘ymoqda. Chunki bugungi murakkab sharoitda ichki ishlar idoralari xodimlarining xalq oldidagi nufuzini ko‘tarish, unga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bevosita ana shu islohotlar samarasiga bog‘liq. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi kasb mas’uliyatiga oid quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «Bu sohada xizmat qiladigan odamlar o‘zining professional kasb va fuqarolik burchini, o‘z vazifasini qanchalik halol va sidqidildan ijro etishi mubolag‘asiz butun hokimiyatning obro‘si, kishilarimizning adolatga ishonchi qay darajada bo‘lishini belgilaydi».
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Shu bois ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda o‘zlariga berilgan vakolatlarni suiiste’mol qilmasliklari, aksincha har bir huquq va vakolat ortida xalq hamda davlat oldidagi burch, mas’uliyat turishini to‘liq anglab yetishlari zarur. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining samaradorligini belgilovchi omillar, shuningdek, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini tahlil qilish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, shu orqali bu faoliyatni takomillashtirishning psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish davr talabidir. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishadi va bu muloqot jarayonida har ikki tomon o‘zining ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Ana shu ruhiy holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.
Yuridik (huquqiy) psixologiya-huquqiy qoidalarni qo'llash va huquqiy faoliyatda ishtirok etayotgan odamlarning psixik hayoti xususiyatlari va qonuniyatlarini o'rgatuvchi fandir, boshqacha aytganda, bu huquq doirasida qo'llanilish va uning subyektlari, ya'ni huquqni himoya qilish organlari psixologiyasi haqidagi fandir. Yuridik psixologiya daviat ta'Iimi tizimida yuridik institutlar va universitetlarning yuridik fakultetlarida o'rganiladi, u huquqni himoya qilish tizimi o'quv yurtlarida iqtisodiy va boshqaruv o'quv muassasalarida o'qitiladi. Talaba yuristlarga bu fanni o'qitishdan maqsad olim-huquqshunoslar yuristning psixologik madaniyatini shakllantirishni maqsad deb biladilar; bu madaniyat yuridik faoliyatni samarasini oshiradi, uning insonparvarlashuviga yordam beradi. «Yuristning psixologik madaniyati - deb yozadi mualliflardan biri -yuridik organlarning xizmatchilarda doimo psixologik bilimlar bo'lishini hamda yuqori madaniyatli munosabatlarni ta'minlovchi qo'shimcha uslublar shakllanishini ham ko'zda tutadi».