Mundarija : kirish I. Bob. Sud psixologik ekspertizasi ham jinoyatlarni ochish psixologik xizmatning ahamiyati


Sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazish uslublari



Yüklə 76,27 Kb.
səhifə3/8
tarix09.10.2023
ölçüsü76,27 Kb.
#153138
1   2   3   4   5   6   7   8
huquq tartibot tizimida psixologik xizmat

Sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazish uslublari.

Sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazish zarurati avvalo tergovchining ixtiyori bilan hal etiladi, ya’ni bu masalani hal qilish uning vakolatiga kiradi. Sud – psixologik ekspertizasini tayinlash, uni o‘tkazish paytida tergovchi va ekspert o‘rtasidagi psixologik munosabatlar sezilarli rol o‘ynaydi. Ularning munosabatlari o‘zaro hurmat, hamkorlik va ishonch asosiga qurilmog‘i lozim. Agar davlat ekspertizasi muassasasi hududida ekspertiza o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa, tergovchining o‘zi ana shunday muassasa va ekspertni (mutaxassisni) qidirib topadi. Bunday muassasa va ekspertni tanlashda ularning saviyasi, xolisligi, ish natijasidan manfaatdor emasligi hal qiluvchi shartlar bo‘lib hisoblanadi.
Ekspertga biror bir tarzda psixologik tazyiq o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Tergov amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ekspertga tergovchi o‘z nuqtai nazarini o‘tkazish, xizmat lavozimidan foydalanib, psixologik tazyiq o‘tkazish, ekspertiza tadqiqotlari muddatini qisqartirishni ko‘zlab, soddaroq metodlar turini qo‘llashni talab qilish ekspertizaga tergovchi tazyiqining yo‘llari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun psixolog - ekspert yoki mutaxassis - psixolog o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda qonun asosida ish ko‘rishi maqsadga muvofiqdir.
Sud – psixologik ekspertizasini tayinlanishi, uning natijalari ayblanuvchiga kuchli psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Natijada u aksar hollarda rostmana ko‘rgazma bera boshlaydi.
Tergov amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, shaxsning hayoti, sog‘ligi, erki, sha’niga nisbatan mulkka, jamoat tartibiga, xavfsizligiga, aholi sog‘ligiga qarshi, voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha sud – psixologik ekspertizasini tayinlash zaruriyati ko‘proq tug‘iladi.
Shuningdek, tergovchida guvoh, jabrlanuvchi yoki ayblanuvchi muayyan sharoitlarni to‘g‘ri idrok qila olishi va ko‘rgazma bera olishiga shubha tug‘ilgan kezlarda ham sud – psixologik ekspertizasini tayinlanadi.
Sud – psixologik ekspertizasini o‘tkazishda psixolog quyidagi bosqichlarda ish olib boradi:
jinoiy ishni ochish uchun to‘plangan barcha ish hujjatlari bilan batafsil tanishib chiqadi;
jinoyatchi, gumonlanuvchi, jabrlanuvchilar bilan individual suhbatlar olib boradi;
ular ustida psixologik test o‘tkazadi;
test natijalari va suhbat, kuzatish uslublari orqali jinoiy hatti -harakatlarni psixologik jihatdan tahlil qiladi;
ekspertiza natijalariga asoslangan holda psixologik ekspertiza xulosasini tayyorlaydi va tergovchiga taqdim etadi;
tayyorlagan xulosasi asosida agar sud jarayonida guvohlik berilishi talab qilinsa sudda qatnashadi.
Sud – psixologik ekspertizasining predmeti ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rgazmalari haqqoniyligini tasdiqlash emas, balki so‘roq qilinayotgan shaxsning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra isbotlanishi zarur faktlarni idrok qilish, xotirasida saqlash hamda bayon eta olish qobiliyati boshidan kechirayotgan ruhiy jarayonlarga aynan muvofiqligini aniqlashdan iboratdir.
Ko‘pincha voyaga yetmagan shaxs psixologik ekspertiza obyektiga aylanadi. Psixologiyaning yordamisiz tergovchi yoki sud voyaga yetmagan shaxs yoki o‘smirning jinoiy-huquqiy ahamiyat kasb etuvchi faoliyatiga yoshiga xos alomatlarning nechog‘lik ta’sir ko‘rsatganini aniqlab ololmaydilar. Affayektiv holat jabrlanuvchining noqonuniy xatti-sharakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, jinoyatning ayrim tuzilishlarini kvalifikatsiyalashda aybni yengillashtiruvchi holatlar ekanligini aniqlash ekspert-psixolog vakolatiga kiradi. Bunday hollarda psixolog-ekspert o‘z kasbining mohir ustasi, tajribali bo‘lishi talab qilinadi. Sud – psixologik ekspertizasini tajribali, kuchli mutaxassis-psixologlar olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday ekspertiza orqasida shaxsning taqdiri turadi.
Affektiv holatning davomiyligi, intensivligi va mexanizminisud-psixologik ekspertiza metodlari bilan tadqiq etish, dastlabki tergov xulosalarining ilmiy asoslangani va dalillanishini ta’minlashda psixolog-ekspertning mahorati, kasb fazilatlari katta rol o‘ynaydi. Jinoyat sodir etilgan paytda shaxs xulq - atvorining alohida xususiyat kasb etishiga sabab bo‘lgan boshqa holatlarni tadqiq qilish ham sud-psixologik ekspertizani vakolatiga kiradi. Affektdan tashqari ularning qatoriga charchoq, qattiq qo‘rquv, og‘ir musibat, (depressiya) tushkunlik kabilarni qo‘shish mumkin.
Tergov va sud amaliyotida tug‘iladigan psixologik masalalarni hal qilish ekspert - psixologga bir qator qo‘shimcha talablarni qo‘yadi. Jumladan, psixolog - ekspert protsessual Qonunning ekspert tadqiqotlariga oid qismini, dastlabki tergov va sud - surishtiruvning maxsus shartlarini bilishi lozim.
Demak, psixolog - ekspertda quyidagi kasbiy fazilatlar shakllangan bo‘lishi jinoyatni ochishda adolatlilik tamoyiliga amal qilishga olib keladi:
psixolog - ekspert adolatli, vijdonli bo‘lishi;
psixolog tergovchiga va ayblanuvchiga nisbatan xushmuomala, madaniyatli bo‘lishi;
psixolog tajribali mutaxassis sifatida kuchli irodali, sabr - toqatli, mulohaza bilan ish yuritishi;
psixolog - ekspert xulosani o‘z vaqtida topshirishi, ya’ni tartibli, mas’uliyatli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Psixolog- ekspert ayblanuvchi bilan shaxs sifatida munosabatda bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi insoniy fazilatlar psixolog - ekspertda shakllangan bo‘lsa jinoyatchiga nisbatan adolatli ish ko‘rish amalga oshiriladi va haqiqat tezroq yuzaga chiqib, qaror topadi.
Psixolog - ekspert mutaxassis sifatida ayblanuvchi bilan ish olib borishda qu yidagicha tartibda ekspertiza o‘tkazadi:
ayblanuvchi, jabrlanuvchilar bilan individual suhbat o‘tkazadi;
ularning psixologik xususiyatlarini (idroki, diqqati, hissiqti, temperamenti, xarakteri, irodasi kabilarni) aniqlaydi;
kuzatish, suhbat, psixologik test kabi metodikalarni o‘tkazadi;
ayblanuvchiga ochilgan jinoyat ishi bilan batafsil tanishib chiqadi;
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda ekspertiza xulosasi tayyorlaydi.
Sud - psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilishda ayblanuvchining jinoyatni nechanchi marta sodir etganligiga e’tiborini qaratadi. Shuningdek, uning oilaviy psixologik muhitini aniqlashga harakat qiladi. Bundan tashqari, ekspertizaga oid adabiyotlar bilan tanishadi.
Demak, sudga oid psixologik ekspertizaning jinoiy xatti - harakatlarni aniqlashdagi ahamiyati juda katta ekan. Shuning uchun mutaxassis-psixologlar ayblanuvchining psixologik xususiyatlarini, uning jinoiy xatti - harakatlarni sodir etayotgan vaqtdagi ruhiy holatlarini aniqlashda juda katta mas’uliyat bilan ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Quyidagi taklif etilgan masalalami hal etib talaba - psixolog o'zini biri tergovchi, biri sudya, biri ayblanuvchi, biri guvoh, inspektor, advokat yoki prokuror o'rnida xayolan tasawur etadi. Bunday rollarda xayolan bo'lish yuridik psixologiyani asosan o'quv va maxsus yuridik adabiyotlari bo'yicha o'rganishga to'g'ri kelishi sababli kerakdir. Mana shuning uchun psixolog tasvirlash maqsadida aniq bir faoliyatni tasawur etish kerak (sababiari, maqsadlari, harakat, vosita va uslublarni, faoliyatidan kutilgan yoki haqiqatdan erishilgan yakuniy natijani) va xayoliy dialog metodi bo'yicha yurist kabi qarorga kelishi kerak: «Ushbu vaziyatda men nima qilgan bo'lar edim?»; «Psixologik nuqtayi nazardan qaysi bin to'g'riroq; so'roq qilinayotganning javobini to'g'ri deb hisoblashmi?» yoki hech bir gap aytmaslikmi «nima uchun guvoh sudya bergan savollardan xabardor ekan yaqqol ko'rinib turgan bo'lsa, ularga javob bermayapti? Xohlamayaptimi? Aniqligiga ishonmaydimi? Biror narsadan yoki biror odamdan ko'rqadimi?» Ishtirokchilarning harakatlari va turli huquqiy vaziyatlarni o'rganib, psixolog o'z kasbi sifatida biigan psixologiya qonunlari nuqtayi nazaridan yuzaga kelgan muammolarga javob izlaydi, vaziyatlarni esa talaba o'quv va ilmiy yuridik adabiyotlardan badiiy (yaxshi detektiv) asarlardan va hayotning o'zidan oladi.

Yüklə 76,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin