Mundarija : kirish I. Bob. Sud psixologik ekspertizasi ham jinoyatlarni ochish psixologik xizmatning ahamiyati


II.BOB.PSIXOLOGIK XIZMATDA ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING FAOLIYATI



Yüklə 76,27 Kb.
səhifə5/8
tarix09.10.2023
ölçüsü76,27 Kb.
#153138
1   2   3   4   5   6   7   8
huquq tartibot tizimida psixologik xizmat

II.BOB.PSIXOLOGIK XIZMATDA ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING FAOLIYATI
2.1.Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlari va psixologning o’rni
Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Chunki ular doimiy ravishda turli toifadagi odamlar bilan uchrashadilar, muloqotga kirishadilar. Bu esa xodimdan kasbiy psixologiya fanini, jumladan ichki ishlar idoralari faoliyatida yuz beradigan psixik holat va jarayonlarni yaxshi bilishni, ularga qarshi doimo tayyor turishni talab qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimi fuqarolarning xavfsizligi, tinchligi, haq-huquqi va erkinliklarini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan davlat xizmatchisi hisoblanadi. Ana shu mas’uliyat xodimdan birinchi navbatda o‘z kasbining bilimdoni, ustasi bo‘lishni talab qiladi. O‘z kasbining bilimdoni bo‘lish uchun nafaqat yuridik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Bu esa har bir ichki ishlar idorasi xodimidan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish – hayotni, insonni o‘rganish degani. Kerak bo‘lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib, odamlarga ko‘rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o‘rganish kerak»121 , – degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in’ikos etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyati jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha kasblardan, birinchidan, davlat tomonidan qat’iy belgilab berilgan qonunlar, buyruqlar, nizom va yo‘riqnomalar asosida ish ko‘rishi; ikkinchidan, bevosita jinoyatchilar dunyosi bilan ishlashi; uchinchidan, hayotining doimo xavf-xatar ostida bo‘lishi; to‘rtinchidan, davlat hokimiyatining vakili sifatida ish ko‘rishi bilan ajralib turadi. Ana shu faoliyat ma’lum psixologik qonunlar, usullar asosida ish ko‘rishni talab etadi. Bu esa ichki ishlar idoralari faoliyatida yuz beradigan psixik holat va jarayonlarni alohida – kasbiy psixologiya sifatida o‘rganishni taqozo etadi. Kasbiy psixologiyaning predmeti quyidagilardan iborat: – ichki ishlar idoralari xodimlarining psixikasini har tomonlama o‘rganishdan hosil bo‘lgan bilimlar;
– jabrlanuvchi, aybdor, guvoh, gumon qilinuvchi va hokazolarning ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo‘lgan xulosalar; – jinoyatchi shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini o‘rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar. Milliy va xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda texnika vositalaridan foydalanish, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs ustidan nazoratni kuchaytirish kabi an’anaviy chora-tadbirlar jinoyatchilik darajasini kamaytirishda har doim ham kutilgan natijalarni bermayapti. Bu esa, o‘z navbatida, huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi ish uslublarini qo‘llash, aholi va jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish lozimligini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bunday kamchiliklarni bartaraf etish va o‘z yechimini kutayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan. Farmonda mavjud jiddiy kamchilik va muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan. Jumladan, respublika, viloyat va tuman darajasidagi bo‘linmalar o‘rtasida asosiy vazifa va funksiyalar aniq taqsimlanmagan, ichki ishlar organlarining ish hajmi tashkiliy-shtat tuzilmasiga mos kelmaydi. Buning oqibatida yuqori bo‘g‘indagi ayrim bo‘linmalar xodimlari o‘z ish faoliyatida mavjud kuch va imkoniyatlarini to‘liq ishga solmayotgan bir paytda, quyi bo‘g‘in bo‘linmalari xodimlari zimmasidagi xizmat vazifalari ularning haqiqiy imkoniyatlaridan ancha yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xodimlarning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda mas’uliyatning susayishiga sabab bo‘lmoqda. Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlarining aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazmayotganligi va jamoatchilik bilan hamkorlik qilmayotganligi sababli aholining muammo hamda tashvishlaridan xabardor emasligi tizimning eng asosiy vazifasi hisoblangan profilaktika ishlarida jiddiy kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Tizimda ish faoliyatining samaradorligi va mahsuldorligiga erishish, avvalambor, aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik va hamjihatlikni yo‘lga qo‘yishni talab etadi. Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermaslik, befarqlik, ishga yuzaki munosabatda bo‘lish va rasmiyatchilik, aholi bilan muloqot qilish madaniyatining pastligi, afsuski achchiq haqiqatdir. Oqibatda bunday vaziyatdan norozi bo‘lgan fuqarolar yuqori tashkilotlarga shikoyat qilmoqda. Farmonda bu kabi muammo va kamchiliklarni hal etish uchun ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional xizmatga aylantirish zarurligi, “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” har bir xodimning asosiy xizmat burchi ekani qayd etildi. Shuningdek, Farmonda barcha bo‘g‘indagi xodimlarning asosiy vazifalarini oqilona taqsimlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan, aholi bilan doimiy manzilli muloqot o‘rnatish, ichki ishlar organlari rahbarlarining hokimiyat vakillik organi timsolida xalq oldida hisobot berish amaliyotini joriy qilish, ichki ishlar organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash kabi asosiy yo‘nalishlar alohida belgilab berilgan122 . Farmonda ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi o‘rnatilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Senati tomonidan bir yilda ikki marta O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish tartibi joriy etilmoqda. Xuddi shunday, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlari har chorakda tegishli ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har chorakda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘linmalari rahbarlarining hisobotini, har oyda esa uning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hisobotini eshitadi. Ushbu eshituvlar davomida ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga, xususan, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchilik holatini, huquqbuzarliklar ko‘payishiga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy muhokama qilinadi. Eshituvlar yakunlari bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligiga baho beriladi, shuningdek mansabdor shaxslarga nisbatan egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi. Ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘ini faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Farmon bilan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i lavozimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Uning zimmasiga profilaktika inspektorlari ishini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi. Shu bilan birga, Farmonda tizimda qator tashkiliy o‘zgartishlar nazarda tutilgan. Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning yangi tahdidlari paydo bo‘layotgani jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatni ichki ishlar organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida yanada kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda. Ushbu holatlar e’tiborga olingan holda, Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi negizida Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tashkil etilmoqda. Jinoyatlarni tergov qilish ichki ishlar organlarining yana bir muhim vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan tergov organlarining mustaqilligini ta’minlash, ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Tergov bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga o‘zgartirilmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi qoniqarli darajada emasligi ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolar sabablaridan biridir. Tizimga bilimli, o‘z ishiga sodiq va mas’uliyat bilan yondashadigan, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni o‘zining muqaddas burchi hamda asosiy majburiyati deb biladigan kadrlarni jalb qilishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek kadrlar bilan ishlashning yangi tizimini yaratish maqsadida Kadrlar bosh boshqarmasi va O‘z xavfsizligi boshqarmasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti va Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi faoliyati ham qayta ko‘rib chiqildi. Ular yangi talablar asosida faoliyat yuritadigan ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Harbiy-texnika va Yong‘in xavfsizligi institutlariga aylantiriladi.
Ko'pgina psixologlar intuitiv tarzda ijodiy vazifani hal qilishni befarq yoki bilmasdan o'tkazishni inkor etmaydi. (To'g'ri. Oddiy ortiq behush ko'proq ko'lami (Boshlang'ich tuyg'ular, Sozlamalar). Sodir beixtiyor jarayonlar sohasida, shaxsning ongli hayoti davomida haqida hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi, balki ongsiz ko'ra, bu sezgi ongli paytda taxmin qilish.

Yüklə 76,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin