Mundarija : Kirish I. Bob. Yuklamalar haqida malumot berish



Yüklə 158 Kb.
səhifə11/11
tarix15.06.2023
ölçüsü158 Kb.
#131013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ham so‘zi uyushgan bo‘laklarning oldida yoki oxirida takrorlanib kelishi mumkin. U faqat uyushgan bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi sanaladi: O‘z to‘yida ham mehmon // Ham mezbon bo‘lmish bu jon // Kuylar YAhyo, Qahramon // Xandon bo‘lgan Nurullo (YAhyo Tog‘a. Uchsang, burgutday uch…) kabilar.


2.2 O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar sinonimiyasi.

Agar ham bog‘lovchisi uyushiq bo‘laklardan keyin takrorlanib kelsa, bu uyushiq bo‘laklarni alohida, ajratib ko‘rsatish uchun vosita vazifasini bajaradi: …Fotima opam go‘zallikda ham, sho‘xlikda ham, o‘yinga ustalikda ham o‘rtoqlaridan qolishmasdi (O‘.Umarbekov. Fotima va Zuhra) kabi. Bu bog‘lovchi matn tarkibida ish-harakatning bir vaqtda (gapirdi ham jim turdi, bordi ham qaytdi kabi) yoki ketma-ket bo‘lganini ko‘rsatadi (keldi ham ketdi; o‘qidi ham yozdi; yig‘ladi ham kuldi; chopdi ham to‘xtadi kabi).


Umuman olganda, biriktiruvchi bog‘lovchilar sodda va qo‘shma gaplar tarkibida qo‘llanar ekan, xilma-xil uslubiy xususiyatlarini ham namoyon etadi. Teng bbog‘lovchilar sirasidan o‘rin olgan zidlovchi bog‘lovchilar ham matn tarkibida xilma-xil uslubiy va pragmatik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Zidlovchi bog‘lovchilar sodda gaplar va bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibida qo‘llanib, biror hodisa, ish-harakat yoki biror predmetni boshqasiga zid qo‘yish va ular orasidagi qarama-qarshi munosabatni bildirish uchun xizmat qiladi. Bunday bog‘lovchilardan faol qo‘llanuvchilar qatoriga lekin, ammo, biroq, holbuki kabi yordamchilar kiradi: Har qanday qonunga chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib bo‘lmaydi. CHunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning ko‘ksida bo‘ladi (A.Qahhor. Hikmatga moyil fikrlar); YAxshi yozolmaganingni kechirish mumkin, lekin yaxshi yozishni istamaganingni kechirish mumkin emas (A.Qahhor. Hikmatga moyil fikrlar);. SHuhratparast oshnam sen ham bo‘sh kelma… // Biroq nima derdi bunga odamlar (H.Aslanova); Balki yarim yo‘lda tolarman, lekin – // Hech kim qaytarolmas niyatlarimdan (H.Aslanova); Bizni ne vahimalar kutib turibdi // Ammo, qo‘rqinchlarga berurmiz bardosh (H.Aslanova) kabilar.
Ba`zan lekin zidlov bog‘lovchisi bilan va biriktiruv bog‘lovchisi yonma-yon holda misralar boshida kelib, murakkab obrazli fikr ifodasi, inkor ma`nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi: Badaviy shaklida kelib Azroil // Muhammadga dedi: - Joningni olgum // Va lekin hurmatga erursan noil // Tila tilagingni, do‘st bo‘lib qolgum (A.Oripov. Hikmat sadolari); Bog‘ning qiy-chuviga quloq tutaman // Bu erda turfa xil qushlar aylanar // Sa`vayu qaldirg‘och – o‘zi bir jahon // Va lekin ko‘payib ketmish maynalar (A.Oripov) kabilar.
Hozirgi o‘zbek she`riyatida lekin zidlovchisining qisqargan, arxaik shakli lek ning qo‘llanilishi vazn va qofiya talabi bilan yuz beradi: Goho portlar alamdan // Lek, ayrilmas qalamdan // YAngamizga egamdan // ehson bo‘lgan Nurullo (YAhyo Tog‘a. Uchsang, burgutday uch…) kabilar.
Ayrim she`riy matnlar tarkibida ammo bog‘lovchisi ikki marta yonma-yon takrorlanadi, bu esa zid ma`noni kuchaytirishning muhim uslubiy vositasi sifatida namoyon bo‘ladi: Ammo, ammo sen ketasan, ma`lum intiho // YUrakda tizilib qoladi izing // Uch oy bu olamga ulashgan Safo – // Mangu iz – bahorga o‘xshaysan o‘zing (M.Hasanova) kabilar.
Zidlovchi bog‘lovchilardan ammo, lekin bog‘lovchilari qavat (yonma-yon) kelib, ammo lekin tarzida qo‘llanadi. Bunday qo‘llanish asosan, so‘zlashuv uslubiga xoslangan bo‘lsa-da, u hozirgi kunda badiiy uslubda uchraydi: …bir oy Salomat opa, bir oy Karomatxon muxarrir bo‘ladi. Ammo lekin Salomat opaning gazetasi har safar tanqidga uchraydi (A.Muxtor. Davr mening taqdirimda) kabilar.
Balki bog‘lovchisi predmet, shaxs yoki ish-harakat orasidagi zid, qarama-qarshi munosabatni taajjub, gumonsirash semasi yordamida ifodalashga xizmat qiladi: Bu sodiq qul, balki undan ham battar odam edi (Oybek. Qutlug‘ qon); U ikki, balki uch yildan buyon o‘z to‘yini kutar edi (Oybek. Navoiy) kabilar.
SHunday qilib, o‘zbek tili morfologik tizimida ammo, lekin, biroq, balki, holbuki kabi zidlovchi bog‘lovchilari o‘z o‘rniga ega, ular gapda mazmunan zid bo‘laklarni bog‘lash, ularni o‘zaro munosabatga kiritish uchun qo‘llanuvchi muhim uslubiy vositalardan biridir.
So‘z turkumlari orasida grammatik munosabatlarni yuzaga keltirishdek vazifani ado etishi bilan bog‘lovchilar o‘zbek tilida o‘ziga xos mavqega ega. Ularning funktsional uslublar doirasida qo‘llanilishi ham maxsus kuzatishlarni taqozo etadi. CHunki o‘zbek tilidagi bog‘lovchilarning son jihatdan salmoqli ekanligi, ular o‘rtasidagi sinonimik munosabatlar qo‘llanilishda funktsional chegaralanishlarni ham keltirib chiqargan. Ilmiy va badiiy uslubga doir bir necha bog‘lovchilarni qiyoslash orqali bunga ishonch hosil qilish mumkin.
O‘zbek tilining ilmiy uslubi haqida doktorlik dissertatsiyasi yozgan M.Mukarramov “Ilmiy nutqda qo‘llangan bog‘lovchilar funktsional-stilistik nuqtai nazardan tekshirilsa, grammatika kitoblarida ko‘rsatilgan bog‘lovchilarning hammasi teng ishlatilmasligi ko‘rinadi. Ilmiy nutqda ba`zi bog‘lovchilar aktiv, ba`zilari passiv, ayrimlari esa umuman qo‘llanmasligi ma`lum bo‘ladi” degan fikrlarni bayon etgan (Mukarramov M. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili.- Toshkent: Fan, 1984, 102-b.) va ilmiy nutqda faol qo‘llanuvchi bog‘lovchilar sifatida va, ammo, lekin, yoki, ya`ni, agar, chunki, shuning uchun kabi birliklarni ko‘rsatgan. Aksincha, hamda, -u(yu), ham, bilan, bordiyu, deb, balki, biroq, faqat, holbuki, yo, yo-yo, yoinki, yoxud, -kim, go‘yo, go‘yoki, ba`zan-ba`zan, bir-bir, agarda, garchand, basharti, mobodo, zeroki, nainki, ammo lekin, goh-goh, dam-dam, xoh-xoh, kim kabi birliklarning passiv ekanligini qayd etgan.
Ayiruv bog‘lovchilari sodda gaplar yoki bog‘langan qo‘shma gaplarda uyushgan bo‘laklarni, shuningdek, qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi hamda ulardagi voqea-hodisa, ish-harakat va holatning almashinib turishi yoki bir-birini taqozo qilishini ham ifodalaydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili badiiy va publitsistik uslublarida yo, yoki, yoxud, yoinki, yo… yo, goh… goh, dam… dam, bir… bir, ba`zan… ba`zan, xoh… xoh singari yordamchilar eng faol qo‘llanuvchi ayiruvchi bog‘lovchilar qatoriga kiradi: O‘tdi yoshlik zavq bilan, gohi to‘polon bilan // Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan // Ayri ham tushdim ba`zan qalb bilan, imon bilan // Lekin seni yo‘qotdim, birinchi muhabbatim… (A.Oripov) kabi.
Ba`zan va, yo bog‘lovchilari misra boshida yonma-yon qo‘llanib, ifodalanayotgan ritorik so‘roqni kuchaytirishga xizmat qiladi: Men derdim bu qizning qayda go‘shasi // Yo‘llarida uning kimdir zormikan? // O, u sevgisidan baxtiyormikan // Va yo manzilida xazon to‘shagi? (A.Oripov); eshilib, to‘lg‘onib ingranadi kuy // Qaylardan kelmoqda bu ohu faryod // Kim u yig‘layotgan, Navoiymikin // Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod! (A.Oripov) kabilar.
Ba`zan dam so‘zi ayiruv bog‘lovchisi sifatida bir bandning har satrida takrorlanib keladi hamda u ma`no kuchaytirish vositasi sifatida ko‘rinadi: Dam og‘ir xayolga bo‘lur zanjirband // Dam qo‘shiq to‘qiydi u yona-yona // Intilar yulduzlar tumaniga dam // Dam oyning yonida bo‘lar parvona (A.Oripov) kabilar.
Na…, na yordamchisi uyushiq bo‘laklar yoki qo‘shma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplar oldida takrorlanib keladi hamda ular ifodalayotgan inkor ma`nosini alohida ta`kidlash, uqdirib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: enasidan qolgan yodgor buyumday // Har kimga ko‘z-ko‘zlab kerilar ayon // Na oltinga berar, na berar shunday // Allaqanday ochko‘z, nokas olomon (SH.Qurbon); Na bir so‘z dedim senga // Na tun bir so‘z degaydir // Dod solib yo‘llaringga – // Qo‘llarim cho‘zilgaydir (X. Rustamova. Bir shirin so‘z qidirar bashar) kabilar.
YOrdamchi so‘zlar orasida, jumladan teng bog‘lovchilar orasida ham ma`nodoshlik (sinonimiya) hodisasi mavjud. Sinonimiya bog‘lovchilar orasida keng tarqalgan. Lekin bog‘lovchilar sinonimiyasi – bu, tenglik, bir xillik degani emas, ya`ni ba`zi o‘rinlarda bog‘lovchilar o‘rnini yuklamalar, yoki aksincha yuklamalar o‘rnini ayrim ko‘makchilar yoki bog‘lovchilar egallashi mumkin. Bu holatlarda esa uslubiy ma`no nozikliklarini to‘la inobatga olish lozim bo‘ladi. Masalan, ba`zan –u, -yu, -da yuklamalari va biriktiruv bog‘lovchisiga semantik jihatdan ma`nodosh bo‘ladi. Bunday ma`nodoshlikni qiyoslash orqali sezish mumkin: -Bechora onamning aybi nimada? – deb o‘yladi u. – Gunohi o‘qimaganligidami? Kechayu kunduz otamning injiqliklarini ko‘tarib, keldi-ketdisiga qaraganimi? (B.O.Surat). qiyoslang: kechayu kunduz // kecha va kunduz; Quyosh ham aylagan o‘lka, chiqadur har kuni yo‘lga // Nurin sochgay bog‘-u cho‘lga, diyori O‘zbekistonda (A.Xishraviy. Diyori O‘zbekistonda). Qiyoslang: bog‘-u cho‘lga // bog‘ va cho‘lga kabilar.
SHunday qilib, bog‘lovchilar grammatika doirasida nafaqat so‘z yoki birikmalarning sintaktik munosabatga kirishuviga ko‘maklashadi, shu bilan birga, bu sintaktik munosabatlar jarayonida turli-tuman semantik va stilistik ma`no ottenkalarining yuzaga kelishiga ham xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR




  1. М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978.

  2. Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров Хозирги њзбек адабий тили. Т., «Укитувчи» 1980.

  3. М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992.

  4. А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., «Укитувчи» 1981.

  5. Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993.

  6. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979.
  7. N. Turniyozov A.Rahimov O‘zbek tili (ma’ruzalar matni)


  8. www.ziyonet.uz



Yüklə 158 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin