Mundarija : Kirish I. Bob. Yuklamalar haqida malumot berish


Lekin bunda mantiq qani? Asli ne murod?



Yüklə 158 Kb.
səhifə10/11
tarix15.06.2023
ölçüsü158 Kb.
#131013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Lekin bunda mantiq qani? Asli ne murod?


Barobarmi yaxshi bilan yomonning dog‘i?
Bu matndagi bilan yordamchisi biriktiruv bog‘lovchisi va ga ma`nodosh vazifani bajarmoqda: qiyoslang: yaxshi bilan yomonning // yaxshi va yomonning.
7. Ko‘nikdilar asrlar ham taqdir ishiga,
Saltanatlar kelib ketdi takror va takror.
Faqat Hakim buyuk CHarxning aylanishiga
Sukut ichra quloq tutib yotar bedor.
Bu o‘rinda aynan bir so‘z (takror) ning yonma-yon bog‘lovchi yordamida qo‘llanishi matn orqali ifodalanayotgan chuqur davomiylik, an`anaga sadoqat motivlarining ifodasi uchun xizmat qilmoqda.
8. Badaviy shaklida kelib Azroil
Muhammadga dedi: - Joningni olgum.
Va lekin hurmatga erursan noil,
Tila tilagingni, do‘st bo‘lib qolgum…; Baharhol ro‘shnolik bo‘lsa bir qo‘y so‘yib yuborishga harakat qilingiz va lekin men aytgan gap yodingizdan ko‘tarilmasin (A.Qodiriy. Obid ketmon) kabilar.
Oxirgi parchalarda va lekin bog‘lovchilari yonma-yon kelib, uslubiy ma`no ifodalashga xizmat qilayotir. Bundan ko‘rinadiki, yordamchilar, jumladan biriktiruv bog‘lovchilari matn talabi bilan turlicha pragmatik (hosila) ma`nolarni ifodalashga xizmat qiladi.
Biriktiruvchi bog‘lovchilar gapning uyushiq bo‘laklarini, qo‘shma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplarni bir-biri bilan munosabatga kiritadi. O‘zbek adabiy tilida bunday bog‘lovchilardan eng faol qo‘llanadigani va bog‘lovchisidir: Oy suzar osmonda oppoq va masrur // Huv, cho‘qqiga chiqqaning zamon (H.Aslanova); Tong tortig‘i sahifa va sahifa nomlar // Bir kungina qo‘shiq tug‘may botmaydi shomlar (M.YUsuf); Oradan bor-yo‘g‘i uch kun o‘tdi va g‘uriylar orasidagi sotqinlar kirdikorlari fosh bo‘ldi (E.Samandar. Sulton Jaloliddin); Ko‘ksi to‘la oppoq, to‘zgan soqoli // Oq yaktak, oq ishton va yalangoyoq (SH.Qurbon); Kunlar shu tariqa mehnatda o‘tar // O‘tar suvday oqib tinmagur va shan (SH.Qurbon); Mulla Muhsin boshida gapga tushunmay tursa ham, so‘ngra payqab olib iljayadi va domlaning “maslahat”larini qabul qilgan vaziyat ko‘rsatadi (A.Qodiriy. Obid ketmon)kabilar.
Ba`zan she`riy matnlarda misra va bog‘lovchisi bilan boshlanadi, bu esa ifodalanayotgan pragmatik hosila ma`noning kuchli, emotsional-ekspressiv ohangda ifodalanishini ta`minlashga xizmat qiladi: Qancha diyorlarda sayr etib yurdim // Qancha manzillarda tuzdim oshyon // Va buyuk hikmatga axir yuz burdim // Siylangan joyida azizdir inson (A.Oripov); Uni taftish qilmoqdaydi Malika ayon // Va barobar pinxon dilin borardi yorib (A.Oripov. Hakim va Ajal) kabilar.
Va bog‘lovchisi uyushiq sifatlovchi aniqlovchilarni bog‘laganda, ular ifodalayotgan ma`noni kuchaytirish, bo‘rttirish uchun ham xizmat qiladi: Vazir SHamsulmulk hikmat va donish sohibi edi, unga izn berildi (E.Samandar. Sulton Jaloliddin); Odam isi yoqmas emish, tund va badqovoq // Faqat kitob varaqlarmish qarab darchadan (A.Oripov. Hakim va Ajal) kabilar.
Hamda bog‘lovchisi va, ham bog‘lovchilari singari gap bo‘laklari va qo‘shma gap tarkibidagi ayrim gaplarni bog‘lashga xizmat qiladi. Bu bog‘lovchi qator uyushgan bo‘laklarning oxirgisidan oldin kelganda, uyushgan bo‘laklar orasidagi tenglikni ko‘rsatish bilan birga oxirgi uyushgan bo‘lakni ajratib, ta`kidlab ko‘rsatish uchun ham xizmat qiladi: Litsey o‘quvchilaridan Qodir Valijonov, Karimjon Akobirov, Nilufar SHomirzaeva hamda Nigoraxon Tursunxo‘jaevalar fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlari uchun qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandilar (“Samarqand” gazetasi) kabilar.
Ham bog‘lovchi vazifasida kelganda, va bog‘lovchisi kabi uyushgan bo‘laklarni bog‘laydi va bo‘laklar orasidagi tenglik munosabatini ifodalashga xizmat qiladi: Bu gap albatta shu erda qolishi, Ahmadjonlarga, So‘nagul ham Bahriddinlarning qulog‘iga etib bormasligi kerak (A.Muxtor. Davr mening taqdirimda); U O‘ktam ham O‘sarjonga qarabsalmoqlanib dedi (Oybek. Oltin vodiydadan shabadalar) kabilar.

Yüklə 158 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin