Mundarija : Kirish I. Bob. Yuklamalar haqida malumot berish



Yüklə 158 Kb.
səhifə8/11
tarix15.06.2023
ölçüsü158 Kb.
#131013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Avval ga boshda so‘zning ham ko‘makchi sifatida sinonim bo‘la olishi mumkinligi uning nutqiy qamrov ko‘lamini yanada kengaytiradi: Kalavalanmasdan boshda shu gapni ayta qolsang bo‘lmaydimi! (So‘zlashuvdan). Xalq tilida avval boshdan degan jumlaning qo‘llanilish ham ularning o‘zaro sinonim bo‘la olishini tasdiqlovchi dalildir. Ishda boshqa funktsional ko‘makchilar ham ana shu tarzda tahlil etilgan.

Turkiy tillarda yordamchi so‘zlar tizimida qaraladigan bog‘lovchilar grammatik jihatdan o‘zgarmaydi va mustaqil lug‘aviy ma`noga ega bo‘lmaydi. Ulardan gap bo‘laklari hamda ayrim gaplarning tuzilishi va ma`nolariga ko‘ra bo‘ladigan turli xil munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Bog‘lovchilar o‘zlari bog‘lagan ayrim so‘zlar va ayrim sodda gaplarning o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko‘rsatish bilan birga, shu munosabatlarining turini, xususiyatlarini ifoda etadi.


O‘zbek tilshunosligida bog‘lovchilar grammatik yo‘nalishda atroflicha o‘rganilgan. Prof. A.Muxtorov bog‘lovchilarning grammatik xususiyatlarini o‘rganish sohasida salmoqli ishlarni amalga oshirgan. U “Hozirgi o‘zbek tilida bog‘lovchilar” (1953) mavzuidagi nomzodlik ishini ham himoya qilgan. Prof.M.Asqarova “O‘zbek tilida bog‘lovchi-yuklamalar haqida” nomli maqolasini e`lon qilish bilan yordamchi so‘zlar orasida bir-biriga ko‘chish, birining vazifasini ikkinchisi bajarishdek xususiyat barcha yordamchi so‘zlarga xos ekanligini ilmiy jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘lgan edi. (Asqarova M. O‘zbek tilida bog‘lovchi-yuklamalar haqida // O‘zbek tili va adabiyoti, 1962, 5-son.)
O‘zbek tilida ergashtiruvchi bog‘lovchilarning taraqqiyot tarixi esa A.Matg‘oziev tomonidan maxsus tadqiq etilib, nomzodlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilingan edi (1966).
Ilmiy adabiyotlarda bog‘lovchilar gapdagi vazifasiga ko‘ra quyidagicha ikki turga ajratib tasnif qilinadi: a) teng bog‘lovchilar, b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar. (Hozirgi o‘zbek adabiy tili, ikki tomlik, I tom. – T.: Fan, 1966, 360-bet; O‘zbek tili grammatikasi, I tom, 567-bet; Mirzaev M., Usmonov S., Rasulov I. O‘zbek tili. – T.:O‘qituvchi, 1978, 148-bet; SHoabdurahmonov SH., Asqarova M., Hojiev A., Rasulov I., Doniyorov X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, 1-qism. – T.: O‘qituvchi, 1980, 425-bet; Tursunov U., Muxtorov A., Rahmatullaev SH. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T.: O‘zbekiston, 1992, 382-bet).
Gap bo‘laklari va ayrim sodda gaplar orasidagi teng munosabatlarni ifodalovchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilar deb yuritiladi. ergashtiruvchi bog‘lovchilar esa qo‘shma gaplar tarkibidagi ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi. Agar va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yoki, yohud, dam-dam, bir-bir, goh-goh, goho, ba`zan-ba`zan singari bog‘lovchilar teng bog‘lovchilar tarkibiga mansub bo‘lsa, chunki, shuning uchun, agar, agarda, basharti, agarchi, go‘yo, go‘yoki, -ki, -kim, ya`ni singari bog‘lovchilar esa ergashtiruvchi bog‘lovchilar sirasiga kiradi. Bog‘lovchilarning bunday tasnifi shu kungacha nashr etilgan deyarlik barcha ilmiy adabiyotlarda takrorlanadi.
Bog‘lovchilarning nutq jarayonida o‘rinli, maqsadga muvofiq holda qo‘llanishi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan uslubiy g‘alizlikning oldini oladi. Ularning nutqdagi qo‘llanishi esa pragmatik (hosila) ma`nolarning vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Pragmatika tilshunoslikning nazariy va amaliy tarmoqlaridan biri sifatida insonning ijtimoiy faoliyatini o‘zida mujassamlashtirgan nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat ta`siri bilan namoyon bo‘luvchi kommunikativ niyat bilan bog‘liq tushunchalarni o‘rganadi. Pragmatika nutqiy aktning bevosita matn bilan munosabatini o‘rganadi. Nutqiy akt bilan matn o‘rtasidagi o‘zaro xilma-xil munosabat pragmatikaning asosiy o‘rganish ob`ekti sanaladi.( Nurmonov A., Hakimov M. Lingvistik pragmatikaning nazariy shakllanishi // O‘zbek tili va adabiyoti, 2001, 4-son, 55-bet). Masalan, shoir Abdulla Oripovning “Yillar armoni” to‘plamidan olingan quyidagi parchaga diqqat qilaylik:
Men kuylayman goh dilda qadar,

Yüklə 158 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin