Mundarija: I bob. Kirish


Eksperimental masalalar yechishning nazariy asoslari



Yüklə 153,35 Kb.
səhifə5/11
tarix16.05.2023
ölçüsü153,35 Kb.
#114357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Manzura

2.2. Eksperimental masalalar yechishning nazariy asoslari

Maktabda kimyo o’qitish jarayonoda laboratoriya ishlari qilinadi. Shu bilan birga kimyoviy eksperimintning boshqa bir turi – amaliy mashg’ulotlar ham o’tkaziladi. Kimyoviy eksperimentning qaysi turini o’tkazish o’quvchilarning nazariy va amaliy tayyorgarligiga bog’liq.VII va VIII sinflarda asosan, laboratoriya ishlari, IX sinflarda amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi.


Laboratoriya ishlari bilan amaliy mashg’ulotlarda ko’pgina umumiylik bor; o’quvchilar ikkala holda ham amaliy o’quv va malaka orttiradilar. Laboratoriya ishlari darsning nazariy qismi orasida o’tkaziladi va asosan darsda o’rganilayotgan mavzuning biror masalasini bilib olishga qaratilgan bo’ladi. Amaliy mashg’ulotlarning asosiy vazifasi esa maxsus darsda nazariy masalalarni aniq bilib olishdan ko’ra ko’proq, o’quvchilarda kimyoviy ekspremint sohasida mustaqil ishlay bilish malakalari hosil qilishdan iboratdir.


Laboratoriya ishlari o’quvchilarning yangi materialni ancha tushunib idrok etishlari uchun yordam berdigan juda muhim vositalardan biridir.
O’quvchilar laboratoriya ishlarining mazmuni bilan ba’zan og’zaki tanishadilar, ko’pincha darslik oxiridagi laboratoriya yoki maxsus tuzilgan qo’llanmadan qarab tanishadilar.O’qituvchi ish vaqtida o’quvchilarning qanday ishlayotganligi diqqat bilan kuzatib turadi. O’quvchilar ishning xar qaysi qismini (yoki butun ishni) o’qituvchining bevosita rahbarligi ostida muhokama qiladilar – nima olganliklarni, nima qilganliklarni, nimalar kuzatganliklarini asosida umumiy bir xulosa chiqaradilar va xulosani o’z daftariga yozib qo’yadilar.


Amaliy mashg’ulotlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, o’quvchilar bu mashg’ulotlarda butun dars bo’yi, bazan esa (yuqori sinflarda) birdaniga ikki dars davomida mustaqil ishlaydilar. Bu mashg’ulotlar, odatda, kimyo kursining tegishli bo’limlari yoki butun bir mavzusi o’rganilgandan keyin o’tkaziladi. Amaliy mashg’ulotlardan kuzatiladigan asosiy maqsad o’quvchilar olgan nazariy bilimlarni mustahkamlash, o’quvchilarda bu bilimlarni eksperimental masalalar yechishda tadbiq eta bilish malakalarini o’stirishda katta rol bajaradi. O’quvchilar amaliy mashg’ulotlarda muayyan moddalarni xarakterlovchi tajribalar qiladilar, shuningdek maxsus tanlab olingan ekspremintal masala yechadilar.
1-masala
Oltita probirkada quyidagi moddalar eritmalari mavjud: Natriy karbonat,natriy xlorid,vodorod xlorid,natriy sulfat,qo’rg’oshin nitrat,rux nitrat. Reaktiv sifatida ushbu moddalarni qo’llab xar bir moddani aniqlang. Moddalarni aniqlashning rejasini tuzing va reaktsiya tenglamalarini yozing. Xlorid kislotaning aniq kontsentratsiyasini aniqlang ixtiyoringizda fenoftolein va natriy gidroksidning 0,1mol/l eritmasi bor.
2-masala
Ettita raqamlangan probirkalarda quyidagi eritmalar mavjud: Bariy xlorid,kaliy xlorid, natriy sulfat, bariy gidroksid,natriy korbonat,magniy nitrat va sulfat kislota. Reaktiv sifatida ushbu moddalarni qo’llab xar bir moddani aniqlang. Moddalarni aniqlashning rejasini tuzing va reaktsiya tenglamalarini yozing.0,1m HCL va kerakli indekatordan foydalanib eritmadagi natriy gidroksid kontsentratsiyasini aniqlang.

Yüklə 153,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin