Mundarija: I bob. Kirish



Yüklə 153,35 Kb.
səhifə4/11
tarix16.05.2023
ölçüsü153,35 Kb.
#114357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Manzura

II.Bob. Asosiy qism
2.1. Kimyodan masalalar yechishni tashkil etish hamda bajarishda individual va differensial yondashuv
O’qituvchi bir vaqtning o’zida sinfning barcha o’quvchilari bilan ish olib
borganda o’rtacha bilimga ega bo’lgan o’quvchiga qarab yo’l tutadi.O’qitishning
bunday tizimida ba'zi o’quvchilar bilimining ortishi sekinlashadi va boshqa o’quvchilar uchun yengib bo’lmaydigan darajada qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shuning uchun o’qituvchi oldida har bir o’quvchining imkoniyatini bilish vazifasi turadi. O’qituvchi dars o’tish davomida har bir o’quvchining moyilligi, qobiliyati, qiziqishi, xotirasi va fikrlashidagi xususiyatlarini bilib oladi.Bu turli o’quvchilarga individual yondashish uchun harakat qilish va butun sinf jamoasini tarbiyalash, differensial o’qitish metodini tashkil etish imkonini beradi.
Differensial (tabaqalashtirilgan) yondashish deganda o’quvchilarning bilish
faoliyatini boshqarishning shunday tizimi tushuniladiki, bunda o’quvchilarning
individual xususiyatlari ham, shuningdek, ayrim guruhlarning asosiy xususiyatlari ham hisobga olib boriladi.
Differensial o’qitish-bu o’quvchining bilish faoliyatini mazkur tizimda boshqarish bilan boradigan o’quv-tarbiyaviy jarayon. O’qitishda individual yondashish deganda, har bir o’quvchining individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish tizimi tushuniladi.Shunga mos ravishda o’qitishni tashkil etish individuallashtirilgan o’qitish deyiladi.
Falsafaning yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari, dialektikaning spiralsimon xususiyatga ega ekanligi, har bir tirik individning o’sish va rivojlanish jihatlarining o’ziga xosligi va o’quvchilar jamoasini tashkil etuvchi shaxslarni incubator jo’jalariga qiyos qilib bo’masligi nazarda tutilsa, kimyo o’qitishda ham tabaqalashtirilgan yondashuv naqadar muhim pedagogik tadbir ekanligi ayon bo’ladi.
Kimyo o’qituvchisi o’z o’quvchilarining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularni mustaqil ishlarga turli darajada jalb etishi tabiiy jarayondir.Ushbu yondashuvni tadqiq etish mazkur kurs ishining maqsad va vazifalarida asosiy komponent emas, shu bois, mustaqil ishlarning barcha o’quvchilar bajarishi shart yoki maqsadga muvofiq bo’lgan turlari va shakllariga asosiy e'tiborni qaratishni lozim topdik.
O’qituvchi o’qitish metodlarini optimal tanlashni amalda ro’yobga chiqarar ekan, ayni bir yosh guruhning o’zidagi o’qish imkoniyatlari turlicha rivojlangan
o’quvchilarning o’qish-bilish faoliyatlari xususiyatlarini nazardan qochirmasligi
kerak.Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarda mavzu ichida eng asosiy o’rinlarni ajrata olish qobiliyati, tafakkurning mustaqilligi, rejalashtirish, o’z-o’zini nazorat qilish malakalari ancha bo’sh rivojlangan bo’ladi. Shunday bo’lgach, o’z –o’zidan ma'lumki, ularda o’qish, yozish, hisoblash sur'ati nihoyatda past bo’ladi. O’qishga nisbatan salbiy munosabat ularda tez-tez uchraydi, ko’pincha ularda ongli o’quv intizomi ham bo’lmaydi.Tabiiyki, o’qituvchi darsda bo’sh o’zlashtiruvchilarga differensial yondashish vazifasini aniqlanayotganida bu holatlarning hammasini maxsus hisobga olishi kerak bo’ladi. Bunday o’quvchilarni amaliy mashg’ulotlar nazariy mashg’ulotlarga qaraganda ko’proq qiziqtiradi.Tajribali pedagoglar ana shu imkoniyatdan foydalanib, ularni amaliy ishga kengroq jalb qilishadi. Buning uchun ularning o’quv faoliyatini faol boshqarish, yangi materialni tushuntirishda ularni har tomonlama qo’llab quvvatlash, mavzuning qiyin joylarida tushuntirish sur'atini biroz sekinlatish, o’zlashtirishda qiyinchilik tug’ilganda o’quvchilar tomonidan savollar berilishini rag’batlantirish zarurdir.
Sinfdagi ko’pchilik o’quvchilarga beriladigan ayni bir topshiriqni bajarishda bo’sh o’zlashtiruvchilarga beriladigan yordamni differensiallash foydali. Bunday yordamning turlari juda xilma-xil bo’lishi mumkin. Masalan, mashq, test va masalalarni yechishda muammoli hal etish yo’lini "qismlarga bo’lish", "proporsiyalarga ajratish" va hokazolarni ko’rsatish, ayni vazifaga rasm,
sxema ilova qilish, agar masalalar to’plamida uning javobi yo’q bo’lsa, o’z-o’zini
nazorat qilish uchun uning javobini berish, o’yllovchi savollar berish, xatolarni
ko’rsatish yoki masalani yechishdagi boshlang’ich qadamlarning to’g’riligini
ma'qullash, ruhlantirish, masalani yechishda tayanilishi kerak bo’lgan qoidani
ko’rsatish, masaladagi dastlabki harakatlarning rejasini berish, o’xshashlarini ko’rsatish va shunga o’xshagan masalaning yechimi bilan tanishishga ruxsat berish va kerak.
Tayyorgarligi kuchli o’quvchilar bilan ishlashga kelganda shuni aytish kerakki, darsdagi mashqlar hajmini oshirish, ularga ma'lum vaqt ichida bajarish uchun ko’proq miqdorda masala va mashqlar yoki murakkabroq topshiriqlar berish, izlanish metodlari va mustaqil ishlash metodlarini keng qo’llash kerak.
Differensial yondashish tayyorgarligi yaxshiroq o’quvchilar guruhiga ham bir
vaqtda e'tibor berishni talab qiladi. Ma'lum sohadagi qobiliyatlarni rivojlantirishga doir individual uy vazifalari mazmun jihatdan endi boshqacha ahamiyat kasb etadi:
masalalarni mustaqil ishlash uchun bu individual topshiriqlar darslikdagi "qo’shimcha o’qish uchun" deb ko’rsatilgan maxsus yozuv ostida berilgan materiallarni mustaqil o’qishni nazarda tutadi. Bunday o’quvchilarga o’qish uchun tushunarli ilmiy - ommabop adabiyot yangiliklarini o’qshni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir; "Mazkur masalani ikki usulda yeching", "ana shunday masalani mustaqil tuzing" tipidagi topshiriqlar ular uchun, ayniqsa, qimmatlidir.
Shuningdek, o’quvchining ma'lum mavzu bo’yicha bilimlaridagi kamchilikni bartaraf etishga yo’llangan qo’shimcha mashg’ulot o’tkazishni uning sinfdosh o’rtog’iga topshirish ham foydalidir. Yordam ko’rsatayotgan o’quvchining bunday pozisiyasi bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi uchun ham, muvaffaqiyatli ulgurayotgan o’quvchi uchun ham o’qishni faollashtirishning o’ta samarali vositasi hisoblanadi. Psixologlardan V. A. Kruteskiy, N.F.Talizina, N.I.Chuprikova, E. G’oziev va boshqalar pedagogik psixologiya nazariyasiga katta hissa qo’shdilar. Ular qobiliyatni aniqlashning ba'zi bir metodlarini ishlab chiqishdi va o’quvchilarni differensiallashning miqdoriy kriteriyalari, ularning psixik-pedagogik xususiyatlari bilan bog’liqligini aniqladilar . Bunda o’quvchilarning muhim bo’lgan umumiy sifatlari – o’qishga qobiliyati hisobga olinadi. Pedagogik tadqiqotlarda ham keyingi yillarda o’qitish jarayonida o’quvchilarning individual sifatlarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi.
Bunda yozma ishlarni bajarish, yozma mashqlar, masalalar yechish va
laboratoriya ishlari kabi individual ishlarni darsda yo’lga qo’yish taklif etildi. Ayrim mualliflar esa o’quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarishida, masalalar yechishda darslik bilan ishlashdagi individual ishlari yaxshi natija beradi deb hisoblaydilar.
O’quvchilarning kimyodan masalalar yechishni ilmiy-ommabop usullarini tashkil qilishda differensial topshiriqlarning muhimligi ko’plab adabiyotlarda
yoritilgan.Ularning aksariyatida o’quvchilar individual xususiyatlaridagi farqlarga ko’ra o’qitishda uchta dinamik guruhga bo’linadi - quyi, o’rtacha va yuqori bilimli
o’quvchilar (tegishlicha I, II va III guruhlar).T. V. Cheremuxinaning ta'kidlashicha,
o’qitish jarayonida guruh tarkibi o’zgaradi, biroq o’qituvchi oldida doimo yagona vazifa u ham bo’lsa, har bir o’quvchini o’qitishning ayni bosqichida o’zining eng maksimal imkoniyatlaridan foydalanishdek maqsadga yo’naltirishdir. U uchta dinamik guruhni quyidagicha ta'riflaydi .

I guruh hatto eng sodda analiz qila olish uquviga ham ega bo’lmagan, kimyoviy


fikrlay olmaydigan, moddaning ichki tuzilishini uning kimyoviy va fizik xossalari bilan mantiqiy bog’lay olmaydigan o’quvchilarni birlashtiradi. Sinf uchun berilgan masalani ular yecha olmaydi, chunki uning mazmuni va bajarish usullari bu guruh o’quvchilari uchun tushunarsiz bo’lib ko’rinadi.

II guruh berilgan kimyoviy masalani yechishda reproduktiv xarakterli fikrlash va


harakat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan o’quvchilarni birlashtiradi. Ularning ishlaridagi asosiy metod - avvalgi tajribaga suyanish: undan yangi vaziyatda shablon sifatida foydalanish istagi sezilib turadi.

III guruhga bilishga doir berilgan masalaga ma'lum ma'noda ijodiy yondashishi


bilan ajralib turadigan o’quvchilar kiradi. Ular yuqori darajada faolligi va masala
variantlarini egallashi hamda bajarishining ko’p qirraliligi, berilgan kimyoviy
masalalarni yechish uchun eng samarali usulni topishda yuqori darajada faollikni
namoyon etishi bilan ajralib turadi.

Bu guruh o’quvchilari I va II guruh o’quvchilariga nisbatan materialni keng va


chuqur qabul qilish qobiliyatiga ega. Qo’yilgan masalaga maksimal darajada yaqinlashish - darsda yangi bilim berish uchun ayni sinf jamoasi qanaqa ekanligini, ba'zi o’quvchilar guruhlarining intellectual rivojlanish darajasi qandayligini, ularning bilim, uquv, ko’nikma va malaka darajalari qay tariqa shakllanganligini bilish kerak.
Kimyoviy ta'lim-tarbiya jarayonining barcha tashkiliy shakllarida ommaviy, guruh holidagi va individual ishlarni birga qo’shib olib borish maqsadga muvofiqdir. Kimyo ta'limi jarayonida va o’quvchilarning mustaqil ishlari davomida maxsus ishlab chiqilgan didaktik materiallar kompleksidan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.Bu kompleks o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlariga qarab, ta'limni differensiallashga yo’naltirilgan va o’quvchilar bilim olish qobiliyati turlicha rivojlanganligini hamda bilimlarni idrok qilish va tushuntirib berishga tayyorgarligi har xil ekanligini e'tiborga olib ishlab chiqilgan.
Mustaqil ishlovchi I guruh o’quvchilariga o’qitishning birinchi bosqichida faqat
aniq umumlashmagan bilimlarni qo’llashga doir yengillashtirilgan topshiriqlar
beriladi.II guruh o’quvchilariga oldingi darsdagi olingan bilim va yangi materialni
analiz qilishga doir o’rtacha murakkablikdagi topshiriqlar beriladi.

III guruhga esa umumlashtirishga va undagi asosiylarini ajratib ko’rsatishga doir


murakkablashtirilgan topshiriqlar beriladi.
1. O’zbekiston Respublikasi umumiy o’rta ta'lim va o’rta maxsus kasb-hunar
ta'limi muassasalarida kimyo o’qitishning umumiy ahvoli davr talablari darajasida
emas.
2. O’quvchilarning mustaqil bilim olish jarayonini tashkil etish va undan maqsadga
muvofiq foydalanish o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning kuchli omili sifatida xizmat qilishi o’ta zarurdir.
3. Kimyo o’quv predmetining anorganik va organik kimyo bo’limi o’quv
materiallarining hajmi va mazmuni, didaktik rang-barangligi, o’zlashtirilish nuqtai
nazaridan ancha murakkabligi bilan ajralib turadi.
4. Mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish muammolari, uning metodologik,
umumpedagogik jihatlari ko’pgina tadqiqotlarning ob'ekti va predmeti sifatida yetarli darajada o’rganilgan. Lekin mazkur masalaning anorganik va organik kimyoni o’rganishga aloqador qismi deyarlik ishlanmagan. Bu boradagi kamchilikni bartaraf etish maqsadida mazkur tadqiqot o’tkazildi.
5. Nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishda kimyo o’qitish
bilan bog’liq jarayonlardagi o’quvchilar masalalar yechish ishlarining o’rni mavqei va o’quv-tarbiya amaliyotidagi salmog’i aniqlandi.
6. Darsda va uyda bajariladigan masalalar yechishning shakl va mazmuni,
mohiyati va pedagogik qamrovi ilmiy-metodik jihatdan belgilandi, baholandi va
umumiy o’rta ta'lim maktablari hamda akademik liseylar uchun anorganik va organic kimyoni o’qitish misolida o’quv amaliyotiga tatbiq qilish uchun tavsiya etildi.
7. O’quvchilarning kimyodan masalalar yechishga individual va differensial
yondashuvlarning umumpedagogik va xususiy-kimyoviy jihatlari o’rganildi hamda bu boradagi zaruriy tavsiyalar berildi.
8. Kimyodan masalalar yechishning maqsadga muvofiq tashkil etilishi va ilmiymetodik jihatdan to’g’ri amalga oshirilishi kimyoda tabiiy-ilmiy ruknga mansub o’quv predmetining asosiy didaktik va tarbiyaviy vazifalarini ijobiy hal etishga yordam berishi aniqlandi va asoslab berildi.
9. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka, izlanuvchanlikka va individual
o’quv mehnatiga ko’niktirish hamda odatlantirish tamoyillari organik kimyo misolida ishlab chiqildi.
10. Darsda va darsdan tashqari tadbirlarda o’quvchilarning shu sohadagi
faoliyatlari o’rganib chiqildi, sinab ko’rildi va amaliyotga tatbiq etildi.
11.Maxsus kompyuter dasturlari, didaktik o’yinlar, o’qitishning turli noan'anaviy
usul va metodlaridan shu maqsadda foydalanildi va amaliyotga tavsiya etildi.
12.O’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyati ta'lim sifatini oshirishda yetakchi omil
ekanligi amaliyot sinovidan o’tkazildi.
13.Kimyodan masalalar yechish bilan bog’liq namunaviy dars ishlanmalari
yaratildi
14.Tadqiqotning ilmiy farazi, yangiligi va amaliy ahamiyati pedagogik
eksperiment davomida tajriba-sinovdan o’tkazildi. Natijalar, xulosalar va tavsiyalarning pedagogik samaradorligi isbotlandi.


Yüklə 153,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin