Mundarija: I bob. Kirish



Yüklə 153,35 Kb.
səhifə6/11
tarix16.05.2023
ölçüsü153,35 Kb.
#114357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Manzura

1-masala javobi:






Na2CO3

BaCL2

HCL

Na2SO4

Pb(NO3)2

Zn(NO3)2

Cho’kmalar soni

Na2CO3




Oq cho’kma

gaz

-

Oq cho’kma

Oq cho’kma

3+ gaz

BaCL2

Oq cho’kma







Oq cho’kma

Oq cho’kma

-

3

HCL

Gaz

-




-

Oq cho’kma




1+cho’kma+gaz

Na2SO4

-

Oq cho’kma

-




Oq cho’kma

-

2

Pb(NO3)2

Oq cho’kma

Oq cho’kma

Oq cho’kma

Oq cho’kma




-

4

Zn(NO3)2

Oq cho’kma

-

-

-

-




1

1) 4 cho’kmadan Pb(NO3)2 ni aniqlaymiz.


2) 3 cho’kmadan va gazdan Na2CO3
3) 3 cho’kmadan va gazsiz BaCL2
4) 2 cho’kmadan Na2SO4
5) 1 cho’kmadan va gazdan HCL
6) 1 cho’kmadan Zn(NO3)2

Xlorid kislotaning miqdoriy kontsentratsiyasini aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi:


a)10 sm3 ishqorni pipetka bilan olib titirlash uchun kolbaga joylanadi.


b) 1-2 tomchi indikator qo’shiladi.v) byuretka kislota bilan to’ldiriladi.
g) ishqor eritmasi kislota bilan rang o’zgarguncha titrlanadi.
d) quyidagi formula bilan kislota kontsentratsiyasi aniqlanadi:
CNaOH:VNaOH=CHCL:VHCL
2-masala javobi:Quyidagi rejali jadval asosida 21ta tajriba bajaramiz.




BaCL2

KCL

Na2SO4

Ba(OH)2

Na2CO3

Mg(NO3)2

H2SO4




BaCL2

IIIIIIII__----__↓'>IIIIIIII

----



----



----



3

KCL

----

IIIIIII

----

----

----

----

----

0

Na2SO4



----

IIIIIIII



----

----

----

2

Ba(OH)2

----

----



IIIIIIII







4

Na2CO3



----

----



IIIIIIII





3*

Mg(NO3)2

----

----

----





IIIIIIII

----

2

H2SO4



----

----





----

IIIIIIII

2*

Ushbu jadval asosida cho’kmalar soni va ajralgan gaz bo’yicha 5 ta moddani darhol aniqlash mumkin.Natriy sulfat va magniy nitrat ikkitadan cho’kma beradi.Ularni bariy xlorid bilan reaktsiyasi natijasida xosil bo’lgan cho’kma bilan aniqlanadi,bunda magniy gidroksid cho’kmasi bariy gidroksid cho’kmasidan farq qiladi.


Masala.Bir xil probirkalarda berilgan Al(NO3)3, Na2CO3, FeCl3, BaCl2, HCl eritmalarini boshqa qo’shimcha reaktivlardan foydalanmasdan turib bir biridan farqlashda birinchi qaysi modda aniqlanadi?
Yechish.
Qo’ng’ir rangli eritma tanlab olinadi, bu -FeCl3, Har bir eritma qismlarga bo’linib, FeCl3 eritmasi ta’sir ettirib ko’riladi, qo’ng’ir cho’kma tushgan probirkada Na2CO3 eritmasi bo’ladi.Uchta noma’lum eritmalar qoladi Al(NO3)3 , BaCl2 va HCl.
Ularni farqlash uchun Na2CO3 eritmasi ta’sir ettiriladi, faqat cho’kma tushgan probirkada BaCl2.Na2CO3 eritmasi ta’sir ettirilganda cho’kma hosil bo’lishi bilan birga gaz ham ajralgan probirkada Al(NO3)3. Faqat gaz ajralgan probirkada HCl.


Masala.Bir xil probirkalarda berilganAlCl3, K2CO3, CuCl2, CaCl2, HCl, NaOH eritmalarini boshqa qo’shimcha reaktivlardan foydalanmasdan turib bir biridan farqlashda birinchi qaysi modda aniqlanadi?


Yechish.
Och yashil rangli eritma tanlab olinadi, bu –CuCl2, har bir eritma qismlarga bo’linib, CuCl2 eritmasi ta’sir ettirib o’riladi, ko’k cho’kma tushgan probirkalarda birida K2CO3 eritmasi ikkinchisida NaOH eritmalari bo’ladi. Ularni bir biridan farqlash uchun har birini alohida-alohida qolgan uchta probirkadagi eritmalarga ta’sir ettirib ko’riladi (ular orasida NaCl eritmasi bor), Faqat gaz ajralgan probirkada K2CO3 eritmasi, u bilan ta’sirlashgan probirkada HCl eritmasi bo’ladi. K2CO3 eritmasi ta’sir ettirilganda cho’kma hosil bo’lishi bilan birga gaz ham ajralgan probirkada AlCl3, oxirgi qolgan probirkada CuCl2 eritmasi mavjud bo’ladi.
Kimyodan masala yechish jarayonida algaritmdan foydalanish dastlabki bosqichlarda o’quvchilarning o’zlashtirishini yengilatadi. O’quvchilar masala yechish uchun algaritmni shunday tushunmasdan yoki tushunib tuzishi mumkin, shu bilan birga bunday algaritmlarni barcha masalalarga qo’llab bo’lmaydi. Ko’pchilik masalalar o’ylab, ijodiy izlanib yechiladi. Shuning uchun har bir masalaning o’z algaritmi bo’lishi va ularning soni ko’payib ketishi natijasida o’quvchida chalkashliklar kelib chiqishiga sababchi bo’ladi,biroq har xil fikr yuritishni ko’rib o’quvchi ham masala yechish har tamonlama yondashishni o’rganadi. Shunday qilib o’quvchilarda masala yechishni shakllantirish uchun o’quv yili davomida uzluksiz ravishda masala yechishni davom etish, uni ma’lum mavzuga doir va ma’lum ketma ketlikda amalga oshirish eng muhim shartlardan hisoblanadi.


O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotida yangicha qarashlar qaror topayotgan bir sharoitda yosh avlod ta`lim-tarbiyasini tashkil etish, boshqarish, barkamol shaxsni tarbiyalash masalasi yanada dolzarblik kasb etmoqda. Ta`lim jarayonida yuqori sifat va samaradorlikka erishish ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab qiladi. «Innovatsiya» iborasi inglizcha so’zdan olingan bo’lib, «innovation» - «yangilik kiritish», «yangi g’oya» degan ma’nolarni bildiradi. Innovatsion o’qitishda bilimlar vazifasi o’zgaradi. Ya’ni, avvalgi doimiy yod olishdan mantiqiy fikrlash, izlanishga o’tiladi. Bunday faoliyat o`quvchi faoliyatidagi ijodkorlikni rivojlantiradi. U o’z tengdoshlari va o’qituvchisi bilan o’zaro faol «sub’yekt-sub’yekt» munosabatlariga kirishadi. O'qitish jarayoni dinamik va barhayot jabha bo`lganligi tufayli ham unga yangilik kirishi va yangilanish amaliyotining davom etishi tabiiydir. Shuning uchun ham, sinalgan va samara beradigan zamonaviy texnologiyalarni qo'llash zaruriy holdir. Kimyoni o`qitishda eng ko’p tarqalgan va xususiyatga ega bo’lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar quyidagilar hisoblanadi: suhbat, bahs, o’yin, keys-stadi, loyihalar usuli, muammoli usul, aqliy hujum va boshqalar hisoblanadi.
Bahs (munozara) - aniq muammo bo’yicha fikr almashish, muhokama
shaklidagi ta’lim berishning faol usuli. Munozara usuli hamma vazifalarni bajaradi
Bu usuldan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
yangi bilimlarni shakllantirishda;
o`quvchilar u yoki bu savollarni chuqur o’ylab ko’rish, ularning mohiyatiga
kirishni ta’minlashda;
o`quvchilarni dalil va dalillarga asoslangan xulosalar orasidagi farqni tushunib
yetishga o’rgatishda;
o’zaro fikr almashinuv ko’nikmalarni shakllantirishda;
o`quvchilarga shaxsiy fikrida mustahkam turish va uni himoya qilishiga yordam berish.
Munozara erkin bo’ladi, qachonki, u erkin rivojlansa, boshqaruvchan bo’lishi mumkin. U faqat o’zlashtirish lozim bo’lgan mavzu va savollarga taalluqli bo’lishi kerak.
Ma`lumki, ta`lim jamiyat taraqqiyotining asosidir. Bugungi kunda jamiyatimiz
oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri yangicha tafakkur, ijodiy fikrlash,
intellektual salohiyatga ega bo`lgan barkamol avlodni tarbiyalashdir. Ta`lim jarayonida yoshlarni o`qish va o`qitishga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirishda zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan bo`lgan didaktik o`yin usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida qo'llaniladi. Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati orqali uyg'unlashtiriladi.

2.3 Kislotalarning xossalari mavzusi bo’yicha masalalar yechish
Kislotalar – tabiatda tabiiy holda uchraydi va sun’iy ravishda ham ishlab chiqarilishi mumkin, foydalanishi juda keng tarqalgan moddalardir. Har bir mahsulotda kislota bo’lishi mumkin. Lotin tilida “nordon” degan ma’noni anglatuvchi “asidus” so’zidan olingan. Achchiq ta’mi tufayli ba’zi manbalarda “nordon” deb nomlanadi. Kislotalar biz kundalik hayotda ishlatadigan ko’plab mahsulotlarni ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismidir. Sanoatdagi barcha turdagi kimyoviy jarayonlar, pestitsidlar va ayniqsa o’g’itlar, minglab kimyoviy mahsulotlarda kislotali moddalar mavjud.

Kislota nima


Kislota ta’rifi to’g’risida har xil fikrlar mavjud bo’lsa-da, odatda bu ” vodorod birikmasi ” deb qaraladi. Umumiy qabul qilingan ta’rifga muvofiq, suvda eritilganda ular (H +) musbat bo’lgan vodorod ionlarini hosil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ular vodorod ionlarini suv eritmasiga chiqaradi.
Ba’zi kimyogarlar kislotani tavsiflashda “protonlarni suv eritmalariga beradigan birikmalar”, boshqalari esa “kovalent bog’lanish hosil qilishda elektronni qabul qila oladigan birikmalar” atamalarini qo’llaydilar. Kislota ion yoki molekula bo’lishi mumkin degan qarashlar hali ham muhokama qilinmoqda. Printsipial jihatdan ushbu ta’riflarning barchasi to’g’ri. Kislotalar va asoslarning ta’rifi to’g’risida kimyogarlarning va ilmiy doiralarning turli xil fikrlari aniq bir xulosaga kela olmaganligi sababli, “kislota va asoslarni aniq va yaxshi aniqlash orqali kimyoda ko’plab muammolarni hal qilish mumkin” degan fikr ilgari surildi. Garchi munozaralar tugamasa ham, kislotalarning “vodorod ionini hosil qiluvchi moddalar” ta’rifi odatda ishlatiladi. Kislotalar kislota kabi faqat suvda eritilganda reaksiyaga kirishadi va elektr tokini o’tkaza oladi. Ba’zi kislotalar reaktsiya natijasida tuz va suv hosil qilishi mumkin. Turli xil kislotalar anion miqdori, ajralmagan molekulalari va kimyoviy tuzilishlari tufayli turli xil xususiyatlarni namoyon qiladi va reaksiyaga kirishadi. Agar kislota yoki asoslar reaksiyaga kirishganda tuz hosil bo’lsa, “neytrallash” deb nomlangan holat yuzaga keladi. Kislota hosil qiluvchi (-) va (+) zaryadlangan ionlar parchalanishiga “ionlanish” deyiladi.
Kislotalar turlariga ko’ra juda ko’p va turli xil xususiyatlarga ega boʻlishadi. Shu sababli, foydalanish joylari ham farq qiladi. Kislotalarning eng keng tarqalgan xususiyatlarini quyidagicha ro’yxatlashimiz mumkin:

  • Kislotalar ko’k lakmus qog’ozining rangini qizil rangga o’zgartiradi.

  • Ularni toza holda qattiq, suyuq va gaz shaklida bo’lishi mumkin.

  • Barcha kislotalarda vodorod ionlari (H +) mavjud.

  • Suvli eritmalar nordon ta’mga (masalan, limon, sirka) va gidroksidi ta’sirga ega.

  • pH qiymati 7 dan kam

  • Ba’zi kislotalarning molekulalari eritmada har xil miqdordagi vodorodni chiqaradi

  • Ular neytrallanishda asoslar bilan birikib, ekzotermik neytrallash reaktsiyasini beradi va boshqa modda hosil qiladi.

  • Ular metall bilan reaksiyaga kirishib, metall tuzini hosil qiladi va vodorodni siqib chiqaradi.

  • Ular tuz bilan suv hosil qiladi va issiqlik beradi.

  • Kislota va asoslar ion bog’lanishni hosil qiladi.

  • Kislota va asosni ta’mi bilan ajratish mumkin; nordon ta’mli kislota, achchiq ta’mili asosdir.

  • Kislotalar marmarni ham eritishi mumkin bo’lsa-da, shisha va plastmassaga taʼsir qilmaydi.

  • Karbonatlar bilan birlashganda ular karbonat angidrid gazini chiqaradi.

  • Agar u lakmus qog’ozga quyilganda qizil rang bersa, kislota; Agar u ko’k rang beradigan bo’lsa, u asosdir; ular indikatorlarning rangini ham o’zgartirishi mumkin (indikator, ko’rsatkich). Masalan, asos fenolftaleinni sariqqa, kislota esa qizilga aylantiradi.

  • Tabiiy va sun’iy kislotalarning ko’p turlari mavjud. Turli sohalarda ishlatiladigan kislotalar sanoat, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatining muhim qismidir. Keling, ushbu kislota turlarining ba’zilari va ular ishlatiladigan sohalarini ko’rib chiqamiz.


  • Yüklə 153,35 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin