Mundarija I Bob.Temur tuzuklari tarixiy asar. “Temur tuzuklari”- davlat ahamiyatiga ega asar.
“Temur tuzuklari” asarining tarixshunosligi.
II Bob.Sohibqiron Amir Temurning davlatchilik tarixi va davlat boshqaruvining tuzuklarda yoritilishi. 2.1 Amir Temurning hokimiyatga kelishi va Temur faoliyatining tarixiy ahamiyati. 2.2 “Temur tuzuklarida” Temurning markazlashgan davlat tuzishi haqida. 2.3 “Temur tuzuklarida” davlat boshqaruvi tartiblari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Ilovalar. KIRISH “Tuzuki Temuriy” (“Temur tuzuklari”), “Malfuzoti Temuriy” (“Temurning aytganlari”) va “Voqeoti Temuriy”(“Temurning boshidan kechirganlari”) nomlari bilan atalmish asar e’tiborga molik tarixiy manbalar jumlasidan.“E’tiborga molik”deganimizning boisi shuki,uning nusxalari (qo’lyozmalari ham,toshbosmalar ham) ko’p tarqalgan. «E'tiborga molik» deganimizning boisi shuki, uning nusxalari (qo'lyozmalari ham, toshbosmalari ham) ko'p tarqalgan. «Temur tuzuklari»ni bugun jahonning ko'pgina mamlakatlarida, masalan, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Angliya, Fransiya, AQSh, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr, Yaman kutubxonalaridan topish mumkin. O'z-o'zidan ma'lumki, qaysi bir asar qimmatli, amalda zarur bo'lsa, undan ko'proq nusxa ko'chirilgan. «Temur tuzuklari» ham ana shunday asarlar sirasidandir. U ko'proq sohibi tojlarga kerak bo'lgan. Shuning uchun ham hukmdorlarning ko'pchiligi bu va shunga o'xshash asarlardan nusxa ko'chirtirib, shaxsiy kutubxonalarida asragan va ijtimoiy•siyosiy faoliyatlarida ulardan muhim yo'l-yo'riq sifatida foydalangan. Masalan, buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning avlodi Shohjahon (1628-1657), Qo'qon xoni Muhammadalixon (18211 842) va Buxoro arniri Abdulahadxon (1885-1910) chapdast kotiblariga buyurib, «Temur tuzuklari»dan o'zlari uchun nusxa ko'chirtirganlari ma'lum. Ko'chirganda ham zo'r mas 'uliyat va qunt bilan ko'chirganlar. Hindistonlik muarrix Abdulhamid Lohuriyning (J 654-yilda vafot etgan) «Podshohnoma»sida (Mavlaviy Kabiriddin Ahmad va Abdurahimlar amalga oshirgan nashr, Kalkutta, 1866-1872 yillar, jild, 288-sahifa) bunday gap bor: «Hijriy 1047-yili (milodiy 1637-1638-yillar) Mir Abu Tolib alTemubilan «Temur tuzuklari», «Tuzuki Temuriy», «Malfuzoti Temuriy», «Voqioti Temuriy» nomlari bilan ham mashhur bo'lgan «Temur tuzuklari» asari ikki qismdan iborat.Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiysiyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo'lga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni,o'z tasarrufiga kiritishi, buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan.Ikkinchi qismida esa mashhur jahongiming farzandlariga atalgan o'ziga xos vasiyat, pand-nasihatlari va o'gitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo'shin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang Olib borish qoidalari, Sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo' shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlaming toj-u taxt oldida ko'rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yo'sini va boshqalar xususida gap boradi. «Tuzuki Temuriy» («Temur tuzuklari»), «Malfuzoti Temuriy» («Temurning aytganlari») va «Voqeoti Temuriy» («Temurning boshidan kechganlari») nomlari bilan atalmish asar e'tiborga molik tarixiy manbalar jumlasidan. «E'tiborga molik» deganimizning boisi shuki, uning nusxalari (qo'lyozmalari ham, toshbosmalari ham) ko'p tarqalgan. «Temur tuzuklari»ni bugun jahonning ko'pgina mamlakatlarida, masalan, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Angliya, Fransiya, AQSh, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr, Yaman kutubxonalaridan topish mumkin. O'z-o'zidan ma'lumki, qaysi bir asar qimmatli, amalda zarur bo'lsa, undan ko'proq nusxa ko'chirilgan. «Temur tuzuklari» ham ana shunday asarlar sirasidandir. U ko'proq sohibi tojlarga kerak bo'lgan. Shuning uchun ham hukmdorlarning ko'pchiiigi bu va shunga o'xshash asarlardan nusxa ko'chirtirib, shaxsiy kutubxonalarida asragan va ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida ulardan muhim yo'l-yo'riq sifatida foydalangan. Masalan, buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobuming avlodi Shohjahon (1628-1657), Qo'qon xoni Muhammadalixon (18211 842) va Buxoro amiri Abdulahadxon (1885-1910) chapdast kotiblariga buyurib, «Temur tuzuklari»dan o'zlari uchun nusxa ko'chirtirganlari ma'lum. Ko'chirganda ham zo'r mas'uliyat va qunt bilan ko'chirganlar. Hindistonlik muarrix Abdulhamid Lohuriyning (1654-yilda vafot etgan) «Podshohnoma»sida (Mavlaviy Kabiriddin Ahmad va Abdurahimlar amalga oshirgan nashr, Kalkutta, 1866-1872 yillar, I jild, 288-sahifa) bunday gap bor:«Hijriy 1047-yili (milodiy 1637-1638-yillar) Mir Abu Tolib alHusayniy at-Turbatiy degan «Tuzukj -Temuriy»ning forsiy tarjimasini ta '(firn* • ' an'. -IPödshoh tarjirria -bilan tanishib chiqib, uni qozikafon, iste'dodli yozuvchi Muhammad Afzal Buxoriyning (1651-yoki 1652-yil vafot etgan) qo'liga tutqazgan va Sharafiddin Ali Yazdiyning (1454-yil kamchiliklari bo'lsa, tuzatib, xattot va muarrix[ari o'zidan qo Ç shgan ortiqcha joylari bo'lsa o'chirib tash)ashni buyurgan. «Temur tuzuklari»ning shu kunlargacha yetil) kelgan qo'lyozma va toshbosma nusxalari o'sha Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiy tarjimasi asosida yaratilgan. Bu — birinchidan. Ikkinchidan, mazkur asar XV114 asrdan beri (balki, undan ilgariroq bo'lishi ham mumkin, lekin bu hacıda qo'limizda ma'lumot yo'q) dunyo olimlarining diqqat-e'tiborini qozonib keladi. Masalan, asaming matni, tadqiqot va zarur ilmiy izohlar bilan 1783-yilda Angliyada, 1785- va 1891 -yilda Hindistonda, 1868-yili Eronda Chop etildi. Asar jahon tillaridan bir nechtasiga: fransuz (1787-yil), ingliz (1830-yil), urdu (1 845-yil), rus (1894-, 1934-yil) va eski o'zbek (1835-yil, 1857-yil, lekin to'liq emas) tillariga tarjima qilinib, nashr etildi. Uning toshbosma nusxalari (Tehron — 1 868, Toshkent 1890 va h. k.) ham keng tarqalgan. «Temur tuzuklari» — podshohlaming turish-turmushini va axloq-odob me 'yorlarini belgilovchi risola. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismdajahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temuming yetti yoshidan (1342-yildan) to vafotiga (1405-yil, 18-fevral) qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqroq qilib aytganda, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mamlakatlami, masaları, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufıga kiritish, Oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya sultoni Boyazid Yildirimga (1389-402) qarshi va nihoyat, buyuk Jahongirning Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pandnasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo'shin boshliqlarini saylash, sipohiylaming maoshi, mamlakatlami boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo'shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlaming toj-u taxt oldida ko'rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi.
Ta'bir joiz bo'lsa aytmoqchimanki, «Tuzuk» yozish odati Amir Temurdan awal ham bo'lgan, keyin harn. Bu odat aslida xitoylardan va turk-mo' g'ul xonlaridan qolgan. Masalan, turk xoqonlaridan qolgan «Qonunnoma», Chingizxondan qolgan «Bilik», Xondamir (1474-1535) yozgan «Qonuni Humoyun», Ro'zbehonning (1458-1521 yoki 1530) qalamiga mansub bo'lgan va shayboniylardan Ubaydullaxonning topshirig'i bilan yozilgan «Suluk al-muluk» («Podshohlarga yo'l-yo'riq») shular jumlasidandir. Bunday asarlarda davlatni idora qilish tartibi, soliq solish va uni to'plash tartibi, harbiy yurishlarni o'tkazish va qo'zg'olonni bostirish qoidalari bayon etiladi.Mutaxassis olimlarning (A. A. Semyonov, Ch. Re, E. G. Braun va boshqalar) so'zlariga qaraganda «Temur tuzuklari» boshda turkiy tilda yozilgan va uning bir nusxasi Yaman hokimi Ja'far podshohning kutubxonasida saqlangan. Yuqorida nomi tilga olingan Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiyning forsiycha tarjimasi ana shunday turkiycha nusxalardan biriga asoslangan, albatta.
Asarning muallifi ma'lum emas. Butun voqea bir shaxs Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. Aslida shundaymi yoki Amir Temur aytib turgan, kotib yozib ołganmi, yo bo'lrnasa uning aytganlarini kimdir jam qilib kitob tuzganmi, bu haqda qat'iy bir fikr aytish qiyin. Sharq mamlakatlarida bu mashhur asar chindan ham Amir Temur tarafidan yozilganligi va uning tarjimai holi ekanligi e' tirof qilinadi. Chunonchi, Somiyning «Qomus ul-a'lom» (Istanbul, 1891-yil, 1727-bet) asarida «AmirTemur «Tuzukot» unvonli qonunlar majmuasini qalamga Olib,unda o'zining tarjimai holini bayon etgan» deyilgan. Ternur bilan To'xtamishxon o'rtasidagi urushlar tarixini yozgan fransuz sharqshunosi M. Sharmua va rus harbiy tarixchisi M. I. Ivanin (1801-1874) «Tuzuklar»ni Amir Temur o'zi yozgan va u muhim avtobiografik asar, deb qayd etganlar. Biroq yevropalik boshqa bir guruh olimlar (E. G. Braun, Ch. A. Stori, V. V. Bartold) «Temur tuzuklari»ni soxta asar, uni Amir Ternur yozmagan, deydilar. A. Yu. Yakubovskiyning fikricha, asar XVIII asrda Hindistonda yozilgan. Ingliz olimi Ch. A. Stori yuqorida nomi zikr etilgan Mir Abu al-Husayniy at-Turbatiyni asarning muallifi, deb taxmin qilgan. Xullas, qanday bo'lmasin, asami Ternur yoki boshqa odam yozganligidan qat'iy nazar, u soxta emas, balki chin asardir. Agar unda bayon etilgan voqcalarni Nizomiddin Shomiyning Amir Ternur tarixini o'z ichiga olgan mashhur «Zafarnoma»si yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning shu nomdagi asari bilan solishtirilsa, bunga to'la ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, Sharafiddin Ali Yazdiy shunday yozadi: «...shu tartibda ul hazrat (Amir Temur) hayotining ulug' voqealari va kechinmalarini o 'z ichiga olgan turkiy manzuma vafbrsiy asar, alohida-alohida nazm va nasr tarzida tuzilgan edi.».
«Temur tuzuklari» ham feodalizm jamiyati sharoitida bitilgan boshqa asarlar singari hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ko'zlab yozilgan, o'.sha sinfning dunyoqarashini ifoda etgan. Asarda Amir Temurning harbiy yurishlari buzuq odamlarning ko'payishining oldini oluvchi harakat deb, o'z ozodligi va vatanining mustaqilligini himoya qilgan xalqlar csa kofir, buzg'unchi, bezori (avbosh) deb atalgan. Tobelikdan bo'yin tovlagan yoki shunga intilgan ne-ne yurtlarning xalqi «oq uylik» qilinib, o'zga yurtlarga majburan ko'chirib yuborilgan. Ternurning o'zi esa Odil va insonparvar podshoh sifatida tasvirlanadi, uning shaxsi ko'p jihatdan ideallashtiriladi.
Shunga qaramay, asarda fan uchun muhim ma'lumot va faktlar ko'p. Avvalambor, «Temur tuzuklari» Amir Temurning tarixi, uning zamonida, aniqrog'i, 1342-1405-yillar orasida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Temur va temuriylar davlati hamda qo'shinining tuzilishi, o' sha yillarda Temur davlatining qo'shni mamlakatlar va xalqlar bilan bo'lgan munosabatlari haqida hikoya qi
Amir Temur mamlakatda qatiqqo‘l hokimiyat o‘rnatish zarurligini yaxshi tushunardi. Negaki, ko‘chmanchi mug‘ul-turk qabilalaridan jaloir, barlos, sulduz va boshqalarning o‘zboshimcha boshliqlarini itoatda saqlab turish oson emas edi. Shu maqsadda mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etishga kirishadi. U o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus harbiy qism tashkil etib, ularga katta imtiyozlar beradi. Amir Temur o‘z davlati hokimiyatini mustahkamlashda islom diniga tayandi. Islom namoyandalari uni qo‘llab-quvvatladi. Mamlakat aholisining ko‘pchiligini tashkil etgan dehqonlar va shahar aholisi – tijoratchilar, hunarmandlar sohibqironning davlatni mustahkamlashga qaratilgan tadbir-larini ma’qulladilar.
A.Temur o‘z davlati asoslarini adolat bilan mustahkamladi va «Kuch adolatdadir» (Rosti-rusti) shioriga amal qildi. Mamlakat aholisini 12 tabaqaga bo‘lib, ularning har biriga nisba-tan o‘ziga xos siyosat yurg‘izib, o‘zining ulkan tashkilotchiligi qobiliyatini namoyon etdi. Amir Temur davlat xududining tumanlarga bo‘linishi va o‘zo‘g‘illariga ulus sifatida taqsimlab berilishini amalga oshirgan bo‘lsa ham, Movarounnahrni parchalamay o‘z qo‘lida mahkam saqladi. Davlatga maxsus xizmat qilganlarga «SUYURFOL»lar sifatida yer-suv va mol-mulk berdi, hamda alohida xizmatlar uchun «Tarxon» yorliqlarini joriy etdi. Tarxon yorlig‘ini olganlar turli soliqlardan ozod etildi. Amir Temur o‘zi tuzgan davlatda oliy hukmron bo‘lsa ham, o‘zini hech qachon podshoh yoki sulton deb atamay, umrbod amir unvonini saqlab qoldi. U an’anaga rioya qilgan holda yonida soxta xonlarni saqladi.
Amir Temur davlat ishlarini yurgizishda 4 narsaga doim amal qildi. Bular: 1. Kengash. 2. Mashvaratu maslaxat. 3. qat’iy qaror, tadbirkorlik va xushyorlik. 4. Extiyotkorlik.
Amir Temur hukmdor uchun qo‘yidagi o‘n ikki xislat zarurligini va bu xislatlarning birortasiga amal qilinmasa saltanat ishlariga putur yetishi mumkinligini tarixiy misollar bilan isbot qilib bergan edi. A.Temur hukmdor birinchidan o‘z so‘ziga ega bo‘lishi, ikkinchidan adolatpesha bo‘lishi, uchinchidan har ishda faqat o‘zi hukm chiqarishi, to‘rtinchidan qarorida qat’iy bo‘lishi, beshinchidan hukmi joriy etilishi, oltinchidan podsholik ishlarini har kimga topshirib qo‘ymasligi, yettinchidan ko‘pchilikning fikrini eshitishi, sak qizinchidan shoshmasdan mulohaza bilan ish yuritishi, to‘qqizinchidan sipohu, raiyatni umid va qo‘rquv orasida saqlashi, o‘ninchidan barcha ishni o‘z erkicha qilishi, o‘n birinchidan o‘z ishlariga birovni sherik qilmasligi va o‘n ikkinchidan davlat ishlarini maxfiy saqlab, boshqalardan ogoh va hushyor bo‘lishligi lozimligini alohida o‘qtirgan edi.A.Temur davlat amaldorlarning sofligiga, xazinaga ko‘z olaytirmas-ligiga alohida e’tibor qilib, o‘z tuzuklarida: «Mamlakat xazinachilari bo‘lmish moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib, boylikning bir qismini o‘zlashtirib olgan bo‘lsalar tekshirib ko‘rilsin», - deb yozib qoldirgan edi.
Amir Temur davlatni boshqarishda 7 vazirga suyanib ish ko‘rdi va ulardan 4 vazirning xar kuni devonxonada xozir bo‘lishlarini talab etdi. Bular: 1. Mamlakat va raiyat vaziri. 2. Sipox vaziri. 3. Egasiz qolgan mulk vaziri. 4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir. Bundan tashqari yana 3 vazirdan iborat sarxadlar vazirlari xay’atini tuzdi.
Vazirlardan birinchisi yer soliqlari, boj, o‘lpon – soliq undirish, hamda mirshablik yumushlarini boshqargan, mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni yechish, raiyat ahvolini o‘rganish, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o‘lponlarni taqsimlash ishlarini bajargan. Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga berilgan in’om ma’nosida)larni boshqargan. Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o‘lib kegan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarish, bularning barchasidan to‘plangan daromadlarni omonat tarzida saqlash ishlari bilan shug‘ullangan.
Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlangan.
Sohibqiron davlatida Devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari xar bir viloyatda «Devon» deb ataluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar, - bozorlar, hammomlar, yo‘llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. U xalqning xulqu-ahloqini kuzatib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so‘roq, tekshirish-taftish, tergov ishlarini ham olib borishgan.Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o‘rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy etgan. Arzbegi shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususida kengashga xabar qilar edi. Aybdorlar kim bo‘lishidan qat’iy nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qat’iy tartib – qoida o‘rnatilgan. Rus sharqshunos olimi D.N.Logofet bu xususda «...biz hozir zo‘r berib intilayotgan daromad solig‘i degan narsa uning (Temurning) hokimiyatida o‘shandayoq mavjud edi», deb yozgan edi.Amir Temur vazirlarini tanlash ishiga g‘oyat jiddiy qarar va ularni 4ta sifatga ega bo‘lishlariga ahamiyat berar edi. Bular: 1. aql-farosat-lilik; 2. toza nasllik; 3. sipoxu-raiyat axvollaridan xabardorlik; 4. sabr chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur o‘z imperiyasiga qo‘shib olgan mamlakatlarni idora etish uchun tayinlanadigan kishilarga qo‘yiladigan talablar tizimini ham ishlab chiqdi. Bunday rahbarlar A. Temur talabiga ko‘ra qo‘yidagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim bo‘lgan: 1) Oliy janob tabiatli va ruhiy holatining ko‘tarinkiligi; 2) Nozik aql va ziyraklik; 3) Yuksak malaka hamda xalq va qo‘shinga murojaat qila bilish; 4) Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelishmoq.Mana shu yuqoridagi qoida va talablar Amir Temur hokimiyatini idora etishda va uni mustahkamlashda muhim o‘rinni eg‘alladi. Sohibqiron tuzgan imperiyaning ma’muriy-xududiy bo‘linishi asosan tumanlardan iborat bo‘lganligi uchun yangi amirlik tizimini shakllantirish va mustahkamlash zarur edi. Shu bois Amir Temur 313 kishiga amirlik mansabini berishga farmon berib, shulardan bir kishini amir-ul-umaro, 4 kishini beklarbegi, 100 kishini o‘nboshi, 100 kishini yuzboshi va 100 kishini mingboshi etib tayinladi. Bulardan tashqari 8 ta amirlar amir-ul-umaro yordamchilari etib tayinlanganlar.Amir Temur milliy g‘urur, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar bilan qurollangan buyuk davlat arbobi edi. Mojar olimi Xerman Vamberi ta’kidlaganidek, O‘rta Osiyoda asl turklik davri Temurdan boshlangan. U turklarning mug‘ul-xitoy dunyosining ustidan g‘alabasini mujassam etib, milliy davlatga asos solgan, mamlakatning rasmiy tili turk (o‘zbek) tili bo‘lgan.Buyuk Amir Temurning siyosiy faoliyati nafaqat davlatchilik tarixini boyitishda,shu bilan birga hozirgi sharoitda milliy davlatchiligimizni mustahkamlashda ham amaliy ahamiyat kasb etmoqda.Buyuk Amir Temur tomonidan yozilgan muhim asar bu «Temur tuzuklari», ya’ni «Tuzukoti Temuriy»dir. «Qomus ul a’lom» deb nomlangan va Istambulda nashr etilgan komus kitobida: «Amir Temur «Tuzukoti» deb yuritiladigan komuslar majmuasini yozdi. Unda o‘zining hayot yo‘lini bayon qildi»1, - deb yoziladi.
Amir Temur faoliyatini o‘rganishda asosiy manbalardan bo‘lgan, turkiycha bitilgan «Temur tuzuklari»ning bir ko‘lyozma nusxasi Yaman hokimi Ja’far podshoh tomonidan milliy kutubxonada saqlangan. Bu asarning fors tiliga tarjimasini Mir Abu Tolib Hasaniy at-Turbotiy Makkaga haj qilib qaytib kelganidan so‘ng amalga oshirgan. Ana shu nusxa asosida «Temur tuzuklari» bizgacha yetib kelgan va XIX asrning oxirlarida rus tiliga tarjima etilib, nashr qilingan. Asar butun dunyoga mashhur bo‘lib, asrlar osha o‘z ahamiyatini saqlab qolib, juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. Arab tili professori, ingliz mayori Uayt asarning forsiy matnini nashrga tayyorlagan va u 1783 yili Oksfordda chop etilgan. 1785 va 1890 yillarda ushbu nashrning forscha matni hech o‘zgarishsiz Hindistonning Kalkutta va Bombey shaharlarida, 1963 yilda Eronda nashr etilgan. U 1787 yili taniqli fransuz sharqshunosi L.Lyangle tomonidan ushbu asar fransuz tilida ham nashr etilgan.
«Temur tuzuklari» ikki bo‘lim va 56 banddan iborat bo‘lib, kitobda bu bo‘limlar maqola deb atalgan. Birinchi maqola Temurning davlatni barpo etish va mustaxkamlash, qo‘shinlarni tashkil etish yuzasidan tuzuklaridan iborat. Ikkinchi maqolada esa, Amir Temur tomonidan o‘tkazilgan 13 kengash tafsilotlari va ularda buyuk sohibqironning amalga oshirgan tadbirlari bayon etilgan.
Shuningdek, «Tuzuklar»ning birinchi qismida Amir Temurning yetti yoshidan to vafotiga qadar (1342-1405 yil 18 fevral) kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham berishi va markazlashgan davlat tuzishi, Eron va Afg‘onistonni o‘z tasarrufiga olishi, Oltin O‘rda xoni To‘xtamish ustidan qozonilgan g‘alaba va nihoyat buyuk jahongirning Ozarbayjon, Turkiya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.
Kitobning II qismi Sohibqiron nomidan aytilgan va uning toju-taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pandu-nasihatlaridan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdorlarning toju-taxt oldida ko‘rsatgan alohida hizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida so‘z yuritiladi.
Ikkinchi bo‘limda, ya’ni maqolada Amir Temur shunday deb yozadi: «Mamlakatlarni fatx etuvchi baxtli farzandlarim va jahonni idora etuvchi qudratli nabiralarimga ma’lum bo‘lsinkim, tangri taolo dargohidan umidim shulki, ko‘plab farzandlarim, avlodim uchun saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka bog‘ladim, va saltanatni boshqarish haqida qo‘llanma yozib qoldirdim» .
Ulug‘ Amir Temur yana davom etib: «Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va ahloqsiz odamlarni mamlakatimdan quvib chiqardim»2, - deb yozgan edi.
Oliyjanob ahloqiy fazilatlarni Amir Temur xazratlari ulug‘lab-gina qolmaganlar, balki bu fazilatlarni bajaralishini davlat xududida yashayotgan fuqarolardanhatto o‘z oila a’zolari tomonidan ham so‘zsiz bajarilishini talab qilganlar. «Yana tajribamdan ko‘rib bildimki», - deb yozadi Amir Temur – «davlat agar dinu asosida qurilmas ekan oyin , to‘ra tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuxi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalong‘och odamga o‘xshaydi, uni ko‘rgan kimsa nazarini olib qochadi. Yohud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi.
Shuning uchun ham men o‘z saltanatim binosini dini islom to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim»
Amir Temur o‘z tuzuklari keyingi avdlodi uchun bir qo‘llanma bo‘lib qolishni ko‘zlab: «Farzandlarim va avlodimdan bo‘lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritsin Bu tuzuklardan o‘z saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga o‘tadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo‘lg‘ay» - deb yozib qoldirgan edi.
Darhaqiqat bu asardan faqat Temuriy shahzodalargina emas, ko‘plab sharq hukmdorlari o‘zlarining faoliyatlarida foydalanganlar va unga yuqori baho berganlar. Jumladan, Shoh Jahon (1628-1657), Qo‘qon xoni Muhammad Alixon (1822-1842), Buxoro amiri Abdullahadxon (1885-1910) lar «Tuzukot»dan parchalar ko‘chirtirib, ulardagi qoidalarga amal qilgan-lar.
Temur tuzuklarida Amir Temur o‘zi tuzgan qo‘shinning tuzilishi, qurollanishi hamda buyuk sohibqironning harbiy san’ati haqida ham muhim ma’lumotlar berilgan. Zero Amir Temur tuzgan qo‘shin o‘zining strategik va taktik maxorati bilan o‘sha davrning eng mukammal va kuchli armiyalaridan hisoblangan. Amir Temur esa jahonda mahoratli buyuk sarkarda sifatida shuhrat qozongan. Hozir ham ko‘pgina xorijiy mamlakatlar harbiy o‘quv yurtlarida «Temur taktikasi» mahsus kurs sifatida o‘tiladi. Yurtimiz va xalqimiz mustaqil bo‘lgach, mustaqil davlatchiligimiz asoslarini yaratishda buyuk Amir Temur va uning «tuzuklari»ga murojaat qilmoqdamiz. Uning «Kuch adolatda» tamoyili esa huquqiy davlat barpo etishimizda yo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.Buyuk sohibqiron Amir Temurni nafaqat O‘rta Osiyo xalqi, uni butun jahon tan oldi. Chunki u faqat O‘rta Osiyodagina emas, dunyoning boshqa xalqlari uchun ham buyuk xizmatlar qildi.Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatning tuzilishi, feodal tarqoqlikning tugatilishi, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikning o‘rnatilishi O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti yo‘lida ijobiy rol o‘ynadi. Mug‘ullar davrida vayron bo‘lgan iqtisodiyot tiklandi, hunarmandchilik va tijorat ishlari rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topdi, shaharlar obod bo‘ldi. Eng muhimi, xalq tinch va osoyishta hayot tarziga kirdi.
"Temur tuzuklari" haqida
Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash–tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.
Bu haqda gapirganda, Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan "Temur tuzuklari" asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta’sirchan tarzda yoritilgan, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Bugungi murakkab va tahlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish birinchi galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar uchun, qolaversa, har qaysi ziyoli inson uchun bag‘oyat foydali ekani haqida ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.
Ishonchim komilki, yoshlarimiz bu kitobni mehr qo‘yib, tushunib, chuqur anglab o‘qisa, ularning qalbida milliy g‘urur tuyg‘usi yuksaladi, o‘zining qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini yanada chuqurroq his etib, hayotning har qanday sinov va qiyinchiliklarini yengishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetadi.