Mundarija I bob. Temur tuzuklari tarixiy asar


II Bob.Sohibqiron Amir Temurning davlatchilik tarixi va davlat boshqaruvining tuzuklarda yoritilishi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/7
tarix11.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#96085
1   2   3   4   5   6   7
2 5197560003308823113

II Bob.Sohibqiron Amir Temurning davlatchilik tarixi va davlat boshqaruvining tuzuklarda yoritilishi
2.1 Temurning hokimiyatga kelishi va Temur faoliyatining tarixiy ahamiyati.

Ozodlik, hurlikka va erkka tashna ulug` avlod-ajdodlarimiz mug`ullar zulmiga qarshi kurashdilar, ma`rifatga, ziyoga va nurga intildilar, nihoyat bosqinchi galalarni vatanimiz hududidan uloqtirib tashladilar. Jonajon ona tariximizning bu oltin davri ulug` bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temurning faoliyati bilan bog`liqdir.


XIV asr o`rtalarida Chig`atoy ulusi parchalanib, ulusning sharqiy qismi-Sharqiy Turkiston va Yettisuvda turk va mug`ul qabilalarini o`z ichiga olgan Mug`uliston feodal davlati tashkil topadi. 1348 yili Chig`atoy naslidan bo`lgan Tug`luq Temur Mug`uliston xoni qilib ko`tariladi. Mug`uliston amirlarining ulusning g`arbiy qismi-Movarounnahrni ham bosib olishga harakat qiladilar. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab qaytadilar. Mug`ullarning vayronagarchilik yurishlariga qarshi kurash boshlanib ketdi. Mug`ullar istibdodi va zulmga qarshi harakati boshlandi. Mana shunday ichki o`zaro urushlar qizigan, mug`ullar zulmiga qarshi xalq harakatlari boshlagan bir davrda qisqa vaqt ichida jahon imperiyasi vujudga keltirgan Sohibqiron Temur siyosat maydoniga dastlabki qadamlarini qo`ymoqda edi. Amur Temur 1336 yilda Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinida joylashgan Xo`jailg`or qishlog`ida dunyoga keladi. Uning otasini Amir Tarag`ay va amakisi Xoji Barloslar qabilasining Bilar va yirik mulkdor amirlaridan edi. Temur yoshlik chog`laridanoq harbiy ishga nihoyatda qiziqardi. U tezda mohir suvoriy va qo`rqmas jangchi sifatida butun Qashqadaryo vohasiga taniladi. Uning atrofida Barlos qabilasidan chiqqan jangchi yoshlar to`plana boshlaydilar. Temur qo`l ostidagi navkarlar bilan ayrim amirlarga xizmat qiladi. Janglarda chiniqadi. 1360-1361 yillarda Chig`atoy xonidan bo`lgan Mug`uliston xoni Tug`luq Temur Movarounnahrdagi og`ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, uni bo`ysundirishga harakat qiladi. U hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo vohasiga bostirib kiradi. O`sha vaqtlarda Qashqadaryo viloyatining hokimi Xoji Barlos dushmanga qarshi kurashish o`rniga Xurosonga qochadi va o`sha yerda o`ldiriladi. Temur amakisining viloyatini qo`ldan bermaslik maqsadida Tug`luq Temur ishonchini qozonib uning xizmatiga o`tadi va Kesh viloyatiga hokim bo`lib tayinlanishga muvaffaq bo`ladi. Mug`uliston xoni Tug`luq Temur o`g`li Ilyosxo`jani Movarounnahrning hokimi qilib yuboradi. Ammo Temur unga xizmat qilishni istamaydi va Balx hokimi Amir Husayn ibn Mussalon ibn Qozog`on bilan ittifoq tuzadi. Temur Husaynning singlisi O`ljaoy Turkon og`aga uylangach ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada mustah­kamlanadi. Temur avval o`zboshimcha amirlarga qarshi ichki so`ngra Mug`ullarga qarshi tashqi kurash olib boradi. Seyistondagi janglarda qo`l va oyog`idan yarador bo`lib, bir umrga oqsoq bo`lib qoladi. Temur o`smirlik yillaridanoq Qur`onni yod bilgan uni ulamolar intiqom qilishib quvvai xotirasiga tassannolar o`qishgan. Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor qilish san`atini mohirona egallaydi. 20 yoshida esa abjir chavandoz bo`lib yetishadi. Endi u o`z vaqtini tengqurlari bilan o`tkazishni boshlaydi. Sohibqiron Amir Temur tarixan o`ta murakkab vaziyatda, XIV asrning 60-yillarida siyosat maydoniga chiqadi. Amir Temurning Samarqand taxti uchun kurashish davri 1361-1370 yillarni o`z ichiga oladi. Bu maqsadga erishish yo`lidagi qadamni u o`z xotinining akasi Balx viloyatining hokimi Amir Husayn bilan yaqinlashib Ilyosxo`jaga qarshi kurash boshlaydi. Temur Movaroun­nahr­ni mug`ullar zulmidan ozod qilishni va markazlashgan kuchli davlat tuzishni o`z oldiga bosh maqsad qilib qo`ygandi. Shuning uchun u Ilyosxo`ja qo`l ostida bo`lishni istamas edi. Temurning bu yuldagi xatti harakatlari to`g`risida Ilyosxo`ja otasi Tug`luq Temurga xat yozib «Temur bizga qarshi isyon tig`ini ko`tardi» degan. Xon o`z navbatida Temurni o`ldirish to`g`risida yorliq jo`natadi, lekin bu yorliq Temur qo`liga tushib qoladi. Bu hujjatdan xabar topgan Temur mug`ullarga qarshi qat`iy choralar ko`rish uchun jasur va qat`iatli jangchilarni to`plashga qaror qiladi. Temur o`z yigitlari bilan birgalikda Badaxshon tomon chekinib, maslakdoshlar qidirib, so`ng Badaxshondan Xorazm tomon yuradi. Xorazm sari yo`l olgan Temur yo`l-yo`lakay Balxda to`xtab uncha katta bo`lmagan kuch bilan Amir Husaynni o`z yo`liga tortadi.
Amir Temurni Xorazmda paydo bo`lganligidan xabar topgan va uni o`ldirish to`g`risida Ilyosxo`jadan maxsus topshiriq olgan Xiva hokimi To`kal Bahodir mingta otliq jangchilari bilan Temurga hujum qiladi. Bu jangda Temur oz sonli yigitlar bilan To`kal Bahodirning ming kishilik lashkarini tor-mor keltiradi. Jang oqibatida Xorazm askarlaridan 50 kishi Amir Temur kuchlaridan 10 kishi, ya`ni yetti otliq va 3 ta piyoda Xurosonlik qolgan. Bu uchta Xurosonlik ham kunlarning birida tunda payt poylab uchta otni o`g`irlab qochadilar. Temur g`oyat og`ir ahvolga tushadi. Bu holatdan xabar topgan Maxon hokimi Turklan Alibek Jonibek Qurbon Ilyosxo`jaga yoqish maqsadida Temurni qo`lga oladi va zindonga tashlaydi. Temur zindonda 62 kun yotib katta jasoratlar evaziga ozodlikka chiqadi. Sohibqiron o`zining 12 jangchisi bilan yana cho`l kezishda davom etadi. Shu payt ularga turkmanlar hujum qiladilar. Jang davomida Amir Temurni tanib qolgan turkmanlaridan biri o`z yigitlari bilan Temurga qo`shiladilar. Endi Temur yigitlari 60 kishiga yetadi va ular bilan Temur Xuroson tomon yo`l oladi yo`l-yo`lakay Temurga bir necha jangchilar kelib qo`shiladi. Temur askarlarining soni 200 taga yetadi, Ular Buxoroga yetib borganlarida Temur tarafdorlari 2000 kishidan oshgan edi. Temur Buxorodan Qandahorga kelganida unga yana 1000 kishi kelib qo`shiladi. Ammo hali bu kuchlar bilan Ilyosxo`ja kuchlariga qarshi jang qilib bo`lmasligini Temur yaxshi bilar edi. Chunki uning raqiblari 100 000 qo`shin to`play olish niyatida edilar. Shuning uchun Temur o`z qo`l ostidagi kuchlar yordamida ba`zi bir hududlarni egallab kuch va qudratini oshirishga qaror qiladi. Ana shu maqsadda u Gariser viloyatini egallaydi. Bu yerda ham 1000 ta otliq turk va tojik sipohlar Temur lashkarlari sonini to`ldiradilar. Endi o`zini qudratli his qilgan Temur Siyeston yerlariga hamla qiladi va uni egallaydi. Bu yerdagi shiddatli jangda Temur o`ng qo`li va o`ng oyog`idan qattiq yaralanadi.
Movarounnahrdan haydalgan Ilyosxo`ja 1365 yilda katta qo`shin bilan Sirdaryo tomon yo`lga chiqadi. Husayn bilan Temur zudlik bilan jangga tayyorlanadilar. Ular o`rtasidagi jang o`sha yil may oyining 22 chisida Chinoz bilan Toshkent o`rtasida bo`ladi. Jang paytida qattiq jala yog`ib, loygarchilik bo`lganligidan tarixda u «Jangi loy» nomi bilan mashhur bo`lib qolgan. Jangda Temur bilan Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qo`shini mag`lubiyatga uchraydi. Chunki jangda Temur qo`shini dushmanning o`ng qanotini chekinishga majbur qilib zafar topayotgan bir paytda Husayn o`z askarlari bilan chap qanotdan yengilib jang maydonini tark etadi. Yakkalanib qolgan Temur esa chekinishga majbur bo`ladi. Loy jangidagi mag`lubiyat dushmanga Movarounnahrga xususan uning markaziga yo`l ochib beradi. Mug`ullar Movarounnahrning markaziy viloyatlarida odatiy talon-tarojni yana davom ettiradilar. Mana shunday og`ir bir siyosiy vaziyatda hokimiyatsiz qolgan mamalakat aholisi, garchi o`z holiga tashlab qo`yilgan bo`lsa ham Ona yurt mudofaasini o`z qo`llariga olishga va mug`ul­­lar hujumini qaytarishga kirishadi. O`z g`alabalaridan sarmast bo`lgan Ilyosxo`ja boshliq mug`ullar jabrdiyda xalqning qaqshatqich zarbasiga uchraydi. Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davom etgan mug`ullar hukmronligi va mahalliy feodallarga qarshi ko`tarilgan bu harakat tarixda «Sarbadorlar» harakati nomi bilan shuhrat topadi.
XIV asrning 60 yillarida Movarounnahrda siyosiy va iqtisodiy vaziyat nihoyatda og`irlashib ketadi. Feodal tarqoqlikning kuchayishi, ichki feodal urushlarning uzluksiz davom etishi va tashqi dushmanlar­ning hujumlar avj olishidan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari tanazulga uchrab, aholi og`ir tanglikni boshidan kechir­mokda edi. Bundan savdogarlar, hunarmandlar va dehqonlar g`oyatda norozi edilar. Aholining bunday tabaqalari orasida mavjud og`ir ahvoldan qutilish, mamlakatni birlashtirish uchun kuchli bir davlat tashkil etish harakati kuchaydi. Husayndan ko`ra Temur o`z zamonining bunday talabini yaxshi tushunardi. Sohibqiron Amir Temur Movaroun­nahrni yagona hukmdori bo`lgach, buyuk saltanat barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Amir Temurning buyuk salatanat barpo qilish bobidagi sa`yi harakatini shartli ravishda ikki davrga bo`lish mumkin. Birinchi davr: 1370-1388 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda Amir Temur asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan Chig`atoy mulkini markazlashgan qudratli davlatga birlishtirish uchun kurashadi.
Ikkinchi davr: 1388-1405 yillardir. Bu davrda Amir Temur o`z davlati hududini kengaytirish va buyuk saltanat barpo qilishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib bormasin, u adolatni himoya qilgan, insof va diyonat uchun jangga kirgan. Temur zamonasining buyuk imperiyasini barpo qilgan bo`lsada, ammo u umrining oxirigacha o`zini bu davlatning «qonuniy xoni» deb e`lon qila olmadi. Chunki u nasl-nasabi jihatidan Chingiziylar sulolasiga mansub emas edi. Shuning uchun ham Amir Qozonxon tomonidan belgilangan an`anaga ko`ra, Temur avval o`z huzurida Movarounnahrning Chingizxon avlodidan bo`lgan 30-xoni Suyurg`otmishni, uning vafotidan keyin esa Suyurg`otmishning o`g`li Sulton Mahmudjonni rasmiy xon qilib ko`tarib, hatto umrining oxirigacha ularning nomidan yorliqlar chiqartiradi, pullar zarb ettiradi. Ammo har ikki xon ham nomigagina xon bo`lib davlatning siyosiy hayotiga va Temur bergan farmoyishlarga aralashmasdilar. Shunga qaramasdan, Temur mamlakatda o`zining bevosita hukmronligiga qonuniy tus berish va uni mustahkamlash maqsadida o`zining oldingi raqibi Amir Husaynning tul xotini Saroy Mulkxonimga uylanadi. Saroy Mulkxonim Movarounnahr­ning Chig`atoy xonadonidan chiqqan so`nggi xoni Chingiziylar avlodi Qozonxonning qizi edi. 1370 yilda Saroy Mulkxonim bilan bo`lgan nikoh tufayli Temur o`zining darajasiga «Ko`ragon» ya`ni «Xonning kuyovi» unvonini qo`shib oladi va rasmiy hujjatlarda «Amir Temur Ko`ragoniy» nomi bilan yuritishga musharraf bo`ladi. Temur ichki va tashqi siyosatida asosan harbiy qo`shinga tayanar edi. Temur qo`shini 10 talik askariy birikmalari asosida tuzilgan lashkarlardan iborat edi. Temur askar va amirliklarga alohida e`tibor beradi. Har bir zobit jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz sanalgan. Buyuk lashkarboshi va navator harbiy tashkilotchi sifatida Temur o`ta intizomli armiya tuzishga, muhoraba chog`ida qo`shin qismlarini san`atkorona boshqarishi, jang taqdiri hal bo`ladigan joylarga harbiy kuchlarni o`z vaqtida ustalik bilan yo`llashga, har qanday to`siq va g`ovlarni tadbirkorlik bilan bosib o`tishga armiyadagi jangovor ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo`ldi. Sohibqiron Turk-mug`ul xalqlari, xususan Chingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang olib borish omillarini atroflicha o`rganib, tahlil qiladi va zarur o`zgartirishlar kiritadi. Temur qo`shining tarkibi Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mug`uliston, Xorazm, Mozandaron, Jata singari yerlardan yig`ilgan askarlaridan tashkil qilar edi.
Dushman mudofaaasini turli usullar yordamida barbod qilish, g`anim tomonining yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega bo`lgan shaharlarga qo`qqisdan zarba berish, zabt etilgan mamlakat­larning boshliqlarini ayniqsa lashkarboshilarni hibsga olish, qal`a va qo`rg`onlarni uzoq muddat davomida muxosara qilish, yov kuchlarni iloji boricha keng qamrovda qurshab olish, uning qishloq, tuman, shahar, viloyatlarni birin-ketin fath etish, dushmanni batamom yakson etgunga qadar ta`qib qilish, fath bo`lgan yurtlarni boshqarish uchun o`zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maqsadlarni ko`zlab ish yuritish Temurga ko`plab zafarlar olib keldi. Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurning zarbdor qismi hisoblangan, ular og`ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo`lingan. Yurishga jo`nashdan oldin Temur arkoni davlat, vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chaqirgan. Ayni chog`da ulusning turli viloyat va tumanlarida, shuningdek tobe yurtlardan qo`shin to`plash uchun maxsus buyruq-to`nkal e`lon qilingan.
XV asrda temuriylar davlati Xitoy, Hindiston, Tibet va boshqa qo`shni mamlakatlar bilan savdo aloqalari olib boradi. Shunisi ham borki, XV asrda xususan uning birinchi yarmida mamlakatning iqtisodiy jihatdan ravnaq topishi, ayniqsa hunarmandchilik va ichki savdoning rivojlanishi ma`lum darajada shu davrda o`tkazilgan pul islohoti bilan bog`liq edi. Amir Temur va uning vafotidan keyin Temuriy shahzodalar o`rtasida boshlangan o`zaro kurashlar va harbiy yurishlar mamlakatning ichki hayotiga salbiy ta`sir etsada, biroq Shohruh, Ulug`bek, Abdusaid, Sulton Husayn hukmronlik qilgan davrlarda mamlakatda ma`lum darajada qaror topgan osoyishtalik tufayli ilgaridan davom etib kelayotgan an`analar asosida ilm-fan va madaniyat yanada jonlanadi.
XV asrda Samarqand va Hirotda me`morchilik, naqqoshlik, tasviriy san`at, adabiyot yuksak darajada taraqqiy etadi. Temuriy hukmdorlar orasida ayniqsa Ulug`bek bobosi Temur kabi mamlakatda qurilish ishlariga katta ahamiyat beradi. U hukmdorlik qilgan davrlarda birqancha masjid madrasa, hammom, sardoba va karvonsaroylar quriladi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etiladi. Avvalo u Temur davrida qurib bitkazilmagan talaygina binolarni nihoyasiga yetkazadi. Ulug`bek ayniqsa Samarqandni obod qilishga katta e`tibor beradi. Uning davrida Samarqand shahrining Registon maydoni shakllanadi. 210 gumbazli Ko`kaldosh Jome masjidi qad ko`taradi. Bunday imoratlardan faqat Ulug`bek madrasasigina saqlanib qolgan. XV asrning madaniy hayotida istirohat bog`lari tashkil etish san`ati ham diqqatga sazovordir. Samarqand, Buxoro, Marv, Hirot kabi yirik shaharlar atrofida go`zal oromgohlar barpo etiladi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin