Xulosa Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,Sohibqiron buyuk bobokalonimiz Amir Temur o’z davri uchun buyuk sarkarda bo’libgina qolmay o’zining harbiy salohiyati va ilm-fan yo’lida qilgan ishlari bilan ham tarixchi olimlar tomonidan o’rganilib kelingan. Ulug` bobomiz Amir Temur ko`hna shahar Shahrisabzga qarashli Xoja Ilg`or qishlog`ida 1336 yil 9 aprel kuni tug`ilgan. Otasi Tarag`ay Bahodir Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo`lgan barlos qavmidan chiqqan o`rtahol beklardan bo`lib, Chig`atoy xonlaridan Qozonxon ( ) lashkarida xizmat qilardi. Xoja ilg`or qishlog`i va uning tevarak-atrofidagi erlar unga mulk hisoblanardi. Onasi Takina begim ham naslu nasab jihatdan aslzodalar jumlasidan edi. U Buxorolik mashhur faqih Toj ash-sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo`lgan Ubaydulla Masudning avlodi (1350 y. vafot etgan) edi. Temurbekning bolaligi va yoshligi qanday kechganligi haqida o`sha zamonlarda yozilgan kitoblarda aniq malumot yo`q. Lekin bizda qadimdan xonzodalar, shahzodalar va bekzodalarning talim-tarbiyasiga alohida etibor berilgani malum. Ularga to`rt yoshidan boshlab talim berish boshlangan. Ularga shu yoshdan boshlab xat-savodini chiqaruvchi muallimlar va xotirasi va fikrlash salohiyatini oshiruvchi maxsus qissaxonlar biriktirilgan. Qissaxonlar xonzoda, shahzoda yoki bekzodadan atigi 6-8 yosh katta bo`lishgan va birga o`ynashib yurganlar. Endigina to`rtga kirgan Muhammad Tarag`ay (Ulug`bek)ga biriktirilgan Hamzaning yoshi 12 da bo`lgan. U keyincha katta olim bo`lib etishdi va Shayx Ozariy nomi bilan shuhrat topdi. O`ylaymizki, Tarag`ay Bahodir birmuncha kambag`allashib qolganiga qaramay, o`g`lini yoshligidan aslzodalarga yarasha o`qitgan va har taraflama bilim bergan: katta-kichik bilan muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o`rgatgan, albatta. Ov va harb ilmlari xonzoda, shahzoda va bekzodalarga maxsus o`rgatilgan. Negaki, bu ikki ilm ularni yoshlikdan chiniqtirgan. Bu ikki ilmni o`rgatish uchun maxsus ustozlar yollangan. Shahzodalar va bekzodalar ot chopish, nayza sanchish, o`q otish, chovgon o`ynash, qilichbozlik kabi harbiy sanatlardan talim olganlar. Va yana ularni yoshlikdan saltanat tebratish ilmiga ham o`rgatganlar. Bunga o`sha zamonlardan qolgan «Suluk ul-muluk» («Podsholarga qo`llanma»), «Tuzuklar» va boshqa nomlar bilan etib kelgan kitoblar guvohlik beradi. Bu kitoblarda amaldorlarni tanlash va o`z o`rniga qo`yish, hukumat ishlarini yuritish, tabaqalarning arz-shikoyatlarini eshitish, hukm chiqarish kabi davlat amallarini ado etish kasbi tushuntirib berilgan. Temurbek ham yoshligidan shu ilmlarni kasb etgan. Amir Temurning hayot paytida chizdirgan maxsus surati yo`q. Lekin zamondoshi Ibn Arabshohning so`z bilan ifodalan murati bor. U Temurning shaklu shamoilini bunday tasvirlaydi: «Temur qaddi-qomati kelishgan, baland bo`yli, tik qomatli, keng peshonali, kallasi katta, bag`oyat kuchli, salobatli, yuzi oq-qizildan kelgan, lekin bironta dog`i yo`q, bug`doy rang emas, qo`l-oyoqlari baquvvat, elkalari keng, barmoqlari yo`g`on, boldir va poychalari semiz, qaddu qomati kamoliga etgan, sersoqol, ikki ko`zi bamisoli sham bo`lsada, shodligi bilinmas, yo`g`on ovozli edi. U o`limdan qo`rqmas, qartayib qolgan bo`lsa-da iztirobsiz, vazmin, badani to`la va pishiq, xuddi tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax va yolg`onni yoqtirmas, o`yin- kulgiyu, ko`ngilxushlikka maylsiz, garchi (so`zda) o`ziga ozor etadigan biron narsa bo`lsa hamki, sadoqa tunga yoqar, maqulroq edi. U bo`lib o`tgan ishga aziyat chekmas edi va o`ziga hosil bo`ladigan yutuqdan shodlanmas edi
Amir Temur o`tkir fikrlovchi, farosatli, ziyrak, do`st-dushmanni bir qarashda ajrata biladigan, mard va haqgo`y kishilarni yoqtiruvchi, donov a katta hayot tajribasiga ega bo`lgan kishilarni do`st tutar, xoinlikni va xoinliklarni yomon ko`rardi. Hazrat sohibqiron fel-atvori durust, xullas yaxshi kishi edi. Ibn Arabshohning sozlariga kora: «U sinchkov, har bir ishoratdan ogoh kishi bo`lib, yuz berishi mumkin bo`lgan hodisalarni ko`rib-bilib turar edi. Uning nazaridan aldovchining aldovi yashirinib qolmas va firibgarning firibi o`tmas, o`z farosati bilan haqgo`y va yolg`onchini ajratar edi. Ziyrakligi bilan haq nasihatgo`ydan sohta nasihatgo`yni ajrata olar, o`z fikri va idroki bilan sal bo`lmasa «o`char yulduz» ni to`g`ri yo`lga solib yuborar, o`z farosati va mulohazalari bilan bexato aylanib turgan sayyora o`qini o`z orqasidan ergashtira olar edi» Hazrat sohibqiron mard kishi edi: «Temur qo`rqmas, shijoatli, botir kishilarni o`z orqasidan ergashtiruvchan bo`lib, jasoratli, dovyurak va mard kishilarni yoqtirar edi. Ularning yordamida dahshatli joylarni fath etib, sheryurak odamlarni asirga tushirar, o`lja qilar, ularning zarbalari bilan baland tog` cho`qqilarini ham vayron qilardi. Arabshohdan: «Uning majlislarida uyatsiz gaplar, qon to`kish, asir olish, g`orat qilish va ayollar xususida haqoratli so`zlar aytilmas edi. Temur tengi yo`q fel-atvorli, chuqur mulohazali kishi bo`lib, tafakkur dengizining qari yo`q, tadbiri tog`iga na tekisligu, na o`ydim-chuqur orqali yo`l topilar edi, ilm ahliga mehribon edi».
Amir Temur qo’shini tarkibini Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo’g’uliston, Xorazm, Mozandaron, Jeta singari yerlardan yig’ilgan askarlar tashkil qilar edi.
Unda muntazam qo’shinga xos bolgan ko’pgina belgilar mavjud edi: qo’hin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirilib borilgan, armiya o’z zamonasining ilg’or qurol va texnikasi bilan qurolantirilgan, aynan bir turdagi qurol-yarog’, aslaha-anjom bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim boshi, tutgan bayroq yoki tug’I orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo’shinniboshqarishda juda qo’l kelgan.
Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.
Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.
Amir Temur so’zlariga binoan siyosat bilan maqsadga erishish mumkin bo’lgan yerda qurol bilan harakat qilish noto’g’ridir. Urush boshlashdan avval dushman qo’shinlarining qurol ishlatish usullarini o’rganish, hujum va chekinish uchun qulay yo’llarni bilib olish, dushman qo’shinining ruhiyatiga hamda ularning hokimlari valashkarboshilari fazilatlariga ta’sir etish vositalarini topish kerak. Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. Biror davlatda zolimlik, zo’ravonlik, jabr-zulm kuchli bo’lsa, Amir Temur fikricha, har bir adolatli hukmdor bunday zo’ravon davlatga qarshi urush e’lon qilishi kerak va bunday sharoitda Tangrining o’zi unga madadkor bo’ladi.
Bosib olingan yerlarning kengayib borishi bilan Amir Temur qo’shinlari soni ham ortib boraverdi. Bosib olingan viloyatlardagi qurol ko’targan har bir kishi Amir Temur lashkariga qabul qilinar va amaliga qarab maosh olardi. Jasur jangchilarning farzandlariga ham nafaqa to’lanar, agarda ular jasorat ko’rsatsalar, yuqori mansablarga ko’tarilishlari ham mumkin edi.Dushman tomon qo’shinlari ham shu asosda xizmatga qabul qilinardilar.Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarning markaziymaydonlarida Amir Temurga haykal o’rnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), “Amir Temur” ordeni ta’si etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg’armasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va she’riy hamda nasriy asarlar yaratildi.