Ona tilidan dars tiplari va ularga qo yiladigan talablar (1)
Kurs ishining tarkibi: Ishning tarkibi kirish,asosiy qisim 2 bob 5 bo`lim, xulosa qismi hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I bob. Ona tili fanidan dars tiplarining ta’lim jarayonidagi o‘rni. 1.1. Dars jarayonini tashkil qilishda dars tiplarining ahamiyati. Dars inson tafakkuri durdonalarini, fan va texnika, san’at va adabiyot yutuqlarini, Vatanimiz tarixi hamda xalqimizning milliy madaniyatini yoshlarga singdirishning asosiy shaklidir. Dars ta’limning boshqa shakllaridan o‘zining tashqi va ichki xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. O‘quvchilarning doimiy guruhi, qat’iy rejim va dars jadvali, mashg’ulotlarni ma’lum xonada o‘tkazish kabilar tashqi xususiyatlarga, darsning maqsadi, o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlari, ta’lim materialini his qilish, anglash, tushunish kabilar ichki xususiyatlarga kiradi. Dars ana shu ikki xil xususiyatning o‘zaro uyg’unlashuvi zaminida tashkil etiladi. Keyingi paytlarda dars va uning tashkiliy qurilishida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Juda ko‘p olimlar, metodistlar, ilg’or o‘qituvchilar mahalliy va markaziy matbuot sahifalarida dars qurilishini takomillashtirish, ta’limda o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish to‘g’risida g’oyat qimmatli fikrlar bildirmoqdalar. Lekin ona tilidan o‘tkaziladigan darslarning tashkiliy qurilishi ba’zi bir nuqsonlardan ham xoli emas. Darslarda yangi o‘quv materialini o‘rgatish va mustahkamlash jarayoni o‘rtasidagi uzilish, vaqtdan ratsional foydalana olmaslik, dars tiplarini aksariyat o‘qituvchilarning ajrata bilmasligi kabilar ana shunday nuqsonlar sirasiga kiradi.
So‘z signal bo‘lganidek, dars tipining nomini bildiruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi o‘qituvchi uchun signal vazifasini o‘taydi. O‘qituvchi uchun tushuncha hamda signal vazifasini o‘tayotgan dars tipining nomi, masalan, “yangi bilim berish darsi” iborasi xatoliklarga olib kelmoqda (Oliy o‘quv yurtlari uchun pedagogikadan yaratilgan qo‘llanmada darslarning birinchi tipi “yangi bilim berish darsi” deb atalgan). Chunki “yangi bilim berish” degan ibora bilan dars tipini ajratadigan o‘qituvchi mashg’ulotning asosiy maqsadi qilib yangi bilim berishni belgilaydi-yu, uni mustahkamlashni e’tibordan chetda qoldiradi.
Tajribali o‘qituvchilar yangi mavzuni o‘rgatishni ikki xil yo‘l bilan olib borishadi: o‘rganiladigan material oldingi mavzularning birontasiga bog’liq bo‘lsa, ishni takrorlashdan boshlaydilar. O‘tilgan mavzu takrorlangach, yangi o‘quv materiali tushuntiriladi. Agar yangi mavzu oldin o‘tilgan fasllarga bog’lanmagan bo‘lmasa, to‘g’ridan-to‘g’ri yangi mavzu tushuntirilaveradi. Ikkala holatda ham yangi o‘quv materiali o‘tilgach, uni mustahkamlash ustida ish olib boriladi. Yangi materialni o‘rgatish darsining asosiy ikkita belgisi bor: yangi bilimlarni o‘rgatish; o‘rgatilgan bilimlarni dastlabki mustahkamlash. Shu xususiyatlariga ko‘ra darsning bu tipini uning boshqa turlaridan farqlaymiz. Demak, yuqoridagi dars tipini “yangi materialni o‘rgatish va mustahkamlash darsi” deb atamoq maqsadga muvofiq bo‘ladi.
«Bumerang» texnikasi – o‘quvchi-tinglovchilarni dars jarayonida, darsdan tashharida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchi-tinglovchilarni baholay olishga qaratilgan.
«O‘qituvchi shaxsi» treningi – o‘qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi «O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan tinglovchilar» mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
«Muloqot» texnikasi o‘qituvchilarni auditoriya diqqatini o‘ziga jalb etish, dars jarayonidahamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga, uni tashkil etishni o‘rgatishga qaratilgan.
«Boshharuv» texnikasi o‘qituvchilarni auditoriyani boshharishdagi usullari hamda o‘quvchi-tinglovchilarni ish jarayonida boshharish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o‘rgatishga qaratilgan.
Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- muomalalik;
- xushfe’llik;
- ko‘nikuvchanlik;
- o‘zlarga fikriga hurmat;
- faollik;
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
- ishga ijodiy yondashish;
- o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
- o‘zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan «ha»yoki «yo‘q» tipidagi to‘g’ri, ochiq, javoblarni berishni ko‘zda tutadi.
Ko‘ndalang so‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan harorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko‘ndalang so‘roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Pedagogika darsliklarida darslarning ikkinchi tipi “Mustahkamlash darsi” nomi bilan atalgan. Bunday darslarda o‘quvchi oldin o‘rganilgan materialga ikkinchi marta qaytadi, olgan nazariy bilimlari asosida amaliy mashqlar bajaradi. Ruhshunoslar “bilimlarni mustahkamlash” iborasi ruhiy jarayonni o‘zida to‘liq aks ettirmaydi deb, “mustahkamlash” terminiga shubha bilan qaramoqdalar. Bunday mustahkamlash mashg’ulotlarida mashq qilish yo‘li bilan o‘quvchilarda malaka hosil qilinadi. Shuning uchun darsning bu tipini “mustahkamlash darsi” deb emas, balki uni “o‘tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darsi” deb yuritgan ma’quldir.
Darsning tashkiliy qurilishidagi asosiy kamchiliklardan biri - dars tiplariga berilgan nomlarda bo‘lsa, ikkinchisi - darslarning tipologiyasidadir. Didaktika va xususiy metodikaga oid adabiyotlarda dars tiplari turlicha ajratiladi. Pedagogika darsligida “Mashg’ulotning asosiy qismini (dars soatining ko‘p qismini) ishg’ol qilgan dars shakli...” dars tiplarini ajratishning asosiy kriteriysi sifatida qabul qilinadi. Ba’zi pedagoglar dars tiplarini tasnif etishda o‘qitish metodlarini ko‘zda tutadi. Vaqt taqsimoti, o‘qitish metodi dars tiplarini ajratishning asosiy tamoyili bo‘la olmaydi. 45 minutlik vaqtni taqsimlashda o‘quv materialining hajmi, murakkabligi, sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasiga asoslaniladi. Bir metod yordamida o‘rgatilgan mavzuni boshqa metod vositasida ham o‘rgatish mumkin. Buning uchun o‘quv materialining mazmuniga muvofiq, uni o‘rgatishni osonlashtiradigan metodni tanlay bilish lozim.