Mundarija: I. Kirish I bob. Ona tili fanidan dars tiplarining ta`lim jarayonidagi o‘rni


Kurs ishning maqsad va vazifalari



Yüklə 154,5 Kb.
səhifə2/8
tarix30.03.2023
ölçüsü154,5 Kb.
#91324
1   2   3   4   5   6   7   8
Ona tilidan dars tiplari va ularga qo yiladigan talablar (1)

Kurs ishning maqsad va vazifalari: Jamiyatimiz yuqori ma’lumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, o‘z bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli darsga bo‘lgan talab ham o‘sib boradi. Darsga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir. Darslarda o‘rganiladigan bilimlar mazmuni o‘zbek tilshunosligining ilmiy yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayonining maqsadiga hamda bolalarning bilim saviyasiga mos bo‘lishi zarur.
Ta’limda bularning birontasiga rioya qilinmasa, ona tili mashg’ulotlarining samaradorligiga putur etkaziladi. O‘quvchilarning yoshiga mos kelmaydigan elementar yoki nihoyatda murakkab bilimlar bolalarning til faniga oid qiziqishlariga salbiy ta’sir qiladi. Ona tili darslarida o‘qitish metodlari bilan birga, fan sohasida ishlatiladigan usullardan foydalanish mashg’ulotlarning samaradorligini oshiradi. Bolalarga tahlil va qayta qo‘sha olish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara bilish, til hodisalarini kuzatish, kuzatilgan hodisalarga oid dalillar to‘plash, to‘plangan dalillarni taqqoslash yo‘llarini o‘rgatish o‘qituvchining asosiy vazifasidir.
Kurs ishining predmeti: boshlang‘ich sinflarda ona tili va savodxonlik darslarini samarali tashkil etish.
Kurs ishining tadqiqot manbai: Ona tili darslarida dars tiplari ustida ishlash
Kurs ishining metodologik asosi: O`zbekiston Respublikasining sohaga oid Qonun, davlat hujjatlari, shuningdek, boshlang‘ich ta`lim bo`yicha “Boshlang‘ich ta`lim konsepsiyasi”, ona tilidan o`quv dasturlari, maktab darsliklari, boshlang‘ich sinflarda maktab darsliklarini yaratish mezonlari, pedagogika, psixologiya va ona tili o`qitishning nazariy asoslarini tashkil etadi.
Kurs ishining metodlari: boshlang‘ich sinflarda ona tilidan dars tiplari va ularga qo`yiladigan talablarni o`rganish va ular asosida darslarni tashkil qilish.
Mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati: mavzuni yoritish jarayonida dars tiplari va ularga qo`yiladigan talablar, darsning maqsadi va vazifalarini o‘rganib chiqdik va o‘z ishimizda bayon etdik.

Yüklə 154,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin