Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 94,4 Kb.
səhifə2/5
tarix21.02.2022
ölçüsü94,4 Kb.
#52893
1   2   3   4   5
Kurs ishi

Kurs ishi maqsadi- MTTga rahbar xodimlarni tanlashning mavjud imkoniyatlari
va unga zamonaviy yondashuvlar tizimini yaratish.
Kurs ishi vazifalari: MTTga rahbar xodimlarni tanlashning mavjud imkoniyatlari
va unga zamonaviy yondashuvlarni ahamiyatini asoslab berish.
Kurs ishi ob’ekti: MTTga rahbar xodimlarni tanlashning mavjud imkoniyatlari va 7
unga zamonaviy yondashuvlar.
Kurs ishi predmeti - MTTga rahbar xodimlarni tanlashning mavjud imkoniyatlari
va unga zamonaviy yondashuvlarning samarali shakl, metod va vositalari.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi: Kirish, asosiy qism, umumiy xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhati hamda ilova materiallaridan iborat.


1.Rahbarlik tushunchasining mazmun mohiyati.
Rahbarlik (fors yo‘lboshchilik) o‘z faoliyati sohasida yuksak ko‘rsatgichlarga
(natijalarga erishgan) (V.Paretov) harizmatik (M. Veber) boshqalardan inteliktual
va axloqiy jihatdan ustun bo‘lgan (D.Yuverje) siyosiy munosabatlarda eng faol
hokimiyat uchun intilayotgan (Mills) Jamiyatning tashkillashgan ozchiligi
(G.Moska) biyologik va irsiy kelib chiqishi sababli jamiyatda yuqori darajaga
erishgan. Mutaxassislarning fikricha tashkilot rasman mavjud joyda qaror topadi,
ledirlik esa psixologik munosabatlar asosida vujudga keladi. Rahbar ledirlikdan
qonuniy o'lchovlarga egaligi, rasmiy tashkilot bilan yuzaga kelishi, huquq asosida
funksiyaga kirishuvi bilan farq qiladi. Rahbar ijtimoiy nazorat va hokimiyat
vositachisi bo‘lsa ledir guruhga birlashgan sub’yektlar meyor va maqsadlarning
favqullotda yuzaga chiqishi bilan bog’liq psixologik munosabatlar xosilasidir.
Rahbarning faoliyati huquqiy meyorlar bilan ta’minlanadi, ledirning faoliyati esa
hamkorlikdagi aloqa va munosabatlarning ma’naviy ruhiy meyorlari bilan
kafolatlanadi. Ikki yoki undan ortiq shaxslarning muayyan maqsad yo‘lida
birlashuvi yoki birlashtirilishi guruhni tashkil etadi. Guruh mavjud joyda esa
rahbar faolyat ko‘rsatadi. Jamiyat ichida eng kichik guruh sifatida oilani olsak
uning tarkibida albatta rahnoma va ergashuvlar mavjud. Oila rahbari taraqqiyot
yo‘nalishi, maqsad va rejalarni belgilovchi hamda muvofiqlashtirlovchi asosiy
shaxsdir, shuningdek oilani boshqarish tartibga solish ta’minlash choralarini
ko‘rish kabi turli-tuman muammolar uning zimmasida bo‘ladi. Bular rahbarning
qanday shaxs ekanligini uning oila muammolarini qanday darajada amalga oshira
olishi dunyo qarashi tafakkuri, qobiliyati tadbirkorlik kabi qator hususiyatlariga
bog‘liqki. Rahbar shaxsiyatini tahlil qilish uni tanlash va baholashni alohida tadqiq
etish rahbar shunoslikning muhim tadqiqot ob’yekti sifatida maydonga chiqadi.
Shuningdek ta’lim–tarbiya beruvchi, yo‘l yuriq ko‘rsatuvchi, ustoz yoki faoliyatda 9
murabbiy din ilohiiyat bilan bog’liq faoliyatda murshid shaxslarga nisbatan ham
rahbar atamasi foydalaniladi. Rahbar har qanday guruh yoki tashkilotda umumiy
va cheklangan vazifalar oldidagi ma’suliyatlardir. Rahbar deganda rahbar
tomonidan oshirilgan va amalga oshirlayotgan hamda amalga oshirilishi ko‘zada
tutilgan faoliyatlar xatti-harakatlar nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra rahbar
boshqaruvning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Boshqaruvning insoniyatga ma’lum uchta sosiy turi mavjud. Inson aql zakovat
yordamida tartiblashtirilib madaniy an’analarga singdirilgan ya’ni
tabiiylashtirilmagan yozilmagan qonun qoidalar yordamidagi boshqaruv, bevosita
tayinlangan ma’sul shaxslar yordamidagi boshqaruv, qonunlar qo‘llanmalar,
qoidalar kabi yozma hujjatlar yordamidagi boshqaruv. Hozirgi vaqtda rahbarlikka
faqat kasbiy faoliyat sifatida qarash an’anasi kucahygan va u mansabdor hamda
mansabdorlikni o‘rganish sohasi sifatida iqtisoslashgan. So‘ngi yillarda mazkur
soha mutaxassislar uzoq tortishuvdan keyin ushbu turlarni “Mansabdor shaxs va
bajaruvchi vazifasini bajaruvchi shaxs” tarzida talqin qilmoqda. Rahbariyat
boshqaruv tizimi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, eng kichik ko‘p tarmoqlar tashkilot
va uyushmalardan tortib, davlat va jamiyat doirasida yerik tuzilmalargacha barcha
idoralarga xos rahbarlardan iborat yahlit guruhni ifodalaydi. Unda rahbar va
rahabriyatdan farqli ravshda bir-biriga buysunuvchi yoki parallel ish olib boruvchi
tarmoqlar va ularni birlashtiruvchi tuzilma faoliyat asosiy masala bo‘lib ko‘pchilik
shaxslardan tashkil topgan bunday tizimda bir kishining emas balki butun bir
tuzilmaning hususiyatlari hamda faoliyati bosh masla hisoblanadi.
Rahbariyat guruhlashgan idoraning tashkiliy tuzilishi bilan birga maqsadga kura
tarmoqlanish hususiyatlari, ishlash jarayoni, prinsipalar va qonuniyatlar sohalar
bo‘yicha a’loqadorligi hamda muvoffiqligi hamda shart sharoitlari hamda shu kabi
boshqa masalalarni qamrab oladi. Rahbariyat masalalarini tadqiq etish bugungi
kunda asosan davlat boshqaruvi personal boshqaruvi davlat hizmati va uning 10
tarmog’i bo‘lgan hizmat huquqi fanlari doirasida amalga oshiriladi. Lekin
rahbariyat qanday va qancha tarmoqqa bo‘linmasin yagona tizim bo‘lganligi
tufayli uning ma’lum qonuniyatlar metodlar hamda prinsiplarga asoslangan
maqsad va vazifalari mavjud. Ularni o‘rganish, tahllil etish, baholash, tadqiq
etishning o‘zi yahlid yo‘nalishdir.
Shularga ko'ra rahbariyatning mohiyatini har tomonlam o‘rganish rahbarshunoslik
doirasida amalga oshiriladigan ish hisoblanadi. Rahbarsunoslik rahbariyat
rahbarlik bilan bog’liq hususiyatlarni tadqiq etuvchi fanning o‘ziga xos
yo‘nalishidir. Uning diqqat markazida:
1) bevosita yoki bilvosita rahbarshunoslikka doir tarixiy zamonaviy yozma
manbalar ularning ijodkorlari rahbarshunoslik bilan bog’liq tarixiy va zamonaviy
voqiya hodisalar amaliy jarayonalar rahbarshunoslik ob’yektlarining o‘ziga xos
hususiyatlarini o‘rganish;
2) fan va amaliy jarayondagi masalalarni bir butunlikda olib ularning
rivojlanish shart-sharoitlari. Asoslari yo‘nalishlari tatbiq etish ob’yektiv vazifalari
va boshqalarni ilmiy tekshirish muvofiqlashtirish va qiyosiy tahlil qilish.
3) Sohaga oid qonuniyatlarni kashf qilish va tarqqiy ettirish shu maqsadda
muayyan davr hamda kelajak uchun muhum xulosalar tag’dim etishni
tizimlashtirish kabi masalalar turadi.1
Rahbarshunoslik fanining bosh vazifasi o’z ob’yektlariga doir barcha masalalar
ilmiy amaliy va nazariy jihatdan teran o’rganish vositasida: jamiyat taraqqiyoti
uchun xizmat qiladigan muhim xulosalar taqdim etish erishilgan natijalarni
ahamiyati, tadbiq etish davri o‘rni va maqsadlarini aniqlagan holda qo‘llash uchun
tavsiyalar, tizimlar, funksional tizimni taqdim etish jamiyatga xizmat ko‘rsatish
samaradorligini asoslash amaliy jarayonalarda zamonaviy bilimlar bilan
qurollantirib borish; rahbar hodimlar uchun vujudga kelish mumkin bo‘lgan yangi
shart-sharoitlar hamda vaziyatda zarur xususiyatlar, tartiblar, qoidalar, va 11
boshqalar. Talabalarni bashorat qilish eng ilg’or sifatlar, samarali faoliyat shakllari
tashkiliy mehanizmlar hamda uslublarni ishlab chiqish va jortiy etiushdan iborat.
Rahbarshunoslik fanining ijtimoiy ahamiyati shundan iboratki uning ob’yektlari
jamiyat va uning faoliyati xalq turmush tarzi va taraqqiyot o‘rtasida bog’lovchi
bo‘g’in hisoblanadi.
Rahbar har qanday ijtimoiy guruhda taraqqiyotga intilishning siyosiy jihatdan
strategik takdik yo‘nalishlarini huquqiy jihatdan faoliyat imkoniyatlari va
chegaralarni iqtisodiy jihatdan shart-sharoitlari moddiy asoslari va maxsulotlarini
ma’naviy jihatdan esa tarbiyaviy, ma’rifiy va madaniy darajasini shakllantirishda
yetakchi o‘rin tutadi. Bu esa rahbardan yuksak aql zakovat, keng duniyo qarash
rahbarshunoslik fani doirasida erishilgan barcha yutuqlardan zamonaviy
ma’lumotlardan xabardor etishni talab etadi. Shu ma’noda rahbar
rahbarshunoslikning alohida fan sifatida o‘rganilishi tashkilot jamiyatning
taraqqiyot sari tez va ilg’or g’oyalar asosida ilgarilashga katta ta’sir ko‘rsatdi
hamda yuqorida zikr etilgan muammolarni anglash va o‘z vaqtida hal etishga
demak rahbar faoliyatining izchilligi, sifat va samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi.
Rahbar madaniyati–rahbar xodimlar yetakchilar yo‘l boshchilarga xos ma’naviy
qiyofa axloq odob, muomila va boshqaruv madniyatini ifodalovchi so‘z birikmasi.
Madaniyat avvalo ma’naviy boylik xosilasi. Siyosiy madaniyati yuksak rahbar
millat davlat xalq manfaati nazaridan ish tutadi, umummanfaatni o‘z shaxsiy
ehtiyoj va manfaatlaridan ustun qo'yadi. Rahbar va rahbarlikka davogar shaxs
alohida xulq atvorga, ma’naviyat va madaniyatga ega bo‘lish uni doimiy ravishda
takomillashtirib borish zarur. Buning uchun siyosiy hayotdan xabardor bo‘lish
yoki iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Ular
jahon tajribalari asosida shakllangan ilg’or boshqaruv malakalarini ham
o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Bugungi rahbar bunga zimmasidagi vazifalarga 12
yuksak ma’suliyat bilan yondashish o‘ziga nisbatan talabchanlik orqali erishadi.
Siyosat iqtisod va ma’naviyatga dahildor kitoblar va mumtoz adabiyot tarixiy
jarayonlarni chuqur mushohada qilish ham uning duniyo qarashini kengaytiradi.
Agar aql zakovati ta'fakkuri ma’naviy kamoloti, madaniyati bilan rahbar mustaqil
fikirlashdan mushohada qilishdan kundalik voqea hodisalarni teran tahlil etib
borishdan uzoqlashsa rahbarlik talab etgan ma’naviyatdan uzoqlashib boradi.
Rahbar ma’naviyat va madaniyatning kuch qudratidan ezgu maqsadlar yo‘lida
samarali foydalanishi boshqaruv tizimidagi ijtimoiy immunitetlarni
insonparvarlik g’oyalari asosida rivojlanib borishi darkor. Zero rahbarlik uslubi
boshqarish madaniyatining ma’lum elimentlariga ega bo‘lishni taqqazo etadi
rahbarlar bilan oddiy odamlar o‘rtasidagi munosabatlar madaniyatlilik qoidalariga
asoslanmog’i kerak. Bu qoidalar ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash kishilar
o‘rtasida insonparvarlik munosabatlari o‘zaro hurmat hamjamiyatlik hamda
birodorlikdan iborat. Bularning barchasi rahbar ma’naviy saviyasining o‘sib
borishiga siyosiy madaniyatning takomillashuviga katta yordam beradi. Chunki
cheklangan ta'fakkur chala bilan past madaniayat bilan dunyoda ro‘y berayotgan
murakkab jarayonlarni teran anglash ma'suliyatli vazifali mansabni egallab
bo‘lmaydi.
Binobarin demokratik asosida shug’illanib borayotgan jamiyatimiz talabi aqlan va
manan barkamol puhta bilimga ega bo‘lgan teran ta'fakkurli kishilargina rahbar
bo‘lishga haqlidir.
Rahbar ma’suliyati rahbar madaniyatining asosiy belgilaridan biri bo‘lib uning
ma’lum sohaga javobgarligini ifoda etadi. U alohida shaxs ma’suliyatidan farq
qilib kengligi bilan ajralib turadi.
Shu bilan rahbar ma’suliyati hamisha muhim sanalgan. Ma’suliyat avvalo har bir
kishining vijdoni qolaversa jamoa jamiyat va millat oldidagi burchini anglaydir.
Umuman ma’suliyat rahbarning vazifasiga nisbatan javobgarlik tuyg’usidir. 13
Rahbar faoliyatidagi barcha salbiy hodisalar ma’suliyat hissining sustligidan kelib
chiqadi. Ma’suliyatsizlikning eng salbiy ko‘rinishi siyosiy ma’suliyatsizlikdir.
Siyosiy ma’suliyatsizlik siyosiy kaltabinlik, sabsata bozlik, nayrangbozlik,
qalloblik, kabi illatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Binobarin rahbarlik
lavozimidagi kishidan yuksak ong va tafakkur hushyor idrok talab etadi. Bugungi
kunda rahbar kadrlar oldiga qo'yilayotgan qolaversa hayot taqqoza etayotgan
asosiy vazifalar quydagilardan iborat1.
Rahbar ko‘ngli ochiq qalbi va ko'ngli toza aql zakovat sohibi ma’naviy
shakllangan bo‘lishi kerak.
1. Rahbar o‘zini tarbiya qilgan, ishonch bildirib yuksak martabaga munosib
ko‘rgan el yurtiga halol xizmat qilishi lozim.
2. Rahbar aqlli va tajribali o‘z ishining bilimdoni bo‘lgan mutaxassislarga
tayanmog’i ularning fikriga quloq solmog’i shunga asoslanib xulosa chiqarmog’i
kerak.
3. Rahbarning barcha ishlari xalq hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmog’i lozim.
Kimlargadir yaxshi ko‘rinish maqtanish uchun qilingan ish rahbarning kelgusidagi
faoliyatiga salbiy iz qoldirishi mumkin.
4. Rahbarda xalq va vatanga fidoyilik, tashabbuskorlik, qa’tiyat va
talabchanlik bo‘lmog’i lozim. Manmanlik, zo'rovonlik, o‘zgalar fikrga quloq
solmaslik rahbar kadrlarni yaxshi mutaxassislar, mehnatkash sodda va samimiy
odamlardan uzoqlashtirib qo‘yadi.
5. Rahbar hech qachon mayda gaplar fusqu fasod mayshad bozlikka
berilmasligi kerak.
6. Katta rabarlarning kichik rahbarlarni mahalliychilik oshna-og’aynichilik
shaxsiy sadoqatiga qarab tanlashi o‘ta kaltabinlik. Ayniqsa yangi rahbar o‘zidan
oldin faoliyat ko‘rsatgan rahbar davrida ishlagan yaxshi mutaxassislarni ishdan
bo‘shatishi, o‘ziga raqib bilishi achinarli xol bo‘lib, bu umumdavlat manfaatiga 14
jiddiy zarar yetkazadi.
7. Rahbar maqtovdan boshi aylanib “dohiy”lik kasaliga chalinib qolmasligi
kerak. Bunday rahbarlar atirofida faqat o‘z manfaatini o‘ylovchi “maslahatguylar”
amalparast, laganbardor, poraxo‘r oddiy odamlarga zug’im o‘tgazuvchi kimsalar
to‘planib qoladi.
8. Rahbar nafs balosiga qarshi turmog’i, o‘zidan kichik rahbarlarni bu balodan
asramog’i lozim.
9. Rahbar adolatsizlikka aslo yo‘l qo‘ymasligi lozim.
10. Rahbar o‘z shaxsiy hayoti, turmush kechirishida ham boshqalarga o‘rnak
bo‘lmog’i shart.
11. Rahbarning barcha ishlari ochiq va oshkora bo‘lmog’i lozim. Vaqti-vaqti
bilan xalq oldida hisobot berib turishi ularga obru keltiradi.
12. Rahbar o‘z g’oyasi, fikri harakat dasturiga ega bo‘lishi bilan birga barchani
yurt taraqqiyoti bilan birga xalq tinch totuvligi, farovonligi yo‘lida yagona g’oya
oldida jipislashtirishi shart.
Rahbarlik aql-farosat kuch g’ayrat, izlanish va topqirlikni o‘z ustida tinmay
ishlashni tadbirkorlikni talab etadi. “Rahbarlik” tarbiyasining quydagi jihatlari
ahamiyatlidir:
1) Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
resurislarini birlashtirib uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi
sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxs;
2) Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun avvalo mustaqil qaror qabul
qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini
belgilaydi;
3) Rahbar o‘z sohasiga yangi g’oya yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni
joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi; 15
4) Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli
faoliyatdir.
Unga sarflangan kuch mablag’ ba’zan vaqtincha foyda emas zarar keltirishi, bunda
jamoa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan
ko‘ra olishi va unga tayyor turishi zarur bo‘lganda faoliyatini qayta boshlashi
o‘zida bunga kuch g’ayrat topa bilish lozim. Ushbu jihatlar rahbarlik faoliyatning
ma’lum jihatlarini namayon etadi. Rahbar halol, fok, vujdonli, iymonli, qattiq qul,
diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishi kerak. Rahbarlikka egri yo‘l egri qo‘l egri
maqsad bilan erishib bo‘lmaydi.
Fel-atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq davom ettira olmaydi. Shu
bilan birga u o‘zi boshqarayotgan jamoa orasida obruga ega bo‘lishi zarur rahbar
faol bo‘lmasa jamiyatda ijtimoiy faollik shakllanmaydi. Kattami kichikmi qanday
mansabda bo‘lishidan qattiy nazar har bir rahbar oldida “o‘z ishimga talab
darjasida yodashishim uchun nimalarni bilishim, qanday fazilatlarga ega bo‘lishim
kerak?” degan savol hamisha kundalang turadi. Boshqaruvdan ko‘nikma mahorat,
bilim,aql va idrokning roli katta.
Malaka oshirishda pedagogik texnologiyalardan poydalanish. «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi»da: “Inson” uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va
farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini
o‘zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va
harakatlantiruvchi kuchidir", deyiladi1. Bunday maqsadni amalga oshirish, asosan,
pedagoglar zimmasiga tushadi. Shuning uchun ham oliy ta'lim muassasalarida
o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoni mazmun va
mohiyatiga bugungi kunda jamiyatning istiqbol talablariga mos yangilanishlar
kiritilishi lozim.
Malaka oshirish tizimida «Pedagogika masalalari» kursi o‘quv fanini yangi 16
pedagogik texnologiya asosida olib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biridir. Shuni e'tirof etish kerakki, hali Respublikamizda malaka oshirish tizimida
yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'lim innovatsiyalarini to‘plash, ular ichidan
faoliyatimiz uchun eng samaradorlarini tajriba sinovlaridan o‘tkazish va o‘quv
jarayoniga joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim shakllantirilgani yuq. Vaholanki
bugungi kunda ta'lim samaradorligini oshirish.
Davlat ta'lim standartlarining bajarilishini ta'minlash, ta'limning sifat
ko’rsatkichini kafolatlashda zamonaviy pedagogik texnologiya hal qiluvchi
omillardan bo’lib bormoqda. Pedagogik texnologiyani o’quv jarayonida qo‘llash
jahon amaliyotida keng tarqalmoqda. Zero, o‘quv jarayonini demokratlashtirish,
kelishuvchanlik asosida tashkil qilishda hamkorlik, hamijodkorlik rivoj topmoqda.
Bu jarayon tinglovchilarni o’quv faoliyatini amalga oshirishda harakatlantiruvchi
kuch bo’lib xizmat qiladi.
Tinglovchi va o‘qituvchini doimiy izlanishga, uzluksiz o‘z ustida ishlashga
undaydi. Bu o‘z navbatida, ta'limda samaradorlikni ta'miilaydi. Zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar xabardor bo‘lishlari zarur.
Pedagogik texnologiya-bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish,
boshqacha qilib aytganda pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga
keltirishdir (Sakomoto). Demak, pedagogik texnologiya insonga (ta'lim-tarbiya
oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta'sir o‘tkazish faoliyatidan
iborat. Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish.
takomillashtirish, tahlil qilish, tadbiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa
chiqarish, boshqarish, nazorat va baholash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
O’quv faoliyati ma'ruzalarni munozara asosida o‘tkazish, amaliy o‘yinlar, davra
suhbatlari, pedagogik vaziyatlardan chiqish usullariga bag‘ishlangan munozara,
tajriba almashish, interfaol mashg‘ulotlar asosida olib borish maqsadga muvofiq.
Bu jarayonni olib borishda quyidagi mezonlarga rioya qilinadi va testdan unumli 17
foydalanish, fikr mulohazalar bildirishda asosiy maqsaddan chetga chiqib
ketmaslik; hamkasblarning fikr-mulohazalari va tajribalariga ijobiy munosabatda
bo‘lish. Ular bilan hamkor, hamjihat bo‘lish; har qanday vaziyatda suzlonchini
dihat bilan eshitish, boshhalar fikri, nutstai nazarlariga keng fe'llik bilan
yondashish; so'zlashda anitslikka, tinglayotganlar uchun tushunarli va chala
gapirishga jiddiy e'tibor berish; tinglovchilar bilishni va ular uchun (samiyatli
bulgan fikrlarnigina bildirish; qatnashchilar o'z fikrini bildira olish uchun
imkoniyat berish, buning uchun qulay vaziyat yaratish hamda ijobiy munosabat
bildirish; muhokamalarda va o‘zaro munosabatlarda holislik va samimiylikka
rioya qilish; xushyor, zeyrak, sezgir, sergak bo‘lish.1
Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta'lim
jarayonini rejalashtirib, tashhis qilish, natijalash, tuzatish va o‘zgarishlar kiritish
imkoniyatlari mavjud. Bunda ta'limda kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi,
tinglovchilar faoliyati yanada yuqori darajaga kutariladi, bu esa pedagogik
texnologiyaning samarasi demakdir.
Tadqiqotimizda maktab o‘qituvchilarini yangi pedagogik texnologiya asosida
qayta tayyorlashda quyidagilarni asosiy vazifa sifatida oldimizga maqsad qilib
qo'ydik: yangilangan milliy pedagogik tizimda, xususan maktab o‘qituvchilarini
yangi pedagogik texnologiya asosida qayta tayyorlashning nazariy asoslarini
ishlab chiqish; o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha
bilishi zarur bo‘lgan bilimlar mazmuni va uni tanlash tamoyillarini ko’rsatib
berish, malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiya
asosida qayta tayyorlash prinsiplarini ko‘rsatib berish; o‘qituvchilarni malaka
oshirishdan keyingi davrida yangi pedagogik texnologiya asosida tayyorlashning
ta'lim samaradorligini oshirishdagi o‘rnini ko‘rsatib berish.
Malaka oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish tinglovchilarda o‘z
kasbiga qiziqishini kuchaytiradi. Ushbu yo‘nalishdagi o‘quv jarayonini 18
loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish lozim: tinglovchi faolligini oshirish;
hamkorlikka chiqarish; yaratilgan dastur, qo'llanma, ma'ruza matnlarini chuqur
pedagogik tahlil qilish; mustaqil mutoala qilish ko'nikma va malakalarini
shakllantirish; o‘z fikrini bildira olish, himoya qila olish va isbotlay olishga
o‘rgatish.
Pedagogik texnologiyaning afzalligi ta'lim jarayonini bir butunlikda ko‘rib, ta'lim
maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vositalari hamda tinglovchi va
o‘qituvchilarni bir majmuaga keltirib hamda ta'lim bosqichlarini loyihalab, uni
nazorat qilish natijalarini baholash kabi qisimlarni o‘zaro uzviy bog‘lab uning
loyhasini tuzishdadir. Ammo eng avvalo boshqaruv san’ati aniqroq aytganda
ijoddir. Rahbarlikka ham sanatkor uchun zarur bo’lganidek, iqtidor va iste’dod
lozim. Natijada to‘plangan bilimlari tajribalarini boshqaruvning umumiy
qonuniyatlari sifatida shakllantirib o‘zining rahbarlik usulini yaratadi.
U o‘zining boshqaruv ususllarini shakllantirishda mutlaqo erkin shaxsdir ammo
uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak. Rahbarlik faoliyatining
samaradorligi rahbar shaxsining tafakkuri, aql idroki ham bevosita bo‘g’liq. Bu
hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazila-T.: Agar rahbarda maskur
xislatlar shakllangan bo‘lsa, bunday rahbar boshqaruvning sir asrorlarini
mukammal egallab oldi u o‘z jamoasi o‘rtasida obru va ishonch qozonadi. Shuning
uchun rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin. Rahbardagi
o‘ziga xos talabchanlik mehribonlik hamda ma’suliyat jamoa azolarida javobgarlik
hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Malakali rahbar kadrlar tizimini
shakllantirish uchun ijtimoiy psixologiya kabi fanlarni yaxshi o‘zlashtirishi lozim.
Ana shunday rahbar jamiyat vatan oldidagi ma’suliyatini burchini teran his qiladi,
ijtimoiy hayotda inson manfaatlarining ustivorligini hayotiy ehtiyoj sifatida qabul
qiladi. 19
RAHBARLIK MA’NAVIYATI-rahbarning shakllangan (ichki) ruhiy quvvati.
Uning ma’naviy psixologik madaniayti ajdodlar ibratiga asoslanib, qadriyat
darjasida qadrlanadigan, shaxs ma’naviy olamini tartibga soladigan ko‘nikma
darajasiga yetgan hissiy ko‘nikmasiga darajasiga yetgan hissiy bilimlar
majmuyidir. Rahbar o‘z rahbarlik salohiyatini takomillashtirish uchun ma’naviy
olamini boyituvchi bilimlarni egallash tashabbuskorlik qobiliyatini oshirishi zarur.
Rahbarning ma’naviy mulkiga aylangan bilim uninga xohish istaklarini chegaralay
bilish, o‘zini tashqi tazeq va ta’sirlardan himoya qilishiga vosita bo‘ladi. Ya’ni
ma’naviy jihatdan barkamol rahbar bo‘lib, ularning qadriyatga aylangan qismini
ijodiy rivojlantirishni nazarda tutadi. I.A.Karimovning milliy qadriyatlarni tiklash,
bobolar qoldirgan ma’naviyatni ulug’lash, undan ibrat olish, o‘zlikni anglash
lozimligi1 haqidagi fikrlar muhimdir.
Zero ma’naviyati qashshoq o‘zining dunyo qarashi fikriga ega bo‘lmagan odamga
har qanday voyronkorg’oya o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi. Chunki Prezidentimiz
ta’kidlaganidek. “O‘zbekistonimizning egtangi kuni ma’naviy madaniy barkamol
ruhan tetik, mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan zamonasining
ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga mos kasb-hunar mahoratini o‘zida mujassam
etgan g’ururi baland iymoni butun irodasi baquvvat chinakkam vatanparvar insopli
va oriyatli insonlar qo‘lida va hakoza”.
Rahbarning boshqaruv sa’nati sirlarini bilishi xodimlarni tanlashdan tortib ular
bilan bog’liq ziddiyatli vaziyatlarda oqilona yechim topa olishi, o‘zi ma’sul
jabhada yuksak mehnat samaradorligiga erishish uchun jamoaning buniyodkorlik
kuchlarini safarbar eta olish. Samimiyat adolat, muomila, ishbilarmonlik asosiy
muammo bilan ikkinchi darjali vazifalarni o‘z vaqtida bilish, tashabbuskorlik
optemizim rahbar madaniaytini tashkil etuvchi omillar. Rahbarning uzoqni ko'ra
bilishi hayot va ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan murakkab
vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmasdan noan’anaviy kutilmagan yechimlar o‘ylab 20
topishi, jamoadagi har bir xodim, ishchi kungliga yo‘l topa olishi rahabr
mahoratining namyon bo‘lishi hisoblanadi.
Uslubiy faoliyat ta’limning ma’lum turi hisoblanadi. U o‘z ichiga tadqiqot tashxis,
uslubiy loyhaviy maslaxat tahlil tashkiliy uslubiy vazifalarni qamrab olidi.
Tashkiliy uslubiy vazifalarning yangilanishi bugungi pedagogik tizimning
rivojlanishiga imkon berdi. Ayni faoliyat quydagi xossalarga ega bo‘lgan tizim
tarzida tasavvur etiladi. Maqsadga yo‘nalganlikning mavjudligi vaqt o‘tishi bilan
rivojlanib borish ya’ni denamiklik barqaror holatini saqlash qobiliyati uslubiy
ishlarni boshqarishda kasb ta’limi o‘qituvchilari jamoasining faol ishtiroki va
moslashuvchanligi. Uslubiy faoliyatda quydagi yo‘nalishlar eng muhim
hisoblanadi.Tashxis rejalashtirish sohasi o‘qituvchilarning malaka oshrishga
ehtiyojini tashxis qilish o‘qituvchining axborotga bo‘lgan ehtiyoji tashxisi, uzoq
muddatli rejalashtirish va boshqalar. Biz izlanish olib borayotgan litsey va kasbhunar kollej rahbarlarining malakasini oshirish jarayonida variatuv dasturlarning
o’rni va ularning bugungi kunning axborot texnologiyalari bilantanishtirishdan
iboratdir.
Bugungi kunning rahbarlari ta’lim jarayonida bo’layotgan o’zgarishlardan
xabardor bo’lishlari uvchun ularning malakasini oshirib qayta tayyorlab turish
lozim hisoblanadi.
Ya’ni jamoada haqiqiy rahbar ruhiy kutarinki kayfiyat bilan ish olib bormog’i va
yashamog’i lozim. Shu tarizda rahbarlikning eng yaxshi tashkilotchilik,
tadbirkorlik fazilatlari shakllanib mukammallashtirib boradi. Boshqarish eng
avvalo kishilar bilan ishlashdir. rahbar notiqlik mahoratiga ega bo‘lishi, tushunarli
ifodali va ta’sirchan ishonarli va davatkor ruhda gapirishga o‘rganish kerak.
Rahbarning tenglash mahorati bugungi kunda dolzarb vazifaga aylangan. Chunki
tinglash qobiliyati gapruvchini ilhomlantiradi ruhlantiradi. Shu tariqa yangi fikrlar
g’oyalarning shakllantirishiga imkon tug’iladi. Rahbar qalbi toza shijoatli 21
ishbilarmon rahbarlik faoliyatida salbiy yoki ijobiy hatti-harakatlar
o‘zida shakllangan solahiyat kuchi bilan javob bera olish qobiliyatiga ega bo‘lish
kerak.
Demak, zamonaviy boshqaruvning mahorati - jamoaning maqsadga intilishini
ta'minlashdir. Ushbu fikrni pedagogik psixologiyadagi holat bilan qiyoslasak,
quyidagi misol o‘rinli bo‘lardi. Bola o‘z rivojlanishida hamma me'yorlar bo‘yicha
ulg‘ayib borayotgan bo‘lsa, ota-ona uning o‘sishiga deyarli aralashmaydi va lekin
ulg‘ayishida biron muammo yuzaga kelsa, darxol kerakli choralar ko‘riladi.
Jamoani boshqarishda ham rahbar, birinchi navbatda, maqsadga erishish sharoitini
yaratishi va xodimlar harakatiga kam aralashuvi yuksak boshqaruv belgisidir.
- ijtimoiy soha ob’yektlarini boshqarish va boshqaruvchilik xususiyatlarini
shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rganish;
- davlatimiz tomonidan yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik qobiliyatini
shakllantirish va boshqaruv mahoratini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan
ishlarni tizimli tahlil qilish;
- yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga
ta'sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni o‘rganish;
- ijtimoiy sohaning samaradorligini yanada oshirish orqali boshqaruv
mahoratini rivojlantirishda yangi qirralarini yuzaga chiqarish.



Yüklə 94,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin