Orooykonimlar , ya’ni relyef shakllari nomlarini bildiradigan oykonimlar tushiniladi. Oykonim tarkibida adir, bel, dara, dahana, do’ng, jar (yor) , kamar, ko’tal, tal , tepa, teva, tosh, tog’ tov, chosh, o’y, qapchig’ay, qo’ton, qiya , qir , qum kabi atamalar (indikatorlar) bo’ladi. Orooykonimlar ichida jar va tepa indekatorlari juda ko’p marotaba ishlatilgan. Aynan jar indekatori oltmish martadan ortiqroq ishlatilgan bo’lsa, tepa indekatori esa rekord darajasida desak mubolag’a bo’lmaydi.
Relyef shakllaridan nom olgan orooykonimlar:
Adir - Adirmoq, Bo’lakadir;
Bel Bel, Belariq, Beltov, Beltepa;
Dahana Oqdahana , Qoradahana;
Dara Dara, Omondara, Palandara ;
Do’ng Do’ng , Do’ngovul , Do’ngtepa;
Jar (yor) Jomonjar, Ko’kjar , Kuyganyor , Oqyor , Omborjar;
Kamar Kamar, Kamarqishloq , Qorakamar, Zarkamar;
Ko’tal O’zbekko’tal, Tojikko’tal ;
Tal Tallak, Tal(l)ashqon;
Tepa Yoptepa, Yapaloqtepa, Yastepa , Qoratepa;
Tosh Dovtosh ,Toshhovuz , Qoratosh;
Tog’ (tov) Oqtov, Qiztog’ , Qoratov, Yetimtog’ , Bobotog’ ;
Qo’ton ( shamol kam tegadigan , chuqurroq soylik ) - Jarqo’ton , Qoraqo’ton;
Qiya Qorachaqiya , Ayriqiya, Qoraqiya;
Qir Qoraqir , Jetimqir.
Fitooykonimlar - o’simlik nomlari bilan atalgan oykonimlardir. Oykonim tarkibida madaniy hamda yovvoyi o’simliklar indikator sifatida keladi. Madaniy o’simliklar : anjir, anor , arpa, beda, bodom, gujum , jiyda (jida), olma, paxta , pista, tariq, tarvuz, terak , tol , tut, uzum, shaftoli, qovoq, qovun; yovvoyi o’simliklar : ajriq, archa, bodomcha, burgan , do’lana, evalak, erman, jing’il (jangal) , lola, so’kso’k (saksovul), sunbul , tikan , turang’i, shilvi , shuvoq, qayrag’och , yulg’un , yantoq, g’umay kabi nomlar uchraydi. Masalan, Keskanterak , Qovunkesdi , Qayrag’och , Sunbul, Tikanli , Tutli va b.
Yurtimizda fitooykonimlar u qadar ko’p emas . respublikamizdagi barcha aholi yashash manzilgohlarining atigi bir foizidan ko’prog’ini fitooykonimlar tashkil etadi.10 Buning sababi, bog’ rog’, paxta, g’alla va ekinlar bilan band manzilgohlarda paxta maydonlari ham, bog’lar ham , polizlar ham kishining e’tiborini alohida tortadigan va toponim hosil qiladigan darajada ajralib turmaydi.
Shuni aytib o’tish kerakki , ajriq (Ajriqti) , archa (Archazor) , bodom (Bodomzor, Bodomcha, Bodomchali) , burgan (Burganlik) , do’lana (Do’lana) , pista (Pistamozor) , qamish (Qoraqamish, Oqqamish , Sariqqamish) , qiyoq (Qizilqiyoq) , so’kso’k (Saksovul , So’kso’k) , evalak (Evalak) , yulg’un (Yulg’unzor) , yantoq (Yantoqzor) , g’umay (G’umayli), shuvoq (Shuvoqzor) kabi yovvoyi o’simliklarning nomlari bilan atalgan manzilgohlar nafaqat tilshunoslik, balki tarixiy va tabiiy geografiya bo’limining ham o’rganilish obyekti bo’lishi lozim.
Madaniy o’simliklar nomlari negizida yasalgan oykonimlar : Anjirli , Anorzor, Arpako’l , Bedazor , Beshterak , Beshqovoq, Galatur, Gujumli , Jiydali , Jiydamozor , Mingo’rik , Nayzaqayrag’och , Olmali , Olchazor, Paxtakesh , Pistalik , Qorajiyda , Qo’shyog’och , Sertut, Tutli, Teraktagi , Tolliquduq , Tolliovul , Yakkatol , Yakkaarcha va shu kabi oykonimlar uchraydi .
Dostları ilə paylaş: |