Zootoponimik oykonimlar hayvon nomlari bilan atalgan aholi yashash joylari. Bunday oykonimlar tarkibida ayg’ir , baliq , bahrim , biya, burga , burgut , buvra , bug’ra , bo’ri , do’lta (sirtlon) , ilon - jilon, laylak , kirpi, malax ( tojikcha , chigirtka galasi) , ot, tuya , chag’a , chovli , shag’ol , echki , eshak, qarsak , qarchig’ay , qarg’a, qulo , g’ajir kabi nomlar uchraydi. Bunday oykonimlar hammasi bo’lib bir necha o’ntani tashkil etadi xolos. 11
Ba’zi o’rinlarda zootoponimlarni farqlash qiyinlashadi. Buning sababi esa, bir qancha urug’ aymoq vakillari ba’zi hayvonlarni muqaddas bilishadi va o’zlarining kelib chiqishlarini ularning nomi bilan atashadi (bir qancha urug’ aymoq vakillari falon hayvondan tarqalganmiz deb , ularni muqaddas bilishgan ). Bunday toponimik hodisa totem deb ataladi. Masalan , bahrin (lochinning olg’ir turi) , bug’ra buvra , ilon , chovli ( ov qushi ) , qarsak ( cho’l tulkisi ) kabi urug’lar ma’lum. O’zbek urug’lari orasida burqut urug’i bor. Bu ham aslida burgut nomini bildirsa kerak. Etnonimi inobatga olsak , burqut nomi burgutdan olingan degan xulosa chiqarsak bo’ladi.
Uzoq tariximizga yuzlanadigan bo’lsak , insonlar hayoti azaldan ham tabiat bilan chambarchas bo’lgan. Tabiiy geografik nomlar ham hozirgiga nisbatan katta o’rin tutgan. Yurtimiz hududida quyidagi zoooykonimlarni uchratishimiz mumkin:
Ayg’ir, Ayg’irtepa , Baliqli , Baliqchi , Baliqko’l , Bahrin , Bahrinsoy ,Bedana , Beshechki, Biya , Biyasig’mas , Burgali , Burgutqal’a , Bo’risoy , Bo’ritepa , Do’lta, Do’ltali , Ilonli , Jilontamg’ali , Kapriko’l , Laylakon , Malaxteza , Otchopar, Oqtuyali , Oqbuvra , Oqechki , Qarsaqli , Qarchig’ay, Qarg’alar, Qarg’atepa , Qulonxona , Qulonqoq, Qulonchi, Qushqo’ndi, Tuyatortar , Tuyaqisildi , To’ng’iztaroq , G’ajir , Shag’ol , Shag’olak , Chig’ali , Chigirtkali , Chovli , Chovlisoy va shu kabilar.
Kishilarning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq ijtimoiy iqtisodiy oykonimlar.
Kishilarning xo’jalik faoliyatini, mehnat taqsimotini ko’rsata olgan qadimgi kasb hunar nomlari bilan bog’liq oykonimlardan misollar keltiramiz : Aravakashlar, Asalchi , Astarbof , Attoron , Ayoqchi (idsih tovoq ustasi) , Ayoqchiovul , Bog’bon , Baydoqchi (bayroqchi) , Baqirchi (miskar) , Baliqchilar , Baliqchimahalla , Baxmalbof , Baxshilar , Baxshiyon , Bedazor , Bofandalar (to’quvchilar) , Bilamixchi (atala bo’lamiq sotuvchilar) , Binokor , Boyliq , Bo’zachi , Bo’zchi, Bo’yrabof , Bo’yrachi , Bo’yoqchi , Gilambof , Go’spandjallob (qo’y go’shti sotuvchi qassob) , Daqqobi (kunchi) , Darg’a , Darg’ovul , Darg’alilar (qayiq boshqaruvchi, kema kapitani) , Darbozlar , Dorigar (Dori darmon tayyorlovchilar) , Dodxo , Dasturxonchi , Devorzan (paxsachi) , Degrez , Elchi , Ipakchi , Jevachi (sotuvchi) , Harrotlar (taroqchilar) , Kamongaron (o’q yoy yasovchi) , Kirakashxona , Karvonguzar , Kosagar, Kosagaron , Kulolon , Kuloltepa , Kundakor , Ko’nchi , Mokisozon (moki ustasi) , Mamiqgul (paxtakor) , Mergan , Mergancha , Mizado’zon ( etikdo’zlar) , Miroblar , Mixchagar ( mix yasovchi usta) , Mixchagaron , Murdasho’ylar , Nog’orachi , Nalbandon (taqachilar) , Namadgaron (kigiz ustasi) , Nonvoyon , Nospurush , Nurchilar , Olachabop , Podachi , Polizchi , Ponsat (tojikcha, beshyuz - amaldor) , Paxtakesh , Paxtakor , Pillakor , Pichoqchi, Piyozkoron , Po’latchi , Po’stindo’z , Qamchinbof , Qamishchi , Qassobon , Qiymado’z , Qushbegi , Qutisozon (sandiqchi) , Qo’rchin (o’q dori ombori qorovulu) , Qo’shtegirmon, Sabzikor , Sobungaron , Sarbozor , Saqachi (kanallarning bosh inshooti ustalari - Xorazm) , Salloq (molning terisini shilib oladigan qassob) , Somsapaz , Surmachi , Tandirchi , Taqido’z (do’ppi tikuvchi) , Tirgaron (o’q yoy ustalari) , Ustaovul , Ustaliq , Vaximkor ( vaqfkor, vaqf yerlarida ishlaydigan dehqon) , Yuzikchi , Yomchi , Zargarlar, Zargaron, O’qchi , O’rmonchi , G’aznachi , G’allachi Sholikor , Shifokor , Charmgar (ko’nchi ), Cho’yinchi (degrez) kabi ko’plab oykonimlar tarixdan qolgan iqtisodiy , sotsial iqtisodiy geografiyasining namunasi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |