1.15. Ток трансформаторини 10 фоизли хатоликка текшириш Ток трансформаторини текшириш қуйидаги кетма-кетлиқда бажарилиши мумкин:
1. Трансформаторнинг номинал бирламчи токига нисбатан ҳисобий токнинг чегаравий карралиги аниқланади:
, (2.32)
бу ерда – яъни қисқа туташув токининг максимал қийматига тенг деб қабул қилинади.
Ушбу ток трансформаторнинг ВН томонида бевосита ток трансформаторидан кейин қисқа туташув бўлганда қиймати бўйича аниқланади.
2. Тўла хатолик 10% дан катта бўлмаган ҳолда трансформаторнинг рухсат этилган иккиламчи юкламаси (Zн доп) аниқланади. Трансформаторнинг ВН киришига уланган ТВТ-110 турдаги ток трансформатори учун қурилган чегаравий карраликлар эгри чизиғи бўйича аниқланади. Одатда иккиламчи чулғамлар кетма-кет уланганлиги сабабли, унда нинг қийматини иккига кўпайтириш керак, яъни
Чегаравий карраликлар эгри чизиғи бўйича аниқланган ва ток трансформаторининг амалдаги ҳисобий юкламаси солиштирилади. аниқланганда трансформатор ВН томонида ток трансформаторининг иккиламчи занжирига МТЗ и ДЗТ релелар уланганлигини ҳисобга олинади. Уч линияли схемада ток трансформаторлари уч бурчак, реле эса – юлдуз схемасига уланган.
. (2.33)
Улаш симларининг қаршилиги
(2.34)
бу ерда – кабелнинг ток трансформаторидан релегачан бўлган узунлиги (м), =30 м қабул қиламиз;
– кабел жиласини кесими (мм2), ;
– солиштирма ўтказувчанлик м/(Ом*мм2), алюминий учун ;
МТЗ ток релесининг тўла қаршилиги
, (2.35)
бу ерда – реле истеъмол қиладиган қувват, (ВА);
– берилган истеъмол қилинадиган қувватдаги ток (5А).
Ом,
Ом.
РНТ, ДЗТ турдаги дифференциал реленинг тўла қаршилиги =0,1 Ом қабул қилинади. Контаклардаги ўтиш қаршиликлар барча ҳолларда 0,1 Ом деб қабул қилинади.
Агар бўлса, унда ток трансформатори тўла хатолик ε < 10% билан ишлайди.
Агар бўлса, унда ток трансформаторининг хатолигини камайтириш учун ток трансформаторининг каттароқ трансформация коэффициентига ўтиш мумкин. Аммо бунда ҳимояларнинг ўрнатмаларини бошқатдан ҳисоблаш керак бўлади.
Шундай қилиб, ток трансформаторининг амалдаги юкламаси:
Ом.
.
Демак бу ердан ток трансформатори тўлиқ хатолиги ε < 10% да ишлаётганлиги хулосаси чиқади.
1.16. Elektr ta'minoti ho‘jaligida harakat xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar
Elektr ta'minoti qurilmalari quyidagilarni elektr bilan ishonchli ta'minlashi kerak:
talab kilinadigan harakat o‘lchamlarida poyezdlarning belgilangan og‘irlik me'yorlari, tezliklar, ular orasidagi intervallar bilan xarakatlanishi uchun elektr harakat tarkibini;
I-toifadagi elektr energiyasi iste'molchilari sifatida Signallashtirilgan Markazlashtirish Blokirovka (STSB), aloka va hisoblash texnikasi kurilmalarini;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ruxsati bilan qayta qurish tugallanmasidan bu qurilmalarni II-toifa buyicha elektr bilan ta'minlanishiga yul qo‘yiladi;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ belgilagan toifaga ko‘ra boshqa barcha temir yo‘l transporta iste'molchilarini.
Avtomatik va yarim avtomatik blokirovkaning elektr ta'minot manbasining akkumulyator zahirasi mavjud bo‘lganida, u doim shay ahvolda bo‘lishi va 36 soat ichida ta'minotdan o‘chirilmagan bo‘lsa, STSB va kesib o‘tish yo‘li qurilmalarining 8 soat ichida to‘xtovsiz ishlashini ta'minlashi kerak.
Avtomatik va yarimavtomatik blokirovka elektr ta'minotining asosiy tizimidan zahiraviy tizimga o‘tishi 1,3 sek. dan oshmasligi kerak.
Elektr bilan ta'minlashning ishonchli bo‘lishi uchun elektr ta'minoti inshoot va qurilmalarining ahvoli davriy nazorat qilinishi, vagon laboratoriyalari, tashxis asboblari bilan ularni o‘lchash ishlari va rejaviy ta'mir ishlari bajarilishi kerak.
Elektr xarakat tarkibining tok qabul qilgichida kuchlanish darajasi o‘zgaruvchan tokda 21 kV, doimiy tokda 2,7 kV dan kam bo‘lmasligi va o‘zgaruvchan tokda 29 kV, doimiy tokda 4 kV dan oshib ketmasligi kerak.
Ayrim uchastkalarda “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ ruxsati bilan o‘zgaruvchan tokda 19 kV va doimiy tokda 2,4 kVdan kam bo‘lmagan kuchlanish darajasiga ruxsat beriladi.
STSB qurilmalarida o‘zgaruvchan tokning nominal kuchlanishi 220 yoki 380 V bo‘lishi kerak.
Nominal kuchlanishning ko‘rsatilgan kattaliklaridan chetga chiqishlar kamayish tomoniga ko‘pi bilan 10%, ko‘payish tomoniga ko‘pi bilan 5% ga ruxsat beriladi.
Elektr ta'minoti qurilmalari qisqa tutashuv, kuchlanishning oshib ketishidan muxofazalanishi kerak.
Doimiy tok bilan elektrlashtirilgan liniya rayonlarida joylashgan metal yer osti qurilmalari (truboprovodlar, kabellar va boshqalar), shuningdek, metall va temirbeton ko‘priklar, ko‘prik yo‘llar, kontakt tarmoq tayanchlari, svetoforlar, gidrokolonkalar va boshqalar elektr yemirilishdan muxofazalanishi kerak.
Doimiy tokda elektrlashtirilgan liniyalarning tortish podstantsiyalari, shuningdek, elektr xarakat tarkibi STSB va aloqa qurilmalarining faoliyatini buzuvchi toklar kontakt tarmog‘iga kirib qolishidan muxofazalanishi kerak.Kontakt simi osma (podveska)sining relьs kallagi ustki sathidan balandligi oraliq, yul va bekatlarda kamida 5750 mm, kesib o‘tish joylarida kamida 6000 mm bo‘lishi kerak.
Alohida xolatlarda amaldagi liniyalarda bu masofa xarakat tarkibining turishi ko‘zda tutilmagan bekat yullarida joylashgan sun'iy inshootlar chegarasida, shuningdek, oraliq, yullarda AJning ruxsati bilan o‘zgaruvchan tok bilan elektrlashtirilgan liniyalarda 5675 mm gacha va doimiy tokda - 5550 mm gacha kamaytirilishi mumkin.
Kontakt simi osmasining balandligi 6800 mm dan oshib ketmasligi kerak.
Sun'iy inshootlar chegarasida kuchlanish ostidagi kontakt tarmog‘i qismlari va tok qabul qilgichning tok tashuvchi elementlaridan to harakat tarkibining va inshootlarning yerga ulangan qismlarigacha bo‘lgan masofa doimiy tokda elektrlashtirilgan liniyalarda kamida 200 mm va o‘zgaruvchan tok bilan elektrlashtirilgan liniyalarda kamida 350 mm bo‘lishi kerak.
Alohida holatlarda amaldagi sun'iy inshootlarda belgilangan masofalarni kamaytirishga yo‘l ko‘yiladi.
Oralik, yo‘l va bekatlarda chetki yo‘l o‘qidan to kontakt tarmoq tayanchining ichki chetigacha bo‘lgan masofa kamida 3100 mm bo‘lishi kerak.
O‘yiq (viyemka) lardagi tayanchlar kyuvetdan tashqarida joylashishi kerak.
O‘ta kuchli qor bosib qoluvchi o‘yiqlarda (qoyali o‘yiklardan tashqari) va ulardan chiqishda (100 m uzunlikda) chetki yo‘l o‘qidan to kontakt tarmoq tayanchlarining ichki chetigacha bo‘lgan masofa kamida 5700 mm bo‘lishi kerak. Bunday joylarning ruyhati kompaniya raisi tomonidan aniqlanadi.
Amaldagi liniyalarda ularni qayta qurishdan avval, shuningdek, o‘ta qiyin sharoitlarda yangidan elektrlashtirilayotgan liniyalarda yo‘l o‘qidan to tayanchlarning ichki chetigacha bo‘lgan masofa bekatlarda kamida 2450 mm, oraliq, yullarda kamida 2750 mm bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Barcha ko‘rsatilgan o‘lchamlar to‘g‘ri yo‘llar uchun belgilangan.
Ergi uchastkalarda bu masofalar kontakt tarmoq tayanchlari uchun belgilangan gabarit kengayish bo‘yicha kattalashishi kerak.
Kontakt tarmoq, tayanchlari, havo liniyalari va svetoforlar, shuningdek, signal belgilarining o‘zaro joylashuvi signal va belgilarning yaxshi ko‘rinishini ta'minlashi kerak.
Kontakt tarmoq kismlaridan 5 m dan kam masofada joylashgan kuchlanish ostidagi kontakt tarmoq, elementlari maxkamlanadigan barcha metall inshootlar (ko‘priklar, ko‘prik yo‘llar, tayanchlar), temirbeton tayanchlar, temirbeton va metall bo‘lmagan sun'iy qurilmalardagi kontakt tarmoqning mahkamlanish moslamalari, shuningdek, aloxida turuvchi metall tuzilmalar (gidrokolonkalar, svetoforlar, ko‘prik va ko‘prik yo‘llar elementlari va boshqalar) yerga ulangan bo‘lishi yoki inshoot va tuzilmalarga yuqori kuchlanishning tushib qolishidan muxofazalovchi o‘chirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
Xavfli kuchlanishlar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchan tok kontakt tarmog‘i hududida joylashgan barcha metall inshootlar yerga ulanishi kerak.
Elektrlashtirilgan yo‘llar ustida joylashgan ko‘prik yo‘llar va piyodalar ko‘prigida kuchlanish ostidagi tarmoq qismlaridan to‘sib qo‘yish uchun muxofaza shitlari va odamlar o‘tadigan joyda tutashmalar bo‘lishi kerak.
1000 V dan yuqori bo‘lgan kuchlanishli kontakt tarmog‘i, avtoblokirovka va bo‘ylama elektr ta'minlash liniyalari havo oraliqlari (izolyatsiyalovchi tutashma), neytral ko‘yilma, sektsiya va izolyatorlar, ajratuvchilar yordamida alohida uchastkalar (sektsiyalar)ga ajratilishi kerak.
Xavo oraliqlari chegaralarida o‘rnatilgan kontakt tarmoq, tayanchlari va shitlar ajralib turuvchi rangda bo‘lishi kerak. Bu shitlar yoki tayanchlar orasida tok kabul qilgichi ko‘tarilgan elektr xarakat tarkibining to‘xtashi man etiladi.
Kontakt tarmog‘i, avtoblokirovka va bo‘ylama elektr ta'minot liniyalarini ta'minlash va qismlarga bo‘linish sxemasi kompaniya raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Sxemalardan nusxalar bekatning texnika-boshqaruv aktlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Elektrdepo va ishga shaylash (ekipirovka) qurilmalarining, shuningdek, elektr harakat tarkibning ustki qurilmalari ko‘rikdan o‘tkaziladigan yo‘llarning kontakt tarmoq ajratkichlarini tutashtirish lokomotiv depo xodimlari tomonidan bajariladi. Boshqa ajratkichlarni tutashtirish energodispetcher qarori bilangina amalga oshiriladi.
Qo‘l bilan boshqariladigan ajratkichlarning uzatma (privod)lari qulflangan bo‘lishi kerak.
Avtoblokirovka va bo‘ylama elektr ta'minoti liniyalarining ajratkichlari va o‘chirgichlari, shuningdek, kontakt tarmog‘i ajratkichlarini tutashtirish, elektr ta'minotning to‘xtovsizligini va ishlab chiqarishniig xavfsizligini ta'minlovchi ajratkichlarning qulflangan uzatmalari kalitlarini saqlash tartibi kompaniya bo‘limi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Ajratkichlarni va o‘chirish asboblarini tutashtirish energodispetcher qarori bilan maxsus o‘qishdan o‘tgan xodimlar tomonidan bajariladi.
1000 Vdan yuqori bo‘lgan xavo elektr uzatish liniyalari simlarining pastki nuqtasidan to yer sathigacha maksimal proves o‘qida masofa quyidagicha bo‘lishi kerak;
Oraliq yo‘llarda kamida 6,0 m
Qiyin o‘tish joylarida kamida 5,0 m
Bekatlarda, aholi punktlarida,avtomobil yo‘llari bilan kesishuvda kamida 7,0 m.
Temir yo‘llarining kesishuv joylarida 1000 Vdan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari havo simlarining pastki nuqtasidan to elektrlashtirilmagan yo‘llar relьs kallaklarining ustki sathigacha bo‘lgan masofa kamida 7,5 m bo‘lishi kerak. Elektrlashtirilgan liniyalarda kontakt tarmoq simlarigacha bo‘lgan bu masofa elektr uskuna qurilmalari koidalari va temir yo‘l texnik sharoitlariga binoan kesishuv liniyalarida kuchlanish darajasiga ko‘ra belgilanishi kerak.
II. IQTISODIY QISM
Tortuvchi nimstasiyaning mexnat bo‘yicha ko‘rsatkichlarini hisoblash
1.Tortuvchi nimstansiya hodimlarining sonini hisoblash
Tortuvchi nimstantsiyalarni, sektsiyalash postlarini va parallel ulash punktlarini soz holatda ushlab turuvchi, taьmirlovchi va profilaktik sinovlarni amalga oshiruvchi elektromontyorlar sonini hisoblash rayon kontakt tarmog‘i bo‘yicha bajaruvchi hisoblashga o‘xshash amalga oshiriladi.
Elektramontyorlar soniga o‘rtacha tuzatish koeffitsiyenti ochiq havoda va isitilmaydigan xonalarda ish bajaruvchilar uchun birinchi temperatura zonasini tashkil etadi. Tortuvchi nimstantsiya elektromontyorlar sonini 1-jadval shaklida amalga oshiramiz.
Jamoada 5 kishi. Har bir jamoada elektromontyorlar malakasiga ko‘ra taqsimlangan: 50 % -5razryadli, 50 % -4 razryadlielektromontyorlar.
2.1-жадвал
Тортувчи нимстация электромонтёрлари сонини ҳисоблаш.
№
Хисоблаш учун маълумолар
Ўлчов бирлиги
Сони
Ўлчовчига меъёр
Хизматчилар сони
1
Типик уланишлар сонига эга 110 кВ ли ўзгарувчан ток тортувчи нимстанция
Elektromontyorlardan tashqari yana quyidagilar rejalashtirilgan
Tortuvchi nimstantsiya boshlig‘ – 12-razryadli – 1kishi.
Katta elektromexanik – 10-razryadli –1kishi.
Navbatchi elektromexanik – 8-razryadli smenada 1 kishi.
Qorovul – 2-razryadli 1 kishi.
Farrosh ayol – 0-razryadli 1 kishi.
Jami xodimlar soni tortuvchi nimstantsiya bo‘yicha 20 kishini tashkil etadi.
2. O‘rtacha maoshni va mehnatga haq to‘lashni hisoblash
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AK doirasida temir yo‘l transporti xodimlari maoshlarini takomillashtirish maqsadida 1999-yilning 1-iyunidan maosh to‘lash yagona tarif stavkalar va okladdar asosida, soha bo‘yicha o‘rnatilgan eng minimal ish haqidan hamda maosh bo‘yicha tarif koeffitsiyenlariga ko‘ra, temir yo‘ldagi uzliksiz ish stajiga bog‘liq holda, ishchilar malakasi va ular bajaruvchi ishlarning murakkabligini inobatga olgan holda amlga oshiriladi. Oylik maoshga qonun doirasida rostlanuvchi qo‘shimcha va ustama to‘lovlar saqlanib qolgan.
Oylik maosh kattaligi minimal maosh qiymatini maosh bo‘yicha berilgan malaka razryadiga to‘g‘ri keluvchi tarif koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi. Mukofotlar kattaligi distantsiyada bajariluvchi barcha turdagi ishlar bo‘yicha 20% miqdorida rejalashtirilgan.
Tortuvchi nimstantsiya bo‘yicha mehnatga haq to‘lash fondi 68834.388 ming so‘mni tashkil etdi.
Maoshga qo‘shimchalar quyidagilardan iborat:
a) kechasi ishlagani uchun 50 soatlik tarif stavkasi kattaligida har bir kechasi ishlangan soat uchun. O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 122 moddasiga ko‘ra kechasi ishlash vaqtida kech soat 10 dan ertalab 6 gacha hisoblanadi. Kechasi ishlagani uchun o‘rtacha qo‘shimcha haq 8*50/24=16.67% kattaligida bulishi mumkin.
2.2-жадвал
b) bayram kunlari ishlagani uchun soatli ta'rif stavkasining 100% kattaligida qo‘shimcha to‘lanishi mumkin. Oylik maoshga qo‘shimcha to‘lanishi hisoblansa quyidagicha bo‘ladi :
9*100/365=2.47% , bunda 9-bir yildagi bayram kunlari soni.
Kechasi kunlarda va bayram kunlari bajarilgan ishlarga qo‘shimcha to‘lovlar sutka davomida ish davomida ish bilan band bo‘luvchi ishchilar uchun rejalashtiriladi.
v) avtotransport boshqaruvchilarining malaka sinfiga kura qo‘shimcha to‘lov 25% kattaligida rejalashtiriladi. O‘rtacha maosh va mehnatga haq tulashning yillik fondini hisoblashlar jadval ko‘rinishida amalga oshiriladi.
3. Mehnat unumdorligi, mehnat darajasi keltirilgan xizmat ko‘rsatish ob'ektlari soni bilan (shartli texnik birlikda) ro‘yxatdagi umumiy xodimlar soniga nisbatan bir kishiga to‘g‘ri keluvchi ko‘rsatkich sifatida aniqlanadi. Turli mehnat talab qiluvchi distantsiyadagi ishlarni qiyoslash uchun o‘tkazish koeffitsentlari mavjud. Keltirilgan maxsulot barcha ishlar hajmini o‘tkazish koeffitsentlariga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Keltirilgan maxsulotlar aniqlangandan keyin ishchilarning mehnat unumdorligi formula yordamida aniqlanadi: T- bunda T-shartli texnik birliklar umumiy soni (miqdori);
Chs-distantsiya ishchilarining ro‘yxatidagi o‘rtacha soni.
Distantsiyaning keltirilgan mahsulotini hisoblash.3-жадвал.
№
Обьектлар номи
Ўлчов бирлиги натурал бирликда, дона
Ўлчанувчи катталик
Ўлчов бирлигига тўғри келган техник бирлик миқдори
Келтирилган бирлик, То
1
Кучланиш 110кВ ли нимстанция (ўзгарувчан ток)
1 п/ст
2
123.08
246.16
2
Кучланиш 110 кВ ли нимстанция (ўзгарувчан токда)
1 п/ст
2
162.67
325.34
3
Секцияли пости (ўзгарувчан токда)
1 пост
4
11.19
44.76
4
Контакт тармоқнинг паралел улаш пункти
1 пункт
1
3.44
3.44
Жами
1
9
300.38
619.7
Shunday qilib, tortuvchi nimstantsiya bo‘yicha mehnat samaradorligi quyidagiga teng bo‘ladi:
ПТ= ёки
МУ= бир кишига келтирилган бирлик
Бунда ПТ-меҳнат унумдорлиги
Xulosa
Iqtisodiy qismda bajarilgan xisoblashlarda quyidagilarni ta'kidlash mumkin:
1) kompaniyaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq xodimlar uchun tarif stavkalar va lavozim okladlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlariga maosh to‘lash shartlari haqidagi qoidaga ko‘ra amalga oshirilishi kerak. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ smetasi miqyosida qo‘shimcha ishlab topilgan mablag‘ bo‘lsa, soxa yagona tarif setkasi (OETS) ning nolinchi razryadini oshirish mumkin, va shunga mos xolda O‘zbekiston Respubliksi bo‘yicha minimal ish haqi oshirilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda oshirilishi mumkin. Kompaniyaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq hodimlarining ish haqi kattaligi to‘liq stavka uchun OETS bilan o‘rnatilgan minimal ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak. Mehnat meьyori , tarif stavkalari , ishbay to‘lovlar kasaba uyushmasi bilan kelishiladi.
2. Yangi faoliyat turlari bilan mashg‘ul xodimlarga maosh to‘lash tizimini yanada takomillashtirish ishlarini davom ettirish (qishloq xo‘jaligi, halqaro qurilish, halqaro foydalanish faoliyati va sh.k.)
3. Soxa va hudud darajalarida mehnat meyorini ilmiy-asoslash ishlari uchun sharoitlar yaratish yo‘li bilan meьyoriy-huquqiy bazasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish kerak.
4. O‘zbekiston Respublikasida eng kam ish haqining har bir oshirilishida byudjet tashkilotlariga tenglashtirilgan ijtimoiy sfera ishchilarning lavozim oklatlari kattaligini ham shu maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar doirasida oshirilishi lozim.
5. Kampaniyaning o‘quv yurtlari, tibbiy tashkilotlari va sanotoriya-profilaktoriya xodimlarining lavozim maoshlariga (okladiga) temir yo‘l transportidagi uzluksiz ish stajiga bog‘liq holda oylik ustamalar tulashni saqlab qolish bilan temir yo‘ldagi ish staji uzilib qolgan ishchilarga ham to‘lanishi kerak.
III. MEHNAT MUHOFAZASI
Elektr tokining inson organizimiga ta'siri
Elektr tokining inson organizimiga ta'siri o‘ziga xos va turli qirrali xarakterga ega. Inson organizmiga tokning to‘rt xil ta'sirini ajratib ko‘rsatish mumkin: termik, elektrolitik, biologik va mexanik.
Elektr tokining termik ta'siri tana qismi kuyishida ichki organlarning qizishi ko‘rinishida yuzaga keladi va inson organlari ish faoliyatida keskin funktsional buzilishlarni keltirib chiqaradi.
Elektr tokining elektrolitik ta'siri insondagi qon, limfa va boshqa biologik suyuqliklarda ularning fizik-kimyoviy tarkibini o‘zgartiradi va normal ishlash holatini buzadi.
Elektr tokining biologik ta'siri ichki bioelektrik jarayonlarning buzilishida, organizmning tirik to‘qimalarining g‘alayonga kelishida kuzatiladi. Bu o‘z navbatida mushaklar qisqarishiga, hatto inson faoliyati uchun muhim bo‘lgan tizim va organlar. Jumladan, yurak va o‘pkaning ham ishdan chiqishiga olib keladi.
Elektr tokining mexanik ta'siri organizm to‘qimalarining cho‘zilish, uzilish va shunga o‘xshash shikaslanishlar ko‘rinishida yuzaga keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tok ta'sirlari eletrotravmaga olib kelishi mumkin. Barcha elektrotravmalarni organizim shikaslanishi mahalliy xolda yuzaga kelsa, uni mos xolda mahalliy elektrotravma va agar hayotiy muxim organ va tizimlarning normal ishlashi buzilishi tufayli insonning barcha organizmi ishdan chiqish bilan bog‘liq (elektr toki urishi deb ataluvchi) umumiy elektrotravmaga bo‘lish mumkin. Odatda, xar ikki travma bir-biriga bog‘liq holda yuzaga keladi.
Inson tanasining elektr qarshiligi
Inson tanasi orqali o‘tuvchi tokni qiymati elektrotravma og‘irlik darajasiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida tok kattaligi Om qonuniga ko‘ra inson tanasi qarshiligi va unga qo‘yilgan kuchlanish ya'ni tegish kuchlanishi bilan aniqlanadi.
Tirik to‘qimalar o‘tkazuvchanligi faqat tirik materialga xos bo‘lgan murakkab biokimyoviy va biofizikaviy jarayonlarga shuningdek, fizikaviy xususiyatlariga bog‘liq. Shuning uchun inson tanasi qarshiligi kompleks o‘zgaruvchan kattalik bo‘lib, ko‘p omillar shuningdek, teri holatiga,atrof muhitga markaziy asab tizimiga, fiziologik omillarga bog‘liqdir.Amalda inson tanasi qarshiligi deganda uning kompleks qarshiligi moduli tushuniladi.
Inson tanasidagi turli to‘qimalar va suyuqliklarning elektr qarshiliklari bir xil yemas: teri suyaklar, yog to‘qimalar nisbatan katta karshilikga ega, kon limfa, mushak tukimalari, asab tolalari, orka va bosh miyalar esa kichik qarshilikga ega.
Inson tanasi qarshiligi ya'ni, inson tanasi sirtiga ko‘yilgan ikki yelektrod orasidagi karshiligi asosan teri karshiligi bilan aniklanadi. Teri ikki asosiy qatlamdan iborat: (epidermis) va ichki (derma).
Epidermis shartli tarzda shoxli va o‘simtali katlamdan iborat deb qaralishi mumkin. Shoxli qatlam shoxlangan o‘lik kataklardan iborat bo‘lib, asablarga yega emas va shuning uchun bu qatlam jonsiz to‘kima hisoblanadi. Bu qatlam qalinligi 0.05-0.2 mm oralig‘ida quruq va ifloslanmagan xolatda shoxli qatlamni katta solishtirma qarshilikga ega bo‘lgan diyelektrik deb qarash mumkin. O‘simtali qatlam shoxli qatlamga tegib turadi va asosan tirik kataklardan iborat. Bu qatlamning elektr qarshiligi unda shoxlanuvchi kataklar boskichida bo‘lgani uchun teri ichki qatlamining (dermaning) qarshiligidan bir necha barobar katta bo‘lishi mumkin. Ammo shoxli qatlam qarshiligiga nisbatan uncha katta emas.
Derma qalin, mustaxkam va elastik to‘r xosil
3.1-rasm. Inson tanasi karshiligining yekvivalent sxemasi.
3.1-rasmda kuyidagi belgilashdan kiritilgan:
1-elektrodlar;
2-epidermis;
3-dermani ham o‘z ichiga olgan inson tanasining ichki to‘qimalari va organlari;
Ih-inson tanasi orqali o‘tuvchi tok;
Uh-elektrodlarga berilgan kuchlanish;
RH-epidermisning aktiv qarshiligi;
SN-shartli kondensator sig‘imi, bunda kondensator qoplamalari bo‘lib elektrod va tokni yaxshi o‘tkazuvchi epidermis ostida joylashgan inson tanasi to‘qimasi xisoblanadi; diyelektrik esa epidermisning o‘zi hisoblanadi;
RBH-dermani o‘z ichiga olgan ichki to‘qimalarning aktiv qarshiligi.
3.1-rasmda ko‘rinib turibdiki, inson tanasining kompleks qarshiligi quyidagi munosabatdan aniklanadi.
,
Zh=(j Ch)-1=-jXh бунда сиғим Cн нинг комплекс қаршилиги;
Хн - Zн нинг модули;
-ўзгарувчан ток частотаси.
Бундан кейин инсон танаси қаршилиги остида унинг комплекс қаршилиги тушунилади:
(3.1)
Юқори частоталарда (50 кГц дан юқори бўлганда) Хн=1/( CH)«RВН, ва қаршилик RH амалда cиғимларнинг СН кичик қаршиликлари билан қисқа туташуб қолади. Шунинг учун юқори частоталарда инсон танаси қаршилиги Zhb тахминан унинг ички тўқималари қаршилигига тенг бўлиб қолади:
RbH = Zhb . (3.2)
Доимий токда барқарор режимдаги сиғим қаршиликлар чексиз катта бўлади ( 0 да Хн ).
Шунинг учун инсон танасининг доимий токга қаршилиги;
Rh=2Rh+Rbh . (3.3)
(2) ва (3)- ифодалардан қуйидагини аниқлаймиз:
(3.4)
(3.1)–(3.4)-формулалардан сиғим хисоблаш ифодасини ҳосил қиламиз;
(3.5)
бунда Zhf –частата f да тана компликс қаршилиги комплекси
Chнинг улчов бирлиги мкф; Zhf, Rh ва RBH-кОм; f-кГц.
(3.2)-(3.5)-ифодалар тажриба ўлчов натижалари бўйича 3.1-расмдаги еквивалент схеманинг параметрларини аниқлаш имконини беради.
Инсон танаси электр қаршилиги бир қанча омилларга боғлиқ. Теридаги шохли қатламнинг шикастланиши инсон танаси қаршилигини унинг ички қаршилигига қадар камайтириши мумкин. Терининг намланиши унинг қаршилигини 30-50% га камайтириши мумкин. Терига тушган намлик унинг сиртидаги минерал модда ва йоғли кислоталарни (организмдан терлаш ва йоғ ажратмалари туфайли ҳосил бўлган) эритади ва електр ўтказувчанлиги кўтарилади, тери ва электрод орасидаги контакт яхшиланади. Агар тери узоқ муддат намланса, ташқи қатлам юмшаб, намлик билан тўйинади ва унинг қаршилиги яна ҳам камайиши мумкин.
Инсонга қисқа вақт давомида иссиқлик нурланиши ёки атроф мухит юқори температураси таьсир этса инсон танаси қон томирларининг рефлексли кенгайиши ҳисобига тана қаршилиги камаяди. Кўпроқ таьсир эттириладиган бўлса, тери ажралиб чиқа бошлайди, натижада тери қаршилиги камаяди.
Электродлар юзасининг ортиши тери ташқи қатлами қаршилиги RH камаяди, Частота 20 кГц дан ортганда электрод юзасининг қаршиликга таьсири амалда тўхтайди.
Хулосалар.
Инсон танаси орқали ток ўтиши терининг махаллий қизишига, қон томирларининг кенгайишига ва мос холда қон қўйилишининг кучайишига олиб келади. Бу ўз навбатида шу жойда тери қаршилигининг камайишига олиб келади. Унча катта бўлмаган кучланиш (20-30 В) бўлганда электродлар остидаги турининг қаршилиги 1-2 минут ичида 10-40 % (ўртача 25%) га камайиши мумкин.
Инсон танасига бурилган кучланишнинг ортиши унинг қаршилиги камайишига олиб келади. Бир неча ўн волт кучланишда организмнинг таьсир этувчи токка берилувчанлиги туфайли юзага келади. Агар кучланиш 100 В гача орттириладиган бўлса, аввал маьлум жойларда, сўнгра электрод остидаги терининг шохли қатламининг электр тешилиши юзага келади. Шу сабабли, кучланиш 200 В ва ундан юқори бўлганда инсон танаси қаршилиги амалда ички тўқималар қаршилиги RbH га тенг бўлиб қолади.
Электр токи уриши ҳавфини тахминан аниқлаш чоғида инсон танаси қаршилигини 1 к Ом (Rh=1 кОм) деб қабул қилинади. Электр жихозларда ҳимоя чораларини ишлаб чиқишда, ҳисоблашда ва текширишда ҳисобий қаршиликларнинг аниқ қиймати ГОСТ 12.038-82 стандартига кўра танланади.
XУЛОСА “Тортувчи нимстанция трансформаторларининг ҳимоялаш турлари ва уларни танлаш” мавзусида ёзилган ушбу битирув малакавий ишда қўйилган масалалар ечилиб, натижада қуйидагилар маълум бўлди.
Берилган ўзгарувчан ток отпайкали тортувчи нимстанция уч чулғамли пасайтирувчи трансформатори учун дифференциал ҳимоясини, ташқи қисқа туташувлардан максимал ток ҳимоясини, йўналтирилган максимал, нонормал режимлардан, ажраткич блокировкасининг ҳимояларини ҳисоблаш натижасида қуйидагилар танланди:
РГЧЗ–66 турдаги газ релеси;
трансформаторнинг дифференциал ҳимояси учун:
трансформаторнинг берилган қуввати бўйича юқори (ВН), ўрта (СН) ва паст (НН) кучланиш томнларининг номинал токлари топилиб, =115 кВ ли томони учун ТВ–110-I-150/5; =38,5 кВ ли томони учун ТВ-35-I-600/5; = 27,5 кВ ли томон учун ТВ-35-I-600/5 ток трансформаторлари танланди. Бунда мос равишда трансформация коэффициентлари =150/5=30, =425/5=85, =600/5=120 га тенг бўлди;
трансформаторнинг тортувчи ва туман чулғамлари томонида уч фазали қисқа туташув бўлганда максимал ва минимал токларни аниқлаш бўйича ҳисоблар бажарилиб =3378А ва =1553 А танланди;
дифференциал ҳимоя турини танлаш учун ҳисоблар бажарилиб ва
; ; =1,18<2 шартлар текширилиб, РНТ турдаги релени қўллаш мумкин эмаслиги аниқланди ва ДЗТ-11 турдаги релени танланди;
ДЗТ-11 реле чулғамларининг ўрамлари сонлари аниқланди: дифференциал (ишчи) чулғамининг ўрамлари сони – 9 та; тенглаштирувчи чулғамларнинг ҳисобий ўрамлари сони – 8 та; тормозлаш чулғамининг ўрамлари сони – 14 та деб танланди ва тўғри танланганлиги хар хил шартлар бўйича текширилилди;
икки фазали қисқа туташуви учун ҳимоянинг сезгирлик коэффициенти иккига тенг ёки катта бўлиши кераклиги шарти бажарилди;
ташқи қисқ туташувлардан трансформаторнинг максимал ток ҳимоялари ҳисобланганда РТ – 40/20, РТ – 40/50, РН – 50, РН – 53/200, ЭВ–122 (0,25 – 0,35), ЭВ–112(0,1 – 1,3) турдаги релелар, НКФ–110-83У1, ЗНОМ-35-65, НОМ-35-66 турдаги кучланиш трансформаторлари танланди;
йўналтирилган максимал ток ҳимояси учун РТ–40/6 реле танланди;
нонормал режимлардан максимал ток ҳимояси учун РТ-40/10, ЭВ-132(0,5-9) релелар танланди;
ажратгич блоклаш ҳимояси учун РТ-40/20 реле танланди;
Ток трансформаторини 10 фоизли хатолик шарти бажарилди.
Демак ҳисобий қисмда ҳисобланган барча шартлар бажарилганлиги учун нимстанция пасайтирувчи қувват трансформаторининг релели ҳимоялари тўғри танланди деб ҳулоса чиқариш мумкин.