Releli himoyaga qo‘yilgan talablar: selektivlik, ya'ni oldinma-keyin yoki tanlab o‘chirish; tezkorlik; sezgirlik; ishonchlilik; iqtisodiy tejamkorlik; sodda sxemaliklardir.
Releli himoyaning selektivlik xususiyati deb uning faqat shikastlangan elementni yoki ayrim qismni o‘chirish imkoniyatiga aytiladi. Bunday xususiyat zahira manbai mavjud bo‘lgan tizimlarda elektr energiyaning uzluksiz mavjud bo‘lishini ta'minlaydi. Ichki qisqa tutashuv jarayonlarida selektivlik tizimni himoyalash va o‘zining tezkor ishga tushish tomonlari bilan belgilanadi.
Releli himoyaning sezgirlik xususiyati uning qisqa tutashuv jarayonida himoyalash barqarorligini ta'minlaydi. Elektr tizimida bunday xususiyatni ta'minlash ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, elektr energiyani juda katta miqdorda uzoq masofaga jo‘natishda ularda uchraydigan qisqa tutashuv jarayonining toki ishchi toklarning maksimal qiymatlaridan ancha katta bo‘lishi mumkin. Bunday holat simlardagi va boshqa elementlardagi ichki qarshiliklarning yetarli darajada katta ekanligi bilan bog‘liq. Demak, bunday hollarda oddiy himoya turlarini ishlatish o‘rniga ancha murakkab, hamda qimmat narxli himoya turlarini ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Himoyaning sezgirligi uning sezgirlik koeffisienti Kszg bilan belgilanadi:
tok bo‘yicha himoyada
(1.1)
kuchlanishning pasayishi bo‘yicha himoyada
(1.2)
Bu qiymatlar «Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari» ga qarab tanlab olinadi.
Himoyaning tezkorlik xususiyati, ayniqsa ichki qisqa tutashuv jarayonini tezlik bilan yo‘qotishda muhim ahamiyatga ega: butun tizimdagi parallel ishlovchi mashina va uskunalarning barqaror ishlashini ta'minlaydi; elektr uzatish xususiyatini oshirish imkoniyatini yaratadi; elektr uzatuvchilardagi kuchlanish tushuvi miqdorining iste'molchilarga ta'sirini kamaytirishga yordam beradi; shikastlangan elementdagi buzilish hodisasini kamaytirish, ayniqsa katta quvvatlik, qimmatbaxo generatorlar uchun buning ahamiyati katta hisoblanadi; avtomat ravishda qayta ulash jarayonining samaradorligini oshiradi; ichki zanjirlarda katta o‘ta kuchlanish hosil bo‘lishining oldi olinadi.
Мa'lumki shikastlanishni bartaraf etish vaqti tbrt, releli himoyaning ishlashi uchun sarf bo‘lgan vaqt trh, bilan o‘chirgichning o‘chirish vaqtlari to‘ch yig‘indisidan tashkil topadi
tbrt = tr.h + to‘ch (1.3)
Katta o‘ta kuchlanishli tizimlarda bu vaqtni t<0,08 1 s bo‘lishi talab qilinadi, unda o‘chirgichlarning o‘chirish vaqti to‘ch 0,06 s bo‘lsa, u xolda releli himoya uchun tr.h0,02 0,04 s vaqt qoladi. Bunday kichik vaqtni releli himoyaning hozirgi zamon turlari to‘la ta'minlay oladi. Ammo boshqa birmuncha yengilroq shikastlanish holatlari uchun texnik iqtisodiy jihatdan releli himoya vaqti birmuncha kattaroq bo‘lishi mumkin.
Releli himoyaning ishonchliligi unga qo‘yilgan vazifalarni berilgan texnik shartlar asosida bajarilishini ta'minlash hisoblanadi.
Barcha releli himoyalarga tezkorlik, selektivlik va ishlash turg‘unligi bo‘yicha qo‘yiladigan talablar o‘zgaruvchan tok tortuvchi tarmoqlar himoyalariga qo‘yilganda o‘ziga xos spesifikasiga ega bo‘ladi. Bu normal va avariya rejimlari xususiyatlariga, elektr energiya iste'molchilari (elektrovoz va elektropoezd) xossalariga, tarmoqni ta'minlovchi sxemalariga, ishlatilayotgan kommutasion apparatlar turlariga bog‘liq bo‘ladi [1,2]. Eng asosiysi elektr iste'molchi sifatida elektrovoz ta'minlovchi tarmoq bo‘ylab doimo xarakatda bo‘lish xarakterga ega.
Dostları ilə paylaş: |